BLOODY GARDEN ep-12
~ Men muhabbat atalmish bog'dagi his etib ulgurilmagan bir ifor edim...
~Kulmagan baxtim, ochilmagan gullarim uchun yig'layman~
Shu on ko'zimdan ko‘zyoshlarim beihtiyor oqa boshladi. Hali igna qo'limga kirmagan bo‘lsa-da, sovuq paxtaning tomirimga tegishini sezib turardim.
Belimdan aylangan katta iliq barmoqlarni his qildim. Uning ovozidan cho'chib ketdim.
Jungkook hamshiraga gapirdi. Hamshira esa tezda mendan qo‘lini tortdi, meni bir qo'li bilan ko'tari va xuddi bola kabi tizzasiga o‘tqazdi. Bu ishi uchun hatto reaksiya bildira olmadim.
Men yerga qarab turgan edim, shu payt ukol qo‘limga kirayotganini his qildim va o‘zimni tutolmay, uning bo‘ynidan mahkam quchoqladim.
Jungkookning bir qo‘li belimda, ikkinchisi esa ukol qilinayotgan qo‘limni mahkam ushlab turardi.
Ammo hayratlanarlisi shuki, birinchi bor hayotimdagi eng qo'qinchli ignaning og‘rig'i deyarli bilinmadi. Ko'zlarimni yumgancha uning quchog'ida yotarkanman u meni yanada mahkam quchoqlab, qulog‘imga pichirladi.
~ Hamshira ukolni qo‘yib, leykoplastr yopishtirib xonadan ketshga ham ulguripti. Ammo men hali ham qo‘rquvdan uni mahkam quchoqlab, boshimni uning ko‘ksiga qo‘yib yotardim.
~Men ko'zlarimni katta ochib avval Jungkookga so'ng qo'limga qaradim.
Biroz hayron bo'ldim, hali ham uning quchog‘ida ekanimni ko'rib uyalib ketdim. Yuzim qizarib ko'zlariga qaray olmay, faqat bilagidagi tatoolarga tikilib turardim. Jungkook esa mening bu holatimni sezgandek, atayin ko'zlarimdan ko'zini uzmasdi. Uning sokin yurak urishini his qilardim.
Jungkook meni battar uyaltira boshladi.
— Nima bo‘ldi, hali ham mendan uyalayapsanmi?
Gapimni tugatmay, o‘rnimdan turmoqchi bo‘ldim. Shu payt qo‘limdagi igna qattiq og'riq berdi.
Shunday deb, qo‘limga qaradim. Jungkook shu zahoti belimdan mahkam quchoqlab, meni yana bag‘riga oldi.
— Jim o'tir, yo'qsa battar og‘rishi mumkin.
— Men… yotmoqchi edim, joyimga…
Yuzimni ko‘tarmay, past ovozda gapirdim. U esa javob bermay, meni yanada mahkamroq quchoqladi. So‘ng bo‘ynimga muloyimlik bilan lab tekizdi. Men titrab ketarkanman, ichimda kapalaklar ucha boshladi.
Elr Pov:Ahh, la'nati... yana tanam menga bo‘ysunmayapti.
Ammo, endi hech qanday og‘riq yo‘q edi. Jungkook sekin lablarini tortib yuzimni o'ziga qaratdi. U huddi fikrlarimni o'qiyotgandek menga yuzlandi.
— Ko‘rdingmi mittivoy, mening lablarim barcha og‘riqlaringni davolay oladi.
~ So‘z topolmadim. Chunki… u haq gapirdi. Men jimjit ko‘zlarimni yumdim va uning bilagiga suyanib yotdim. Negadir joyimdan turishni umuman xohlamasdim.
~ U mening quchog‘imda go‘yo kichkina, yoqimli mushukchadek yotardi. Uning uyatchanligi, ko‘zlarimdan qochishga urinishi esa meni aqldan ozdiray derdi. U hali ham menga qo‘l tekkizishdan uyalardi.
Sen faqat menikisan, camelliam!
Negadir unga to'ymasdan tikilardim. Elara sekin ko‘zlarini ochdi. U bilagimdagi tatooga juda qiziqardi, uni ushlamoqchi bo‘lardi, lekin tega olmasdi.
Men sekin uning qo‘lchasini ushlab, bilagim ustiga qo‘ydim va uni biroz erkalab gapirdim.
— U seniki, mitti cameliam, Istagancha tegib ko‘rishing mumkin.
~ Bu so‘zlardan so‘ng asta qo‘lini tushirdi va menga qarab yuzlari battar qizardi. Yana boshini egdi, men esa kulgimni zo‘rg‘a ushlab turardim. U mening mushaklarimga tikilib qarab turdi-da, asta so‘radi
Negadir bu safargi savolidan naqt yettinchi osmonga uchay dedim.
—Albatta, mening tanam ham, yuragim ham faqat seniki.
U ehtiyotkorlik bilan mening bilagimni barmoqlari bilan silardi. Men esa o‘zimni zo‘rg‘a ushlab turardim.
Koshkiydi hozir uyda bo‘lsak! U tatoolarimni silagancha, yelkamga boshini qo‘ydi va jimgina yotdi. Men chuqur nafas oldim. Uni uyga olib ketishni juda istardim. Ehtirosdan ko‘zimni yumgancha, labimni tishlab, o‘zimni bosib turardim...
~ Xona sokin edi. Nihoyat meni sehrlagan o'sha tatoolarga tegish menga nasib qildi. Oradan o'n besh daqiqacha o'tdi. Men uning bag‘rida tinch yotardim.
Ammo ko‘zim uyquga ketayotgan edi. Tamoman charchagandim. Jungkookning quchog'ida uhlab qolibman.
~ U mening bag‘rimda shunchalik shirindan uxlayapriki, umrim shu holatda o‘tsa ham roziman. Har safar uning sochlari bo‘ynimga tegsa, tanamda hirslar uyg‘onayapti.
Sevgilim esa mening bag‘rimda chuqur uyquga ketgan. Ehtimol bu baxtimning boshlanishidir...
Hayol surgancha uning sochlarini silab o'tirarkanman, shu payt xonaga asabimni buzgancha akam kirib keldi.
— Oou! Jungkook senga havasim kelyapti, chin dildan!
—Ovozingni o'chir, xotinim uxlayapti!
Taehyung~
Nihoyat ularni birga ko‘rib ko‘zlarim quvondi. Ular chinakam baxtli ko‘rinardi. Bu baxtlari abadiy bo‘lishini tilayman. Ahh jin ursin, meni ham uylangim kelyapti. Jia… juda chiroyli qiz. Lekin mendan qancha kichkina? Eh… hayot nega bunchalar shafqatsiz?!
~ Ko‘zlarimni ochsam, allaqachon yarim tun bo‘lib qolgan edi. Jia uyiga ketgan.
Taehyung oppa esa xona narigi tomonidagi karavotda telefoniga termulib o‘tirardi. Men esa hamon Jungkookning bag‘rida edim. U karavotga suyanib, qo‘lini bellarimga o‘rab yotar edi. Sekin boshimni ko‘tarib uning yuziga qaradim. U hali uxlamagan ekan, menga qarab turardi. Bu holatdan yana uyalib boshimni pastga egdim. U iyagimdan ushlab, yuzimni asta yuqoriga ko‘tardi. Uyatdan yuzim qip-qizil bo‘lib ketdi, ko‘zlarimni u yerdan bu yerga olib qocha boshladim.
Ovozi bir oz sovuq va charchagan edi. Men asta u tomon qaradim.
— Va’dang yodingdami?
—Qaysi… qaysi va’da?
— Ering esi past emas mittivoy!
Aslida va’damni yaxshi eslar edim. Lekin Taehyung oppa bu yerda turgani sababli juda uyaldim. Noiloj Jungkookning qulog‘iga sekin pichirladim
— Akangiz shu yerda-ku… juda ham uyalayapman. Iltimos, hozir emas...
— Xohlasang, hoziroq uni bu yetdan yo'qotaman.
Men zudlik bilan uning lablariga barmog‘imni qo‘ydim.
— Aqldan ozganmisiz? Iltimos, meni sharmanda qilmang!
Tae pov: Bu ikkalasi yana nimani gaplashyapti ekan? Jungkookning kulyotganiga qaraganda, ular baxtli ko'rinadi! Eh… men ham juda charchadim. Uyga ketsammikin?
***
— Mayli, lekin bir shartim bor!
— Aaa? yana nima shart? Meni azoblashga qasam ichganmisiz?
Jungkook yuzimga qarab, masxara qilgandek jilmaydi. So‘ng asta qulog‘imga labini yaqinlashtirdi.
— Ertaga tunda… meni xursand qil!
Uning gapini tushunmay, hayrat bilan so‘radim.
— Shunchaki menga raqs tushib ber. Shunda bu bo'sadan voz kechaman. Axir sen raqs tushishni yoqtirarding, to‘g‘rimi?
Bu inson meni haqimda qanchalik biladi o‘zi? Bemani bo'sadan ko‘ra bir parcha raqs menga ko‘proq ma’qul edi.
— Mayli, va’da! Lekin qanday musiqaga raqsga tushaman?
— Istaganinga! Arablarcha musiqa-chi, senga juda yoqadiku, to'g'rimi?
Uning ko‘zlariga ko‘zlarim otilib chiqqudek qaradim.
U esa xotirjam jilmayardi. Bu haqida hatto Jiaga ham aytmagandim, ammo qanday qilib u men haqimda buncha narsa bilishi mumkin?
— Ey, men ketdim. Uyga borib dam olaman. Jungkook, kichik malikamni hafa qilma!
Taehyung oppa xonadan chiqib ketdi. Endi meni chinakam qo‘rquv bosdi. Qanday qilib bu joydan chiqib ketish mumkinligini o'ylardim. Lekin Jungkook ruxsat bermasa, men butunlay ojizman. Bahona topishim kerak edi.
— Jungkook, men hozir kelaman.
Jungkook belimni baquvvat qo'llari bilan siqqancha so‘radi.
Tanam biroz qaltirab ketdi. Hatto nima deyotganimni ham anglamay qoldim. Miyamga ahmoqona fikr keldi.
Men so'zimni tugatmay og'zimni qo'lim bilan yopib Jungkookga qaradim. Hoy tentak, nima deyapman o'zi!?
Jungkook meni aniq tushundi va yengil kulib qo‘ydi. U meni ortiq qiynamay, qo‘yib yubordi. Men yuzimni berkitgancha yugurib xonadan chiqib ketdim. Hojatxonaga borib, biroz yuzlarimni yuvib, to'g'irladim.
Qaytib kirganimda, u charchab uxlab qolibdi.
Negadir endi bu yerda qolgim kelmasdi. Jungkookning uyiga borishni xohlab qoldim.
Uning uxlayotgan holatini ilk bor ko‘rishim edi. U uxlaganda umuman qo‘rqinchli mafiya emas, aksincha beg'ubor bolakayga o'xshardi.
Qiziq uni uhlayotganini boshqa ayollar ham ko'rganmikin?!
Barmog‘imni beixtiyor uning tatoosiga tekkizib sekin harakatlantira boshladim.
Ey, yo'o'q... Jungkook uxlayotganida ham, juda sezgir ekan.
U qo‘limni ushlab, o'pdiyu, yana bilagi ustiga qaytarib qo'ydi. Ko‘zlari yumilgan, bir og‘iz ham so‘z aytmadi. Go‘yoki meni uyalishimni bilib, ko'zini ochmayotgandek edi.
~ Uni uyga olib ketsammikin!? Ammo yana mazasi bo'lmay qolsa-chi? Uning nozik qo‘lchasi yuragimni portlatib yuboray deyapti. Nega ilgari biror ayolda bunday hisni tuymaganman? U boshqacha, juda o'zgacha qiz...!
~ Bilagini sekin silab, unga qarab turarkanman, oxiri o‘zimni tutolmay, asta gap boshladim. Men kasalxonada qolishni istamasdim. Ertalab yana kapilnitsa olishimni o‘ylaganimda meni yanada vahima bosardi.
Jungkook aniq va tiniq uyg'oq edi.
U ko'zlarini ochmasdan menga muloyim gapirardi.
Men esa ikkilangan holda ichimdagi taklifni unga aytishga qaror qildim.
Men sokin javob kutib uning yumiq ko'zlariga termulardim. Jungkook to‘satdan ko‘zlarini ochdi. Men cho‘chib ketdim va unga hayrat bilan tikildim...
~ Jungkook hech narsa demasdan, tezda tashqariga chiqib, tungi navbatchilik qilayotgan hamshira bilan bir daqiqa nimanidir suhbatlashdi. So‘ng tezda yonimga qaytib keldi.
O‘sha payt soat allaqachon tungi ikki edi.
Jungkook men tomon egilib qo'llarimdan tutib so'radi.
— Ahvoling chindan yaxshi-mi? Uyga qaytishga ishonching komilmi?
Men rostdan yaxshi edim. U ortiqcha so‘zsiz meni ko‘tarib tashqariga chiqdi.
Biz uning mashinasiga yo‘l oldik. Men uning quchog‘ida o‘zimni go‘yo dunyo malikasidek his qilardim. Uning yonida bo‘lsam, hech kim menga hatto qiyo boqa olmaydi. Bu qanday his o'zi!?
Jungkook meni birinchi bor old o‘rindiqqa o'tqazdi. men ham indamay o‘tirib oldim.
U rulga o‘tirdi va mashina harakatlana boshladi.
Men mashinaning eng katta tezligida derazadan tashqarini tomosha qilib sayr qilishni yoqtirardim. Shuning uchun beixtiyor gapirib yubordim.
— Jungkook, tezroq hayday olasizmi?
Unga ham bu gapim saryog'dek yoqib tushdi menimcha, to'g'rida erkaklarni zavqlantira oladigan yana bir ish bu mashinani tez haydash.
— Qancha tezlik istaysan, jonim?
Biroz hijolat bo'ldimu, ammo hislarimni tiya olmay gapirishga qaror qildim.
Men bilardim, u ham shunaqa hayajonli narsalarni yaxshi ko‘radi. Jungkook hotirjam jilmaygancha tezlikni oshirdi. Mashina deyarli 200km/h dan tez edik.
Menimcha ikkimiz ham shu zavqni chin dildan his qilar, undan bahra olardik.
~ Bunday qizni aniq birinchi bor ko‘ryapman. Hamma ayollar men bilan mashinada yurishga qo'rqsa-yu, mening xotinim fantastikani sevarkan. Uni rostdan o'zimga o'xshata boshlayapman.
Camelliamning sochlari shamolda to‘lqinlanar, uning yuzidagi tabassum esa — men ko‘rgan eng go'zal tabassum edi. Nega buni oldinroq his qilmadim?
~ Mashina katta tezlikda harakatlanardi. Men ko'rgan manzaramdan quvonchimni yashira olmay, Jungkookga baqirib yubordim.
— Jungkook, iltimos, u yerda to‘xtang!
U tezlikni pasaytirib, o'z qiziqishi uchun mashinani to‘xtatdi.
U menga hayron bo'lgancha qaradi, men esa eshikni ochib, sakura daraxti tomon yugurdim.
Jk Pov: Haaa, nega bunday qilganini endi tushundim. Ahir mening mitti sevgilim sakurani yaxshi ko‘radi-ku!
Tan olmaslikning iloji yo‘q, sakura chindan ham chiroyli. Lekin hozir ularning qarshisida turgan xotinim ulardan ham ming barobar go'zal ko'rinyapti!
~ Men jimgina mashinadan tushdim va Elara tomon yurib bordim.
U esa menga e’tibor ham qilmasdan, har bir sakura gulini mehr bilan hidlar, huddi ularni tilini tushungandek pichirlab suhbatlashardi.