Bloody Garden Ep-9
~ Men muhabbat atalmish bog'dagi his etib ulgurilmagan bir ifor edim...
Erta tong! Elara xonasida sokin uyquda edi.
Quyosh nurlari deraza ortidan ohangrabodek kirib, qizaloqning yuziga iliq teginardi. U sekin ko‘zlarini ochdi va pichirladi:
— Aysh… hech kim yo‘q o‘rmon ichida bo‘lsam edi…!
Shu payti qulog'i ostidan kelgan ovozdan cho'chib ketdi.
— Hoy, uyg'ondingmi, shuncha ham uhlaydimi odam?
— Jia… sen hali ham shu yerda edingmi?
— Albatta! Ketma dedim-ku. Uyg‘onishingni kutib o‘tirdim. Lekin endi ketishim kerak. Aytadigan gaping yo‘qmi?
Qiz sekin o'rnidan turib Jiaga yaqinlashdi va juda sekin ohangda gap boshladi.
— Jia! Men bu yerdan chiqib ketishim kerak. Iltimos, yordam ber. Agar Jungkook bilib qolsa, meni o‘ldiradi.
— Tushunarli! Lekin hozir bo‘lmaydi. Hamma uyda, ma'qul vaqtni topish kerak.
Elara haqiqiy nochor insondek dugonasiga yalinardi. Jia ham bor kuchi bilan unga yordam berish uchun harakat qilardi.
— Albatta qilaman, uyga borib, nima qilish mumkinligini o‘ylayman. Ertaga albatta biror yo‘lini topaman. Raqamingni ber.
Elara yerga qaragancha chuqur va qayg'uli nafas oldi.
Jia biroz hayron bo'ldi-yu, ammo, noiloj edi.
— Ha yaxshi. Unda ertaga o'zim kelaman.
Aynan o‘sha paytda eshik asta ochildi. Qizlarning yuragi go‘yo to‘xtab qolgandek, qo‘rquv bilan eshik tomon o‘girildilar.
— Salom, bezovta qilgan bo‘lsam uzur, qizlar!
Ikki qiz ham yelkasidan tog' ag'darilgandek bir chuqur nafas oldi.
— Hechqisi yo‘q. Biz pastga tushmoqchi edik.
— Shunaqami? Jia, birozga tashqariga chiqa olasanmi?
Jia Elaraga bir qarab qo'ydiyu, yana Taega qaradi.
Taehyung biroz afsusli va shubhali gapira boshladi.
— Elaraning xonasida kamera borga o'xshaydi. Gap-so‘zlarga ehtiyot bo‘l. Agar biron rejang bo‘lsa, menga ayt, yordam bera olaman.
Shunda, pastdan og‘ir qadam tovushlari eshitilarkan, Jianing yuragi chiqib ketay dedi. Taehyung esa sokin nafas chiqazgancha zinaga qaradi.
— Nima haqida gaplashyapsizlar, sen ham sevib qoldingmi, aka?
Jungkook shubhali jilmaygancha so'radi.
—Ho'sh, sevsam nima bo'lipti, Jia chiroyli qiz, u sevishga loyiq!
Taehyung ukasining gapiga hazil bilan javob berdi. Jia yerga tikilib jim qoldi.
— Nima gaplashishga boshqa joy qurib qolganmi senlarga?
Jungkookning bu gapi yo'qol degan gapdanda og'irroq chiqdi.
— Albatta, biz ham pastga tushmoqchi edik.
Ular pastga tushishdi.
Jungkook sokin qadamlar bilan Elaraning xonasi tomon yurdi. Eshikni ochib kirarkan, qiz ko'zini koʻzgudan uzmasdan oʻziga tikilib oyna yonida turgancha, ko‘z yoshlar og'ushida sochini tarab o‘tirgan edi…
Soʻngra ortidan paydo boʻlgan sovuq va qoʻpol erini koʻrgach qoʻrqib ketdi. Elaraning ustidagi yengil va kalta pijama Jungkookning yovuz hislari uyg'onishiga sabab bo'ldi.
—Ha...Jungkook, qachon keldingiz?
Qiz tezda o'zini yig'ib eri tomonga qoʻrquv bilan qaradi.
—Nega erta tongdan bunday axvoldasan, meni oʻzinga ogʻdirib olish niyating borga oʻxshaydi, sevgilim!?
— Yo‘q… men yuvinib chiqandim kiyimlarimni almashtirmoqchi edim.
— Balki kimdir kiyimlaringni almashtirishini kutgandirsan.
—Bu yerga kel , oʻzim seni kiyintirib qoʻyaman, xotinimning ochilmagan qirralari koʻpga oʻxshaydi!
Jungkook mitti xotinining yoniga kelib, nozik bellaridan ulak qo'lini o'ragancha yengil bo'sa olarkan, biroz tinchlandi.
Elara undan qattiq qo'rqqani tufayli qarshilik qila olmadi. Jungkook shunchaki jahlidan tushish uchun qizdan foydalanmoqchi edi,
— Hech narsa, shunchaki... xotinimni ko‘rgim keldi, seni bag'rimga bosmoqchiman!
Jungkook juda sovuq va buyruqli ohangda gapirdi.
Elaraning nafasi qaytib ketay dedi. Jungkook bu safar bo'yin tomonga hujum qilmoqchi edi...
Aynan o‘sha paytda eshik taqilladi. Jungkook o'ldirgudek eshikka qaradi.
Qaysidir qo'riqchilar bo'lganda Jungkook aniq o'ldirardi, ammo...
— Elara, men ketaman, meni kuzatmayapsanmi?
Jungkook qizga juda sovuq jilmaydi.
— Bugun omading keldi, shirinim, boraqol!
U shoshib tashqariga yugurib chiqdi va yuragi ichida pichirladi:
Jk Pov: Men amoq… unga tegmaslikka so‘z bergandim. Lekin… uni ko‘rganimda o'zimni boshqarolmayapman. Qachon o'z hohishing bilan qulupnaydek qizil lablaring bilan mening lablarimdan bo'sa olasan?
Yana qancha kutishim kerak, jin ursin, u meni hech qachon sevmaydi...
G‘azabga to‘lib ketgan Jungkook sekin pastga tushdi. Mushtlari qattiq siqilgan, nigohi esa titratib yuborardi.
Bu vaqtda qizlar darvoza oldida suhbatlashyotgandi. Elaraning ko'zi Jungkookga tushdi.
— Jia, ertaga albatta kel. Bu yerda bo‘g'ilib ketyapman, har qanday vaqtda… bu yerdan mening jasadimni olib chiqishlari mumkin.
— Hoy tentak, nafasingni issiq qil! Menimcha ering sen uchun jonini ham berishga tayyor. U senga zarar yetkazmaydi.
Elara allaqachon yoshlangan ko'zlarini artib gapirdi.
— Yaxshi… kel. Kutaman seni...
U jimgina yana ichkariga kirdi. Jungkook va Taehyung dasturxon atrifida o'tirardi.
Taehyung qiziqish bilab so'radi. Jungkook esa hotirjamligini buzmay odatdagidek sovuq savol berdi.
— Sen nega hali ketmading? To'yni tezroq o'tkaz deb miyamni yeb yotgandingku?
— Ehey...Nega jahling chiqayapti? Men ham ishimni biroz to‘xtatdim. Bir necha kun shu yerda bo‘laman. Jajji kelinim bilan biroz yaqinlashmoqchi edim. To‘g‘rimi Elara?
Elara ham dasturxonga o'tirgandi va bu gapdan Taeni otib o'ldirgisi kelsada miyig'ida jilmayib javob berdi.
Hamma ish ishiga tarqaldi, Elara esa yolg'iz. U tezroq bir kun o'tishini va bu yerdan ozod bo'lishni o'ylardi.
Ular kechki ovqatga yig‘ilib o‘tirishgandi. Jungkook Elaraga bugun negadir mehribon bo'lishga harakat qilib barcha erkaliklariga ko'z yumdi.
Hamma dasturxon atrofida, to‘satdan notanish poshna tovushi xonani kesib o‘tdi. Ortidan esa, jimjitlikni buzuvchi o‘tkir bir ovoz yangradi:
— Salom, bolalar, meni sog'indinglarmi?
Taehyung yuzini burishtirib ketdi va ko'zlariga g'azab to'lib jungkookga yaqin borib pichirladi.
— Jungkook… Haliyam u bilan aloqang bormi?
Uni ko'rib Jungkookning ham nafasi ichiga tushdi.
— Ahh jin ursin, bu qayerdan keldi endi?
Sujin, go‘yo bu uyning egasidek, erkin qadamlar bilan ichkariga kirdi. U ikala yigitni birma-bir quchoqlab, o‘pdi. Harakati esa aynan Jiuga o‘xshar, lekin u boshqa dunyodan edi.
U mafiya olamining "Qizil Malikasi" edi. Fohishalik, ayollar savdosi, qora bizneslar ichida eng mashhurlardan biri.
Elara paydo bo‘lishidan oldin Jungkookning ehtirosini qondira olgan yagona ayol Sujin edi.
~ U ham Jiuga o‘xshab Jungkookni yuragining tubidan sevardi. Va tabiiyki Jungkook uchun eng azobli tunlarni o'tkazishga ham tayyor edi. Hatto Sujin ham Jungkookning bu o'zgarishidan hayratda qolgandi, ammo sezdirmadi.
Elara biroz hayrat bilan ayolga qaradi va Jungkookga qiziqish bilan yuzlandi.
Ammo bu safar qizning savoliga hechkim javob bermadi.
Tae ayolni biroz sovuq ohangda so'roqqa tutdi.
— Sujin, qanday shamollar uchirdi?
Jungkook esa juda qo'rqinchli ohangda so'radi.
Sujin bezbetlarcha tabassum bilan yigitlarga noz karashma qildi.
— Hooy, sizlar meni xursandchilik bilan kutib olishlaring kerak emasmi? Endigina keldim-ku!
Elara yana biroz o'zini tutib Taega yuzlandi.
Taehyung Elaraga yumshoq va jilmayib javob berdi.
— Malikam, bir ozga tepaga chiqib turasanmi?
Elara hayron bo'ldi bu ikkinchi martasi edi.
Jungkook ham yuz ifodasini o'zgartirib qo'pol ohangda gapirdi
Elara ikki qo‘lini birlashtirib, ich-ichidan iltijo bilan duo qildi va tepaga chiqdi. Uning ongi xiralashgan edi, yuragi qattiq urardi.
Elr Pov: Bu nima bo‘layapti...? Bu ayol yana kim, bu do‘zaxdan chiqib ketishim mumkinmi...? Nega meni bunchalik qiynayapsan, Jungkook...?
Taehyung qattiqroq ohangda yana Sujinga savol bera boshladi.
— Demak, nega kelding? Gapingni tezroq gapirda, ket.
Sujin esa taehyungga ta'na bilan ensa qilib gapirdi.
— Men sen uchun kelmadim, Taehyung. Jungkook uchun keldim. Sevgilim turmush quribdi deyishdi? Ammo meni to‘yga taklif ham qilmagan... bu endi adolat emas, to‘g‘rimi?
U asta-sekinlik bilan Jungkookning tizzasiga o‘tirib oldi.
Jungkookning ko'zidan olov chiqay dedi, negadir bu tana endi unga yoqmayotgandi. Ammo ayolni o'ldirib qo'ymaslik uchun biroz o'zini bosdi.
— Nima xohlaysan, Sujin, ha, uylandim. Shu savol bilan keldingmi, bo‘ldi, chiqib ket.
Sujin burilib, nazokat bilan Jungkookga qarab g'azabini o'ynadi.
— Shu yosh qiz sening xotiningmi? So‘nggi vaqtlarda diding o‘zgaribdiya, yosh bolalarga umuman qiziqmasding-ku?
Sujin yaxshi bilar edi Jungkook g‘azablanganda faqat ikkita narsaga qaram bo‘lib qoladi narkotik yoki ayollar.
Taehyung tishlarini bir-biriga bosib, ichki g‘azabini yutib, holatni kuzatishda davom etdi.
Tae ukasining harakteriga qarshi chiqa olmasdi, ammo kichik malikasiga rahmi kelardi. U Elara bilan uncha yaqin bo'lmasada negadir o'z singlisidek, juda havotir olardi.
Lekin Elara yuqoridan ularni qo‘rquv bilan kuzatib turardi. Uning yuragi tilka-pora bo‘layotgandi. To'g'ri u Jungkookga bog'lanayotganini his qilmayotgandi. Ammo erini uyda boshqa ayol bila bu holatda ko'rish, istalgan insonning yuragini tilka-pora qiladi.
Elaraning bosimi oshib, qo‘llari titrashni boshlagandi. Qiz chidolmay, yig‘lab yubordi. Og‘zini qo‘li bilan bekitdi, ammo ko‘zlarini ulardan uzolmasdi.
Elr Pov: Hozir Jungkook uni haydab yuboradi, umeni sevadi. Men uning rafiqasimanku, ha bu haqiqat...!
U o‘ziga o‘zi pichirlab, yuragini tinchlantirmoqchi bo‘ldi. Ammo ichki og'riqlari uning kasalini qo'zg'alishiga olib kelayotgandi.
Lekin Sujin Jiwoo emas!
U, Jungkookga shunchaki osiladigan ayol emas edi. Aksincha, Elaradan tashqari uni o‘z domiga torta oladigan yagona ayol edi.
Taehyung ichidan turli hayollar surardi. Aynan shu payt vaqt juda sekin o'tayotgandi.
Taehyung hech qachon Jungkook kabi emasdi. U hech qachon fohishalar bilan vaqt o‘tkazmasdi.
Tae nihoyat o'zini bosa olmay Jungkookga zulukdek yopishib olgan Sujinga yuzlandi.
Jungkook uni o'zindan uzoqlatishga harakat qilardi, ammo nafsiga qarshi chiqa olmasdi.
— Sujin, hozir shu zahoti bu yerdan yo‘qolmasang, qasam ichaman, seni o‘ldiraman!
Ammo Sujin hech narsa bo‘lmaganday, sekinlik bilan Jungkookning bo'yniga lablarini bosdi.
Shu lahzada Elaraning ichida bir narsa uzilgandek bo'ldi
— Jungkook... azizim! Shu mitti qizchani ezib nimaga erishmoqchisan? Uni bir oz tinch qo'y, biz ikkimiz esa... avvalgidek, yaxshi vaqt o‘tkazamiz.
Taehyung titroq va jirkanish bilan Sujinga baqira boshladi.
— Sujin, bas qil, uning xotini bor, nima hamma erkaklarga osilib yuradigan ahlatmisan?
Jungkookning ichki zulmati ko‘tarila boshladi.
U g‘azab bilan titrardi. Uning ko‘zlari qorong‘ilik bilan to‘lib, hozirda u xotinining oldiga bora olmasdi. Chunki Elara uni qabul qilmasdi. Uni qoniqtira oladigan yagona qurbon esa Sujin ed. Jungkook Sujinga qarshilik qilishni to'xtatdi, o'zini zo‘rg‘a tiyib turardi.
Jungkook bir og'iz kuchsiz va sovuq ohangda gapirdi.
— Sujin, meni sabrimni sinama. Tur o'rningdan!
Taehyung bu lahzada nimadir bo‘lishini his qildi. U yuqoriga, zinaga qaradi…
Va u yerda... Elaraning Ko‘zlarlaridan yosh oqib zina ortida titrab turardi.
Tae Pov: Aysh, ming la'nat! Kechir meni, Elara. Endi yordam berishga ojizman, bu sening taqdiring, uni o'zing to'g'irlamasang hamma ojiz...
Shu payt Sujin, yuragini zahar bilan to‘ldirib, Jungkookning qulog‘iga pichirladi.
— Jungkook... Men eshitdim sen unga majburan uylangan ekansan, to‘g‘rimi?
O‘sha lahzada, hammasi tugadi.
Jungkookning ko‘zlari qonga to‘ldi. U Sujinning bo‘yidan tutdi va uni bo‘g‘a boshladi.
Taehyung va Elara esa bo‘layotgan vahshiylikni ko‘zlarini yummay kuzatishar, ammo Taehyung ularni to‘xtatishni istamadi. Bu shunchaki odatdagi zulmat edi, qon, g‘azab va iztirob aralashgandi.
Taehyung ayni damda Jungkook shu ayolni bo'g'ib o‘ldirsa rozi edi.
Elara o'zi ham sezmagan holda g'alati hayollar surardi. G'azabi tobora qalbini egallayotgandi.
Elr Pov: Jungkook, iltimos, men seni sevaman! Iltimos, menga xiyonat qilma... Men chiday olmayman... iltimos, Jungkook!
Bu paytda Sujin hanuz osoyishta edi. U nima qilish kerakligini aniq bilar edi. Uning bo‘yni Jungkookning barmoqlari orasida qisilib borar, ammo u bo‘g‘ilayotgan holda ham gapirdi:
Sujin Jungkookning ko'zlariga tik boqqancha pichirlab, nafas olishga qiynalib gapira boshladi.
— Nima bo‘ldi, g‘azablandingmi? U qiz seni rashk qilmayapti hamku. Men bir soatda seni qondira olaman, tan ol, Jungkook, o'zing ham buni xohlaysan!
Taehyung ayoldan bunchalik jasurlik kutmagandi. U bir Elaraga, bir manavi ikkisiga jovdirab qarardi.
— Sujin bas qil, nima o'lging kelyaptimi?
Jungkook ohangida muzdek sovuqlik bilan Taega buyruq bila gapirdi.
— Hyung, jim bo'l, uning gapi to'g'ri!
Taehyung va Elara, ustidan bir chelak suv quygandek muzlab qolishdi.
— Bu nima deganing? Bu bir fohisha bo‘lsa, sening xotining undan ming karra go‘zal-ku, kallang bormi sen bolani?
Jungkook sujinni uloqtirib, baqirib yubordi!
— Lekin u meni hech qachon qabul qilmaydi. Nima uni azoblashimni istaysanmi?
Bu so‘zlar Elarani larzaga soldi.
U butunlay muzlab qoldi. O‘sha lahzada u yuragining tubidan bitta so'zni pichirladi:
— Iltimos... Jungkook o‘sha ayolni xonasiga olib kirmasin. Taqdir, menga bugungi kunni ko‘rsatma, buning o‘rniga jonimni ol iltimos!
Ammo Jungkook yerda bo'ynini ushlab yotgan Sujinni ko‘tarib, xonaga olib ketdi.
Elara bir lahza o'zini tirik murdadek his qildi.
U o‘zini yerga qattiq tashladi. Hatto ovoz chiqarmadi. Sababi, uning kasali yanada kuchayayotgan edi. Shifokorlar unga tushkunlikka tushishni taqiqlagandi.
Uning ruhi tanasi ichida palapartish aylanib yurgandek, qalbi tor-mor bo‘lib ulgurgandi. Yuragida esa faqat ikki narsa qoldi, azob va qasos!
Qiz yuragini changallagancha yerda o'tirib nafas olishga harakat qilarkan, hatto uydan qochishga ham kuchi qolmagandi...