June 27, 2025

ELARA~ Qalbimiz sarhadlari β€” Ep-9β€”

β€” 𝑼 π’Žπ’†π’π’ˆπ’‚ π’•π’‚π’ƒπ’‚π’”π’”π’–π’Ž π’’π’Šπ’π’…π’Š 𝒗𝒂 π’Žπ’†π’ π’–π’π’ˆπ’‚ π’‰π’‚π’šπ’π’•π’Šπ’Žπ’π’Š π’ƒπ’‚π’™π’”π’‰π’Šπ’…π’‚ π’†π’•π’…π’Šπ’Ž.
β€” π‘Όπ’Žπ’“π’ƒπ’π’… π’”π’†π’—π’‚π’Žπ’‚π’...


Yuzimga tushgan tarsakidan bir lahza boshim gangib qoldi. To'g'ri, bularga o'rganib qolganman, ammo men ham odammanku... Nega doim meni tahqirlashadi?

Ammo ojizman, hozir nima qilishim kerak ekanini bilaman. Undan yana doimgidek uzur so'rashim kerak.

β€” Men... Kechir, jahlingni chiqazishni istamagandim.

Shu gapni zo'rg'a aytarkanman, u boshqacha tabassum qildi. Balki bu ustunlikdir. Men qo'rqoqoman, aqli zaif ojizaman. Chunki hayot shunday bo'lishimni tanladi, mening aybim yo'qku...

β€” Demak, kechirim so'rayman de... Isming nima?

Biroz yerga qarab turdimu, so'zimni zo'rg'a to'g'irlab gapirdim.

β€” E...elara Kane!

U boshini qiyshaytirib yanada hayrati ortgandek so'radi

β€” Kane? Bu familyani qayerdadir eshitgandekman, otang kim?

U meni tanishidan hayron qoldim. Ammo balki adashgandir deb o'yladim.

β€” Men... Bilmayman.

Ko'zlariga zo'rg'a qarar ekaman, bir qoshini chimirib menga qaradi. Undan bir qadam uzoqlashdim va ortimdan kelgan ovozdan yanada cho'chib ketdim.

β€” Nima qilyapsiz?

U ham qo'rqib ketib o'sha tomonga o'grildi.

β€” Kkimsan?

Ovozi negadir qo'rqqandek chiqdi. Men mushukcham keldi deb o'ylagandim, ammo Heeja hola ekan.

β€” Men Elaraning enagasiman, qizim xonanga chiq!

Men yugurib xonamga kirayotgandim, u bilagimni mahkam siqdi va qulog'im sotiga shivirladi.

β€” Agar Jiminga churq etsang, tilingni sug'urib olaman, Elara Kane!

Ko'zlarim odatdagidan ancha kattalashib yuziga qaradim. Nima ham derdim, albatta aytolmayman, chunki qo'rqaman.

β€” Aytmayman, faqat qo'yib yubor!

U qo'limni siltab yuborarkan, Heeja holam yana gapirdi.

β€” Dina xonim, Elaraga bundya muomula qilganingizni janob Park bilsa...

U Heeja xola tomonga o'grilib bir ikki qadam yaqinlashdi.

β€” Menga qara, agar ishingdan ayrilishni istamasang og'zingni yop va qaytib ochma!

Uning gapidan yuragim battar boshqacha urib xonamga qarab yugurdim. Men shunchalar ojizmanki, hatto eng yaxshiko'rgan insonimga ham yordam bera olmayapman.

Vaqt allamahal bo'ldi hamki yig'layverib uhlay olmayapman...

To'satdan eshigim taqillagani uchun qattiq qo'rqib ketdim.
Eshik ochilarkan, yana o'sha qizni ro'paramda ko'rdim.

β€” Sen... Nega kelding, aytmayman dedimku!

U qo'rqayotgan ovozimni eshtib kengroq tabassum qildi.

β€” Shundoq ham aytmaysan shirinim, bu hali boshlanishi. Bu uydan yo o'zing ketasan, yoki murdang chiqadi.

β€” Men... Yo'q, senga nima qildim?

β€” Hechnima, shunchaki bugun Jimin kelmaydi. Shuning uchun zerikkanimdan keldim.

β€” Nega endi...?

Bu gapidan yuragim hapriqib ura boshladi. Hozir qanday ahvolga tushaman, u nega meni tinch qo'ymayapti o'zi?

Qani edi hozir kimdir meni qutqarsa, qo'rqyapman...
Eshik taqilladi.

β€” Yo'q, tog'ajon, meni urmang, yo'q, yo'o'o'q...

O'rnimdan sapchib turarkanman, yana tush ko'rganimno his qildim. Ammo yuragim qinidan chiqishga ulgurgandi. Vaqt allaqachon yarim tun edi. Yonimga qaradim.

β€” Kelmapti...

Men kasalman va bunday tushlar meni doim taqib qiladi. Nimadandir qattiq qo'rqsam u doim tushimga kiradi.

Ayni damda xonamda qattiq qo'rqyapman, ammo chiqsam yanada yomon narsalar bo'lishi mumkin. Nima qilishni bilmay devor burchagiga o'tirib olib yig'lay boshladim, ammo hatto ovozimni chiqazishga qo'rqaman, go'yo kimdir meni eshtib qolib jazolaydigandek...

Soat necha bo'lganini bilmayman, hatto qachon uhlab qolganimni ham. Uni juda ham sog'indim, ammo anavi qiz bu yerda uzoq qolmaysan dedi, men tushunmadim ahir. Unga nima yomonlik qildim?

Devor burchagida o'tirib yig'lagancha yangi dugonam bilan suhbat qurayotgandim.
Eshigim qiya ochilganini sezdimu, yuragim yorilib ketay dedi.

β€” Kimsan?

Juda past va qaltiragan ovozdga gapirdim.

β€” Yaproqcham...

Uning bir og'iz so'zini eshitarkanman, ixtiyorsiz o'rnimdan turdim.

~ Bugun ishim doimgidek juda ko'p bo'ldi. Hatto jadvalimni tugatishni ham istamay uyga yugurdim. Shundoq ham yarim kechaga yaqinlashgandi. Uyda hamma uhlagan, men esa hechkimni uyg'otmay doimgidek o'z xonamga kirdim. Elara xonasiga qaytgan deb o'ylagandim, ammo adashibman, mittivoyim doimgidek mensiz uhlay olmapti.

U ovozimni eshtishi bilan o'tirgan burchagidan turdiyu, men tomon yugurdi.

Huddi ortidan kimdir quvayotgandek bag'rimga o'zini otarkan, yuragim biroz g'ash bo'lib ketdi, ammo juda hursand bo'ldim. Uning nozik tarafi bo'lish meni ilhomlantiradi.

Ayni damda bag'rimdan boshchasini chiqazolmay ovozsiz yig'layotganini his qildim va ko'tarib pastelga o'tirg'izdim.

β€” Nima bo'ldi yaproqcham, meni shunchalik sog'indingmi?

U javob berish o'rniga bag'rimga yanada chuqurroq kirib yig'ladi. Bu qizaloq mening hayot manbayimga aylanib boryapti. Hayronman, usiz hatto ishlarim alg'ov-dalg'ov bo'lib ketsa kerak.

β€” Elaram, menga aytasanmi, nega uhlamading?

β€” Seni... judayam...so...

U gapira olmay piqillagancha yoqamni mahkam siqdi.

β€” Sog'indingmi?

Hayron bo'lib savol berar ekanman, yuzimga qarolmay bosh irg'adi.

β€” Juda...judayam...

β€” Men ham qattiq sog'indim yagonam!

β€” Mushuuk...boshqa tashlab...ketma.

U hech qachon bunchalar yig'lamasdi, biroz hayratda qoldim ochig'i. Yaqinda ketgan bo'lsam, meni bunchalik sog'ingan bo'lishi mumkin emas deb o'yladim. Birinchi hayolimga kelgan narsa...

β€” Jin ursin, Dina!

Yana biroz o'ylanib Elarani bag'rimdan ajratmoqchi bo'ldim. Doimgidek... Qo'yib yubormadi.

β€” Mushuk, meni sevasan shundaymi?

To'satdan bergan savolidan na hursand bo'lishni, na havotir olishimni his qilyapman.

β€” Albatta, seni sevmay kimni sevaman, farishtam?

~ Men aytmoqchi edim, ammo aytolmadim... Unga aytishga kuchim yetmadi. Chunki yana qo'rqdim. Hayotim doim zanjirlardan iborat bir qafas bo'lgan.

Menga taqdir birgina jazo berdi, bu jazo butun umrimga yetarli darajada bo'ldi va birgina mukofot berdi, bu mukofot mening sevgilim edi. Ammo u qachongacha qolishini bilmayman.

Men yana hayolot olamimga sho'ng'ib uning bag'rida yig'layotganim ham, menga termulib turgan nigohlarni hma butkul unutibman.

β€” Elara!

Yoqimli va past ovozidan bir cho'chib ketdim.

β€” H...ha!

U mendan javob kutib qarab turardi, afsuski aytolmayman. Balki buyerdan qochishga harakat qilarman, ammo usiz yasholmayman ham. Lekin anavi qiz...

β€” Elara, men bilan suhbat qurishni istamaysanmi?

U meni yotoqqa qo'yib kiyimlarini alishtirdi va doimgidek men uchun ham kiyim olib ustimni almashtirib qo'ydi. Men esa yig'lamaslikka harakat qilib jimgina o'tiribman.

β€” Uhlaymizmi?

Hech nima deya olmay bosh irg'adim. U tabassum qilib meni yotqizdiyu, o'zi iliq qo'llarini ochdi.

~ Yaproqcham bag'rimda yotarkan, o'zimni ancha yengil his qildim. Ammo bugun bo'lgan voqealar yuragimni g'ash qilyapti. Men o'sha la'nati Eisenhard bilan ko'rishishim kerak ekan.

Nega Dina hatto yoninga chiqmaganiga hayron qolyapman.

β€” Elara!
β€” Hmm.

U boshini biroz ko'tarib yuzimga qaradi. Ichidan nima o'tayotganini his qilishni juda istardim, uni butun vujudim bilan his qilishni istayapman, afsus...

β€” Nega bugun yaproqcham menga erkalik qilmayapti, tabassumingni ko'rishni istayman.

U ko'zimga qarab biroz hayol surib qoldi va nim tabassum qildi. Balki uyqusi kelayotgandir deb o'yladim.

β€” O'zing meni o'pib qo'ymadingku!

Ammo bu savolidan yuzimda tabassum yugurdi.

β€” Aysh, kechir meni, adashdim.

Uning tanasiga qarasam doimgidek o'zimni bosolmay qolaman. Labim tegmagan joyi qolmadi...

β€” Xo'sh, endi hursandmisan?

Elara gapira olmay labini qattiq tishlab ko'zlarini yumgan holda jim yotardi. Barmoqlarim har badanini silaganda bir titrab ketardi. Kulmaslik uchun men ham labimni qattiq tishladim.

U tonga yaqin yana uyg'onib ketdi. Men esa muammolarm haqida o'ylab uhlay olmayotgandim. Shu kunlarda juda kam uyqu bo'lib qolganimni sezyapman. Uni mendan olib qo'yishlarini o'ylasam qonim yuz gradusga qaynaydi.

β€” Mushuuk, men... Qornim ochdi.

Ko'zchalari yig'lab yuboray deb yuzimga qadalgan turardi. Hayronman, nima u kunduzi umuman ovqat yemayaptimi, yoki enagasi unga qaramayaptimi?

β€” Nima yeyishni istaysan?
β€” Bilmasam...

Elara ortiq gapirmadi. Jin ursin, uni qanday qo'rqmaslikka o'rgatishim mumkin aa?
Muzlatgichdan narsalar olib qo'liga tutdim. Doimgidek shirinliklarni mazza qilib yedi. Men esa o'z shirinligimni yeb qo'ygim kelyapti. Qorni to'yganidan so'ng yana bag'rimga kirib meni mahkam quchib uhlab qoldi.

β€” Sevgilim meni...

Uni erkalab, uzun sochlarining iforidan to'yib bahra oldim. Qo'lchalarini yuzimga qo'yib qo'ydimu, o'zim ham qanday uhlaganimni bilmay qolibman.

Erta tong, bugun Hyugo bilan uchrashaman va hammasiga nuqta qo'yaman. Dinani uyimdan qancha tez yo'qotsam Elaraga shuncha yaxshi bo'ladi. Balki u ham meni sevar, ammo begunoh qizni baxtsiz qilishdan menga naf yo'q.

Dinaning qadamlari menga yaxshidek tuyulmayapti. Hatto xolam ham uyimga kam kelyapti. Bilmayman, taqdirning men uchun yana qanday syurprizlari bor ekan.

Ikki kundan so'ng. Seoul | 943- King's Cross cafe~

Soat tahminan tungi o'nlar bo'lib qoldi. Bu Hyugo laqabli itvachchani ko'rish uchun ikki kun tayyorlandim. Asablarim o'ta tarang edi, hatto farishtamga vaqt ham ajrata olmadim.

β€” Nega bu kafeni tanlaganimni bilasanmi?

β€” Nega tanlaganinga tupurdim og'ayni, maqsadga o't.

β€” Kulgimni keltirma, Jimin.

β€” Jin ursin sen ko'ppakni...

Gapimni tugatmay o'rnimdan turib urmoqchi edim, afsuski, yana rejasizligim pand berdi.

β€” Yo'q, yo'q, xato qilyapsan Park, endi nega bu kafeni tanlaganim haqida eshit. Chunki menga tartib va birxillik yoqadi.

Uning gapidan kabinetni to'ldirib kuldim.

β€” Ukaginam, menimcha miyyang yigirmanchi asrda qolib ketgan. Elaramga esa qo'lingni uchini ham tekkizmaysan, aks holda...

Gapimni davom ettirmay unga kinoya bilan tabassum qildim.

β€” Menga qara Park, u meni o'ljam va unga tegishga haqqing yo'q.

Bu ahmoq rostdan kimligimni bilmas ekan, o'zi inglizchani zo'rg'a gapiryaptiyu, asabimni buzishiga o'laymi?

β€” Hyugo... Shunchaki narxingni ayt!

U ham gapimdan soxta kulish qildi. Bali u haqiqatdan kuchlidir, ammo xayotining mazmunini osonlikcha bu kaltafaximga beradigan ahmoq yo'q.

β€” Okey janob Park, o'sha qiz nega senga bunchalar qadrli ekanini bilmadimu... ruslarda bir gap bor, asalning shirini tagida bo'ladi. Shunday ekan, hozircha u senda tursin, balki qizaloqni ham bir bor tatib...

Bunisiga toqatim yetmadi, o'rnimdan turib yuziga musht tushirdim.

β€” Itvachchaa... Seni go'shtingni shu yerdagi itlarga berib yuborardimu, hozir vaqti emas.

Hyugoning tana tuzilishi mendan ancha yirik, ammo miyyasi tovuqnikichalik ham emas ekan. Aksiga olib yonimda qo'riqchilarim ham yo'q edi. Butun kafe bir necha soniyada oyoqqa turdiyu, meni o'rab olishdi...

~ Charchadim... Bugun buyerdan uzoqlarga qochib ketish uchun darvozadan tashqariga chiqdim. Nima qilay, men ojizman.

Dina, u mushukchamning xotini ekan, buni menga har kuni uqtiradi. Ammo gaplarini birortasini tushuna olmayapman. Kimdir menga ham tushuntirsin, oila, sevgi, er-xotin, bular nima o'zi? Tug'ilganimdan beri shu so'zlarni eshtaverib charchab ketdim.

Ikki kun davomida meni sevgilim deb ataydigan inson menga deyarli e'tibor ham qilmadi. Balki vaqti yo'qdir, bilmayman. Heeja holam menga qarashni o'rniga Dinaga hizmat qilyapti, hatto chaqirganimda qarashni ham istamadi.

Bu uydan ketishni istayman, ammo ketsam uni qaytib ko'ra olasamchi? Lekin Dina ket dedi. U menga hatto ovqat yeyishni taqiqladi, hozir yolg'on taqdirdan yuz o'girib haqiqiy hayot tomon qadam bosmoqchiman. Men seni sevardim, garchi sevgi nima ekanini yaxshi bilmasamda...

β€” Xayr mushukcham...

Hyugo Eisenhard

β€” Bu borliqning og'riqlari xor ayladi.

β€” Uchqun kabi bir somonga yor ayladi.

β€” Yaproqchamning diydoridan ayro qilib,

β€” To'lin oyim iforiga zor ayladi...

9- qism tugadi

Muallif: Aurea

E'tiboringiz uchun rahmat!