July 25, 2025

Bloody Garden EP-11

~ Men muhabbat atalmish bog'dagi his etib ulgurilmagan bir ifor edim...


— Jazolashga majbur qilma!

Ortidan kirib kelgan Taehyung jahl bilan ukasiga gapirdi.

—Ahmoqmisan? Uning holatiga qaragin!
— Necha marta aytishim kerak, Aralashma!

Elara biroz boshini ko'targancha g'inshidi.

— Iltimos, bas qiling…!

Tae: Albatta, malikam. Faqat menga nima yeging kelayotganini aytishing kerak!

Elara Taehyungga mo'ltiragancha noiloj gapirdi.

— Men, juda…

Jungkook ko'zlari kattalashib, qiziqqancha qizga qaradi.

— Nima juda?

Elara biroz o'ylab turib ko'zini Jungkookdan olib qochgancha gapirdi.

— Muzqaymoq…

Jungkook Taehyungga qarab sekin tabassum qiladi va yana jiddiylashib xotiniga qaradi.

— Sening ering menman, nega unga aytyapsan?

Taehyung ukasini ustidan kulgancha gapirdi.

— Nima, rashk qilyapsanmi?

Jungkook biroz ensasini qotirdi.

— Nega rashk qilmay, u mening xotinim?

— IIltimos, yana boshlamanglar!

— Bo‘ldi-bo‘ldi, malikam, to‘xtatdik!

Elara taehyung va Jungkookga qarab turib yana so'z ochdi.

— Jungkook!

Jungkook tezda e'tiborini xotiniga qaratdi. U bugun negadir boshqacha edi.

— Ha, sevgilim?

Elara bu so'zdan biroz hayratga tushdiyu, yana hursand bo'lib labini tishlagancha eriga sekin pichirladi.

— Tezroq olib keling, iltimos!

— Ooo, Jungkook, yur malikamizga muzqaymoq olib kelaylik. Kech bo‘lib qoldi, biror ovqat ham olib kelamiz. Hozir ochlikdan o'lib qolaman.

— Mittivoy, biz tezda qaytamiz. Sen esa aqllii qiz bo‘lib o'tir!

Elara ham istamaygina javob berdi.

— Yaxshi.

Ikki yigit chiqib ketarkan, tez orada Sujin zo‘rg‘a yurib kasalxonaga kirib keldi. Elara esa tashqariga havo olishga chiqqandi va shifoxona atrofida sokin o'tirardi. Uning miyasida hanuzgacha Jungkook va Sujin bilan band.

Elr Pov: Unga aniq kuchim yetardi… Lekin erim uni tanladi.
Hayotimda birinchi marta bu qadar ojizligimni his qildim.
Va birinchi marta rashk degan tuyg‘uni angladim.
Qo'limdan ko'p narsa kelardi, lekin hech narsa qila olmadim, shunchaki ojizlarcha ularga termuldim...
Hanuz tushunolmayapman, nega uni bunchalik rashk qildim?

Taxminan soat 19:30.
Sujin dori-darmonlarini olib, zo‘rg‘a tashqariga chiqdi. U uzoqdan Elarani ko‘radi va u tomon yura boshlaydi.

Sujin Pov: Bu qiz hali yosh bolakay-ku. Jungkookni topgan qiziga qarang!
Bizning dunyoda bu qizga qiziqayotgan odamlar anchagina.
Qimmatga sotishim mumkin! Jungkookga yaxshi saboq bo‘lardi!

Elara osmonga termulgancha skameykada o‘tirardi.
Uning yuragini yirtayotgan og‘riq va qayg‘uni… hech kim bilmasdi,
Faqat o'zidan boshqa...

— Hoy bolakay, Isming nima edi o‘zi?

Qiz uning ovozini tanib o'rnidan sakrab turib ketdi.
— Sujin! Nega bu yerga keldingiz?

U yig‘lamaslik uchun zo‘rg‘a gapiradi.

— Ishim bor edi, bolakay.
Sen-chi? Eringning xiyonatiga chiday olmadingmi?

Elr Pov: Men hozir uni aniq bir nima qilib qo'yaman.
Lekin Jungkook meni jazolasachi!?
Unga befarq emasdek tuyulyapti…

— Hoy nimani o'ylayapsan?
Lablarni ko‘ryapsanmi? Jungkookdan sovg'a , u qoldirgan izlar bu!

Sujin labiga barmog'ini olib borib gapirdi. Elara biroz hayron bo'lib turdida, so'ng uning gapini tushunib qoldi.

— Nima dedingiz…?

-Sujin ayyorona jilmayib qizga biroz yaqinlashdi.

— Ey, undan qutulging kelmayaptimi? U senga o'xshaganlarni bir marta ishlatib tashlab yuboradi, istasang men senga yordam berishim mumkin.

Elara uning gapidan qo'rqib ketdi, gaplarida jon bor edi, ammo unda nega nikohdan o'tganini tushuna olmasdi va huddi undan yordam kutgandek gapirdi.

— Qanday qilib, qo'lingdan nima keladi?

Sujin uni o'ziga og'dirish uchun tirjaygancha gapirardi.

— Sen… men o‘ylaganimdan ancha kuchli qiz ekansan, bolakay.

Elr pov: Balki u yordam berar…
Lekin undan ham yomonroq narsalar yuz bersa-chi?
Men bunday xavfga bora olmayman. Jungkook aniq uni ham meni ham o'ldiradi.

Sujin qizdan javob olmagach biroz asabiylashib gapira boshladi.

— Nima ahmoqmisan, u ko'z oldingda senga hiyonat qildi!

Aynan shu lahza Elaraning hayoliga ertalabgi holat keldi. Sujin Jungkookga ham huddi shunga o'xshash gap aytgandi va qiz uning hiylasini biroz bo'lsada tushundi.

— Agar yuzingni yerga ishqalashimni istamasang bu yerdan jim ket!

Sujin ham bo'sh kelmay gapni aylantirib Elaraning asabini buzardi.

— Uning xiyonati yuraginga juda qattiq zarba bo‘lgan shekilli?

Bu payt Taehyung va Jungkook kasalxonaga qaytishadi. Ular xonani ko‘zdan kechiradi, lekin xotini yo‘q. Jungkook ko'zlari kattalashib shifokorlarga baqirdi.

—Xotinim qayerda?

Taehyung esa biroz o'yga toldi.
— Qayerga ketdi? Agar qochgan bo‘lsang… omad tilayman qizaloq.

Shifokor Jungkookni tinchlantirishga urinib unga yuzlanishdi.

— Janob, xonim tashqarida, toza havoga chiqqandi.

Jungkook darhol tashqariga yugurib chiqadi va uning ismini baqirdi

— Elaraa!

Qizlarning ikkalasi ham Jungkookning ovozini eshitdi, lekin Elara baland chiqara olmasdi. U sekin Jungkook tomon yurdi va sekingina gapiradi.

— Jungkook... bu yerdaman.

Jungkook uning yoniga keldi va qizni bag'riga bosib qulog'iga pichirladi.

— Yuragimni chiqazib yuboray dedingku, sevgilim...

Shu lahzada Jungkook xotinining orqasida turgan Sujinni ko‘rdi va boshini ko'tarib unga qaradi.

— Sen bu yerda nima qilayapsan?

Elara Jungkookning bag'ridan chiqib ularning yuziga qaradi va yana yuragi notinch bo'ldi. Jungkookga yosh bolalarcha jahl bilan gapirdi.

— Aytishicha uning labidagi sizning sovg‘angiz ekan.

Jungkook xotiniga qarab jilmaydida, uning yuzi tomon egilib qizga yuzlandi.

— Agar istasang, senga bundan ham ko‘proq narsa bera olaman, xo'sh?

Qiz qo'lini quchoqlab ensasini qotirdi.

— Kerak emas, axlatlarga lablaringiz mening go‘zal lablarimga tegishini istamayman.

Sujin o'zini ahlat deb atashlaridan asabi buzilib ketdi.

— Nima deding?

Elara jahlini zo'rg'a bosib turardi va ichida biroz o'yladi, ammo chiday olmadi.

— Og‘zingni yopmasang, shu yerning o‘zida bo‘g‘ib o‘ldiraman seni.

Jungkook esa faqat xotiniga g'urur bilan tikilardi! Chunki Elaraning harakteri unga allaqachon ma'lum!

— Eringning oldida o‘zingni ko'rsatma. Senga o‘xshaganlarni joyini ko'rsatib qo'yishga kuchim yetadi qizaloq.

— Yaxshi, boshla, men kutyapman.

Sujin Elaraning yuziga ayamay tarsaki urarkan, u bir sapchib tushdi!

Jungkook esa Elara uradi deb o'ylagandi, uning shu qadar jahli chiqdiki, hozir ko'ziga hech narsa ko'rinmasdi. U Sujinning yoniga yaqinlashyotganda Elara uning qo'lidan ushlab to'xtatdi.

— Tegmang, u meniki! Endi aniq seni o'ldiraman!

Elara Sujinga yaqinlashib kuch bilan itarib yubordi. Sujin o'zi zo'rg'a turgandi va yerga yiqiladi. Shu payt qizning miyasi uzra tongdagi voqealar chaqnab o‘tdi. U his-tuyg‘ularini jilovlay olmay, Sujinni tepgancha, yerga o'tirib o'zi og'riqdan o'lay deyotgan sujinning yuziga urishni boshladi.
U yoshlarini tiya olmay yig‘lardi.

Jungkook biroz xotiniga tikilib turdida, uni darhol ko‘tarib olib, palatasiga olib ketdi. Sujinga esa hechkim qaramadi ham.

— Qo‘yib yubor meni, xiyonatkor.

U yosh boladek yig‘lab, qaysarlik bilan Jungkookni ham ko'kragiga mushtlab urardi.
Jungkook esa jilmaygancha parvo qilmay uni quchoqlab xona ichiga olib kirdi.
Sujin sekin o‘zini tiklab, tishini tishiga qo'ygancha o'yladi.

— Hammasi tugadi deb o‘ylayapsizmi? Hali hammangiz buning evazini to‘laysiz…

Bu payt qiz ilk bor Jungkookga yig'lab bor jahlini sochardi.

— Yo'qoling o'sha Sujinning yoniga!

Jungkook esa qizning jahldan qizarib ketganini ko'rib ustidan kulgancha gapirdi.

—Voyboo, demak xotinim meni shu darajada sevarkanda?

Elara esa o'zini biroz to'g'irlab ovozini pasaytirmagan holda gapirdi.

— Hech qachon sevmayman, sizni yomon ko'raman!

Yigit kulgancha qizga yaqin kelib ko'zyoshlarini artdi. Qizga yaqinlashib labidan o'pib qo'ydi.

Elara esa nima bo'lganini tushunmay ovozi o'chib qoldi.
Yigit qizning oldiga ovqatlarni qo'ydida, kimchini ochib ichidagi chotkarak bilan bir bo'lak go'sht olib qizning og'ziga tutdi.
(Chotkarak | 젓가락~🥢)

Elara esa ensasini qotirib chotkarakni uning qo'lidan tortib oldi. Jungkook bu safar qarshilik qilmay shunchaki uni kuzatdi.

Qiz yigitlar olib kelgan hamma taomlarni tez-tez yeyishni boshladi.

Uning bolalarcha yoqimli ovqatlanishi Jungkookni kulishga majbur qilardi. Jungkook salfetka olib qizning ovqat tekkan yuzini artib qo'yardi.

Taehyung sekin xona yoniga keldi va ularni burchakdan kulib kuzatib turardi.

Tae Pov: Ketishimdan oldin hal qilishim kerak bo‘lgan juda ko‘p narsa bor.
Elara aytishim kerak bo'lgan gaplar ham anchagina…
U hali o‘zini qanday og‘riqlar kutayotganini bilmaydi…
Sujinning yuzidan Jungkookning unga qanday munosabatda bo‘lganini sezdim.
Bu og‘rilar Elarani ham taqib qiladimi deb qo‘rqaman.

Taehyung shunday deb hayol surgancha ko'chaga chiqib ketdi
***

— Xo‘sh, mening chagiyam to‘ygan bo‘lsa… endi muzqaymoq yeymizmi?

Jungkook xotinini yosh boladek erkalab gapirarkan, qizning hayrati yanada oshdi. U shunchalar sovuqqon eridan bu muomulani kutmagandi. Balki endi ikki qalb birlashgandir.

Elara muzqaymoqni ko'rib baxtiyor jilmaydi, bu ifodani yashirishga harakat qiladi, lekin oddiygina muzqaymoq uning yuziga shu qadar baxt olib kelgan edi.

Jungkook turli xil muzqaymoqlar olib kelgandi. Elara paketni kavlab, izlagan narsasini topa olmaganday, lablarini burishtirib hafsalasi pir bo'lib gapiradi.

— Yo‘q!

Jungkook tezda qizning yuzini o'ziga qaratdi.

— Nima bo‘ldi, sevgilim?

Elara yig'lab yuboray deb injialanib gapirdi.

— Shokoladli muzqaymoq... U yo‘q-ku!

Jk Pov: Aysh shibal… Shoshib chiqqanimdan qanday muzqaymoq yoqtirishini ham so‘ramapman!

Jungkook darrov akasiga qo‘ng‘iroq qiladi.

— Alo? Taehyung, qayerdasan?

— Men hozir tashqaridaman. Jia keldi, birga kiramiz!

Tae gapini tugatmasdan Jungkook gapini bo'ldi.

— kelma! Jianga ayt o'zi kirsin. Sen esa shokoladli muzqaymoqning har xilidan olib kel!

Taehyung hayron qolib yuzini qiyshaytirdi.

— Qachondan beri menga buyruq beradigan bo‘lding?

— Xotinimning shokoladli muzqaymoq yegisi kelgandan beri, ko‘p gapirmay aytganimni qil, aka!

~ Yonimda Jungkook
o‘tirardi. U menga butun bor mehrini berardi, men esa garchi undan xafa bo‘lsam-da, tobora unga yaqinlashyotganimni sezardim. Ammo hozir ko'z o'ngimda faqat shokoladli muzqaymoq ko'rinyapti. Men sabr qilib muzqaymoq kutardim.

Oradan ko‘p o‘tmay, Taehyung oppa ichkariga keldi – qo‘lida muzqaymoq va shirinlik to‘la paketlar bor edi. Yuragimga biroz iliqlik kirdi.
U barcha paketlarni mening oldimga qo‘ydi.

Taehyung~
Elara shu qadar beg'ubor ediki, allaqachon 18 yoshga kirgan bo‘lsa ham, harakati xuddi besh yashar qizchaga o‘xshardi. Uni qancha tomosha qilsam ham, hech qachon zerikmasdim.
Shu onda ichimda bir g'alati fikr tug‘ildi.

Tae Pov: Agar u mening rafiqam bo‘lganida, men uni dunyodagi eng baxtli ayol qilgan bo‘lardim…

Ammo darrov o‘zimni koyidim.
Ahmoq. U sening ukangning xotini. Bu qanday bemani fikr?

Shunga qaramay, u menga ham singildek. Hozir esa shunchaki Jungkook uni yana ranjitmasligiga umidvorman!

~ Negadir xotinimga qancha tikilmay, ko‘zim to‘ymasdi, ammo boshida sezdirmadlikka hatakat qildim. Agar men uni sevganimdek, u ham meni sevganida edi…

~ Hammaning nigohi menga qadalgan edi. Men esa buni umuman e’tiborga olmasdan, birin-ketin to‘rtta muzqaymoqni paqqos tushirdim. So‘ng beshinchisini oldim. Aslida to‘yib bo‘lgandim, lekin ichimdagi g‘azab sabab yana yeyishdan to‘xtamadim.

O‘sha paytda Jia hali birinchi muzqaymoqni zo‘rg‘a tugatayotgandi.
Su on kimdir qo‘limdan ushladi.

— Bo‘ldi qil mittivoy, tomog‘ing og‘rib qolsa nima qilamiz?

U menga qalbidan toshib chiqqan iliq, mehrli ko‘zlar bilan qaradi. Men esa ataylab yuzimni o‘girdim.

— Men yaxshiman, siz esa Sujiningizni o‘ylang. U haqiqatan ham juda qiynalayapti, ahir unga oson bo'lmadiku!

Taehyung oppa bu gapimga kulib yubordi, Jia esa suhbatga aralashdi.

— Sijun, u kim?
— Sijun emas, dugonajon! Sujin! Su-jin!

Jungkook bu ismni eshitgach, jahl bilan menga qaradi. Men esa jim bo'ldim.
Taehyung oppa kulishda davom etdi, Jia esa hayron bo‘lib, so‘zsiz qotib qoldi.
Birgina so‘z bilan hammaning kayfiyati o‘zgaradimi?..
Xona ichini chuqur sukunat egalladi. Men esa beshinchi muzqaymoqni ham zo‘rg‘a tugatdim.
Shu on Hudo menga marhamat qildi.

— Malikam, endi bas qil. Jungkookning gapida jon bor. Tomog‘ing og‘rib qolsa, ering o‘zini hech qachon kechira olmaydi.

Pov- Ha, o'zim ham aynan mana shunday so‘zlarni kutayotgan edim. Yaxshiyam taehyung oppa bor.

— Mayli, mayli yemayman.

Shu ona jim o'tirgan Jia yana gapimga gap qo'shdi.

— Ko‘rdingmi, qanchalik mehribon ering bor, ustiga ustak, Taehyung kabi ajoyib qayni akang ham! Elara, sening o‘rningda bo‘lishni judayam istayman!

Aynan shu damda xonaga bir necha shifokorlar kirib keldi va suhbatimiz shu yerda to‘xtadi.

Men esa kki o't orasida qolib ketgandim. Bu yerda bir soniya ham qolgim kelmasdi, ammo uyga qaytsam, yana o‘sha holat, o‘sha muomala takrorlansa-chi? o‘ylarimni Jungkookning ovozi buzib yubordi. U vrachga savol bilan gapirdi, ammo ohangi buyruqdek edi.

— Uni olib ketsam bo‘ladimi?

Shifokor nimdir sezgandek unga qo'rqib qaradi.

— Albatta. Faqat dori va ukol o‘z vaqtida qilinishi kerak, stress olish mumkin emas.

Ichimdan bir nima uzilib tushdi. Uyga borgach, Jungkookning yana o‘zgargan yuzini ko‘rishdan qo‘rqardim. Bilmay tilimdan so‘z otilib chiqdi.

— Bugun shu yerda qolaman, ertaga qaytaman.

Shifokor menga emas Jungkookga qaradi. Jungkook esa reaksiya bildirmadi.

— Mayli, xonim! Qolganlar biroz tashqariga chiqib tursin. Biz qizaloqqa kapilnitsa qilishimiz kerak!

Shifokorning bu so‘zlarini eshitganim zahoti, butun vujudim titray boshladi.
Men ukoldan o‘ta qo‘rqaman. Ayniqsa tomirga qilinadiganini umuman ko‘tara olmayman.
Ko‘zlarimni katta ochib hamshiralarga tikildim.
Jungkook, Taehyung oppa va Jia esa asta tashqariga chiqib ketishardi.
Ammo bu safar unga haqiqatdan ehtiyojim bor edi.
Faqat uning yonidagina o‘zimni xavfsiz his qilardim.
Jungkook orqasiga qarab, sekin chiqib ketdi.
U xuddi men chaqirishimni kutayotganday, mendan ko'zlarini uzmay eshikni yopdi.
Men esa chiday olmay hamshiraga pichirlab aytdim.

— Iltimos... Erimni chaqirib bera olasizmi?

Hamshira ham gapirishimni kutgandek sekin tashqariga chiqib ularga yuzlandi.

— Bemorning eri kim?

~ aysh, men buni bilgandim.
Mening sevgilim hech narsadan qo‘rqmaydi, lekin kichkina ukol oldida butunlay ojiz qoladi!

~Jungkook jilmayib yonimga kelib o‘tirib oldi.
U hamma narsani bilayotganday menga tikildi va yuragimdagi qo‘rquvni his qildi.
Ammo hech narsa demadi.
Bu esa meni yanada g‘azabga soldi.
Shifokorlar ukolga tayyorgarlik ko‘rayotganlarini ko‘rib, ko‘zlarim yanada kattaroq ochildi.
Endi chidab turolmadim, nihoyat unga gapirdim.

— Jungkook, iltimos... Qo‘limdan ushlang!

Jungkook javoban menga jilmayib qaradi.

— Yaxshi, ammo bir shartim bor!

U doim nimadir o'ylab topadi. Men biroz hayron bo'lib so'radim.

— Yana nima, qanday shart?

— Hmm, aytsammikan ,aytmasammikan?

U ataylab qo‘lini mendan torta boshladi.
Men esa vahimaga tusha boshladim.
Ukol ham ukol tayyor bo'lgandi. Men esa noiloj edim.

—Hoy...! Mayli, ayting, faqat tezroq, iltimos!

U qulog‘imga yaqinlashib, sekin pichirladi.

— Oddiy ish, sevgilim. Bitta issiq o‘pich kifoya...

U gapini tugatishga ulgurmasdan men baqirib yubordim

— Nima dediiiiing?

Hamshira menga g‘alati qarab qo'ydi.

— Bo‘ldi, xohlamasang, men ketaman!

Elr Pov: Hudoyim bu nimasi endi... Endi nima qilaman, jin ursin sen xotinbozni.

Men Jungkookning qo‘lini mahkam ushlab oldim.
U esa ataylab qo'lini tortib oldi.
U rostdan ham sabrimni sinayapti.
Lekin nega aynan hozir?

— Qizaloq Qo‘lingni ber!

Yuragim tovonimga tushib ketayotganday edi.
Qancha qo‘rqmaslikka urinmay, baribir yengildim.

Men unga jahl bilan qarab noiloj javob berdim.

— Yaxshi...!

Jungkook jilmayib menga yaqinlashdi.
U bir qo‘li bilan mening qo‘limni shifokorga uzatdi,
boshqa qo‘li bilan esa ikkinchi qo‘limni mahkam ushlab turardi.
Ukol yaqinlashayotganini sezib, yana ham qattiqroq titray boshladim.

— Jungkook... men qo‘rqyapman...
— Qo‘rqma. Men yoningdaman, sevgilim!

U shunday deb aytar ekan, yonimga yana biroz yaqinlashdi.
Ukol naychasi bilagimga yaqinlashayotgan edi, men esa ko‘zlarimni mahkam yumdim. Shu on...

11- qism tugadi

E'tiboringiz uchun rahmat!