Umid afsonasi/Aurea Silentium —Episode-1—
— Muhabbat so'zining ma'nosi nima?
— Muhabbat~ bu ikkimiz, Moviy gulim...!
— Hayot qiziq va bir tarafdan juda tushunarsiz. Ha, biz aynan manashu tushunarsiz yer sharida yashaymiz.
Bekordan bekor aytishmaydiku, Gohi shodlik, gohi g'am- deb...!
—Oradan ikki yil o'tsa ham uni unutish o'rniga tobora sog'inyapman, ich etimni yeb bitiryapman, ammo yerning qay burchagidan izlasam ham endi uni topish ilojsiz.
Bunga ishongim kelmaydi, nahot hayotimda birinchi bor bir insonga bog'lansamu, u hatto so'ngi so'zini aytmay meni tashlab ketsa...
—Bu tentak qiz nimalar haqida gapiryapti deb o'ylayapsizmi!? Ha sizni tushunaman!
Keling yahshisi bir boshidan sizlarga qisqa va og'riqli hikoyamni so'zlab beraman!
~Ikki yil avval~
— Ismim Elara... Elara Park! O'shanda 16 yoshda edim. Koreyaning Incheon shahriga endigina ko'chib kelgan oddiy qizaloq edim. Endi yuqori maktabni bitirib, universitet uchun tayyorgarlik ko'rayotgan paytlarim edi...
Oilamga keladigan bo'lsam, dadam avtohalokatda vafod etgan, onam esa meni xolamga tashlab o'zi izsiz ketgan. Men esa yolg'iz bo'lishni istaganim uchun universitetni bahona qilib o'zim uchun yangi kvartira olgandim.
Doim turli sohilu dengizlar bo'yiga, yoki bog'larga borib daraxtlar soyasida o'tirgancha sher yozardim. Men doim tashqi dunyodan uzoqroq bo'lishni afzal ko'raman.
—Shoiramisan deysizmi?
–Ha, albatta! Hali hikoya ohirida yagona umidim uchun yozgan sherimni sizlarga o'qib beraman...
Aniq esimda, bahorgi semestr endi boshlanayotgandi, hamma o'quvchilar o'zi istagan universitetlarga hujjat topshirar, o'qishga qabul qilinganlar hursand bo'lishardi.
Albatta men ham o'zim orzu qilgan Yonse universitetining tarix fakultetiga topshirgandim.
Men universitet darvozasi tomon yuragim to'la hayajon bilan yurib borardim. Eshikdan kirishim bilan e'lonlar tahtasi tomon qaradim. Uzoq tikildim va ko'zlarimga yosh keldi.
Park Elara ismi qip qizil qatorda, o'qishga kira olmaganlar safida turardi.
Ko'zlarimda alamli yosh bilan ko'chaga chiqarkanman, tomog'imga nimadir qattiq tiqilgandek bo'ldi.
O'sha kuni butun o'tgan umrim ko'zimga qorong'u ko'rindi.
—Hamma tengdoshlarim mazza qilib universitetda o'qisayu, men yana bir yil umrimni yolg'iz o'tkazsam?
O'z o'zimga turli savollar berib, qadamlarim eltgan tomonga qarab ketaverdim.
Qayerga ham borardim, yana birorta suv bo'yiga borib baqirib yig'lashni istardim.
Ammo bu safar umrimda hech bormagan eng kimsasiz joyga borishni istadim.
Taksiga o'tirdimu, Gangwon-Doda joylashgan, deyarli hechkim bormaydigan o'rmonga olib borishini aytdim.
Ikki soatlar deganda yetib borar ekanman, la'nati taksi ham bor pulimni olib qoldi.
O'rmonning qoq o'rtasiga borib yig'lay boshladim. Soat ham kech bo'lib qolgandi. O'sha yerda o'tirdimu yig'lagancha daftar ruchkamni olib sher yoza boshladim.
Yig'lagan paytim doim ilhomim kelaveradi. Odatda dardli sherlarni qoyillatib yozardim. O'sha kuni ham shunday sher yozib o'zimga o'zim o'qiyotgandim.
— Yulduz sanab osmonlardan,— Ilhom so'rab bog'bonlardan,—Ma'no izlab dostonlardan,—Topolmagan orzularim...
She'rimni to'rt qatorini o'qigancha piqillab yig'larkanman, bir atrofga alangladimu, vaqt allamahal bo'lganini tushundim. Telefonimni olib qarasam quvvati 3% qolgan ekan.
—Ahh, jin ursin sen la'natinii! Doim hammasi bir vaqtda tiqiladi!
Jahl bilan telefonimni biroz uzoqroqqa otib yubordim. Yana e'tiborsiz yig'lagancha she'rimni davom ettirdim.
–Kerak bo'lsa shu yerda uhlayman ham, kim ham meni qo'rqita olardi!?
O'zimga o'zim alamimdan nimadirlar deb g'o'ldirardim.
— Otam deya umid qilib,— Diydoriga o'zin urib,— Jonin olib, jonin berib,— Ko'rolmagan orzularim...
She'rimni davom etish uchun yana tilimni rostlarkanman, to'g'rimga ko'zlarimni katta qilib qaragancha qotib qoldim.
—Yy..yyo'q, yo'q yo'q iltimos yaqinlashma! Yo'o'q....
Ro'paramda turgan katta itga qararkanman so'zlarim bo'g'zimdan chiqmay qoldi. Hatto joyimdan qimirlay olmay qoldim.
It huddi meni yeyman degandek qarab turardi.
It men tomonga yana bir qadam tashlarkan, tanam o'zimga bo'ysunmay quloqlarimni qo'llarim bilan yopdimu, ko'zlarimni mahkam yumgancha bor ovozim bilan baqira boshladim.
Hatto ovozim chiqmay qolgunicha baqirdim.
Shunchalar qo'rqayotgandimki hatto o'zimni kimligimni unutar darajada qo'rqdim.
To'g'ri, ko'chada katta it ko'rib qolsam ham qo'rqmasligim mumkin edi, ammo Gangwond-Do o'rmonining qoq o'rtasida yarim tunda katta qop-qora it ro'parangizdan chiqsa siz ham qo'rqqan bo'lardingiz!
Tahminan ikki daqiqa to'xtamay baqirdim. Ahiri umuman kuchim ham madorim ham qolmadi. Umrimda birinchi bor bunchalar noiloj holga tushgandim.
— Nega keldim o'zi shu la'nati joyga?
O'zimga o'zim yig'lagancha jahl bilan shivirladimda, nima bo'lsa bo'ldi deb sekin qulog'imdan qo'llarimni oldim. Yuragim qo'rquvdan yorilib ketay deb urardi.
Ko'zlarimni qaltiragancha ocharkanman, ko'z oldimda oppoq nur taratib turgan insonni ko'rsim.
— Nahotki... men o'lgan bo'lsam?
Ko'zlarimga ishonmay o'zimga gapirarkanman, to'g'rimdagi yigit menga biroz yaqinlashdi.
Uning yuzlari nur bilan qoplangandi, buni so'z bilan ta'riflash ilojsiz edi menimcha...
—Hoy, qulog'imni teshib yuboray dedingku!
U yuzlarida tabassum bilan men tomonga egildi. Men esa hech narsani tushunmay, atrofga alanglay boshladim.
Ko'zim yana uning nur taratyotgan nigohiga tusharkan, u hech nima bo'lmagandek menga jilmayib turardi.
U ovozimning titrashini ko'rib yanada kengroq tabassum qildi.
Men yana labim titragancha gapirarkanman, u sekin porlayotgan qo'lini men tomon cho'zdi.
Nima qilishni bilmay, sekin qo'limni uzatdim.
Qo'llari shunchalar iliq va nehrli ediki, buni hatto bir tegishda his qilish mumkin edi.
O'rnimdan amallab turdimu, oyoqlarim o'zimga bo'ysunmay yana yiqildim.
Men oyog'imni ushlab yig'larkanman, yigit sekin yonimga o'tirdi.
Yuzida hamon tabassum bilan gapirardi. Biroz uning ko'zlariga termuldim.
U esa menga e'tibor bermay oyog'imni bir qo'li bilan mayin siladi. Bir deganda barcha titrog'im tarqaldi.
— Hh...hoy, sen... Buni qanday qilding?
U jilmaygancha hotirjam ko'zlarimga qarab gapini davom ettirdi.
— Turishga harakat qilib ko'rmaysanmi?
Chuqur ho'rsingancha gapirarkanman, u biroz o'ylandida, yana menga qarab tabassum qildi. Qo'llarini men tomon cho'zib so'radi.
Men uni biroz tushunmadim, endi bir nima demoqchi bo'lib og'iz rostlarkanman, ortiqcha eshitmay meni ko'tarib oldi.
Men ham uning nurli yuzidan ko'zimni uza olmay jim turardim. U meni ko'targancha qayergadir olib ketardi.
Elr POV: Men o'lipman, aniq o'lipman! Yer sharida bunaqa mavjudot bo'lishi mumkin emas. O'liklar dunyosiga hush kelipsan Elara Park!
Ko'zlarimni yumib hayollar og'ushida qolarkanman, yigit to'satdan qattiq kulib yubordi. Birdan cho'chib ketdimu, ko'zlarimni ochdim!
— Qizaloq, havotir olma halicha tiriksan!
Uning gapiga biroz o'ylanib qoldim. So'ng hayrat bilan porlab turgan ko'zlariga qaradim.
— Shoshma... Sen hozir mening fikrimni o'qidingmi?
Yigit menga mensimagandek tabassum qildi.
Men hayratimni berkita olmay uni savollarga ko'ma boshladim.
— Hoy, nima arvohmisan, yoki darbadar ruhmi?
U gaplarimdan faqat yo'q degandek bosh silkitib kulardi.
Yigit so'zsiz yo'q deb imo qilgancha ko'zlarimga qarab jilmayib turardi. Ohiri yengildim.
— Mayli... Topa olmadim!
U gapimni eshtib biroz to'xtab qoldiyu, meni yerga qo'ydi.
— Moviy ko'z! Men farishta ham ruh ham iblis ham emasman!
— Ho'sh... Unda kimsan janob nomalum?
Uning yuzini ko'rganingizda jilmaymasdan ilojingiz yo'q edi. Men ham chiday olmay biroz kulimsiradimu, miyyam ham yuragim ham takrorlayotgan so'ngi fikrimni aytdim.
Yigit bu safar qiziqish bilan yuzlarim tomon egildi.
— Biroz yaqinlashding. Ammo baxt emas...
— Aniq yutqazdim, balki ajaldirsan!
Yana bir bor hafsalam pir bo'lib, shu gapni aytdimu, ortimga o'grilib bir ikki qadam tashladim.
Yana bir qadam tashlayman deganimda naqt peshonam to'g'risidan o'tkir nur taraldi. Ko'zimni bir muddat yumib, yana ochdim.
Oldimda turardi.
Ko'zlarimni kattaroq ochdimda, bir ortga qaradim. U rostdan ham oldimda paydo bo'lgandi.
— Hoy, biz aniq yerdamizmi, qanday qilib? Nima hozir telepartatsiya qildingmi?
Boshimni uning yuzi tomon ko'tarib gapirarkanman, u yana yuzlarimga egildi.
— Sen aytayotgan telepartatsiya?
— Hmm, yoqadi, ammo u yolg'onku!
Yigitga qarab biroz ensa qotirdim. Ammo yana katta qiziqish bilan unga yuzlandim.
— Balki kimligingni aytarsan, aa?
— Umid!
U bir og'iz so'z aytdi holos. Hayratim battar oshib ko'zlariga qaradim.
— Ha, sening umiding- Your hope!
— Bu nima degani, tushuntiribroq gapir! O'zi qanday meni topding?
Hayrat va qiziqish bila yigitga yuzlanarkanman, u ham nihoyat tuzukroq gapira boshladi.
— Moviy ko'z! Men seni topmadim, meni sen chorlading!
— Sen bu o'rmonda umid degan so'zni ishlatding! Meni esa butub vujuding bilan o'zinga tortding!
To'g'ri, men o'z olamimda yashaydigan ertaknamo qiz edim, ammo bunaqa paytda nima o'ylashni ham bilmay qolar ekansiz.
Bir lahza ko'zlarimni chirt yumdimu, chuqur o'yga cho'mdim.
Elr POV: Nahot dunyoda shunday go'zal mo'jizalar bo'lsa? Umiid!
Ha u rostdan umid nuriga o'xshaydi!
Sekin ko'zlarimni ocharkanman, o'rmonda emasdim. Bu safar birozgina emas, ancha hayratlandim.
— Umid afsonasin ochsam varaqlab,
— Ko'zimga nogohon yoshlar qalqidi.
— Asrlar o'ngida sarson ikki qalb,
— Qalbiga bir jumla satr joyladi...
— Muhabbat bu umid va zulmat!