Bloody Garden —ep-10—
~ Men muhabbat atalmish bog'dagi his etib ulgurilmagan bir ifor edim...
Elara ko‘z oldi qorong‘ulashayotganini his qildi. Miyasi Jungkook va Sujin hozir xonada nima qilayotganini tasavvur qildi.
Shu lahza hatto o‘limni qabul qilishga ham tayyor edi. Qiz og'irlashib yerga boshi bilan yiqildi.
Uning yuzi tobora ko'karib, nafas ololmasdan lablari quriy boshladi. Ammo hech kimdan yordam so‘rashni istamasdi. Qizaloqning butun hayoti shu bir lahzada ko‘z oldidan o‘tdi.
Elr pov: Menimcha, men jannatga boraman. Axir, shuncha sinovlarga dosh berdim-ku!
U osmonga tikildi va yuragining tub-tubidan faqat shu savolni takrorlab aytardi.
Oradan ikki daqiqa o'tdi. Taehyung boshini ushlab shok holda nima bo'layotganini tushunishga harakat qilarkan, Elara yodiga tushib qoldi.
— Menimcha… yuragim to‘xtadi…!
—Elaraa! Hoy, nima bo‘ldi senga, o‘zingga kel!
---
Ayni paytda, Jungkook Sujinni qiynashni boshlagandi.U bundan zavq olayotgan edi. Sujin esa og'riqdan baqirardi.
— aaah...Jungkook, bas qil! Seni hech qachon bunday holatda ko‘rmaganman. Nima hammasi o‘sha qiz tufaylimi?
Bu so‘zlar Jungkookni yanada g‘azablantirdi. U Sujinni yanada kuchli azoblay boshladi.
Jungkookning qo‘llari Sujinning ko‘kragini qattiq changallab siqdi, Sujin og‘riqdan chinqirib yubordi
— Aaaak, Jungkook, aqldan ozganmisan? Meni qo‘yib yubor!
Jungkook uning og'riqlariga parvo qilmasdan sovuq va harakatni kuchaytirgan holda gapirdi.
— Sen kim bo‘libsanki, mening xotinim haqida gapiradigan, o'zinga so'rab olding!
U yanayam shafqatsizroq harakatlar bilan ayolga tashlandi.
Sujin og'riqqa chidolmay yig'lab yubordi.
— Ahh, iltimos… Jungkook, kechir… meni qo‘yib yubor, o‘lib qolaman…!
---
Bu orada Taehyung Elarani ko'targancha mashinaga o‘tqazib, tezlik bilan kasalxonaga yo‘l oldi.
U mashinani shunday haydayotgandiki, xuddi uchib ketayotgandek edi.
Negadir u qizaloqdan juda havotir olardi. Uni bu ahmoqona olamda qoldirishni istamasdi.
---
— Mitti malika, Iltimos, yana bir oz sabr qil. Hammasi yaxshi bo‘ladi, va’da beraman.
Ular atigi 5 daqiqada kasalxonaga yetib bordilar.
Taehyung uni ko‘tarib, yugurgancha ichkariga olib kirdi va shifokorlarga topshirdi.
O'zi esa devorga suyangancha boshini kaftlari orasiga olib o‘ylab qoldi.
Tae Pov: Jungkook, ahmoq bola,nega bunday ishni qilding?!
Nega bu darajada o‘zligingni yo‘qotding? Uni bekor yolg'iz qoldiripman, ukam chinakam vaxshiyga aylanibti!
Oradan bir soat o'tdi. Jungkook ishini tugatib, hammomga kirdi.
Sujin esa qilgan ishidan qattiq afsusda edi.
Chunki u hozirgi holatida o'z tanasiga qarashga ham jur’at topa olmasdi.
Lablaridan qon oqardi, bo‘ynidan ham qon sizib chiqardi, tanasida esa go‘yoki yovvoyi hayvon tishlab ketgandek izlar qoldi. Hatto *ostidan ham qon kelayotgan edi.
Jungkook esa mutlaqo beparvo, uni yotoqda qoldirib chiqib ketdi. Sujin yarim soatgacha qimirlay olmadi. Og‘riq ichida ingrab yig‘lar edi.
U hamma narsa o‘zi istagidek bo‘ladi deb o‘ylagan edi, afsuski, xato qilganini tushunganida allaqachon kech bo‘lgan edi.
— Pastkash va jirkanchsan. Seni o‘ldiraman Jeon Jungkook, qarab tur!
Shunday deya u zo‘rg‘a qadam tashlab, hammomga sudralib bordi.
Jungkook yuvinib, kiyimini almashtirib, hech nima bo‘lmagandek tashqariga chiqdi. U qo'riqchilardan Elarani emas, akasini so‘radi. Chunki xotini hanuz xonada deb o‘ylagan edi.
— Janob Taehyung xonimni kasalxonaga olib ketdilar!
Jungkook bir lahza shokka tushib qoldi, chunki yuragidan allaqanday begona his o'tdi va sekin va sovuq ohangda yana qo'riqchiga savol berdi.
— Nima, Elara, nima bo‘ldi unga?
— Aniq bilmayman janob, menimcha xonim hushida emasdi.
Jungkook asabiy baqirib yubordi.
—Jin ursin hammasinii, yana nima bo'ldii!?
U shunday deya mashinaga o‘tirdi va Taehyungga qo‘ng‘iroq qildi.
— Nima kerak? Meni tinch qo'y.
— Seni boshimga uramanmi, xotinimga nima bo‘ldi? U qayerda?
Jungkook g‘azab bilan so‘radi. Taehyung esa ukasidan shunchaki ko'ngli sovigandi, u juda past, ammo sovuq ohangda gapirardi.
— Senga nima, baribir unga og'riqdan boshqa hech nima bera olmaysan. Bor ahlatlaring bilan o‘ynayver!
Taehyungning ovozi g‘amgin edi, go'yo yaqinini yo'qotib dunyodan to'ygandek.
— Aka, seni o'zim o‘ldiraman, qayerdasan?
U kasalxonaning nomini aytib, qo‘ng‘iroqni o‘chirdi. Jungkook esa mashinasini eng yuqori tezlikda Asan Medical tomon hayday boshladi.
Jk Pov: Kechir qizaloq, seni yana hafa qildim. Ammo Sujin bo'lmaganda, bu ishni senga qilishimga to'g'ri kelardi.
---
Shifokorlar tashqariga chiqdi, Taehyung tezda o'rnidan turib ular tomonga yurdi.
— Hozircha yaxshi lekin hushida emas. Astma bilan hazillashib bo‘lmaydi. Bu kasallikning so‘nggi bosqichi o‘lim. U juda katta stress olgan. Yurak urishi ham juda sust. Kamida bir hafta bu yerda qolishi kerak.
Taehyung Elaraning o'rniga o'zini qo'yib ko'rdi. Uning azobini aniq his eta olmasa-da, qanchalik qiynalayotganini bilardi.
Shu payt hotirjam Jungkook kirib keldi.
— Aka, xotinim qayerda, unga nima bo‘ldi?
Jungkook e'tiborsiz savol berarkan, Taehyung hatto ukasiga qaragisi ham kelmay gapirdi.
— Kichkina qizdan nima istayotganinga tushunolmayapman.
Jungkook jahlini tiya olmay Taehyungdan alamini olmoqchi bo'ldi.
Tae sekin boshini ko'tarib uni o'ldirgudek qaradi.
— Bechora... Sen shunchaki nafsingni qondirding, bu mitti qizaloq esa sendek razilning qurboni bo'lyapti!
Jungkook yuragida nimadir uzilgandek g'alati bo'ldi. Albatta unda ham yurak bor. Taehyung esa biroz to'xtab, ovozini ko'targancha yana gapini davom ettirdi.
— Aslida, sen unga mutlaqo loyiq emassan, ammo ukam seni baxtli qiladi deb uni aldadim!
U ham his qilayotgandi, shunchaki buni tan olish qiyin edi. Jungkook bunisi gapga chiday olmay akasining yoqasidan oldi.
— Menga ovozingni ko'tarma. Istasam uni hozir o'ldiraman, u meniki!
Jungkookning so‘zlari endi chindan ham haddan oshdi.
Taehyung o'rnidan turgancha uning yuziga qattiq musht tushirdi. Jungkook esa boshini biroz chayqatib akasiga qararkan, Taehyung unga baqira boshladi.
— Hoy ahmoq, o‘zingga kel.Men sen bilan hazillashmayapman, men sening akangman. Agar istasam seni hoziroq o‘ldirishim mumkinligini bilasanmi?
Jungkook esa akasining bu so‘zlariga baqirib kuldi.
— Yaxshi, unda o‘ldir meni, qo'lingdan keladimi?
Taehyung hech nima demay, uning yoqasidan ushlab, tashqariga sudradi.
— Erkakmisan o'zi, sen o'zinga o'xshamayapsan! Axir sen dunyoni titratgan mafiya Jungkooksan-ku! Qani o‘sha g‘ururing? Nega o‘zingni bu darajada yerga uryapsan?
Taehyung ukasini yoqasidan siltab gapirardi. Jungkook esa uni itarib yubordi va hotirjamligini yo'qotmagan holda, sochlarini ortga qildi.
— Tinch qo‘y, o'z ishimni o‘zim hal qilaman. Ukang borligini endi esladingmi?
Shunday deb ichkariga kirib ketdi. Shifokorlar unga xotini yotgan xonani ko'rsatishdi, xonaga kirarkan, qalbida chuqur aybdorlik hissini tuydi.
Elara sekin ko‘zlarini ochdi va karaht holda yigitga qaradi. U ilk bor qizni sevgilim deb atagandi.
Qizaloq eshitgan so'zidan qattiq ta'sirlangancha juda past ovozda so‘radi.
— Yo‘q, bebahoyim, sen tiriksan!
— Bebahoyim...
Elara ko'zlarini yana qayta yumdi. Jungkook qizni sochlarini silab sokin
gapirardi.
Elara esa bir chuqur nafas olib ko'zini yumgancha gapirdi.
— Nima uchun, o‘lishni xohlagandimku?
Jungkook bu so‘zlarga yana g‘azablandi, lekin hammasi o'zining aybi ekanini bilar edi. Shunchaki tan olishni istamasdi.
— Hali o‘lishingga yo‘l qo‘ymayman. Qachonki menga keraksiz bo'lsang, o‘shanda o‘lasan. Hozir esa dam ol, ertaga seni uyga olib ketaman.
Xona eshigidan qarab tirgan taehyung gap boshladi.
— U kamida bir hafta bu yerda qolishi kerak.
Jungkook qizdan ko'zini uzmagan holda gapirdi.
— Ishing bo'lmasin, unga o‘zim qarayman. Sen esa ko‘zimga ko‘rinma!
Taehyung ularga g‘azab bilan biroz qaradida, xonani tark etdi.
Jungkook Elaraning qo‘lidan ushlab, yonida o‘tirdi. Xonani mutlaqo sukunat egallagan edi. Elara qo‘llarida igna va kapilnitsa ulab qo‘yilgan edi. U uxlayotgandek yotar, Jungkook esa uyg‘oq ekanini bilardi va jimgina qizni kuzatrdi.
Nihoyat yigitning sabr kosasi to'ldi.
Qiz o'zi istamasa ham qo'rqqanidan javob qaytardi.
Jungkook nima deyishini bilmay, bir oz jim turdi.
Elara javob bermadi, faqat ko‘zlarini yumgancha yig‘lardi. Chunki u rostdan yaxshi emasdi,
Jungkook uni yana qiynamaslikka harakat qilardi, ammo bu sokinlik uning asablarini charchatayotgan edi.
Nihoyat xonadagi sukunatni shifokorlar buzdi.
— Endi chiqing, iltimos. Bemor dam olishi kerak!
Jungkook Elaraning qo‘lini qo‘yib yubormoqchi emas edi. Ammo u shu yerda qolsa, unga yanada zarar yetishini anglab, majburan chiqib ketdi.
U kasalxona yo‘lagida xotinini oynadan kuzatib, jim o‘tirardi.
Elara esa endi Jungkookni sevib qolganini anglagan edi. Ammo Jungkook bir lahzada uning barcha his-tuyg‘ularini muzdek parchalab tashladi.
Nahot birinchi muhabbat shunchalar alamli bo'lsa!?
Shu payt shifoxona eshigidan Taehyung kirib keldi.
Tae: Tashvishlandim, u juda zaif, qanday qilib bunchalik azobga bardosh berganini tushunmayapman.
Jungkook akasiga hayron bo'lib qaradi.
— Nima deyapsan?
— Shifokorlar nima deganini eshitmadingmi?
Taehyung ukasiga hamma gapni ochiqchasiga aytib berdi.
Jungkook biroz o'ylanib o'zini ayblay boshladi.
Taehyung ensasini qotirgancha asabiy gapirdi.
— Senda ham miyya bor ekanini bilmagandim.
Jungkook yana e'tiborsizligini saqlab ishlari bilan chiqib ketdi, Taehyung ham biroz qolib zarur ish bilan qisqa vaqtga ketgandi. Negadir ofisda o'tira olmagan Jungkook akasini ketdi deb o'ylab shifoxonaga qaytdi.
— Jin ursin, hali ham shu yerdamisan, xotinimning yonida senga nima bor?
— Men hozir keldim, o'zing nega kelding?
— Aka, jim bo'l, bu safar ogohlantirmay otaman.
Taehyung biroz o'ylab turib g'ururini chetga surishga qaror qildi.
— Jungkook, unga ko‘proq mehr ber. U seni sevadi, bunga ishonchim komil, sen esa unga faqat azob beryapsan!
Jungkook ham qizning ahvolini tushunardi, ammo g'ururi ham baland edi.
— Hyung, menga aqllilik qilma, qanday yashashimni o‘zim bilaman!
Shu payt Taehyungning telefoni jiringladi.
Taehyung telefoniga qarab Jungkookdan biroz uzoqlashdi.
— Salom, Taehyung, yaxshimisiz, Elara qayerda? Unga telefon berib tura olasizmi?
— U hozir kasalxonada, menimcha bezovta qilmaganing ma’qul!
Jia qo'rqib ketdi va havotirli ovozda so'radi.
Taehyung o'zini hotirjam tutib javob berdi.
— Shunchaki sal o‘zini yomon his qildi, kechadan beri ovqat yemayapti. Ehtimol, shunga biroz boshi aylandi.
Taehyung manzilni aytib, suhbatni tugatdi.
---
— Hali ko'rasan Jungkook. Qilgan har bir ishing uchun birma-bir javob berasan!
Oradan ikki soat o'tib arang yuvinib chiqib uyni tark etdi.
Seulda eng katta kasalxona aynan, "Asan medical" va u Taehyunga tegishli.
Shuning uchun Sujin ham hech narsadan bexabar, aynan Elara yotgan kasalxona tomon yo‘l oldi...!
Bu orada qizaloq biroz o'ziga kelgan edi. Shifokor qizni tekshirib kalidorga chiqdi va yigitlarga yuzlandi.
— Janoblar, qizaloq biror narsa yeyishi kerak.
Taehyung yerdan boshini ko'tarib hursand bo'lgancha javob berdi.
Jungkook tezda Elaraning oliga kirib yoniga o'tirdi va qo'llaridan tutdi.
— Elara, biror nima yeging kelyaptimi, menga ayt.
Qiz gapirmoqchi emas edi. Jungkookga qaraganda uydagi voqealar ko‘z oldidan ketmasdi.
— Jungkook, iltimos, chiqing bu yerdan...
Jungkook asabiylashgancha chuqur nafas olib qizning qulog'iga yaqin kelib shivirladi.
— Seni hafa qilmayman degandim, mittivoy...