June 6, 2025

Dead End... Ep-3

~ 17 yoshga kirgan kunimga ming la'nat...


Ko'zimni ochganimda butunlay boshqa bir xonada qo'llarim ham bog'lanmagan yotardim. Men o'rnimdan qimirlay olmay ancha vaqt o'sha yerda yotdim,

Oradan ikki soatcha vaqt o'tib xonaga ikkita barzangi erkak va ikkita yoshroq yengiltakka o'xshagan ayollar likillab kirib keldi.

Meni ularga qarshilik qilish uyoqda tursin, qarashga ham kuchim yo'q edi. Ular meni ko'tarib katta bir shinam xonaga olib ketishdi. Hammomga kirishimni aytishdi. Men zo'rg'a sudralib hammomga kirib, yuvinib chiqdim. Hammasi huddi Dora aytganidek bo'layotgandi.

Meni tayorlashgach erkaklardan biri sochimdan tortqilab menga gapirdi.

X: Agar qarshilik qilib, qoidalarni buzsang yoki qochishga urinsang, o'ldir deb yolvoradigan darajada azoblayman!

Men biroz unga termuldimda ustidan kulgandek jilmaydim. U yuz ifodamni ko'rib, yuzimga qattiq tarsaki tushirdi. Shunchalar ojiz edimki, hatto tarsakidan yerga yiqildim.

Ular meni katta xona oldiga olib borib, kirishimni aytdi. Men esa xonadagi kim bo'lsa ham, uni o'ldirishga qasam ichib xonaga kirdim. To'g'rimdagi yotoqda bir qariroq erkak o'tirardi. Go'yoki u meni anchadan beri kutayotgandek.

Ukirishim bilan o'rnidan turib kiyimlarini yecha boshladi. Men ham unga qarshilik qilishga tayyorlanardim. Yon atrofdan tig'li narsa qidirardim.

Nihoyat topdim. Qadah shishasi turgan tarafga qarab yurdim. U menga jirkanch gaplar qaytib boshimni qotira boshladi.

-Juda go'zal ekansan! Tariflaganlaridan ham yoqimtoy! Eshtishimcha ko'p sho'xlik qilganmishsan. Narxing ham juda qimmat ekan. Menga yovvoyilarni jilovlash yoqadi, azizam!

Uning gaplari qon-qonimni qaynatardi. G'azabim tobora ortardi. U men tomon yaqinlashdi. Men esa qadahni qo'limga olib, o'zimni viski quyayotgandek tutardim. Unga kuchim yetardi, ammo hozirgi vaqtda men oldingi Elara emasdim.

U menga yaqinlasha boshladi, men esa orqaga yura boshladim. Uni eshikdan uzoqroqqa olib borishim kerak edi, yoki tashqaridagilarni yo'qotish kerak edi. Hayolimga jirkanch bir fikr keldi va men tomon sudralyotgan erkakka yuzlandim.

-Hooy, balkii anavi tashqaridagilarni yo'qotarsiz. Ularni yonida ovoz ham chiqaza olmaymanku! Yokii, kuchingiz yetmaydimii?

Biroz noz karashma qilib gapirarkanman, u ham g'irt ahmoq ekan. Telefonini oldiyu kimdirga qo'ng'iroq qilib ikkinchi qavatdagi hamma qo'riqchilar pastga daf bo'lishini ayib, telefonni o'chirdi.

Men esa uning yuziga yoqimli jilmaydım va o'yladim.

Elara POV: Ahh, to'nka o'limingni o'z qo'llaring bilan menga topshirding. Endi osonlikcha o'lmaysan.

U menga yaqinlasharkan, qo'limdagi viskini unga uzatdim. Qilgan ishimdan juda g'alati bo'lardim, ammo uni shunday o'ldirsam, bu yerdan tirik chiqmasligimni o'zim ham aniq kafolatlayman.

Erkak viskini olib bir ko'tarishda ichib yubordi. Men esa yana biroz ortga yurdim. U meni yonga chaqirgancha ichimni portlatadigan so'zlar ayta boshladi.

X: Kelaqoool, mittivoy. Bu tun unutilmas bo'ladi,

X: Kelaqoool, mittivoy. Bu tun unutilmas bo'ladı, senga aytsam! Seni o'zim tarbiyalayman. Agar meni qondira olsang, uyimga olib ketaman!

Uning so'ngi gapi aniq miyyamni teshib o'tdi. Ortiq chiday olmay, qo'limga viski shishasini olib unga yaqinlashdim va biroz masofa qolganda shunday dedim.

-Hoy, ko'zingizni yumib turing! Men uyalaman. Kiyimlarimni...

Qolganini aytmadim. Erkak ham tushunib, nozlanishimdan zo'rg'a o'zini bosgancha ko'zlarini yumdi. Unga yana bir qadam yaqinlashdimu, bor kuchimni yig'ib, qo'limdagi shisha bilan boshiga urdim. Shisha ham chilaparchin bo'ldi. Manabu to'ngkaning hayoti ham tugayotgandi.

U yerga yotgandi. Men uning yoniga tiz cho'kib o'tirdim. Erkak esa menga zo'rg'a hirillay boshladi.

X: Seni kuningni ko'kka sovuraman qizaloq! Kim bilan o'ynashganingni bilasanmi o'zi? Men...

U gapini tugatmasdan yuziga musht tushirdim. Sezdimki ortiq musht tushirishga ham qo'limning kuchi qolmagandi. Tezda o'rnimdan turdimda unga so'ngi gapimni aytdim.

- Sen ahlatlar begunoh qizlarni shunday kaltaklarmiding? Menga rahmat ayt, seni azoblashga vaqtim yo'q. Uncha qiynalmay o'lasan! Faqat biroz og'riydi. Jahannamda ko'rishguncha, bobojon!

O'rnimdan turib uning qon oqayotgan boshiga qayta-qayta tepdim. Hamma alamlarimni aynan undan oldim, Afsus tez o'lib qoldi.

Amallab xonadan chiqdim. Ustimga ham gon tekkandi. Eshikdan biroz yurib zinadan tusharkanman, boyagi ikkita qiz meni pastda kutib o'tirardi. Biri ahvolimni ko'rib, masqara qilgandek gapira boshladi.

Qiz: Haa, ancha qiyin bo'ldimi deyman! Kaltak yedingmi, qoning ustingacha sachrabdi qizaloq!

Qonim tobora qaynab borardi. Men ham javob qaytarmay qo'ymadim.

-Men unaqa ahlatlardan kaltak yemayman, ammo hozir senlar aniq o'lguningcha kaltak yeysan!

Qizlar bir biriga qarab qah-qah otib kula boshladi. So'ng menga boshqasi yuzlandi.

Qiz: Shuncha kaltak tasir qilmadimi deyman aa qizaloq, juda sho'x ekanmisan! Yovvoyi otga o'xshaydi!

Ortiq chiday olmadim. Ikkalasini ham sochidan ushlab yerga sudradim. To'ygunimcha urdim. Yaxshi hamki qo'riqchilar tashqarida edi. Ikkisi ham o'lasi holga kelib qoldi. Yuziga qarab bo'lmas ahvolga kelguncha urdim.

Piqillab kechirim so'ray boshladi. Men esa ulardan qurollar turadigan xonani so'radim.

-Xo'sh kim tirik qolishni istasa menga qurollar turgan xonani aytsin, birinchi aytishga ulgurganni tirik qoldiraman!

Qizlar yuragi yorilib, ikkisi ham birga gapira boshladi.

Qizlar: Tashqariga chiqasan. Chap tarafdagi omborxona!

-Hmm, eshigi ochiqmi?

Qizlar: Ha, ammo qo'riqchilar ko'p. Ular juda yomon!

Qizlarning gapidan biroz boshqacha bo'ldim. Demak ular ham qachondir o'g'irlab kelingan va kaltaklarga chidolmay, taqdirga tan berib, o'zini ularga topshirgan!

Qizlarga ortiq tegmay, tashqariga qarab yurdim. Ikkinchi qavatning boshqa bir burchagidan qadam tovushlarini eshitdim va burchakka berkindim.

Katta bir erkak qo'lida o'lik qizni ko'tarib ketayotgandi. Unga biroz hayron bo'lib tikildim. Yaqinlashgandan so'ng bir narsani aniq his qildim. Qizaloq Dora edi. U qarshiligi uchun kaltaklangandi va nihoyat chidolmay jon bergandi.

Ko'zlarim kattalashib to'xtamay yosh oga boshladi. Aniq ediki ular qizlarni tutib olishgan. O'zimni la' natlay boshladim. Hayolimga kelgan birinchi fikr shunday edi.

Elara POV: Bu yerdagi hammani o'ldirib, Dorani yaxshi joyga dafn qilishim kerak. Qolgan qizlarni ham qutqarishim kerak!

Men oyoqlarim o'zimga bo'ysunmay omborxona tomon yura boshladim. Erkak kaltaklangan qizlarni ko'rib o'sha yerda to'xtadi va qolgan qo'riqchilarni chaqirdi.

U yerda tahminan yigirma kishilar atrofida odam bor edi. Uncha yaxshi qo'riqlanmasdi. Men esa omborxonaga qarab yugurdim, Pastga tushsam turli xil qurollar turardi. Tanlashga vaqt yo'q edi. Qo'limga tushgan eng katta aftomatni oldimu, o'qdonini to'ldirdim.

To'xtovsiz yig'lardim. -Nahot qizaloq o'lgan bo'lsa..?

Ko'zimdagi yosh bilan mehmonxonaga qaytdim, ular meni qidirish uchun tashqariga chiqayotgan edi. Hammasi qo'limdagini ko'rib qurollarini shaylashga urindi. Ammo soniya ham kutmay har qayoqqa o'q ota boshladim. Hayolim hamma yerga qulamaguncha tinchlanmasdi. Hammasi har qayog'idan o'q yedi. Sezdimki ko'plari tirik qolishmagandi.

Men hamma qulaganiga ishonch hosil qilib, qo'limdagini yerga tashladim.

Dora tomonga yaqinlasharkanman, bechora qiz hamma yog'i ko'kargancha muzlab yotardi. Uni muzdek murdasini quchib isitishga harakat qilardim, baqirib yig'lardim. Lekin ilojsiz edim, men ancha kech qolgandim.

O'sha yerda qizni quchgancha biroz turdim. Yuziga qarab bo'lmas ahvolga keltirib urishgandi. G'azabdan yonayotgan qo'llarimni sekin yuzlaridan yurg'izdim va allaqachon yumilib bo'lgan ko'zlariga termulib dedim.

-Dora, sen yashashga loyiq eding! Men bularni tugataman... Tez tugatishga harakat qilaman qizaloq. Seni esa yaxshi joyga dafn qilaman. Barchasini tugatib, yoninga boraman...!

Qizaloqqa dardimni aytib yig'lar ekanman, orqamdan og'ir qadam tovushlarini eshitdim. Ortimda bir kishi emas ko'p kishi turganini sezdim. Avtomatni esa darvoza yoniga tashlab kelgandim.

O'rnimdan sekin turib ortga qaradim va tanish chehrani ko'rdim.

- Minjun! Sen bu yerda nima qilyapsan?

Mj: Nima kutmaganmiding, senga bergan vadam yodingdami?

U meni azoblab o'ldirishga vada bergandi. Menimcha ham u buni eplayotgandi. Tilimdan bir og'iz savol chiqdi. Ammo javobini olishni umuman istamasdim.

- Qizlarni... sen olib kelganmisan?

Minjun yuzimga qarab iblisona tabassum qildi.

Mj: Albatta, xo'sh bu foxisha bilan vidolashdingmi? Qolganlari ham bundan battar holda o'ldi. Bu qochgani uchun ularga jazo edi.

Men so'zsiz yuziga musht tushirdim. Hozir unga kuchim yetmasligini bilardim, ammo chidab turishning iloji yo'q edi.

U sochimdan ushlab meni ura boshladi. Har qayog'imga urardi, tepardi. Ko'tarib yerga uloqtirdi. Tanam o'tin kabi qovjirab qolgandi.

U yana sochimdan tortib yuzimni o'ziga qaratdi va isqirt gaplar gapira boshladi.

-Menga qara, qara dedim senga! Sen ham manavilardek ahlatxonaga tushasan. Undan avval esa tagimda o'lguningcha nola qilasan...!

Bo'g'iq ovozda ikkilanmay unga gapirdim.

- Sen hatto men bilan urusha olmaysan ham. Sen qo'rqoqsan, qo'rqoq!

Mj: O'chir ovozingni bitch!

U shundan deya yana yuzimga tarsaki urdi. Men esa so'ngi so'zimni jilmayib aytdim.

-Balki sening onang foxisha bo'lgandir! Shuning uchun sen ham shundaysan!

Shunday deya qonab dabdala bo'lgan yuzim bilan unga jilmaydim.

U gapimga chiday olmay, meni yerga otib tepa boshladi. Tanam mutlaqo o'zida emasdi. Men o'layotgandim. Ammo hamma narsani eshtib turardim.

To'satdan qo'pol bir ovoz eshitdim.

-To'xta!
U so'zsiz to'xtadi. Ortiga qarab bir ismni aytdi.

-Janob Yoongi!

Men joyimda qaltirab yotardim. O'sha odam tepamga kelib menga biroz tikildi va atrofga qaradi. So'ng Minjunga savol berdi.

- Barchasini shu qiz qildimi?

Minjun titrab javob berardi.

Mj: Janob haligi...

Men yerda cho'zilib yotgancha ularni kuzatardim. Ko'zlarim zo'rg'a ochiq turardi. So'ngi bir ovozni eshitdim.
Bu o'q ovozi edi. Menimcha Minjunni otishgandi.

Yoongi ismli odam yonimga kelib qon bo'lib yuzimga yopishgan sochlarimni sekin qo'li bilan oldi. Juda past ovozda pichirladi, ammo eshitdim.

-Ko'zlaring chiroyli ekan!

U meni bir urinishda ko'tarib oldi. Boshim bir chayqalib ketdi. Menimcha uning qo'lida hushimni yo'qotdim...

Autor~
Min Yoongi- Bu odam Koreyaning eng shafqatsiz insoni sifatida tanilgan. Yoshi 32 da. Ayollarga mutlaqo qiziqishi yo'q. Balki nafsi uchun ulardan foydalanar, ammo bu haqida aniq habarlar yo'q.

Katta biznesmen. Yer ostida ham qora bizneslari bor. Uni mafiya deb ham atab bo'lmasdi. Chunki u mafiyalardan ham o'tib ketar darajada boy va shafqatsiz inson! Uni ismini eshitgan ko'plar taniydi, ammo yuzini hamma ham ko'rmagan. Ota onasi yo'q. Faqat yagona singlisi bor, Min Bona, 15 yoshda.

Elara

Min Yoongi

Yoongi~
Minjun mening qo'l ostimda ishlardi. Qizlarga biroz suyagi yo'q bola edi. O'ldirishimdan oldin albatta. O'sha kuni men uning kichik biznes binosiga ish bilan borgandim. Ya'ni menga aytishlaricha qariya Lee Danguni xonadan o'ligini topishgan ekan va qizig'i shuki- yosh qizaloq uni ancha qiynab o'ldirganmish.

Bundan biroz hayratda qoldim. Chunki shu paytgacha hali katta jinoyatchilarni oddiy bir qiz o'ldirganiga birinchi bor guvoh bo'lgandim.

Tan olishim kerakki anchagina qiziqdim va u yerga bordim.
Minjun esa bitta qizni eplolmagani uchun ishiga yarasha jazo olishi kerak edi.

Ularni chetdan kuzatarkanman qizning jasurligi ko'rib lol qoldim. U hatto o'layotgan holatda ham Minjunga bemalol gapirardi. Bilishimcha bundan oldin ham Minjunni qattiq do'pposlagan ekan.

Umrimda bunday yosh qizlarga qiziqmaganman, ammo uning qilgan ishlari meni o'ziga tortdi. U kamida yigirmatacha odamimni o'ldirgandi.

Hatto Minjunning katta foxishasini ham urib burnini sindiripti.

Uning yoniga borganimda yerda qaltirab yotardi, ahvoli juda og'ir edi.

Ko'zlariga qaraganimda esa qandaydir umrimda tuymagan hisni tuydim. Huddi u meni qutqar deyotgandek mo'ltirab qarab turardi.
Ko'zlari yoshga to'lib, nimadirdan qattiq alami kelyotgandi. Huddi o'yinchog'ini yo'qotib qo'ygan bolakaydek qaltirab yig'lardi.

Uni menga foydasi tegmasligi aniq edi, ammo negadir shunchaki olib ketishni istadim.

Minjunni va qolgan itvachchalarini esa o'sha yerda tinchitib u yerga o't qo'yib ketdim.

Umrimda qilmagan ishni qilib uni o'z mashinamning orqa o'rindig'iga o'tqazdim va o'zim rulga o'tirdim.

Bir ortimga qarasam, o'rindiqda cho'zilib yotardi. Menimcha allaqachon hushini yo'qotgandi.

Uni uyga olib bordim. Ishchilarga qiz uchun xona tayorlashini aytdim. Ular xonamning yonidan xona tayyorlashipti.

Ayol xizmatchilarga shifokor chaqirishini va uning kiyimlarini almashtirib, ahvolini to'g'irlashini aytdim.

Ko'tarib yotoq ustiga qo'yarkanman, hushsiz holda uzun sochlari qon bo'lib butun tanasini o'rab turardi.

-Haa, koreyada bunday uzun sochli qizlar kamdan kam.

Uni xonaga qo'yib o'zim chiqib ketdim. Ishlarim juda ko'p edi. Boradigan joylar, bugun yangi qurollar kelishi kerak edi, yana yangi mollar ham.

Shunday qilib uyga ikki kun bora olmaydigan bo'ldim. Men uchun bunday holatlar yangilik emasdi.

3- qism tugadi

Muallif: Aurea

E'tiboringiz uchun rahmat!