July 27, 2025

Dead End... —ep-19—

~ 17 yoshga kirgan kunimga ming la'nat...


Kechgacha uni kutib o'tirdim, hech qayerga bormadim va hatto telefonimga qaramadim. Oyoqlarim yurishni istamay qoldi. U doim kech kelishni yoqtirardi, balki endi kelar...

Eshigim qo'ng'irog'i chalinarkan, bu Yoongi emasligini sezdim. U hech qachon qo'ng'iroq chalib kirmasdi, qo'limga pichoq olib boshqa kim bo'lishidan qat'iy nazar chavaqlamoqchi edim.

Eshikni ochishim bilan bo'g'ziga pichoq tirarkanman, tezda qo'limni qaytarib oldim.

— Kieran, yarim kechasi bu yerda nima qilyapsan?
— Ahvoling yaxshi emasdi, shunga keldim.
— Men Yoongini kutyapman, ket iltimos, boshqa payt gaplashamiz.

Kieran meni sevsada haqiqiy erkak edi, u shunchaki yuzimga jilmaydi.

— Yarashganingdan hursanman Miss Lara, balki bo'sh vaqting bo'lsa qo'ng'iroq qilarsan.

Samimiyligim tutib ketib uni bag'rimga bosdim.

— Albatta, yaxshi bor.
— Xayrli tun Miss Lara.
— Senga ham janob Viper.

Chiroqlar ham o'chgan edi. Jilmaygancha uyga kirib eshikni yoparkanman, qo'limda pichog'imni o'ynatgancha yotog'imga o'zimni tashladim.

— Doim u bilan shunday hayrlashasanmi?

Yonimdan kelgan ovozdan yuragim qinidan chiqay deb o'rnimdan sakrab turdim...

Yonimdan kelgan ovozdan yuragim qinidan chiqay deb o'rnimdan sakrab turdim...

— Y...Yoongi, qachon kelding?
— Ko'p emas, o'n daqiqa.
— Men...haligi, yomon ma'noda emas, kechir.

Yoongini shunchalar sevamanki, hatto uni yana yo'qotmaslik uchun oddiy ishga ham kechirim so'radim. U yerga qarab g'alati tabassum qildi.

— Bugun seni ancha sho'xliklaringning badali kutyapti, bilasanmi yagonam?

Bu gapini eshtib Yoongidan biroz uzoqlashdim. U tezlikda meni pastelga tiradiyu, avval kiyimlarimni yechib tashladi, so'ng o'zinikini. Bir lahza nima bo'layotganini tushunmay qoldim.

U bir marta qattiq jahlini chiqazganimda bu ishni qilgandi, balki yana jahli chiqqandir. Shunday bo'lsada so'radim.

— N..nima qilyapsan?

~ Mitti xotinim hechkimdan qo'rqmasada mening jahlimni yaxshi biladi.

Qo'limni badanida aylantirgancha, tungi kiyim ustidan ko'kragini siqarkanman, og'riqdan qo'limni qattiq siqdi.

— Unday qilma og'riyapti.
— Nega Kieranni quchoqlaganingda shu haqida o'ylamading?
— Kechir, iltimos men yomon ma'noda...

U gapini tugatmasdan ostiga ikki barmog'imni kirgizarkanman, ko'zlarini yumib yelkamni qattiq tishladi.

— Kimni sevasan?
— Se...ni.
— Balandroq ayt yovvoyim.
— mmmx... Seni sevaman, bo'laqolsangchii...

Uning ko'zlarini ochmasdan gapirishidan kulib yubordim va qulog'iga yaqin kelib pichirladim.

— Yovvoyi, men senga bergan ta'mnk boshqa hechkim bera olmaydi, shuni hech qachon unutma.

— Jin ursin seni Yoongi, nima istayapsan mendan?

Ko'zchalarini zo'rg'a ochib noligancha gapirarkan, bundan ortiq baxt yo'q edi men uchun.

— Kieranni o'ldirsam unga rahming keladimi?

Yo'q degandek bosh qimirlatarkan, sekin yostiqni boshiga to'g'irlab oyoqlarini ochdim...

~ Tong otishi bilan biroz bezovta bo'lib ko'zimni ochdim. Kechagi bemani, ammo yoqimli tunni eslab biroz o'yladim. Yoongi doim mendan oldin turardi, ammo qornim kattarayotgan sari uyqu ko'payish o'rniga kamayib ketyapti.

Gipard ko'zligimni yana yonimda uhlab yotganini ko'rib husand bo'ldim. Biroz boshimni egib barmog'imni labidan yurg'izarkanman, ko'zlarini sekin ochdi. Tezda qo'limni tortib oldimu, boshqa tarafga qaradim.

— Uyg'ondingmi yovvoyi?

U boshini ko'tarib menga yaqinlashdiyu, belimdan quchib o'ziga tortib qulog'imga pichirladi.

— Kechagi tun senga yoqdimi?

Men uyalganimdan yerdan ko'zimni uzolmay labimni qattiq tishladim.

— Demak yoqibti.

U bo'ynimdan o'pgib kinoya qilgancha vannaga kirib ketdi. Chiqib kiyimlarini to'g'irlaguncha uni kutib o'tirdim. Yonimga kelib tizzalab yerga o'tirdiyu, qornimga labini bosib bir chuqur nafas oldi.

— Uni doim asra, seni kechirishimning sababi farzandim, bilasana yovvoyi?

Ensamni qotirib yelkasiga sekin tepdim.

— Hali sen meni kechirdingmi, men seni kechirganimga rahmat ayt gipardcham.

U o'rnidan turib yuzimga yuzini yaqin olib kelib so'radi.

— Yana qaytarchi?

Tilimni yutgandek jim bo'lib qolarkanman, labimni qattiq tishladi. Nima bo'layotganini tushunmay qoldim.

— Narsalaringni yig'ib tur, mening mehmonxonamga ko'chib o'tasan, ikki haftadan so'ng Koreyaga ketamiz.

— Nima, meni olib ketasanmi?

Ko'zyoshimni tiyish uchun savolimni tugatib boshqa tarafga qaradim.

— Yig'lama, bu menga yoqmaydi, farzandim otasi bilan bo'lishi kerak.

Ko'nglim bo'shab ketdimi bilmayman, ammo o'rnimdan turib Yoongini qattiq bag'rimga bosdim. Yonimda shunchalar kelishgan va kuchli erim borligidan bir lahza faxrlandim.

— Yovvoyim, ketishim kerak, sho'xlik qilma maylimi?
— Tez qaytasanmi?

Yoongi biroz jim bo'lib qoldi, nega ekanini tushuna olmadim, balki boshqasi kutayotgandir.

— Harakat qilaman.

~ Mashinaga o'tirarkanman, uning ayni manashu so'zini qanchalar sog'inganimni his qildim. Manashu to'rt oy davomida bu so'zni boshqa hechkimdan eshtishni istamagandim.

Nahotki yana hammasi o'z iziga qaytayotgan bo'lsa, yovvoyimni uyga olib borsam, u meni doimgidek bag'rimga o'zini otib kutib olishi haqida o'yladim.

Bu hayot davomida ko'p yaqinlarimiz, vaqtimiz va imkoniyatlardan ayrildik. Ammo balki shu to'rt oy yangi eshiklarning ochilishidir, balki yangicha baxtning boshlanishi...

Besh oydan so'ng~

Minxo ajrim hujjatiga ham qo'l qo'ymay muhim ish bilan Malayziyaga ketdi

Kecha yovvoyimga va'da bergandim, seni o'zim shifoxonaga olib boraman deb, necha kundan beri qizalog'imiz onasini tepaverib charchatib tashladi.

Elaram yoqtiradigan Camellialardan olib uyga yo'l oldim. Eshikdan kirar ekanman, ko'zlarim kattalashib ketdi.

— Elara... Nima qilyapsan?
— Nima qilyapman, ovqatlanyapman?

U oldiga butun muzlatkichni ko'chirib kelgan menimcha. Og'zi shokolad bo'lib ketibdi, bu qiz bola tug'armish, avval o'zini yaxshilab katta qilsam bo'larkan.

O'zimni zo'rg'a tiyib ichkariga kirdim. Elaram qo'limdagi gulni ko'rib yoqimli tabassum qildi. Tezda hamma yog'ini artib o'rnidan turdiyu, zo'rg'a yurib bag'rimga keldi.

— Yagonam, bugun shifoxonaga borishimiz kerak edi menimcha.
— Hmm, ammo qizing tug'ilishni istamayapti ahir, u faqat ovqat yeyishni istayapti.

Bu gapidan kulib yubordimu, shishib turgan labchasidan qattiq tishladim.

— Erta indin tug'ay deyabmanu, sen yosh bolaga o'xshab labimni tishlaysan, hayronmasman Yoongi.

— Nima, hali men yosh bolamanmi, yaxshi, endi mendan hechnima kutma. Naqt bir oy umuman tegmayman.

— Bilganingni qil, hozircha keraging yo'q.

Bu qiz meni ado qilib o'ldiradi. Hech qachon unga gap topa olmayman. Hali ishi tushganda ko'raman, seni sevaman, kechir deb yelkamga osiladi.

— Elara, yuraqolsangchi endi, keyin ishlarim bor vaqtim bo'lmaydi.
— Hozir boraman, sabr qil gipardcham. Aaaa...

Uning baqirgan ovozidan oyog'imni qo'limga olib tepaga chiqdim.

— Elara, nima bo'ldi yagonam?
— Haa, hechnima, etibor qilma, shunchaki ari bor ekan.

Eshik yonida biroz to'xtab qoldim, haqiqatdan jasoratimga qoyil qolmay ilojim yo'q. U bilan yashash mendan boshqasiga emas.

Amallab hamma injiqliklariga ko'nib shifoxonaga olib keldim. Ko'rikka kirarkanmiz, sal narsaga ham yig'layverib meni yeb qo'yay dedi.

— Yoongiii, qara bo'lib qolishdimii?
— Sabr qil yagonam, sabr qil.
— Uff, uff, charchadim, nega tug'ish bunchalar qiyin?
— Elara, baqirishni bas qilsangchi.

Qulog'iga pichirlarkabman, yelkamga boshini tashladi.

— Yoongi, meni qanchalik sevasan?
— Buni sen tasavvur qilolmaysan yovvoyi.

Uning shishib, do'mboq bo'lib qolgan qo'lchasidan ushlab gapirarkanman, nihoyat shifokori qo'lida qog'oz bilan chiqdi.

— Janob Min, xonim bugun qolishi kerak, uyga jo'nata olmaymiz.

— Hechamda, men zo'rman, uyga ketaman.
— Elara, shifokorning gapini eshitdingmi, shunchaki aytganini qil.
— Mendan qutulmoqchimisan Yoongi?
— Ayshsh, men yoningda bo'laman, bas qil.

Amallab ko'ndirdimu, palatasiga olib kirdim. Uzun sochli ajdarvoyimni hamma shifokorlar tanib ulgurgan. U kelsa hamma o'zini olib qochadi.

— Yoongi, men og'irlashib ketyapman, yura olmay qolsama?

— Yagonam, sabr qil, hechkim ona bo'lib, nogiron bo'lmagan.

— Hmm, mayli, Yoongi, menga go'sht olib kel, plees...

Ko'zchalarini mo'ltiratarkan, chiday olmay rozi bo'ldim.
Unga har xil taomlar va shirinliklar olib shifoxonaga qaytayotgandim, qandaydir mashina to'g'rimdan farasini yoqib kelarkan, ko'zim yo'lni ko'rmay qoldi.

Mashinani chetga olishga ulgurmay nimagadir urildim. Hushimdan ketmadim, men ko'rib turgandim, boshimni ishlagancha amallab pastga tushdim, hechkim yo'q edi.

— La'natilar, topsam hammasini chavaqlayman.

Telefonni ovozini eshtib amallab borib qo'limga oldim. Yagonam telefon qilayotgan ekan, ovozimni to'g'irlab telefonni ko'tardim.

— Yovvoyim, kechir biroz kech qoldim, hozir boraman.

— Yoongiiii, tezroq kelsangchiii, o'lib qolamaaan.

Uning baqirishidan ishlab turgan miyyam ham ishlamay qolay dedi. Mashina ham bu ahvolimda to'xtashi qiyin edi. Ko'zimni zo'rg'a ochib telefon ekraniga qaradimu, yordamchimga telefon qilib chaqirdim. Oradan yigirma daqiqa o'tmay ikki mashina yetib keldi.

Biriga o'tirib, shifoxonaga yo'l oldim. Negadir shu bir oydan beri burnim ko'p qonaydigan bo'lib qolgandi. Hayronman, sababini topishga urindim, ammo o'ylab topa olmadim.

Mashinani yo'lda biroz to'xtatib, ust-boshimni tartibga soldim, burnimdan kelayotgan qonni to'xtatdim. Do'konga kirib, aybimni yuvish uchun yovvoyimga gullar oldim.

Qaniydi hayotda baxtim kulsayu, bag'ringda bir lahza tinim ololsam.

Sevgi sharobining achchiq ta'midan, sarhushtu-mast bo'lib uhlab qololsam.

Qaniydi ojizlik meni tark etib, ko'zyoshlar ustidan kulib turolsam.

Qani, yana bir tun, bir lahza holos... Lablaring ta'midan lazzat ololsam...


19- qism tugadi.

Muallif: Aurea

Kanal: Somnia Arx

E'tiboringiz uchun rahmat!