Dead End ep-20
~ 17 yoshga kirgan kunimga ming la'nat...
Deyarli bir yarim soatcha kechikib shifoxonaga kirib kelarkanman, yuragim hayajondan qattiq ura boshladi. O'zimga o'zim pichirladim.
β Nahotki shuncha gap- so'z va muammolardan keyin, o'ttiz yillik do'zaxdan keyin men ham ota bo'laman? Elaram kechikkanim uchun jonimni olmasa bo'lgani...
Hazilomus jilmaygancha palataga kirarkanman, uning tepasida ikki shifokor turardi, avval bir tomoq qirib qo'ydim. Shifokorlar tezda yonidan qochisharkan...
Doim gul olganimda taqdirning nimadir bahonasi bilan ular yerga otiladi, bugun ham huddi shunday bo'ldi. Yovvoyim qorniga sanchilgan pichoqni ushlagancha qaltirab yotardi.
β Elara, yagonam, kim qildi buni? Jin ursin hammangni, tezda nima qilib bo'lsa ham uni tuzating.
β Janob Min, chiqib turing iltimos, janobni bolakayning oldiga olib boring.
O'sha yerdagi doim bizga hizmat ko'rsatadigan shifokor yurak yutib shu gapni aytdiyu, narsalarini tahlab Elaramning tepasiga bordi.
β Janob Min, xonimda hozircha hammasi yaxshi, kichkintoyni ko'rishni istaysizmi?
Undan ko'zimni zo'rg'a uzib farzandimning yoniga kirdim. U oppoq va beg'ubor bo'lib uhlab yotardi. Kichikligidan hatto qo'limga ushlashga qo'rqayapman. Shunchaki egilgancha iforidan to'yib nafas oldimu, qulog'iga pichirladim.
β Sen ham onang kabi jasur bo'lishing kerak qizaloq, dadang seni doim boshida ko'taradi.
Uning yoniga o'tirgancha jajji qo'lchasini kaftim orasiga soldim. Qizalog'im bosh barmog'imni siqib olarkan, tanamga qayta jon kirgandek bo'ldi.
β Shirin qizim, haqiqatdan onanga o'xshapsan. Endi shu yerda biroz oying o'ziga kelishini kutamiz...
Og'riqdan yorilay deyotgan boshimni kravat devoriga tirarkanman, bir soat ham o'tmay hamshira yugurib keldi.
β Janob Min, Min xonim sizni ko'rmoqchilar.
Shoshilgancha o'rnimdan turib uning palatasi tomon yurdim. Elara yarasiga qo'lini qo'yib, hechnima bo'lmagandek osmonga tikilib yotardi.
β Yovvoyim, ahvoling yaxshimi?
β Nega kech qolding Yoongi?
Unga hech qachon o'z muammolarimni aytmaganman va bu safar ham shunday qildim.
β Kechir yagonam, muhim ishim chiqib qoldi, bunday bo'lishi hayolimga ham kelmagandi.
Elara ensalari qotgancha, araz qilib yuzimga qaradi. Yoniga kelib yarasiga barmog'imni olib borib yumshoq siladim.
β Yuzini ko'rdingmi?
β Balki ko'rdim, ammo uni tanimayman.
β Oyog'ing ostida yotib uzur so'ramaguncha joni tanasidan chiqmaydi.
Elara ahvolimni tushunib sekin menga bag'rini ochdi. Hayotimda hechkimdan hech nima kutmasamda undan doim kichik e'tibor kutaman.
Yarasiga tegmaslik uchun iloji boricha ehtiyot bo'lib bag'rimga bosdim.
U yuzimni o'ziga qaratib labimdan tishlab, o'pib qo'ydi. So'ng doimgidek barmog'i bilan sekin siladi. Ko'zimni bir muddat ham uzmay yuziga qarab turaverdim.
β Seni sevaman Yoongi, qizimni olib kel, uni ko'rishni istayman.
Bu qilgan ishiga javob qaytarmasam bo'lmasdi, bo'yniga labimni olib borib nam bo'sa qoldirdimda, tashqariga chiqdim.
Qizalog'imga nima ism qo'yish haqida o'ylagancha uning yoniga kirdim. Atrofga ko'z yugurtirdim va uni topa olmadim.
Xona derazasiga qaradim, u aniq qo'lda buzilgan edi. Soniyalar ichida butun shifoxonani oyoqqa turg'azdim.
Elara o'ziga nima bo'layotganini ham unutib, yig'lagancha xona ichini ko'zdan kechira boshladi. Deraza tomon borib qo'lini mushti bilan qattiq urdi.
Xotinimni jonimdan ham ortiq ko'raman, shunchaki uning qo'llari qonayotganiga chiday olmay ortidan borib quchdim.
β Yagonam, senga turish mumkin emas, o'zim hammasini hal qilaman, iltimos uyga qayt.
Elara ortiga o'grilib yoqamni mahkam siqqancha yig'lab baqirdi.
β Sen nimalay deyapsan Yoongi, bolamni o'g'irlashdi, sen esa hotirjam uyga ket deyapsan. Agar yana menga rahmli ko'zlaring bilan qarasang seni o'ldiraman.
U qornini ushlagancha tashqariga chiqib ketdi. Hozir o'zimni qo'l oyog'i bog'langan asirdek his qilyapman.
Telefonimni oldimu, Koreyadagi hamma kameralarni bittalab ochtirishlarini aytdim. Boshqa mashina chaqirtirdim va Elarani zo'rg'a tinchlantirib mashinaga o'tqazdim...
>>>
β Janob, kim ekanini topdik, tezda Seuldagi binoga yetib keling.
Mashinani shunchalar tez haydadimki, o'n daqiqa ham o'tmay butun Koreyaning kameralari saqlanadigan joyga bordim. Hamma- hammasini, hatto qanday olib ketishganigacha bir boshidan ko'rdim va yarim soat ichida butun to'dasi bilan birga toptirdim.
β Asosiylarini tirik qoldirib, yerto'laga olib tush, qolganini yig'ib yoqib yubor.
Ularning yalinishlariga ham qaramay ichidan asosiy o'ntasini olib qoldim va qolganini katta padvalga olib tushib o'sha yerda hamma yerni yoqilg'iga to'ldirishdi. Elaram yonimda ularni hatto kiprik qoqmay kuzatardi.
Uni sevishimni ayni sababi ham bizning o'xshashligimizda edi. Qo'limdan yondirgichni olib ko'zidagi yoshni artgancha binzin quyilgan maydonga uloqtirdi.
β Yagonam, endi uyga qaytsangchi?
β Endi qolgani bilan shug'ullanamiz.
U savolimga javob ham bermay manzilni so'radi. O'zim ham hozir ko'ngliga qaraydigan ahvolda emasdim, shunchaki jim ketdim.
Pastga tusharkanmiz, ko'zi doim devorga osilgan turadigan pichoqlar kolleksiyasiga tushdiyu, ulardan eng yo'g'onini olib ikkilanmay birining yuragiga sanchib aylantirdi, og'zidan qon kelgancha boshini pastga tashladi.
β Jin ursin sen ahlatlarni, agar kimdir savolimga javob bermasa bundanda og'irroq o'lim kutadi.
Ortiq chidolmay qo'lidan pichoqni tortib oldimu, ikki qo'lini mahkam siqib qulog'iga yaqin kelib gapirdim.
β Elara, hozir jahlim qattiq chiqqan, uyga ket.
β Men bolamni topishim kerak, usiz ketmayman.
Yig'lab yelkamga urarkan, majburlab bag'rimga bosdimu, doim yengil uhlatish uchun tayyor turadigan shpritslarga ishora qildim.
Hammaga teskari qarashi uchun qo'l silkitarkanman, shpritsni uning bo'yniga tiqish barobarida lablariga labimni jips birlashtirdim.
Labimni tortgunimcha deyarli ko'zlari yumilib ulgurgandi.
Uni uyga emas, boshqa joyga olib borishlarini aytdimda, bu safar o'zim vaziyatni nazoratga oldim.
β Ho'sh, mana endi gaplashamiz yigitlar, qizim qayerda?
Savolimning javobini kutmasdan katta boltani olib birining tizzasiga urarkanman, oyog'i yerga uzilib tushganidan chinqirib yubordiyu, o'sha yerda o'ldi.
β Bu safar kimni uhlatamiz?
β Janob Min, aytaman, aytaman, qizaloq allaqachon o'ldi.
Bu gapni eshtarkanman, hayotga deyarli hech qanday qiziqish qolmadi. Hozir shunchaki Elaramga bu haqida nima deyish haqida o'ylayapman.
β Gapirganini qoldiring, qolganini bo'laklarga bo'lib yoqib yuboring. Bularning go'shti itlarga ham harom.
Ular ko'z o'ngimda hammasini chinqirtirib chavaqlasharkan, hayolimni bir nuqtaga jamlab, unga yana savol berdim.
β Uning tanasi qayerda?
β M... Minxo, u yo'q qildi.
Yuzimda bu safar hissizlik paydo bo'ldi. Endi shunchaki hammani bir boshidan yo'q qilaman...
β Bilasanmi, nega seni tirik qoldirdim?
β Javob berganim uchun... Meni o'ldirmaysizmi?
β Haa, aynan javob berganing uchun, manashu la'nati tiling bilan bu jirkanch habarni aytganing uchun ulardan yuz barobar og'riqli ajal bilan yuzlashasan.
Ikki hafta uyga bormay hammasini yo'q qildim. Hayronman, begunoh qizalog'imda nima ayb edi...
Ko'zyoshimni berkitgancha Elara turgan qarorgohga kelarkanman, uning ahvoliga achinib ketdim.
β Yagonam, meni kechir, uni asrolmadim.
β Sendan nafratlanaman Min Yoongi, ortiq seni ko'rishni istamayman.
Gaplariga e'tibor ham qilmay qattiq bag'rimga bosib bo'yniga yuzimni ko'mdim.
β Qo'yib yubor, bolamni o'ldirib endi menga dalda beryapsanmi? Hech qanaqa sevgi yo'q, ajrashamiz.
Ortiq bosh egishni istamayman, bu ishda aybim yo'qligini bila turib meni rad qildi.
β Ketishni istasang ket va qaytma, agar qaytsang seni o'ldiraman...
~ Men bugun yigirma yoshga kirdim. Hozir esa derazadan termulgancha bir narsani eslayapman. O'sha o'n yetti yoshli shaddod Elara Park.
Haa.. o'sha aynan men edim, hatto mafiyalar olamida tillarda doston bo'la olgan qiz men edim. Hayotim davomida ko'p tanishlar va do'stlar orttirdim, ammo birortasi men bilan qolmadi.
O'tgan yili hatto yagona dugonam Minsuni ham zo'rlab o'ldirishdi. U shunchaki sevilishni istagandi, huddi men kabi, afsuski foydalanishdi...
Kunlarim doimgidek o'tyapti. Zalga boraman, so'ng ishga, ba'zida kimnidir o'ldirishni istab qolsam bu ishni qilaman. Men endi shunchaki yuraksizman. Sayr qilishni istasan qabristonlarga boraman. Go'yoki mitti qizalog'im meni o'sha yerda kutayotgandek tuyuladi, balki o'sha maskan meni kutayotgandir.
Keyingi hafta Koreyaga qaytmoqchiman, har daqiqa hammasini unutishga harakat qildim, ammo eploldimmi yo'qmi, bunisini bilmayman...
~ Endi men eski Min Yoongi emasdim, oldingidan ham vaxshiy va qonxo'rga aylandim. Bonam menga bir paytlar juda jumboqli savol bergandi.
Menimcha bugun o'sha savolning javobini topdim.
U menga doim seni o'tmishdagi Yoongi bilan yuzlashtira oladigan insoning bormi deb savol berardi.
β Ha... Bunday inson yer sha'rida bor, ammo qayerda ekanini bilmayman. Agar u bahtli bo'lsa men ham baxtliman.
O'sha kuni uni qo'yib yubordim, chunki ahvolim yaxshi emasdi, Elara ikkimiz bir xil edik. Huddi men hechkim ojiz tarafimni ko'rishini istamaganimdek u ham buni istamasdi.
Yovvoyim hayoti davomida ko'p yo'qotishlar qildi. Bizga bu hayotdan nafi tegadigan nimadir berilmadi. O'tgan umrimga biror bor achinmadim, ammo sevgilimning umriga achinyapman.
O'tgan hafta u yigirma yoshga kirgandi, balki meni unutib ham yuborgandir. Uch yil avval Minxoni o'ldirayotganimda u menga so'ngi so'zlarini aytdi.
β Sen uzoq yashamaysan, janob Min. Aslida bizni boshimizga yetgan sensan, kun kelib o'zinga ham manashunday o'lim nasib qiladi...
Bilishimcha u meni besh oy davomida zaharlab kelgan. Va bu jarayon to'xtab qolgani uchun o'lim muddatim biroz sekinlashdi. Ba'zida o'ylab qolaman, Elara meni hamon sevarmikin, hatto raqamimni o'zgartirmadim, biror ayolga uylanish haqida o'ylab ham ko'rmadim.
~ Bugun nihoyat Koreyaga qaytdim. Seul havosi meni o'ziga qayta va qayta rom etmoqda. Airportdan tushishim bilan ko'zlarimdagi yosh dudoqlarimga dumaladi.
O'zimga o'zim so'kingancha ko'zyoshlarimni artdimu, eski uyimga yo'l oldim. O'sha eski ifor, unutilmas hotiralar, hatto chang bosib ketgan eshiklar...
β Nega bunchalar tez... Nega men baxtni his qila olmadim, nega meni tashlab ketdingiz, hammangizni yomonko'raman.
Uyimning eshigi yonida tiz cho'kkancha yig'lab yubordim. Uyga kirmoqchi bo'lib eshigini taqillatdim.
Eski qo'shnim meni ko'rib avvaliga tanimadi, ko'zimdagi yoshga biroz qaradiyu, bag'rini ochdi.
β Holajon, sizni juda sog'indim.
β Biz ham sog'indik qizim, qayerlarga ketib qolding?
Uyga kirib o'tirdim va uy haqida biroz suhbatlashdik.
β Seori o'tgan yili qishda sovuqda qolib o'lgandi. Uni bolalar dafn qilishdi. Ancha vaqt kelmaganingdan so'ng uy bo'sh qolmasin deb o'zim shu yerga ko'chib o'tdim. Qizim istasang uni senga qaytaraman, bu sening vataning.
β Yo'q holajon, bu yerni sizga topshirdim, men esa tez orada qaytib ketaman.
Uydan narsalarimni olib chiqib ketdim va buvim yotgan qabristonga bordim. U yerga ham yetib bormasdan yig'lay boshladim.
β Buvijon... Kechiring iltimos, sizni ham sog'intirib qo'ydim. Bilasizmi, ahvolim juda ham ajoyib. Men boyman, huddi orzu qilganimizdek. Istagan narsamni olishga kuchim yetadi. Ammo bilasizmi...
Biroz to'xtab, tomog'imga havo tiqildiyu, yana davom etdim.
β Ammo, bilasizmi... Siz yo'qsiz, qancha pulim bo'lsa ham o'zim sog'ingan insonlarni qaytara olmayapman. Bilasizmi... Endi butunlay yolg'izman buvi...
Ko'zyoshim hecham to'xtay demayapti. Yana biroz turib so'ngi dardimni ham aytdim.
β Buvi... Bilasizmi, hatto... Nabirangiz dunyoga kelgandi, unga ismingizni qo'ymoqchi edim. Ammo uni ham o'ldirishdi... Aytingchi buvijon, uning gunohi nima edi?
Afsus... Hechkim savollarimga javob topa olmaydi, hatto o'zim ham. Balki bu badal, balki jazo, balki qadar...
Qabriston tashqarisiga chiqayotib ko'zyoshlarimni artgancha jilmaydimu, buvimga qo'l silkidim...
β Jin ursin qayerdan jiringlayapti?
Telefonimni topib ekranga qaradim. Doimgidek...
β Eshtaman Kieran.
β Miss... Senga bir gap aytishim kerak, faqat yaxshilab eshit iltimos.
β Kieran, bas qil, hechkimni sevmayman va imkon bermayman, tamom!
Ko'zlarimni yumib uning gipard ko'zchalarini, hammaning yonida qonxo'r bo'lib ko'rinadigan, ammo mening yonimda yoqimtoy mushukchadek ko'rinadigan o'sha sevgilimning xiyonatkor chehrasini tasavvur qilyapman...
β Qaylardasan sevgilim, nahot meni sog'inmading?
~ Insonlar doim shunday ahmoqmi, yoki hayot bizni doim shunga majbur qiladimi? Qanchalar achinarli holat... Sevgini biz yaratsagu, u bizga xiyonat qilsa. Biz sevsagu, doim yo'q joydan baxtimizga to'g'anoq bo'lishsa... Ko'ngil birozgina baxt istasayu, taqdir doim jonimizni achitsa...Bu dunyoga nima sababdan yashayapmiz o'zi?
Hayollar og'ushida o'tirgancha Yoongining suratiga qaradim va armonim bo'lmish qizalog'imning jajji chehrasini tasavvur qildim.
β Elara Park...nega dunyoga kelding, sen kimsan o'zi? Bu olamda yashashga seni nima undayapti? Balki barchasini butunlay tark etishing kerakdir...
O'zimga o'zim gapirgancha baland bino tepasiga chiqdim. Qo'llarimni keng yoyib hammasi uchun shunchaki tabassum qildim...