August 4, 2025

~ DEAD END ~ FINAL

~ 17 yoshga kirgan kunimga ming la'nat...


Balandlikda turib biroz hayolga cho'mdim. O'tgan lahzalarimni hayolimdan o'tkazib yig'lab turib, tabassum qilyapman. Hayolimdan esa bir jumla aylanyapti.

β€” Balki Kieranga nisbatan nohaqlik qildim...

Uning gapini eshitmay telefonni o'chirib qo'ydim. Uch yil mobaynida hamma mendan yuz o'girdi, faqat undan tashqari. U hatto o'layotgan joyimda ham meni qutqarish uchun doim keldi.

Aytgancha, dushmanlarim ham meni hamon ta'qib qiladi, ular ham mendan voz kechganicha yo'q, balki qachondir ularning qo'lida o'larman, buni shunchaki to'g'ri qabul qilaman.

Shuncha payt rad qilsamda, biror marta voz kechdim deb aytmadi. Unga tinmay Yoongi haqida gapirsam ham biror marta eshtishni istamayman, gapirma demadi.

Ammo mening yuragim ham uniki kabi band. Inson zoti shunchalar ahmoqki, doim bo'ladigan ish qolib bo'lmaydigani uchun jon kuydiradi.

Yoongi haqida so'ngi eshitgan gapim yodimga tushdi. O'shanda Kieran mendan so'ramay uning yoniga borgandi. Yoongi esa hammasi tugaganini aytgan ekan. Shundan buyon hammasidan umidimni uzdim, ammo qalbimni uzolmadim.

β€” Charchadim...

O'sha yerdagi ziyoratchilar uchun qo'yilgan skameykalardan biriga o'tirgancha hayol sura boshladim.

β€” Sevgilim..."Biz tugadik" debsan. Ammo sen nihoyaning nima ekanligini yaxshi bilmas ekansan. Bizning munosabatlarimiz nihoyalangan emas, hali boshlanmagan edi.

β€” Zero, nimadir poyoniga yetishi uchun, avvalo boshlanishi kerak. Axir, biz munosabatlarimizni hatto boshlamadik-ku?

β€” Sen meni yurakdan sevmading, sen tomon har qadam bosganim sari meni yanada ko'proq sensizlik tomon itarding. Men seni butun borlig'im kabi sevgandim. Vaholanki, sendagi o'rnim judayam kichik ekan.
Agar ijobat bo'ladigan duo bo'lsang ham, sen uchun qo'llar ochilmaydi...

Bugun hammasiga yakun yasadim. Bugun hammasidan voz kechaman va ojiz Elara o'ladi. Men taqdirga bo'yin egishdan charchadim.

O'rnimdan turib mehmonxonaga yo'l oldim, xonamga kirib muzdek suv bilan vannani to'ldirdim va o'sha yerda ko'zimni yumgancha o'tmishimni unutishga harakat qildim.

Telefonimni olib Kieranga qo'ng'iroq qildim. Chunki bugun to'rt yillik muhabbatim o'rnini nafrat egalladi. Bugun yo'limga to'g'anoq bo'ladigan hammani o'ldiraman.
>>>

β€” Tinchlikmi Elara?

β€” Kieran... Senga imkon beraman, shunchaki o'tmishimni unutishimga yordam ber.

β€” Nima... Shu gapni sen aytyapsanmi, hozir qayerdasan?

β€” Qiziqma... Yoongi qayerdaligini ayt, so'ngi bora uni ko'rmoqchiman.

β€” Ikki daqiqada qayta telefon qilaman.

U aytganidek ikki daqiqa ham o'tmay menga qo'ng'iroq qildi. Ko'zimdagi yoshni artib, ovozimni to'g'irladimu, telefonni ko'tardim.
>>>

β€” Xo'sh?
β€” U uyida, ammo nima qilasan?
β€” Kuzat va ko'chaga chiqqanda xabar ber.
β€” Yaxshi, u shundoq ham qayergadir ketyapti.
β€” Ketyapman, ko'zdan qochirma.

Shoshilinch kiyindimu, qo'limga to'pponchamni olib mehmonxonani tark etdim. Taksida qaltiragancha hayolimga kelgan hamma narsalarni birma- bir tahrir qilardim.

Yetib kelishim bilan ofisi yonida uni ko'rarkanman, qadamlarim o'zimga bo'ysunishdan bosh tortdi. Yonida qo'riqchilar, qizlar ham bor edi, kim ekaniga hatto qiziqmadim, ammo nafratim yanada kuchayib ketdi.

β€” Nahotki meni ularga almashding, senga aytgan gapim yodingdami sevgilim, menga xiyonat qilmoqchi bo'lsang avval o'ldir degandim, o'shanda o'ldirmay xato qilding.

To'pponchamni avval yonidagi qizlarning biriga qaratdim. Hatto nafas ham chiqazmay peshonasidan otdim, ovozi chiqishga ulgurmay Yoongining oyog'i ostiga yiqildi. Qo'limga sigaretimni olib tortgancha biroz qilgan ishimdan rohatlandim.

Yoongi sezmaydi deb o'ylagandim, ammo telefon ekranidagi raqamlar buni aksini ko'rsatdi.
>>>

β€” Qaytsang o'ldiraman degandim, nega kelding?

Undan bunchaligini kutmagandim, to'g'ri hursand bo'lmasligi mumkin, ammo u uchun chekkan shuncha azobimga nisbatan bu javobi qoniqtirmadi.

β€” Men esa xiyonat qilsang o'ldiraman degandim, sen va'dani buzding, endi o'limingni sharafli qarshi ol, janob Min.

Uning nigohlari qayerda ekanimni tezda payqadiyu, menga qarab sokinligini yo'qotmagancha gapirdi.

β€” Tepkini bos.

Tabassum qilgancha qurolimni unga qaratdim, ammo qo'lim negadir qaltiray boshladi. Menga e'tibor qilmay yonidagi qiz tomon egilib unga rahm ko'zi bilan qararkan, battar jahlim chiqib yig'lay boshladim.

β€” Jin ursin, nega seni o'ldira olmayman Yoongi?


Telefonimni uloqtirmoqchi edim, ammo u ham la'nati Gipardchamning sovg'asi edi. Telefonni o'chirdimu, ortimga qaramay u yerni tark etdim. Bugun hamma hammasiga la'nat aytaman, hammasiga...

Uyga kirishim bilan telefonimni pilotga tiqdim va baqirib yig'ladim. Tan olish qiyin, ammo bu juda og'riqli, uch yil davomida uni biror marta ko'rmasamu, endi u menga shunchalar be'etibor bo'lsa...

Ikki shisha soju buyrutma qildim. Koreya ichimliklarini juda ham sog'ingandim. Kiyimlarimni yechib tashladimu, vanna ichiga suv to'ldirib bir qo'limga sojuyimni oldim. Har ho'plaganimda qaysidir dardim meni tark etgandek go'yo.

Nega bu ishni qildim, bilmayman, balki mastlikdandir, shishani otib yubordimda, qo'limga qaychini olib sochlarimga olib keldim.

Oynaga qarab o'zimga- o'zim valdiray boshladim.

β€” Jin ursin seni, Yoongi, hatto bu la'nati sochlar ham seni eslatyapti. Sen bo'lmasang ularni menga nima keragi bor?

Qaychini siqmoqchi bo'lib sochimga qararkanman, belimdan tutgan iliq qo'llardan titrab ketdim.

β€” Jin ursin, kimsan?

Qaychining uchini bilagiga sancharkanman, u bunga e'tibor ham qilmay to'g'ri labimga yopishdi. Bir daqiqa o'zimdan ketib qolay dedim. Tushunmayapman, u qaytdimi?

~ Elara kelayotganini eshitganimdayoq nimadir qilishini sezgandim. Ammo hozirgi paytimda qo'llarida jon berishga ham rozi edim. Bugungi qilgan ishidan esa hamon o'sha sevgi yuragida mavjlanayotganini his qildim.

β€” Y...yoongi.

Ismimni yana uning tilidan eshtish ancha hayajonli edi. Uch yil davomida unga ko'p bor xiyonat qildim, ammo faqat o'zimni qondirish uchun.

β€” Nega kelding la'nati?

Gapiga e'tibor bermay ko'tarib yotog'iga olib kirdim. Belidan ko'tarib tanasiga tegmoqchi edim, yelkamga qattiq tepdi.

β€” Ahmoq... Men o'yinchog'ingmani, istaganingda kelasan, seni yomon ko'raman Yoongi, lekin sevaman ham.

Umrida bunchalar be'mani gapirmagandi, sezdimki, ichgan ekan.

β€” Sen o'yinchoq emassan, mening yovvoyi malikamsan, haqiqatni senga ayta olsam, balki oldinroq bag'rimga qaytarding.

U gaplarimga e'tibor ham bermay bir nimalar deb yig'lardi. O'rnimdan turib kiyimlarimni yechdim. Ustiga chiqib birinchi qilgan ishim hamon tip-tiniq turgan ko'kraklarini tatib ko'rish bo'ldi.

β€” Mmmx, og'rityapsan ahmoq Yoongi, sen faqat jonimni og'ritasan, ammo shunday bo'lsa ham nega seni sevaveraman.

U ostimda shirin nola qilardi, bu ovozni eshitmaganim naqt uch yil bo'libdi. Ko'zimdagi yoshimni tiya olmadim, yaxshiyamki u buni ertaga eslay olmaydi. Balki bu so'ngi tunimiz bo'lar.

β€” O'zingni bo'sh qo'y, yagonam.

Mulozamat qilmay keskin ichiga kirarkanman, battar yig'lay boshladi.

β€” Ancha torayipsan, mittim.

Yana bir kirib chiqishimda yoqamdan olib qarshilik qila boshladi.

β€” Ah..moq, Yoo..ngi, bas qil.
β€” Bu sochlaringni kesmoqchi bo'lganing uchun yovvoyi.
β€” Yo'q... Og'..ri..yapti.
β€” Sabr qil mittivoy, sabr qil.

Yarim soatlardan so'ng biroz to'xtab uning yuziga qaradim. Boshini sekin ko'tarib o'sha ahvolida yelkamdan qattiq quchib yig'lay boshladi.

β€” Nega tashlab ketding, nega biror marta bormading, meni sevmaysanmi Yoongi?

Yuvintirib chiqqanimdan so'ng joyiga yotqizdim, umaman uhlashni istamasdi. U hamon o'n yetti yoshli Elara edi.

β€” Meni sog'inmadingmi, yana ketib qolasanmi?

Yuzimdan qo'lchalarini yurgizib mo'ltiragancha so'radi. Qo'lini labimga bosib biroz jim turdim.

β€” Seni sog'inmay bo'ladimi yovvoyim, birinchi tunimiz yodingdami, o'shanda ham mast bo'lib ketma deb yalinganding. Uhlayqol endi, ertaga gaplashamiz.

β€” Doim shunday deb aldaysan, sendan hafaman.

β€” Yagonam, sen umring davomida mendan hursand bo'lmagansan, ammo baribir seni sevaman, hayrli tun.

β€” Ketib qolma Yoongi.

Bag'rimda shiringina bo'lib uhlab qoldi. Doimgidek unga to'yish imkonsiz edi. Endi qancha gunoh qilganimni tasavvur qilyapman, taqdir menga shunchalar go'zal og'riq berdi. O'lishimni bilsa ahvoli qanday kecharkin?

Tong otishi bilan undan oldin uyg'onmoqchi edim, afsuski yana kech qolibman. Deraza yonida qahva ichib o'tirgan ekan, ustimni kiyib sekin yurib ortidan quchmoqchi edim, afsuski bu ishni qilolmayman.

β€” Nega kelding?

U ortiga o'grilmay savol berdi.

β€” Shunchaki tanangni sog'ingandim, menga sendan faqat shu kerak.

Elara yuzimga qarab qotib qoldi, chunki unga hech qachon bunchalar ahmoqona gap gapirmaganman.

β€” Nima deding?
β€” Endi esa ketaman, balki kerak bo'lib qolsang yana kelarman, ungacha ko'zimga ko'rinma.

Bu gaplar tilimdan qanday chiqqanini bilmayman, ammo boshqa ilojim yo'q. Bir umr o'limimga kuyib yashagandan ko'ra mendan nafratlangani afzal.

β€” Ket, daf bo'o'l, la'nati!

U qo'lidagi bakalni otarkan, menga emas devorga tegdi, ortiq gapirmay chiqib ketdim.

~ Men aynan manashu gaplarni eshtishdan qo'rqardim. Nahot men keraksiz buyumga aylandim...Yoongi, nega bunday qilding?

Chidolmay, telefonimni oldimu, Kieranga qo'ng'iroq qildim.
>>>

β€” Nima gap Miss, kecha telefoningni ko'tarmading.

Hech qanday ikkilanishsiz ohirgi qarorimni aytdim.

β€” Kieran... Sendan iltimos, Yoongini o'ldir.

U biroz muddat gapimga javob topa olmay qolarkan, asabiy baqirdim.

β€” Meni eshityapsanmii, o'ldir unii.
β€” A.. tushundim Miss, sen istasang bu ishni qilaman.

Telefonni o'chirmay bir chekkaga otib yubordim va yig'lay boshladim. Besh daqiqa o'tar o'tmas yana la'nati jiringlay boshladi.
>>>

β€” Kim bo'lsang ham tezroq gapir va daf bo'l.

β€” Salom qizaloq, meni taniysana, sen bilan dildan suhbat qursak degandim.

Ovozidan bilishimcha bu qariya Danguga tegishli qandaydir odam edi. Buni hammasiga nuqta qo'yish uchun so'ngi imkon deb o'yladim va shunchaki ko'rishishga rozi bo'ldim.

β€” Qayerga borishim kerak?
β€” Xabar jo'nataman.
β€” Qochib ketmay tur, la'nati, itvachcha

Telefonimning quvvati kam qolgan ekan, keyingi qo'ng'iroq yana Kierandan bo'ldi.
>>>

β€” Nima istaysan Kieran, uni topdingmi?
β€” Elara, buni eshtishing kerak.
β€” Avval uni top va keyin qo'ng'iroq qil.

Taksi olib, tashlangan lakatsya tomon ketdim. Bu safar to'pponcha ishlatilmaydi, bugun haqiqiy Elaradek jang qilmoqchiman. Yoongining so'ngi so'zlari bejo edi, balki bu rostdir, ammo bilamanki, u so'ngi nafasigacha faqat Elarani sevadi.

Yigirma daqiqaga qolmay manzilga yetib keldim, bu tuzoq ekanini bilardim, o'limimga ham rozi edim, faqat bariga nuqta qo'yishim kifoya. Yana telefon...
>>>

β€” Elaraa, jin ursin, Yoongi nishonimda, endi eshit.

U umrida birinchi bor so'kinib gapirdi, biroz hayron qolgancha atrofga qaradim. Ko'zim Yoongiga tusharkan, qulog'imga chalingan so'ngi so'zdan mashinadan otilib tushdim.

β€” Qizing tirik.
β€” Nima deding?

Nafasim bo'g'zimga tiqildiyu, to'xta deyishga ulgurmay telefonim quvvati o'chdi. Oyog'imni qo'limga olib Yoongi tomonga yugurdim.

β€” Yo'q, faqat otma iltimos...

Ichimda birgina so'zni takrorlardim. Men jahl ustida gapirgandim holos, ahir uni borimdan ortiq sevamanku, bu gapni yurakdan aytishim mumkinmidi?

Unga yetishimga biroz qolarkan, joyimda to'xtab qoldim. Allaqanday ayol yugurib keldiyu, Yoongini yelkasiga osildi.

β€” Nima uchun? To'rt yil... Tugadimi?

Tanam sukunatga cho'mdi. Ayriliqni his qildim.

β€” Sevgi kitobimiz yopildi, ammo u tillarda ham dillarda ham abadiy qoladi. Biz manashunday hikoya yaratdik. Sen taqdirimni tubdan o'zgartirding. Gipard ko'zlaringni so'ngi nafasimgacha sevaman, Min Yoongi, ammo ortiq buni isbotlashni istamayman.

Ortiq u tomon qadam bosmadim, shunchaki unutishni vaqt izmiga qoldirdim.

β€” Alvido...

~ Uzoqdan Elaramning yugurib kelayotganini ko'rdim. U meni boshqasi bilan ko'rdi, men ham aynan shuni istagandim.

β€” Kechir mittivoy, seni ko'p ranjitdim.

Unga termulgancha shu so'zlarni ayta oldim holos. Soxta sevgilimni ko'rib ortiga qaytarkan, joyida biroz qotib qoldiyu, yerga yiqildi.

Nima bo'lganini anglashga ulgurmay o'sha tarafga yugurdim. Yoniga kelib tiz cho'karkanman, yuragiga o'ta yaqin joyidan o'q yegandi.

β€” Elaram, yagonam, ko'zingni yumma, jin ursin... Kim qildi buni? Yordam beriiing, tez yordam chaqiir.

Uni bag'rimga bosgancha gapirarkanman, jajji barmoqchalari qo'limni kuchsiz siqdi.
Ajdar ko'zchalaridan alam yoshi qalqib turardi. Barmog'imni labidan yurg'azgancha yig'lay boshladim.

β€” Yagona malikam, hammasi sohta edi, men faqat va faqat seni sevganman, sendan boshqasiga hatto qayrilib qaramadim, tashlab ketma iltimos...

~ Men o'limni boshqacha tasavvur qilardim, ko'kragimga tekkan zarbni butun Seul ko'rdi, ammo ichimdagi og'riqli qichqiriqni hechkim his qilmadi.
Ko'z oldimda to'rt yil avvalgi Elara Park jonlandi.

U uyida yolg'iz tug'ilgan kunini nishonlayotgandi, hammasi bir bir ko'z oldimdan o'tdi Aytishlaricha yurakka yaqin joydan o'q yesa ko'zing qonga to'larkan, so'ngi chehraga kelib atrof qip-qizil tusga kirdi. Ortiq hechnima ko'rmayapman, faqat uning ovozini eshtayapman holos. Bor kuchim bilan so'ngi bor uning taftini his qilishga harakat qildim...

~ Yovvoyim doimgidek ko'zlarida yosh bo'lsada, tabassum qildi. Barmoqchalari yuzim tomon ko'tarilayotgandi.

β€” Min...Yoongi... Qani edi seni uchratmaganim..da...

So'ngi aytgan jumlasi butun tanamni o'qdan ham qattiq teshib o'tdi. Uning qo'li yuzimga yetib kelmay yerga tushdi. Ko'zlaridan oxirgi yosh oqib tushdiyu, tanasi muzladi. Shu lahza Min Yoongining ruhi ham bu olamni tark etdi. Men tirik murdaga aylandim.

β€” Kechir yagonam, kechir meni...

Ortiq so'z aytolmadim. O'rnimdan turib hammaga baqirdim.

β€” Hammasini toping.

Men nima qilayotganimni va hatto nima uchun baqirayotganimni his qilolmay qo'ydim. Sevgilim tomonga egilib muzlab qolgan tanasini bag'rimga bosdim.

β€” Elaram, qalbim malikasi Elaram... Agar o'lguningcha shunday tur desang turaman, ammo iltimos... Ko'zlaringni och. Ajdar ko'zlaringdagi tabassumni yana bir bor ko'rishimga imkon ber. Bunchalar shafqatsiz bo'lma sevgilim. Yoongi so'ngi nafasigacha ajdar ko'zlisini sevadi demaganmidim? Uyg'on, uyg'onsangchi... Senga haqiqatni aytolmadim, kechir meni yagonam, kechir...

Butun Seoulda quyosh charaqlayapti, ammo katta binoning markazidagi bir begunoh jussa allaqachon sovuqdan qotib ulgurdi...

* * *

β€” Birinchi nishon yo'q qilindi.
β€” Keyingisi tayyormi?

* * *

β€” Elaram, bu ishlari uchun javob berishadi, yoninga qayta olmaganim uchun kechir yovvoyim.

β€” Nima qilding, jin ursin seni Min Yoongii, nega uni qutqarmading? Uni uch yil davomida azoblading, hatto qorangni ko'rsatmading. Har yili tug'ilgan kunida sen uchun alohida likopchaga tort kesardi, sen uchun viski quyardi. O'sha stul egasi bo'lishni qanchalar istaganimni bilasanmi, sen esa nonko'r, ablahsan.

Kieran qayerdandir yugurib kelib menga shu gaplarni aytib yig'larkan, ko'zimdagi yosh ikki hissaga ko'paydi.

β€” Men aybdorman Kieran.

β€” Ahmoq, seni o'ldirmasligim uchun u jonini xatarga qo'ydi. Ming la'nat senga, u qizing tirik ekanini aytmoqchi edi holos.

β€” Nima...?

Bir necha soniyada uch yildan beri meni kutayotgan qizalog'im, yonimda yotgan sevgilimning jasadi, shuncha yil davomida o'tkazgan qonli tunlarim jonlanarkan...


β€” Min Yoongi nishonimda.
β€” Uch...Ikki... Bir. O't och.

~ Miyyamga nimadir qarsillab kirdi, nigohlarim uzra faqat uning chehrasi jonlana boshladi. Ishonmasdim, so'ngi lahzalaringizda hayotingizning eng go'zal jumlalarini ko'rasiz deyishardi, haqiqat ekan, men faqat seni ko'ryapman, sevgilim. Sen mening yetti daqiqamsan. Balki bu yakun emasdir, balki samolarda yana uchrasharmiz. Seni so'ngi nafasimgacha sevdim yovvoyi malikam...

* * *

β€” Nishon yo'q qilindi...

~ Hech qayerda hech qanday o'q ovozi eshtilmadi. Elara va Yoongining ko'rishishi ham tasodif emasdi aslida...

Kieran~
Men Elarani qanchalik sevmay uning qalbi abadiy zanjirband edi, bu qalb hamisha o'z sohibiga tegishli bo'lgan, men esa u kabi ojiz bir oshiq edim holos.
Shunchaki biz barchamiz "Ohiri berk ko'cha"da edik. Samolarda o'z jufting bilan baxtli bo'lishingni tilayman sevgilim...

~ Taqdirni biz yaratamiz, ammo xotimani taqdirning o'zi yaratadi. Elara o'tmishida qanday qiz edi, Yoongi qanday inson edi? Ularning muhabbat qissasi uzoq davom etmadi, ammo sevgisi minglab dillarni umrbodga zabt etadi...

Deyishdikim...kelmoqlik ketmoqlik uchun, ketmoqlik esa kelmoqlik uchun, ammo o'ylashimcha, ikkisi ham shunchaki faraz. O'tgan soniyalar hech qachon ortga qaytmaydi, qalbimizda o'chmas izlar qoldiradi holos. Ular sevishdi va ayrilishdi.
Chunki hayot bu~ Dead End...

β€”Yakun? Yo'q...bir hikoya ortidan doim yangisi keladi...

Written by Elara Kane

From Kanefiction

THE END

THANK YOU!