Dead End... Ep-2
~17 yoshga kirgan kunimga ming la'nat...!
Avval jim yotib kuzatdim, so'ng biroz boshimni ko'tarib u yoq, bu yoqqa qaradim.
Ammo yuragim g'ash, aniq uyda kimdir bor edi.
Noiloj o'rnimdan turib chiroqni yoqdim, Orqamdan nimadir aniq qimirladi. Bir yutunib orgamga qaradim.
Men Seoriga baqirib yubordim. Bechora itim ham qo'rqib ketdi. So'ng chiroqni o'chirib joyimga yotdim.
Elara POV: Ahh, bugun biroz g'alati kun bo'ldi, menga juda yoqdikuyaa... Lekin qanaqadir g'alati...!
Men shiftga termulgancha hayol surib yotardim. Men adashmagan ekanman, rostdan uyda odam bor edi...
Yuragim gupurlab ura boshladi. Qadam tovushlari menga yaqinlashyotgani yaqqol sezilib turardi. Men o'zimga o'zim majlis qilardim.
Elara POV: Hozir nima qilishim kerak? Jin ursin hammasini, nega aynan shu payt kimdir uyimga kiradi?
To'g'ri urish zavqlidir, ammo bir kunga ikta quvonch aniq ko'plik qilardi. Bir amallab boshimni ko'tardim va o'rnimdan turdim. Hayotimda birinchi bor mening ayimda begona bor va umrimda birinchi marotaba bunday qo'rquvni his gilardim.
Men oshxana tomonga bik ikki qadam tashladim. Hamma yoq jimjit edi. U yoq bu yogga alanglagancha, bir chuqur nafas olib ortga o'grildim.
To'g'rimda katta gavdali odamni ko'rdim. Qop qorong'u, uning faqat gavdasi qora sharpadek ko'z oldimda turardi. Men qo'rqqanimdan baqirib yubordim. Bor kuchim bilan sakrab uni tepmoqchi edim, ammo oyog'im ko'tarilishi bilan boshimga kelgan zarbadan ko'z oldim qorong'ulashdi...
Ko'zimni ocharkanman, ikki daqiqacha ko'r odamdek faqat qorong'ulikni ko'rdim. Boshim shunchalar qattiq og'riyotgandiki, baqirmaslik uchun labimni qattiq tishlab ko'zlarimni biroz yumib turdim.
Amallab ikki daqiqadan so'ng ko'zimni yana ochdim. Huddi miyam tanamdan ajralib qolgandek edi. Miyamdagi og'riqdan hatto qo'lim qayerdaligini his qila olmadim.
Biroz qimirlamay turdim va chuqur chuqur nafas oldim. Sezdimki qo'llarim orqamga qilib bog'langandi.
Xona qorong'u edi. O'rnimdan amallab turib bir ikki qadam tashladim va sezdimki yolg'iz emasman, Xona juda sovuq va tor. Menimcha yerdan pastda joylashgan. Huddi padvalga o'xshardi.
Ko'zim biroz o'ziga kelganidan so'ng atrofimga alanglab qaradim va faqat men hushimda ekanimni sezdim.
Yana tahminan yettitacha qizlar bor edi. Yuziga qarab bo'lmas darajada kalatkalngandi, albatta mening ham yuzim ularnikdan kam emasdikuya, ammo ular mendek ko'chada urushmagandi.
Ularni haqiqatdan azoblab kaltaklashgani yuzlaridagi yorilish va ochiq badanidagi ko'karishlardan aniq edi.
Sportdan habaringiz bo'lsa bilishingiz kerak, gimnastikada shunday tryuk borki, qo'llarini bir biriga bog'lagan holda orqadan oldinga aylantirish mumkin, bu tryuk uchun ancha mehnat qilish kerak albatta, tabiiyki men ham bu ishdan mustasno emasman.
Kuchim deyarli qolmagandi. Ikki qo'limni bir biriga jipslashtirib mahkam ushladim-da, bir chuqur nafas olib orqamdan oldimga aylantirdim. Anchadan beri buni mashq qilmaganim uchun suyagim singandek qarsillab ketdi. Baqirib yubordim.
-Ahh, jin ursin! Ko'proq shu tryuk ustida ishlasam bo'larkan! Voy joniim!
Baqirganimdan yonimdagi bir qiz uyg'ondi menimcha menga ming'illagancha savol berdi.
Qanday ahmoqmana, shunday paytda ham hazil ko'nglimga sig'yapti. Anavi qiz biroz qarab turib yana savol berdi.
U huddi yuz yildan beri shu yerning kaltaklarini yeb o'rganib ketgan odamdek so'radi. Men esa juda hayron qoldim va bir tarafdan qizga rahmim keldi. U yana bir bor so'radi.
- Kechirasan, lekin gapinga tushunmayapman, o'zi qayerdamiz!?
Men uning savoliga savol bilan javob berdim.
U juda shubhali va qo'rqinchli gapirardi.
Men havotir ola boshladim. Ichimda hayol surarim, Bunday joy qayer bo'lishi mumkin o'zi?
X: Ular voyaga yetmagan qizlarni o'g'irlashadi, so'ng...
U gapini tugatmay to'xtab qoldi va yerga qaragancha indamadi.
Tan olishim kerakki, battar qo'rqa boshlagandim.
Men qoshimni chimirib u tomonga biroz egildim.
U aniq mendan ham kichkina edi. Qizdan javob olmagach yana unga savol berdim.
-hoy, necha yoshsan, isming nima? Qiz biroz jim turib past ohangda gapira boshladi.
Qiz yana jim bo'ldi. Mendan bir yosh kichik ekan. Unga yanada qiziqish bilan savollar bera boshladim.
-Haa, boya gaping chala qoldi. Ho'sh menga ayib berasanmi, balki yordamim tegar!?
Qiz ustimdan kulgandek menga jilmayib qaradi.
-Yordam? Qizning kulganiga biroz hayron qolib yana gapimda davom etdim.
-Ha yordam! Nima ishonmayapsanmi?
Qiz yanada kengroq jilmaydi va g'alati savol berdi.
Uning tanasiga qarasangiz haqiqatda rahmingiz kelardi, ammo men u emasman. O'zimni himoya qilishimga kuchim yetardi.
-Ha, ko'ryapman! Ammo nega bu ahvoldasan, nima sababdan bu yerdasan?
Qiz biroz tanasini sovuq yerdan ko'tarib menga batafsil aytmoqchidek devorga suyanib o'tirib oldi va zo'rg'a bir chuqur nafas oldi. So'ng o'ta past va yig'i aralash gapira boshladi.
-Bu yer juda daxshatli joy. Kelganimga ikki hafta bo'ldi. Men yetim edim, amakim va xotini bilan yashardik. U qimor o'ynab yutqazsa yoki ichsa kelib meni doim urardi...
Qiz yana jim bo'ldi, men esa yoniga o'tirdimda, unga biroz yaqinlashib yig'layotgan ko zini artib, sochlarini tartibga solgancha so'radim.
-Xo'sh, keyinchi, aytaver seni eshtishga tayyorman!
Dora biroz o'zini bosib, gapida davom etdi.
-Hullas, bir kun u qimor o'ynab yutqazgani uchun uyga kelib meni qattiq kaltakladi. Men esa o'lgudek bo'lib indamasdan xonamga kirdim, So'ng ertasi kuni uyga yana kimdir kelgandi, u odam amakimga agar meni bersa qarzidan voz kechishini aytdi. Amakim ikkilanmasdan meni unga sotib yubordi. Qarshilik qildim, ammo yanada qattiq kaltaklandim...
Uni gaplaridan etim jimirladi. Meni bu vaxshiylikka chidolmasligim aniq edi. Qizaloqqa juda rahmim kelardi. Undan yana gapini davom ettirishini so'radim.
Xo'sh, keyin seni nima qilishdi?
Qiz yig'isini berkita olmay yana piqillab gapira boshladi.
Meni shu yerga olib kelishdi. Ikki kun hech nima berishmadi, hatto suv ham. Faqat manashu xonada yotdim.
So'ng, bir uzun bo'yli chiroyli ayol kelib yonidagi erkaklarga meni olib chiqishini aytdi. Aytishicha men eng go'zali ekanman. Ular meni sudrab chiroyli, katta xonaga olib kirib tashlashdi.
-O'zimni go'yo ahlatdek his qilardim. U yerda chiroyli kiyingan qizlar bor edi. Ular hammomni ko'rsatib yuvinishimni aytdi. Men ham indamaşdan yuvinib chiqaqoldim.
-Chiqqunimcha ular menga ovqat va kiyimlar tayyorlab qo'yishgan ekan. Menga nonushta qilib, kiyinishimni aytishdi. Hayron bo'ldim, ammo juda och edim. Ilojsizlikdan ovqatlanib, o'sha kalta ochiq ko'ylakni kiyib chiqdim.
-Qizlardan biri meni oyna yoniga o'tirishimni aytdi. Indamasdan aytganini qildim. Ular sochlarimni chiroyli qilib turmaklab, pardoz qilishdi.
-Men nima bo'layotganini umuman tushunmadim. Hatto hursand bo'lishni ham, hafa bo'lishni ham farqlay olmasdim.
— So'ng qizlar men tomonga qarab biroz termuldi. Bir biriga qarab jilmaydi. Ular meni bir xona oldiga olib borib, kirishimni aytdi. Men xonaga kirdim... so'ng!
Dora gapini tugata olmadi. Men esa allaqachon tushundim. Ha bu begunoh qizaloqni zo'rlashandi. Nafaqat zo'rlashgan, balki qarshilik qilgani uchun itdek kaltaklashgandi.
Men uni quchib tinchlantirishga harakat qildim. Qizaloq biroz yengil tortdi. So'ng unga yana bir og'iz savol berdim.
— Dora, necha marta bu holat bo'ldi?
Dora yig'lagancha ko'kragimga boshini qo'ydi.
Qiz juda charchagan edi. Hatto tanasi og'riqlardan hamon titrardi. U boshini biroz ko'tarib...
Dediyu, yana boshini ko'ksimga tashlab yig'lay boshladi. Uni biroz quchib turdim.
Oradan besh daqiqalar o'tib xonaga bir ayol va ikki barzangi kirdi. Dora qo'rqqanidan sapchib ketdi, ko'zini katta ochib ularga qarab turardi. Ayol esa uni haqorat qila boshladi.
Ayol: Hoy, sen kichkina fohisha, menga bunday qarashga qanday jur'at etding? Dora birdaniga boshini egib, unga yalina boshladi.
Dora: Xonim, meni kechiring iltimos, juda qo'rqib ketdim!
Qizaloq yig'lab unga yalinarkan, men u alvastiga o'ldirgudek qaradim va Dorani lablariga qo'limni qo'ydim.
-Tshsh, bu ahlat sening uzuringa loyiq emas Dora!
Dora menga shunchalar qo'rquv bilan qaradiki, uning ko'z ifodasi huddi, "hozir seni o'ldirishadi degandek ko'rinardi,
Anavi la'nati ayol esa menga baqirib sochimdan tortdi. Men g'azabdan portlay deyotgandim.
O'rnimdan turib yuziga shunchalar musht tushirdimki, burnining qarsillaagan ovozi butun xonaga eshtildi.
Uning burnidan tinimsiz qon oqardi. Ayol og'riqdan baqira boshladi.
Ayol: Aaayy, burniiim, o'lib qolamaan!
Yonidagi erkaklardan biri ayolni ko'tarib xonadan olib ketdi. Ikkinchisi menga yaqinlasharkan, uni ham do'pposladim, amallab yerga yiqitdim.
Ammo hozir juda zaif edim. Eshikdan tashqariga qaradim, haqiqatdan yer ostida ekanmiz! Doraning yoniga kelib uni quchoqladim. U juda qo'rqayotgandi.
-Dora, hozir bu yerdan ketish kerak!
U yonimizda hushsiz yotgan qizlarga ishora qildi. Men esa tezda turib hammasini siltay boshladim.
— Hoy, o'rningdan tur hammang, bo'laqolsangchi endi!
Dora ham amallab turdida, ularni uyg'otishga harakat qildi. Qizlardan beshtasi ko'zini ochdi. Hammasini yuziga tarsaki urardim va bagirardim,
— Tur tezroq, uyg'on! Yashashni istaysanmi o'zi?
Qizlar qutilish haqida eshtarkan, tezda o'rnidan turdi. Hammasi holsız va kaltaklangandi. Ammo ikkitasi... Menimcha ularni allaqachon joni uzilgandi.
Men sekin olti qizni ergashtirib, zinalardan chiqa boshladim. Qo'limda na pichoq, na qurol bor edi. Tan olaman o'zim ham juda qo'rqayotgandim. Vetmaganiga yana olti insonning hayoti mening qo'limda edi. Qattiq titrardim, ammo qizlar menga ishonardi. Ularni umidini uzmaslik uchun har qadamda ularga dalda berishga harakat qilardim.
— Hoy, qo'rqmang va yig'lamang. Siz yashashingiz kerak, tushundingizmi?
Qizlar ham noilojgina bosh silkishardi. Zinadan chiqarkanmiz oyoq ostida murdalar yotardi. Yig'idan o'zimni zo'rg'a tiyib turardim. Afsuski, ularning hammasi o'smir qizlar edi.
Oyog'imiz ostida temir va tahtalarni ko'rdim. Tezda qizlarga o'zlariga qulay bittasini olishini aytdim.
— Hoy meni eshting, agar kimdir yaqinlashsa ayamasdan uring, agar qo'rqsangiz ular sizga qanday azoblar bergani haqida o'ylang! Bitta hato va hayotingiz butkul do'zaxga aylanadi!
Men shunday degancha tashqariga chiqdim va hechkim yo'qligiga ishonch hosil qilib qizlarni ham chaqirdim.
Shunchalik ojiz edikki, hatto qayerga qochishni ham bilmasdik. To'g'rimizda katta darvoza bor edi. Men atrofga qarab qandaydir katta zavod padvalida ekanimizni angladim. Qizlarga qaradim. Har biri yashash uchun kurashardi. Ular qanotsiz farishtalarga o'xshardi.
— Hammang eshit, hozir anavi darvoza yoniga boramiz va tashqariga chiqamiz. So'ng hammangiz ozodsiz. Agar eplolmasak...
Biroz to'xtadimda yana menga mo'ltirab turgan ko'zlarni umidsiz qilgim kelmadi. Yana davom etdim.
— Eplolmaymiz degan gap yo'q, biz uddalaymiz. Hammangizni eng go'zal kelajak kutmoqda! Hozir hammang oyog'ingni qo'linga olib yugur. Shunday yuguringki, maqsadsiz yuguring. Hatto qayerga ketayotganing nomalum bo'lsada to'xtama!
Qizlar bir birlariga qarab zo'rga jilmayishdi va darvoza tarafga yugura boshladik. Darvozalardan chiqarkanmiz, u yer ancha chekka joy edi. Ilgari bu yerda bo'lmaganimni payqadim, qizlarga yuzlandim.
— Kimdir bu yer qayer ekanini biladimi?
Yo'q deb bosh silkitishdi. Ularga qarab o'zim uchun energiya olardim. Atrofga qaradim, aniq bir yo'l ham yo'q edi. Uzoqda esa katta o'rmonga o'xshash joy ko'rinardi. Men yana bir bor qizlarga yuzlandim.
— Yaxshi, unda anavi katta o'mon tomon yuguramiz, so'ng bu yerlardan bir umir qutilamiz!
Hammamiz ozodlik uchun yugurar ekanmiz, hech nimaga qaramasdik, Qo'limizdagi temirlarni qattiq siqqancha yugurardik. Tahminan yetti daqiqacha yugurdik, jonimizda jon qolmadi, manzilga esa oz qolgandi.
Ortimdan o'q ovozi eshtildi. Ortga o'grildim, ular ancha uzoq edi. Qizlar joyida to'xtab qoldi. Ular bir biriga qarab yig'lay boshladi. Men bor kuchim bilan ularga baqirdim.
-Nima ahmoqmisanlar, yashash umiding bormi o'zi? Hammang yugur, agar kimdir qolishni istasa bemaloi! Ana shu yerda itdek o'lib ketaver!
Qizlar hammasi jovdirardi. Men esa gapimni shunday deb tugalladim.
-Yashashni istasang doim oldinga yur! Shuni bilki agar ajal kelsa bu to'nkalar hech nima emas. Hayot bir lahzada joningni oladi.
Qizlar gapimdan yana kuch olgandek tuyuldi. Mashina esa biroz yaqinlashib qolgandi. Ular yana kuch to'plab yugurishda davom etarkan, qolib ketayotganlariga baqirib ularni ham oldinga siljitardim. Ammo o'zimning madorim tugayozgandi.
Yugurib ketarkanmiz, bir ortimga qaradim.
Jin ursin, ular deyarli yetib kelishgandi. Men joyimda biroz to'xtadim. Mendan uzoqroqqa yetib borgan qizlar ham to'xtab birin ketin menga qarashdi. Shu on ichimda bir hayol o'tdi.
Elara POV: Ular begunoh va nimjon! Manavi ablahlar esa azobli o'limga loyiq. Hozir ular bilan yugursam hammamiz bir varakay o'lishimiz mumkin! Agar qolsam oltita begunohning hayotini saqlab qolgan bo'laman! Men qolaman...
Qizlar hamon joyida qotib menga termulardi.
Dora esa yig'lab baqirardi.
— Opaaa, yuring ketaylik! Yugursangizchi!
Ortimga bir nazar tashladim. Ular allaqachon bizga yetib qolgandi. Qo'limdagi temirni mahkam siqib qizlarga so'ngi bor tabassum qildim. Menimcha ular maqsadimni tushunishgandi. Ular menga baqira boshladi.
— Yo'o'q, yo'o'q yuguring biz qutulamiz!
— Opaaa, yuguriiing! Bo'laqolsangizchii!
— Hooy, qolishni hayolingizga ham keltirmang!
Ular huddi onasi uchun qayg'urgandek menga yig'lab qichqirardi. Men ham ko'yoshimni zo'rg'a berkitib ularga bor kuchim bilan baqirdim.
— Agar hozir ketsam hammamiz o'lamiz. Sizlar ajoyib do'stlarsiz! Ortingizga qaramang! Doim oldinga intiling. Men uchun ham bu dunyoda baxtli yashang iltimooos! Yugur hammang, ortga qaytganni o'zim o'ldiraman!
Qizlar noiloj menga qarab-qarab sekin davom etyotgandi. Shu on ularga so'ngi umidim va kuchimni berib tabassum qildim va qo'limdagi temirni tepaga ko'tarib yana bir bor baland ovozda ularga yuzlandim.
— Iltimoos, ortga qaramang. Yugurayotib so'ngi nafasingiz chiqib jon berguningizgacha to'xtamang, ammo bu yerda o'lmang, hech qachon. Men uchun yuguring!
Qizlar yana bor kuchlari bilan oldinga yugurib ketishdi. Men esa ortga qarab yura boshladim. Ko'zimda hech qanday qo'rquv va afsus yo'q edi.
Mashina yonimga kelib to'xtarkan, ichidan to'rttacha qora kiyimli odamlar tushdi. Shu on chuqur nafas olib, yolg'on bo'lsada, o'zimni hursand qilish uchun ich ichimdan bir niyyat qildim.
Elr Pov: Agar hozir ularni yutsam qizlarni topaman va ularga ham urushishni o'rgataman, bir umr baxtli yashaymiz. Biz ham go'zal kelajakka loyiqmiz!
Ammo bu shunchaki hayol ekanini o'zim ham yaxshi his qilardim. Erkaklar birin ketin menga yaqinlashib kelarkan, ortimga yana bir bor qaradim.
Qizlar ko'rinmasdi, ko'zimdan yosh qalqidi. Bu g'am emas, aksincha quvonch yoshlari edi. Ular ozod bo'lganini o'ylab, go'yo o'zim ozod bo'lgandek quvonardim.
— Menimcha endi o'lsam ham armonim yo'q!
Hammasi bir varakayga menga tashlandi. Men ham ayamay ularni temir bilan urardim. Ammo ular to'rt kishi edi. Urushdim, urdim va charchadim...
Ikkitasi meni yiqitib do'pposlay boshladi. Men aniq tugayotgandim. Qolgan ikkitasi qizlarni ortidan ketganini sezib, ko'zlarim yana katta ochildi. Ko'zim birining cho'ntagidagi to' pponchaga tushdi.
Qo'limni ko'tarib to pponchani oldimu, ikkisining ham peshonasiga o'q joyladim. Deyarli kuchim qolmagandi. Bor ovozim bilan yig'lardim.
— Ular qizlarni tutmasligi kerak, ular yashashi kerak!
Men ichimni ushlagancha to'pponchani olib yugurdim. Yetolmadim...
Orqa miyamga kelgan zarbadan bir deganda hushimni yo'qotdim...
~ Qani edi seni uchratmaganimda...