Жизнь с прошлым
Yangi hayot boshlamoqchisan, ammo oldinda seni nima kutayotganidan mutlaqo xabaring yo‘q. Ko‘nglingni tushkunlik egallagan, xayollaring esa faqat yomon tomonlarni o‘ylash bilan band. Aslida hayotda biroz bo‘lsa ham tavakkal qilish kerak. Shundagina oldinda kutayotgan sinovlarni o‘z nazoratingga ola boshlaysan.
Koreya. Soat 08:00.
Sulli shosha-pisha sochlarini tartibga soldi va yangi maktab formasini kiydi. Sumkasiga daftarlarini va qalamdonini joylab, tezda pastga yugurib tushdi.
Mashina allaqachon kelgan va uning chiqishini kutayotgan edi.
Sulli oshxonadan kelayotgan shirin hidlardan bir zum mast bo‘ldi, ammo chalg‘imadi. Mashina oldiga borib, shoshib salom berdi.
U tezlik bilan mashinaga o‘tirdi.
— Salom, kichik xonim. Buncha shoshilish kerak emas. Men sizni eng qisqa yo‘l bilan maktabingizga eltaman, — dedi haydovchi Heosok va mashinaga o‘tirib, dvigatelni ishga tushirdi.
Mashina yo‘lga tushar ekan, Sulli oynadan tashqariga tikildi. Seoul ko‘chalari ertalabki shoshqinlik bilan yashar, odamlar ishga va o‘qishga ulgurishga harakat qilardi. Sulli esa sumkasining tasmasini mahkam ushlab olgan, yuragi negadir tez urardi.
— Kichik xonim, hayajonlanyapsizmi? — so‘radi Heosok ko‘zini yo‘ldan uzmay.
— Biroz... — Sulli jilmayishga urindi. — Yangi joy, yangi odamlar. Tabiiy holat bo‘lsa kerak.
— Siz aqlli qizsiz. Hammasi yaxshi bo‘ladi.
Sulli javob bermadi. U yana oynaga qaradi. Mashina qo‘rg‘on ortidagi eski trassaga chiqqach tezlashdi.
— Qaysi yo‘ldan ketyapmiz? Bu yo‘ldan hech yurmagan ekanmiz, — dedi Sulli savol nazari bilan Heosokka qarab.
— Bu poyga trassasi. Shaharning narigi chekkasiga olib boradigan eng qisqa yo‘l, xonim, — dedi u sokin ovozda. Ammo mashina ancha tez harakatlanayotgan edi.
— Menikini bilasiz Sulli! Tanishganimdan hursandman!
Tanishtiruv
Jung Heosok (20 yosh) — sho‘x, samimiy va atrofdagilar bilan tez til topisha oladigan yigit.
Xarakteri:
Heosok aqlli va har bir ishni o‘ylab bajaradi. U extrovert bo‘lib, yangi insonlar bilan juda tez kirishib ketadi. Do‘stlariga sodiq va yordam berishni yaxshi ko‘radi. Biroq oilasi bilan bog‘liq og‘riqli voqealar sabab ba'zan jahli tez chiqib ketadi.
Hayoti:
Heosok unchalik boy bo‘lmagan oilada ulg‘aygan. U onasi va singlisi bilan yashaydi. Otasi o‘z davrining mashhur va mahoratli poygachilaridan biri bo‘lgan. Heosok mashina haydash va poyga sirlarini aynan otasidan o‘rgangan.
Afsuski, otasi poyga bilan bog‘liq mojarolar oqibatida halok bo‘ladi. Otasining o‘limidan so‘ng oilaning moliyaviy ahvoli yomonlashib ketadi. Bundan tashqari, otasining dushmanlari ham ularni uzoq vaqt tinch qo‘ymaydi.
Shu sababli Heosok yoshligidanoq oilasi uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Avval mototsiklda yetkazib berish xizmatida ishlaydi. Ishdagi tezligi va mahorati tufayli unga xizmat mashinasi beriladi. Heosok buyurtmalarni hammadan tez yetkazib berishi bilan taniladi.
Bir kuni uning haydash qobiliyatini ko‘rgan Kwon Suho uni o‘zining poyga jamoasiga taklif qiladi. Onasi xavotir olishini bilgani uchun Heosok poyga olamiga ochiqchasiga kirishni istamaydi. Ammo pul va ish zarur bo‘lgani sabab poygalarda J-Hope taxallusi ostida qatnasha boshlaydi.
Hozirda u mashinasozlik yo‘nalishida 2-kurs talabasi hisoblanadi. Uning singlisi Herin esa yuqori maktabda tahsil oladi. Heosokning eng katta maqsadi — onasi va singlisini yaxshi hayot bilan ta'minlash.
So‘nggi paytlarda u poygalarda faol qatnashmayapti. Shu sababli vaqtincha Kimlar qo‘rg‘onida haydovchi bo‘lib ishga kirgan. Biroq uning qalbidagi poygachi ruhi hali ham so‘nmagan va bir kun kelib yana trassaga qaytishni orzu qiladi.
Oradan qariyb besh daqiqa o‘tgach, ulkan darvoza ko‘rindi. Maktab binosi zamonaviy va salobatli edi. Hovlida o‘nlab o‘quvchilar suhbatlashib turar, ayrimlari esa shoshilgancha binoga kirib ketayotgan edi.
— Yetib keldik, Sulli, — dedi Heosok.
U mashinadan tushdi. Eshik yopilishi bilan yuragi yana tez ura boshladi. Bir necha soniya joyida turib qoldi.
Tanish ovozni eshitib ortiga o‘girildi. Mina qo‘l silkitgancha unga qarab yugurib kelayotgan edi.
Sullining yuzida ilk bor samimiy tabassum paydo bo‘ldi.
— Nega kechikding? Men seni kutib turgandim.
— Yur, sinfimizni ko‘rsataman.
Ikkalasi binoga kirib ketishdi. Koridorlar keng va yorug‘ edi. Devorlarda turli tanlovlar va musobaqalar haqidagi e’lonlar osilgan edi.
— Mana shu bizning sinf, — dedi Mina eshik oldida to‘xtab.
Sulli ichkariga qaradi. O‘quvchilarning aksariyati allaqachon kelib bo‘lgan edi. Ba’zilari suhbatlashar, ba’zilari telefon titkilar, yana kimdir kitob o‘qib o‘tirardi.
Ular sinfga kirgan zahoti bir nechta nigohlar yangi qizga qadaldi.
Pichirlashlar eshitila boshladi.
Sulli o‘zini noqulay his qildi. Ammo Mina uning yonida turgani uchun biroz xotirjam edi.
Shu payt sinf eshigi yana ochildi.
O‘ttiz yoshlardagi ayol sinfga kirib keldi.
— Men sizlarning sinf rahbaringiz Luriman.
Sulli darhol onasining kecha aytgan gaplarini esladi.
Luri sinfni ko‘zdan kechirdi va yangi qizga qarab jilmaydi.
— Demak, bugundan bizga yangi o‘quvchilar qo‘shildi. Marhamat, o‘zingizni tanishtiring.
Butun sinfning nigohi birdan Mina va Sulliga qadaldi.
— Salom. Mening ismim Sulli Kim. Bugundan boshlab sizlar bilan birga o‘qiyman. Sizlar bilan yaxshi chiqishib ketishga umid qilaman.
- Men esa Min Mina tanishganimdan xursandman.
Sinf bir muddat jim bo‘lib qoldi.
Keyin orqa partalardan kimdir qarsak chaldi.
Bir necha soniyadan so‘ng butun sinf qarsak chalishni boshladi.
Sulli hayron bo‘lib atrofga qaradi.
Bu maktabdagi ilk kuni u o‘ylaganchalik yomon boshlanmayotgandir.
Birinchi dars hayajonli o‘tdi, ammo Sulli va Mina o‘zlarini juda yaxshi ko‘rsatishdi. Maktab juda yaxshi, osoyishta va mashhur edi. Sulli bu yerda o‘qiy boshlaganidan xursand edi. Ammo u hayollaridan qutula olmayotgandi. U faqat o‘tmish va uydagi muammolarni o‘ylab, sekin kitobini ochdi.
Sinfdagi ikki qiz ularning oldiga kelib, suhbat boshlashdi.
— Salom, mening ismim Jung Herin. Tanishamizmi? — Herin qo‘llarini uzatdi.
— Salom, mening ismim Kim Jisoo. Maktabimizga xush kelibsiz! — Jisoo ham qo‘l cho‘zdi.
— Salom, mening ismim Mina, uniki esa Sulli. Boya aytganimizdek. Tanishganimizdan xursandmiz! — Mina Herin va Jisooning qo‘lini siqdi.
— Men ham xursandman! — dedi Sulli va qizlarning qo‘lini siqib qo‘ydi.
— Maktabimiz sizga yoqdimi? Bizga anchadan beri yangi o‘quvchilar kelmayotgandi. Sizlar 2010-yillarda tug‘ilganlar orasida kelgan yagona yangi o‘quvchilarsiz. Qoyil! — dedi Herin hayrat bilan.
— Aslida bu Sullining ishi edi. Biz bu maktabdan juda uzoqda yashaymiz. Sulli ataylab shu yerni tanladi, endi esa birga o‘qiyapmiz! — Mina jilmaydi.
— Ha, tanishib ham oldik. Endi biz bilan birga yurishni xohlaysizmi? Odatda hamma guruh-guruh bo‘lib yuradi. Bizga qo‘shilsangiz, sizga ham foydali bo‘ladi. Keyin katta tanaffusda maktabni ham tanishtirib chiqamiz, — dedi Jisoo xursand ohangda.
— Mayli! — Sulli jilmaygancha javob berdi.
Keyingi dars ham boshlandi. O‘quvchilar sukut bilan o‘qituvchini maroq bilan tinglashardi. Hamma bir ustozga, bir doskaga termulib o‘tirardi.
Matematika darsida ustoz Nuna arifmetik ifodani tushuntirib berdi-da, sekin joyiga o‘tirdi. Biroz vaqt o‘tib, u yana gap boshladi:
— Hamma yozib bo‘ldimi? Doskaga kim chiqadi?
U qo‘lidagi lineykani sinf tomonga qaratdi.
Hamma jim edi. Ifoda juda murakkab bo‘lgani uchun birorta ham o‘quvchi chiqishga jur’at qilmadi.
Shu payt ifodaning javobini allaqachon topib bo‘lgan Sulli qo‘l ko‘tardi.
— Men chiqaman, ustoz. Bajarib bo‘ldim.
U gapini tugatib, qo‘lini tushirdi.
Ustoz o‘rnidan turib, qo‘liga bo‘r oldi va unga uzatdi.
Sulli o‘rnidan turib, doska tomon yurdi. Hayajondan oyoqlari biroz qaltirardi. U ustozning qo‘lidan bo‘rni olib, ifodaning yechimini doskaga yozdi.
— Javobi ikki x ko‘paytirilgan ildiz ostidagi yetti bo‘ladi. To‘g‘rimi, ustoz?
Sulli bo‘rni doska yoniga qo‘yib, ustoz tomonga o‘girildi.
Ustoz doskaga qaradi va hayrat bilan Sulliga tikildi.
— Tasanno! Juda yaxshi tushunar ekansan. Aqlli o‘quvchilarim safiga qo‘shilding, Sulli. Menimcha, onang aytganchalik yaxshi o‘quvchi ekansan. Mening to‘garagimga ham qo‘shilasan. Bugun seni o‘quvchilarim bilan tanishtiraman. Yana maktabdagi Kim Taehyung ismli bola bilan ham tanishib ol. U senga sherik bo‘ladi.
Sulli ustozning gaplaridan hayratda qoldi. Nahotki onasi uni aqlli deb tanishtirgan bo‘lsa? Nahotki shunday yaxshi ustozning to‘garagiga yozdirgan bo‘lsa?
Hayajondan lablari titrab javob berdi:
— Rahmat, ustoz. Astoydil harakat qilaman!
— Mayli, unda joyingga o‘tir. Darsdan so‘ng Herin seni to‘garak sinfiga olib boradi.
Ustoz joyiga o‘tirdi va sinfga qaradi.
Sulli joyiga qaytib o‘tirar ekan, uning qobiliyatiga butun sinf tasanno aytdi. Kimdir buni tasodif dedi, yana kimdir uning matematikadan juda kuchli ekanini pichirladi. Ammo hamma unga hayrat bilan qarardi.
Herin va Jisoo ham Mina va Sulli bilan tanishganidan mamnun bo‘lib jilmayib turishardi.
Ustoz yakuniy vazifani berib, qattiq tayinladi:
— Hamma uyga vazifani ertaga tayyor holda olib keladi. Bittalab tekshiraman. Bajarmaganlarni ayab o‘tirmayman.
Ustoz sinfdan chiqib ketar ekan, hamma o‘rnidan turib xayrlashdi.
Katta tanaffus boshlandi. Bu tanaffus bir dars soatiga teng edi. O‘quvchilar ovqatlanishga yoki shunchaki dam olishga tarqalishdi.
Herin va Jisoo tanaffusdan unumli foydalanish uchun Mina va Sullining oldiga kelishdi.
— Sulli, senga tan berdim. Matematikani juda yaxshi bilarkan-san, — dedi Herin Sullini qo‘ltiqlab.
— Ha, biroz bilaman, xolos, — dedi Sulli kamtarlik bilan.
— Yo‘q, kamtarlik qilma. Bu sinfda matematikadan Herin va Lee Jonsuk eng kuchlilar edi, endi sen ham qo‘shilding, — dedi Jisoo quvnoq ohangda.
— Ha, Sulli shunday yaxshi o‘quvchi. Men esa matematikani uncha xushlamayman, — Mina burnini jiyirdi.
— Buni qara, men ham matematikani yomon ko‘raman. Ikkimizning tabiatimiz bir ekan-a? — dedi Jisoo kulib.
Ular biroz kulishib, maktab haqida suhbatlashishdi. Keyin Sulli gap boshladi:
— Ketdik, endi maktabni aylanib chiqaylik.
— Ha, darvoqe, ketdik! — dedi Jisoo o‘ynoqi ohangda.
— Qaysi joylarni ko‘rishni istaysizlar? Bizda maktab ikki korpusdan iborat. Birida madaniyat zali, ikkinchisida esa katta kutubxona bor, — dedi Herin.
— Men kutubxonaga qiziqdim. U yer juda katta bo‘lsa kerak? — dedi Sulli kiyimidagi bog‘ich bilan o‘ynab.
— Menga esa madaniyat zali qiziq. U yerda tanlovlar bo‘ladi shekilli? — dedi Mina eshik tomon yurarkan.
— Unda men Sullini kutubxonaga olib boraman. Yaxshiyamki, u bizning korpusda, — dedi Herin.
— Yaxshi, unda men Minani narigi korpusga olib o‘taman. Bilasanmi, u yerda yuqori sinf o‘quvchilari bor. Chiroyli yigitlar ham ko‘p, seni ular bilan tanishtiraman, — dedi Jisoo kulib va Minani sudrab ketdi.
Ularning ketishini ko‘rgan Sulli va Herin qattiq kulib yuborishdi. Ularning kulgisi sinf devorlariga urilib, aks-sado berdi.
Sulli kulishdan to‘xtab, eshik tomon yurdi.
— Herin, kutubxonada odatda odam ko‘p bo‘ladimi yoki kam?
— Odatda ko‘p bo‘ladi. Kutubxona juda katta, u yerda o‘quvchilar ko‘p dars qilishadi, — dedi Herin va biroz xo‘rsinib qo‘ydi.
— Ha mayli, kitoblar ko‘p bo‘lsa, shuning o‘zi yetadi. Ketdik, u yerni tezroq ko‘rishni istayman.
— Ketdik! — dedi Herin uning ortidan chiqarkan.
Ular avval butun korpus va sinf xonalarini aylanib chiqishdi, eng oxirida esa kutubxonaga kirishdi. U yerga kirishlari bilan kitoblar va yog‘och javonlarning o‘ziga xos hidi dimog‘lariga urildi. Bu ifor Sulliga juda yoqdi. U chuqur nafas olib, ichkariga kirib ketdi.
— Sen kutubxonalarni juda yaxshi ko‘rasan shekilli. Hatto bu yerning havosidan nafas olishning o‘zi senga zavq berayotgani bilinib turibdi, — dedi Herin kulib.
— Ha, menga kutubxonalar juda yoqadi. Yana odam kam bo‘lsa, undan ham yaxshi, — dedi Sulli javonlar orasiga kirib ketarkan.
— Men esa bu yerni yoqtiraman ammo kam kelaman. Matematikadan yaxshi o‘qisam ham, bu fan menga yoqmaydi, — dedi Herin xo‘rsingandek.
— Nima? — Sulli javon ortidan unga jiddiy qaradi.
— Ha. Menga adabiyot va tillar yoqadi, lekin aniq fanlarni ustozim majburlab o‘qitadi.
— Qanaqasiga majburlab o‘qitadi? Bu mumkin emas-ku, — dedi Sulli norozi ohangda.
— O‘qituvchi mening ammam bo‘ladi. U yaxshi inson, ammo biroz qattiqqo‘l.
— Ha, gapirishlaringdan bilgan edim. Lekin shunday bo‘lsa ham, o‘zing xohlagan yo‘nalish bo‘yicha o‘qiganing yaxshi, — dedi Sulli jilmayib.
Ular bir muddat jim qolishdi. Birozdan so‘ng Herin yana kulib yubordi va Sulli bilan kutubxonani aylanishga kirishdi.
Sulli esa Herinning ko‘zlaridagi dardni bir qarashdayoq sezgan edi. Shu sababli uning ko‘ngli biroz g‘ash tortdi.
«Uning ham dardi meniki kabi ko‘p ekan. Nega bunchalik g‘amgin ekan-a?» — degan o‘y o‘tdi xayolidan.
Ammo bu savolni hozircha tiliga chiqara olmasdi.
Ular kutubxona ichida ancha aylanib yurishdi. Nihoyat qo‘ng‘iroq chalindi.
— Hoy, qo‘ng‘iroq chalindi! Yur, tezroq bo‘l, bo‘lmasa kechikamiz! — dedi Herin kutubxona eshigi oldidan.
Sulli esa bir kitobni olishga urinardi. Kitob yuqoridagi javonda bo‘lgani uchun bo‘yi yetmayotgan edi.
— Herin, o‘zim yetib olaman. Sen boraver!
— Yaxshi, unda ketdim. Tezroq kel, ustoz birinchi kundanoq yomon ko‘rib qolmasin, — dedi Herin va yugurib ketdi.
Sulli stulcha ustida ham oyoq uchida turib kitobga intildi.
Nihoyat qo‘li yetay deganda, orqadan kelgan baquvvat qo‘llar kitobni olib qo‘ydi.
Sulli ortiga o‘girilib qaramoqchi bo‘ldi, ammo muvozanatini yo‘qotib, yigitning ustiga yiqilib tushdi.
Yigitning boshi javonga tegib ketdi.
Sulli darhol o‘rnidan turdi va yigitning yuziga ham qaramay gapirdi:
— Shuning uchun birovning kitobiga qo‘l cho‘zmaslik kerak edi. Bundan keyin bu ishni takrorlamang. Va... uzr so‘rayman!
U gapini tugatishi bilan yugurib chiqib ketdi.
Yigit asta o‘rnidan turib uning ortidan qaradi.
— Men shunchaki kitobni olib bermoqchi edim...
U kiyimlarini to‘g‘riladi. Havoda qolgan romashka gulining mayin ifori unga kimnidir eslatib yuborgan edi.
Ammo qizning yuzini yaxshi ko‘ra olmadi.
U cho‘ntagidan parkda topib olgan suratni chiqarib qaradi.
— Nahotki shu o‘sha qiz bo‘lsa? Qarang-a, tasodif uchinchi marta takrorlanyapti.
Yigit jilmaydi va kutubxona eshigi tomon yurdi. Qo‘lidagi kitobni kutubxonachi ayolga rasmiylashtirib, o‘zi bilan olib chiqib ketdi.
Sulli yugurgancha sinfga yetib keldi. O‘qituvchi allaqachon kelganini ko‘rib, o‘zini tinchlantirishga urindi.
— Salom, ustoz. Kirishim mumkinmi? — dedi u mayin ovozda. Ammo u hozir ko`rib turgan insonidan juda xursand edi.
O‘qituvchi ayol unga yuzlandi va muloyim jilmaydi.
— Sen yangi o‘quvchi Kim Sullisan, shundaymi?
U Sulliga yaqinlashib, yelkasiga qo‘l qo‘ydi.
Bu adabiyot va koreys tili o‘qituvchisi Son Mari edi. Uning yoshi Sullining onasidan ham kattaroq edi.
— Ha, men yangi o‘quvchiman. Uzr, maktabni aylanib vaqt o‘tganini sezmay qolibman, — dedi Sulli afsus bilan.
— Hechqisi yo‘q. Joyingga o‘tir.
Sulli joyiga o‘tirdi. Nahotki bu mashhur yozuvchi va o‘qituvchi Son Mari bo‘lsa? Sulli ich-ichidan xursand bo‘lib, darsligini oldi.
Rostdan ham Mari ustoz maktabdagi eng yaxshi o‘qituvchi va yozuvchilardan biri edi. U juda ko‘p hikoyalar va kitoblar chop ettirgan, Koreyaning mashhur yozuvchilaridan sanalardi. Uni butun maktab hurmat qilardi. O‘quvchilarning ko‘pchiligi aynan uning sababli hayotda o‘z yo‘lini topa olgan edi.
Herin ham aynan shu ustoz sababli adabiyotga mehr qo‘ygan. Hatto u hikoyalar va she’rlar yozib turardi. Ammo bu sirni o‘qituvchisi va Jisoodan boshqa hech kim bilmasdi.
Dars boshlandi. Mari ustoz doskaga mavzuni yozdi va joyiga o‘tirib gap boshladi.
— O‘quvchilar, bugungi mavzu: “Adabiyot va hayot bog‘liqligi”. Savol shuki, adabiyot va hayotimiz orasida qanday bog‘liqlik bor?
O‘quvchilar jim qolishdi. Kimdir xayolida javoblarni tartiblar, yana kimdir savolning javobini yuragidan izlardi.
— Yaxshi, o‘zim javob bera qolaman. Adabiyot bu shunchaki o‘rganish kerak bo‘lgan fan emas, buni avval ham aytganman. Adabiyot his qilinadi, adabiyot tarbiya beradi, adabiyot insonlarning ko‘zini ochadi va hayotga tayyorlaydi.
U gaplarini tamomlab, bir zum jim qoldi.
— Xo‘sh, demak, hayot va adabiyot o‘rtasidagi bog‘liqlik nimada ekan?
— Adabiyot oyna, biz esa o‘sha oynada hayotning aksini ko‘ramiz! — Sulli yurak yutib javob berdi.
— To‘g‘ri ta’rif berding, juda to‘g‘ri! — ustoz unga mehr bilan qaradi.
— Biz adabiyotda hali his qilib ko‘rmagan tuyg‘ularni his qilamiz, shu orqali hayotga tayyorlanamiz. Adabiyot bizni qabul qilishga va har bir ishning oqibatini kutishga o‘rgatadi, — Herin ovozini pastlatib javob berdi.
— Barakalla! To‘g‘ri aytding! — ustoz Heringa jilmaydi.
Sinfdagi o‘quvchilar bu javoblarni ma’qullab, o‘zaro pichirlasha boshlashdi. Rostdan ham adabiyot insonni his qilishga va hayotga tayyorlashga yordam berishi haqida suhbatlashishardi. Sinfda biroz shovqin ko‘tarildi.
— O‘quvchilar, jimlik saqlang! — ustoz o‘ziga xos mayin ovozda sinfni tinchlantirdi.
Shu zahoti hamma yana jim bo‘lib qoldi.
— Demak, adabiyot va hayot o‘rtasida ko‘rinmas bir ip bor. Biz uni ko‘rmaymiz, ammo his qilamiz. Tilimiz ba’zan: “Bularning foydasi yo‘q, inson tuyg‘ular bilan yashay olmaydi”, deb aytishi mumkin. Ammo yurak his qiladi, yurak sezadi. U barcha tuyg‘ularni qabul qiladi.
Tasavvur qiling, siz hayotingiz davomida hech his qilmagan og‘riqli bir tuyg‘uni boshdan kechirdingiz. O‘sha paytda yiqilasiz. Go‘yo cheksiz ummonga qulagandek bo‘lasiz. Chunki bunday hisni ilgari boshidan o‘tkazmagan inson aynan shu og‘riq qarshisida ojiz qoladi. Kitobxon esa bunday tuyg‘uni to‘g‘ri qabul qila oladi, qolaversa uni yengish uchun yo‘l ham topadi. Shuning uchun adabiyot bizga doim kerak. Biz adabiyot bilan chambarchas bog‘liqmiz.
Ustoz Mari so‘zlarini tugatar ekan, cho‘ntagidan dori olib ichdi.
So‘zlar havoda muallaq qolib ketgandek edi. Hamma jim. Sinfxona go‘yo ustoz aytgan ko‘rinmas iplar bilan to‘lib ketgandi. Bu iplarni his qila oladigan odamlar uchun xursand bo‘lish mumkin, ammo ularni his qila turib og‘riq chekayotganlar ham bor edi.
Sulli sekin shiftga, keyin esa biroz yo‘talib qo‘ygan ustozga qaradi.
"Bu ko‘rinmas iplarga o‘zimni osib qo‘ygim keladi. Baribir bir kun bu og‘riqlar va tuyg‘ular ostida qulayman. Hayotim davomida kichkina qalbim bilan juda ko‘p kitob o‘qidim. Ammo oxir-oqibat eski dardlar meni baribir qo‘yib yubormadi..."
O‘qituvchi sinfdagilarga yuzlanib yana so‘radi:
— Endi ham adabiyotni his qilmadingizmi? Yoki his qilyapsiz-u, ammo endi kech deb o‘ylayapsizmi?
Sinfxona jim edi. Hech kim javob bera olmadi. Ustoz ularning ichki kechinmalarini ochib bergandek edi. Rostdan ham o‘quvchilar adabiyotning ma’nosini anglay boshlagan yoki ayrim narsalar uchun kech qolganini his qilayotgandek edi. Xuddi Sulli kabi.
— Mayli, javob berishni istamasangiz, jim turing. Aslida inson bunday savollarga sukut bilan javob beradi. Lekin bilib qo‘ying, hech qachon kech bo‘lmaydi. Adabiyotni his qilish uchun emas, hayotni u orqali anglash uchun. Sizlar hali o‘sib kelayotgan yosh nihollarsiz. Men ishonaman, albatta o‘z yo‘lingizni topasiz. Qalbingizga quloq soling. Balki asl adabiyot kitoblarda emas, aynan qalbingizdadir.
U so‘zlarini tugatar ekan, qattiq-qattiq yo‘talib yubordi.
Sinfdagilar odatdagidek sukutda qolishdi, ammo bu safar ularning ko‘zlarida o‘zlariga bo‘lgan ishonch paydo bo‘lgan edi. Shu bilan birga, ustozning bu qadar qattiq yo‘talishi ularni xavotirga soldi.
— Ustoz, yaxshimisiz? Ahvolingiz joyidami? — Herin xavotir bilan uning yoniga yugurib bordi.
Boshqa o‘quvchilar ham o‘rinlaridan turishdi. Sulli sumkasidan suv olib, ustozga tutdi.
— Ustoz, ichib oling, o‘tib ketadi.
— Rahmat, qizlar. Menimcha, dori tomog‘imga tiqilib qoldi shekilli. Suv ichsam o‘tib ketadi. Joylaringizga o‘tiringlar.
U suvdan bir necha qultum ichdi.
Hamma ustoz uchun xavotir olayotgan edi. O‘quvchilar darsliklarini ochib, ustoz ko‘rsatgan joydan navbatma-navbat o‘qishni boshlashdi.
Mari ustoz esa o‘tirgan holda ko‘nglidagi noxush o‘ylar bilan kurashardi. U so‘nggi ikki yil ichida juda ko‘p operatsiyalarni boshdan kechirgan edi. Mana ikki yildirki, yurak kasalligi uni tinch qo‘ymasdi. Afsuski, operatsiyalar kutilgan foydani bermagan, aksincha yurak aortasi va yurak bo‘lmachalarida jiddiy chandiqlar qoldirgan edi.
Chandiqlar bitmadi, ustozning ahvoli esa tobora yomonlashib borardi. U eng ko‘p maktabni tark etishdan va o‘quvchilariga katta ruhiy og‘riq yetkazishdan qo‘rqardi. Shu sababli bu yil nafaqaga chiqish uchun ariza bergan edi. U shunchaki o‘quvchilar uni ko‘rmasdan yashashga ko‘nikib olishi uchun sinflarni boshqa o‘qituvchiga topshirib ketmoqchi edi.
Mari xonim oldin yetimxonada ham ishlagan, u juda oqk`ongil inson. Maktabdan uzoq bo`lmagan joyda yetimxona bor u yerda biroz muddat tarbiyachi bo`lgan. U yerda "Bolalik sho‘xlik emas, beg‘uborlik" kitobini yozgan. Uning farzandlari bor va katta professor bo`lib ketishgan, uni ko`rgani har doim kelishadi.
Ammo u yetimxonada bir bolani o`g`lidek yaxshi ko`rib qoldi, afsuski to`g`ri kelmaydi deya unga berishmaydi. U bolaning ismi Kim Taehyung edi, u Taehyungni juda yaxshi ko`rib qoladi, ammo berishmaydi. U Taehyungni uyiga olib bordi, unda Taehyung 10yosh edi. Boshlang`ich sinfda o`qiydigan bolani deb yana maktabga o`qituvchilikka qaytdi, u paytlar Mari ham juda sog`lom edi. U Taehyung bilan juda yaqin bo`ldi Taehyung ham uni onasi kabi ko`rardi ammo yetimxonaga qaytishiga majbur bo`ldi. Mari maktabda Taehyungni doim ko`rib turar doim unga g`amxo`rlik qilardi. Bu maktabda Mari ustoz Taehyunga juda yaqin edi.
Taehyung Marining jiddiy kasalidan xabari bor edi, hozirda maktabdagi bir ko`ngilsizlikdan so`ng Taehyung faqat o`sha ustozning gapiga kirar va o`sha ustozga g`amxo`rlik qiladi. Taehyungni hatto Marining oila a’zolari ham qabul qilishgandi. Tutingan uka sifatida edi u.
Mari xonimning o‘limi yaqin edi. Bu qanchalik og‘riqli bo‘lmasin, shifokorlar ham unga shu haqiqatni aytishgandi. Uzog`i bilan 3 yoki 4yil vaqti qolgan.
Mari xonim hayoti haqida roman yozishni boshlagan edi. So‘nggi ikki yil ichida yozgan sahifalari hatto yoshidan ham oshib ketgandi. U o‘limidan oldin so‘nggi kitobini chop ettirishni juda xohlardi.
Uning har kuni tonggi soat to‘rt yoki beshlarda boshlanardi. U cherkovga borib tavba qilardi. Mari xonim xristian bo‘lib, diniga va Xudoga qattiq ishonardi. Har kuni gunohlari uchun Xudodan panoh so‘rar, keyin esa hikoyasiga hech bo‘lmasa ikki og‘iz so‘z qo‘shishga harakat qilardi.
Uning ko‘plab kitoblari mavjud edi: "Tahqirlangan qalblar", "Sevgi va sarhad", "Bolalik sho‘xlik emas, beg‘uborlik", "18 ga qaytib", "Xayoliy shahzodam" va boshqa asarlar. Endi esa yangi kitobi ustida ishlayotgan edi. Kitobning nomi "Vido oqshomi yoxud o‘limimdan avval" edi.
Uning eng katta qo‘rquvi shu kitob yakuniga yetmay qolishi edi. Shuning uchun ham maktabni tark etishga qaror qilgan edi.
Dars yakuniga yetdi. Chiqish bo‘lishiga sanoqli daqiqalar qolganda ustoz shunday dedi:
— O‘quvchilar, sizlarga bir gap aytmoqchiman. Buni sizlardan yashirishni to‘g‘ri deb bilmadim. Balki bu sizlarga yoqmas yoki befarq bo‘lishingiz ham mumkin. Men nafaqaga chiqaman. Bilasizlar, qarib qoldim. Shu sababli maktabni tark etaman. Qachon ketishim aniq emas, ammo ketishim aniq. Shunday ekan, men ketganimda buning uchun siqilmanglar. Imkon topsangiz, ko‘rishga borib turinglar. Ertaga esa darslaringizni qilishni unutmanglar. Xo‘pmi, kelishdikmi?
U shunday deya eshik tomon yurdi.
— Kelishdik! — deya butun sinf ustozining oldiga borib uni quchoqladi.
Sulli va Mina ham ularga qo‘shilishdi.
Yo‘q, bu vido emas edi. Bu "endi boshqa ko‘rishmaymiz" degani ham emas edi. O‘quvchilar shunday tushunishardi. Ammo ustozning ko‘nglidan boshqa so‘zlar o‘tardi.
"Alvido, aziz o‘quvchilarim..."
Ammo u bu so‘zlarni tiliga chiqarmadi.
Sekingina sinfdan chiqib, direktor xonasiga yo‘l oldi.
O‘quvchilar esa uning ortidan ming xil o‘y bilan qarab qolishdi. Sulli esa hali ham mashhur yozuvchi ayol uning ustozi ekaniga ishona olmas, ko‘zlarini ishqalab uning ortidan qarab turardi.
— Herin, Herin! Axir u yozuvchi Son Mari-ku! Bizning o‘qituvchimiz yozuvchi ekan! Bilasanmi, juda xursandman, juda xursandman! — Sulli hayajondan Herinning qo‘lidan ushlab sakrab yubordi.
— Ha, u bizning o‘qituvchimiz. Hayajonlanma, endi har kuni ko‘rasan uni agar o`zi aytgandek nafaqaga chiqmasa! — Herin kulib javob berdi. Ammo ichida bir bo`shliq bor edi.
— Sulli, buncha hayajonlanding? — Mina kulib so‘radi.
— Mina, taniysan-ku! "Bolalik sho‘xlik emas, beg‘uborlik" kitobini senga bergan edim-ku. O‘sha kitobni yozgan ayol bizning o‘qituvchimiz ekan! — Sulli Minani quchoqlab oldi.
— Rostdan ham shundaymi? Men yozuvchining yuzini bilmasdim. Juda xursandman! — Mina ham quvonib ketdi.
Ularni kuzatib turgan Jisoo va Herin kulib yuborishdi.
Birozdan so‘ng Sullining yodiga Taehyung tushdi.
— Herin, aytgancha, ustoz Taehyung ismli o‘quvchi bilan tanishib ol dedi. U kim? — deb so‘radi Sulli.
— Jisoo, yaxshisi o‘zing aytib ber. Men uning faqat yaxshi o‘quvchi ekanligini bilaman, — dedi Herin.
— Mayli. Kim Taehyung 2006-yilda Daeguda tug‘ilgan. Eshitishimcha, ota-onasi uni yetimxonaga tashlab ketgan va bu rost. U yetti yoshidan beri yetimxonada ulg‘aygan. Shu maktabda ham bolaligidan o‘qiydi.
Uni butun maktab taniydi. Ko‘pchilik uni bezori deb hisoblaydi. O‘tgan yili o‘zidan bir yosh kichik qiz vafot etgan edi. Mish-mishlarga ko‘ra, Taehyung o‘sha qizga yomonlik qilgan emish. Bunga chiday olmagan qiz o‘zini yetimxona tomidan tashlagan deyishadi. Ammo hech kim asl haqiqatni bilmaydi.
Menimcha, bu gaplar yolg‘on. Chunki u qizni hamma joyda himoya qilgan. Yetimxonada ham, maktabda ham. Kimdir qizni kamsitsa, albatta uning tarafini olgan. Balki shu sababli ham uni bezori deb atashar. Men bilganlarim shu.
Bu gaplarni eshitgan Sulli nima deyishni ham, Taehyung bilan tanishishga jur'at qilishni ham bilmay qoldi.
— Jisoo sen BBSmisan hamma narsani bilasan a? — Mina kuldi.
— Ha mening holam o`sha yerda ishlaydi, lekin uncha ko`p narsani aytmagan u bularni sir deb saqlaydi. Meni esa bilganlarim shu! — U jim bo`lib qoldi yana birozdan so`ng Sulliga qaradi va dedi.
— Nega jim bo‘lib qolding? Ikkilanayapsanmi? Hozir u unchalik ham bezori emas. Hech kim bilan gaplashmaydi. Faqat matematika guruhi bilan shug‘ullanadi, — dedi Jisoo.
— Agar xohlamasang, ustoz bilan gaplashib sheriklarni almashtiramiz. Men Jonsuk bilanman. Istasang, sen Jonsuk bilan bo‘lishing mumkin, — dedi Herin.
— Sulli, shunday qilamizmi? — Mina ham xavotir bilan so‘radi.
— Yo‘q. Men u bilan tanishib ko‘rmoqchiman. Tavakkal qilaman. Balki o‘ylaganimizdek yomon bola emasdir, — dedi Sulli.
— Unda ketdik. Uni sinfidan topamiz. Matematika guruhidagi hamma sen haqingda eshitgan. Hech kim noto‘g‘ri tushunmaydi, — dedi Herin o‘rnidan turib.
Ular yo‘lak bo‘ylab yurib ketishdi.
— Uni ko‘pchilik "V" deb chaqiradi! Eshitdinglarmi? — deb ortidan baqirdi Jisoo.
"V dedimi yoki boshqa ism aytdimi?" deb o‘yladi u.
Nihoyat ular yuqori sinf joylashgan qavatga yetib kelishdi.
— Men avval salom beraman va seni tanishtiraman. Keyin sen gapirasan. Sheriging ekaningni aytib chiqib ketamiz. Xo‘pmi? — Herin pichirladi.
Ular sekin asta sinfga kirishdi. Eng oxirgi partada boshini parta ustiga qo‘yib yotgan o‘quvchi tomon yura boshlashdi.
Taehyungning boshi qattiq og‘riyotgan edi. Boyagi voqeadan so‘ng u faqat partaga bosh qo‘yib yotishdan boshqasiga arzimayotgandek tuyulardi.
Qizlar sekin uning yoniga yaqinlashishdi va Herin gap boshladi.
— Xmxm, salom Taehyung, yaxshimisiz? — Herin sekin uni turtdi.
Taehyung boshini ko‘tarmadi, ammo u yonidagi romashka ifori taralayotgan qiz va birga matematika guruhida o‘qiydigan qizning ovozidan tanidi. U kimlar kelganini bilardi, ammo ko‘rishi kerak edi. Bu o‘sha parkdagi jasur qizaloqmi yoki boshqa?
U sekin boshini ko‘tardi. Qattiq og‘riyotgan boshini chap qo‘li bilan ushlab, gavdasini ko‘tardi. Ammo bosh og‘rig‘i uni qo‘yib yubormadi.
U og‘riqdan ko‘zlarini qattiq yumib oldi. Boshi yana egilib ketdi. Qo‘llari chakkalarini bosdi. Bir necha soniya shu holatda qoldi. Keyin yana chuqur nafas olib boshini ko‘tardi.
— Salom, yaxshidek ko‘rinyapmanmi sizningcha? — Taehyung yana boshini ushlagancha javob berdi.
Yigitning bu holati Sulliga kimnidir eslatdi.
Nahotki bu o‘sha parkdagi yigit? Nahotki u?
U shunday deya yigitdan ko‘zini uzmay qoldi.
Taehyung nihoyat boshini ko‘tarib ikki qizga qaradi. Herin astagina gapini boshladi.
— Taehyung, bu qizning ismi Sulli. Matematika guruhimizning yangi o‘quvchisi. Uni ustoz sizga sherik qilib tayinladi. Menimcha eshitgansiz.
— Yaxshi, keyin nima qilay? Ustoz uni shunchaki tanishuv uchun jo‘natdimi? — u o‘ziga xos qo‘pollik bilan gapirdi.
— Ha, tanishib olishingizni aytdilar-da, shuning uchun oldingizdamiz, — Herin jilmaydi.
— Salom. Mening ismim Kim Sulli. Bu maktabga yangi keldim. Taehyung, siz bilan sherik bo‘lishimdan xursandman. Kelishib ketamiz deb umid qilaman, — Sulli muloyim jilmaydi.
Taehyung bir necha soniya unga tikilib qoldi. Romashka ifori yana dimog‘iga urildi.
U bosh og‘rig‘idan yana ko‘zlarini qisib oldi va qo‘lini peshonasiga qo‘ydi.
— Yaxshi. Mening ismim ustoz aytganidek Kim Taehyung. Lekin meni V deb chaqirishingiz mumkin. O`shanda aytganimdek V deb chaqirishing mumkin — u Sulliga tikilib qoldi.
U boshini quyi soldi va biroz kuldi, ammo buni ularga ko‘rsatmaslikka harakat qildi.
— Kelishib ketamiz deb o‘ylamayman.
Taehyungning ovozi sovuq eshitildi. Ammo uning qalbida hali ham bolalarcha beg‘uborlik yashardi. Shunchaki u buni hech kimga ko‘rsatishni, o‘zini ojiz qilib qo‘yishni istamas edi.
Herin va Sulli bu javobdan so‘ng bir-birlariga termulib qolishdi, so‘ng yana unga qarashdi. Sulli ular kelishib keta oladimi yoki yo‘qmi, shu haqda o‘ylayotgan edi. Uning ichidan bir savol o‘tdi: nega bu ahvolda? Boshi nega og‘riyapti ekan? Shu savollar uni qiynadi va birdan kutubxonadagi voqea esiga tushib, boshini quyi soldi.
Jin ursin, nahotki o‘sha Taehyung deganlari bilan to‘qnash kelgan bo‘lsam? Qanday qilib uch marta tasodifan uchrashdik? Axx, boshi qattiq og‘riyotgandir, men esa bilmay qoldim. Uzr so‘rasammikan? Yo‘q, bunday qila olmayman...
U shu xayollariga cho‘kib ketdi.
— Ha, aytgancha, shu maktabda bir o‘rta sinf o‘quvchisini ko‘rmadingizmi? Sochlari olovrangmidi yoki jigarrang. Biroz ahmoqdek ko‘rinadi, yana lapashang, muvozanatini saqlay olmaydi. Lekin bir kitob uchun o‘limdan ham tap tortmaydigan qiz. Uni tanimaysizmi mabodo? — u Heringa bir qaradi, ammo ko‘zlarini Sullidan uzmadi.
— Kxm, kxm... — Sulli yo‘talib qo‘ydi va Heringa ishora qildi.
— Yo‘q, ko‘rmadik. Agar ko‘rsak, albatta aytib yuboramiz, — dedi Herin gapni tugatib va Sullining qo‘lidan sudradi.
— Yaxshi qoling, V! — dedi Sulli va Herin bilan birga sinfdan chiqib ketdi.
Taehyung sinfda yolg‘iz qolarkan, qattiq-qattiq kulib yubordi. U bunday ketma-ket uchraydigan tasodiflarga ko‘p duch kelmagan edi. U qizni topmoqchi bo‘lgandi, taqdir esa uni o‘zi oldiga olib kelgandi.
— Exx, yaratgan Egam, menga bergan shuncha yil ichidagi og‘riqlardan keyin bergan go‘zal tasodifing uchun rahmat! — dedi u.
Shunday deya sumkasiga darsliklarini soldi va deraza yoniga bordi.
Taehyung derazadan boshini chiqarib pastga qaradi. O‘qituvchi yo‘q, nazoratchi yo‘q. Bu ayni mavrid edi.
U sekin deraza tokchasiga chiqdi va o‘sha yerdagi tarnovga osildi. Ikkinchi qavatdan tushishga u allaqachon o‘rganib qolgan edi. Tarnov ham mustahkam, hali uzoq vaqt uni ko‘tara olardi.
U sekinlik bilan pastga tushayotgan paytda sinfga o‘qituvchi va o‘quvchilar kira boshlashdi. O‘qituvchi sinfda na sumkasi, na daftarlarini ko‘rib, derazadan tashqariga qaradi.
— Hoy, Kim Taehyung! Qayoqqa ketyapsan?! Qayt ortingga yoki direktorga yozib beraymi?! — dedi u jahl bilan lineykani uning tomon o‘qtalib.
— Men ketdim. Oxirgi darslar bo‘lsa qolaversin. San’at darslari men uchun muhim emas. Shunday ekan, men ketdim! — dedi u.
Shunday deya yerga sakrab tushdi.
Butun maktab tanaffus oxiridagi bu tortishuvning guvohi bo‘ldi. Sulli uni derazadan kuzatarkan, pichirlab dedi:
— Axmoq... Darsdan qochishni eplay olar ekan-u, lekin attraksiondan qo‘rqar ekan. Hmm...
— Qayt, Kim Taehyung! Qayt ortingga! — ustoz baqirgancha qoldi.
— Afsuski, darsingiz qiziq emas. Meni to‘xtata olmaysiz! — dedi Taehyung.
Shunday deya yugurib borib devordan oshdi va ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Tanishtiruv
📅 Tug‘ilgan yili: 2006-yil
🎂 Yoshi: 16 yosh
Harakteri
Og‘ir-vazmin, o‘ylab ish qiladigan va insonlarni tez anglay oladigan yigit. Odamlarning g‘ami va quvonchini tez sezadi, vaziyatga moslasha oladi. Tashqaridan sovuqqon va befarq ko‘rinsa-da, aslida juda kuzatuvchan va hissiyotlarga boy inson.
Hayoti
Taehyung 7 yoshida ota-onasi tomonidan yetimxonaga topshirib ketilgan. O‘shandan beri u yetimxonada ulg‘aygan va hozirgi maktabida ham yoshligidan o‘qib keladi.
Yetimxonada u eng yaxshi xulqli bolalardan biri edi. Aynan o‘sha yerda u IU ismli qiz bilan tanishib, birga ulg‘aydi. Ularning orasidagi voqealar va his-tuyg‘ular esa hozircha sirligicha qoladi. (Sevgi tarixi ham, ular bilan sodir bo‘lgan voqealar ham keyinroq ochiladi.)
Maktabda ko‘pchilik uni bezori deb hisoblaydi. Ammo aslida u unday emas. Shunchaki hayot uni erta ulg‘ayishga majbur qilgan. Bolaligi og‘riqlar va yo‘qotishlar bilan o‘tgan, o‘tmishdagi yaralar esa hanuz qalbida yashaydi.
Hozirda Taehyung o‘sha asoratlar bilan kurashib, qalbida so‘nmagan sevgining kuyida yashamoqda. Tashqaridan kuchli va beparvo ko‘rinsa-da, ich-ichida ko‘plab og‘riqlarni yashirgan yigitdir. U ustoz Son Marining tutingan o`g`li uni garchi boqib ololmagan bo`lsada lekin Taehyung ularni oilasining bir bo`lagi.
Ustoz hammani tinchlantirdi. Qo‘ng‘iroq chalindi va yakuniy dars soatlari boshlandi.
Yana ikki soatlik dars ham ko‘z ochib yumguncha o‘tib ketdi. Hamma ketishga shaylanar, kimdir uyiga, kimdir esa to‘garaklarga yo‘l olardi.
Sinfdagi barcha o‘quvchilar sumkalarini yig‘ib, sinfni tark etishdi. Qoq tush payti edi. Quyosh kuz bo‘lishiga qaramay, maktab hovlisini qizdirib turardi.
Hamma chiqib ketgandan so‘ng Herin, Sulli, Mina va Jisoo stollarni birlashtirib, suhbatlashishga kirishishdi.
— Sulli, Sulli, nima bo‘ldi? Boya tanishib keldingmi? — Mina qiziquvchanlik bilan so‘radi.
— Ha, rostdan tanishib oldingmi? — Jisoo unga savolli nigohi bilan qaradi.
Ularning savollaridan Sulli va Herin kulib yuborishdi. Herin biroz kuldi-da, keyin tinchib qoldi. Sulli esa asta fikrlarini yig‘ishtirib, so‘zlay boshladi.
— Tanishib oldim janob oliylari bilan. Ismlari Taehyung emas, V emish. — U ensa qotirib, gapida davom etdi. — Va u yigit bilan oldin ham tanishganman!
U shunday deya gapdan to‘xtadi.
— Ha, darvoqe, u sizga tanishdek munosabat qildi. O‘zim ham hayron qoldim, — dedi Herin kulimsirab.
— Haa, menimcha esladim, — dedi Mina kulib.
— Aynan topding. O‘sha parkdagi qo‘rqoq yigit edi, u o‘sha V ekan. Parkdagi attraksionda boshini bir marta ham ko‘tarmagan o‘sha qo‘rqoq. — U shunday deya kulib yubordi.
— Taqdirni qaranglar, qanday go‘zal taqdir! — dedi Jisoo xayollarga berilib.
— Unchalik ham emas. Menimcha, men uning asabiga birinchi kundanoq rosa tegdim. — Sulli boshini quyi soldi.
— Nima? Nima bo‘ldi? — Mina xavotir bilan so‘radi.
— Herin, sen bilan kutubxonaga borganimizda men bir kitobni olmoqchi bo‘lgandim-ku. O‘sha kitobga yetdim deganimda kimdir uni olib qo‘ydi. Unga qarayman deganimda muvozanatimni yo‘qotib, uning ustiga yiqilib tushdim. O‘sha paytda uning boshi javonga tegdi va yerga qattiq tushdi. Men esa jahl aralash gapirib chiqib ketdim. Ammo uzr ham so‘ragandim! — Sulli kulgancha voqeani aytib berdi.
— Demak, "kitob uchun borini berib yuboradigan o‘rta maktab o‘quvchisi" deb seni aytgan ekan-da? — Herin qattiq kulib yubordi.
— Afsuski, ha! — dedi Sulli afsus bilan.
— Hechqisi yo‘q, tasodiflar bo‘lib turadi. Endi kelishib ketsangiz bo‘lgani. — Mina sumkasining tasmasini o‘ynagan holda gapirdi.
— Haa, balki kelishib ketarmiz. Qiziq, bu uch martalik tasodifning oxiri nima bo‘larkin? — Sulli o‘ychan boshini quyi soldi.
— Nima bo‘lganda ham, uni hali tanimagandek ko‘rsat o‘zingni. Keyin o‘zi gap ochsa, eslagandek gapir. Ko‘p gapirma, e’tibor ham berma. Dramalarda ko‘rganman, bunday hollarda shunday yo‘l tutish kerak. — Jisoo jiddiy ohangda dedi.
— Yaxshi, rahmat. Sizlar bilan tanishib yaxshi qildim. Yordamingiz uchun katta rahmat. Birinchi kundanoq tashvishga qo‘ygan bo‘lsam, uzr. — Sulli ularga qarab dedi.
— Qo‘ysang-chi. Biz ham tanishganimizdan xursandmiz. Sizlar juda ajoyib va sho‘x qizlar ekansizlar. — Jisoo kuldi.
— Rostdan, men ham juda xursandman. Judayam! — Herin sekin o‘rnidan turdi va gapiga qo‘shib qo‘ydi. — Aytgancha, ketdik, Sulli. Matematika to‘garagi soat 14:00 da boshlanadi. Har hafta toq kunlari bo‘ladi, esingdan chiqmasin. Ha, yana juftliklar uchun har juma test olinadi.
— Ha, esimda saqlayman. Ketdik, men guruhdagilar bilan tezroq tanishmoqchiman. — U shunday deya eshik oldida turdi va yana dedi: — Mina, agar to‘garaklaring ko‘p bo‘lsa, kechga yaqin ko‘risharmiz, bo‘lmasa ertagacha.
— Xo‘p, mayli. Charchama! — Mina kulib uni kuzatdi.
— Yaxshi boringlar, omad! — Jisoo qo‘l silkidi.
— Mayli, sizlar ham! — Herin va Sulli sinfdan chiqib ketishdi.
Ular chiqib ketishgandan so‘ng Jisoo va Mina sumkalarini ko‘tarib sinfdan chiqishdi. Ular san’at zalidagi o‘quvchilar bilan kelishib, "Romeo va Julietta" pyesasining saralashiga qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tishgandi. Hozir bir-ikki dialog o‘qib berishadi va qobiliyat bo‘yicha eng yaxshi o‘quvchi yigit hamda eng yaxshi qiz tanlanadi. Bu ro‘yxatdan Jisoo o‘tmadi, chunki unga rol ijro etish yoqmaydi. Mina esa yozilgandi, agar o‘ta olsa, Julietta rolini ijro etadi.
— Mina, hayajonlanmayapsanmi? Birinchi kundanoq juda uzun dorga osilding deb qo‘rqaman! — Jisoo xavotir va hazil aralash dedi.
— Yo‘q, men tayyor aktrisaman. Uyda juda yaxshi rol o‘ynayman. Men uydagilarga rol ijro etaman, ular esa shunchaki shunday bo‘lyapti deb o‘ylashadi. — Mina qattiq kuldi.
— Haa, sen balosan. Ketdik unda, kechikmaylik! — Jisoo qadamlarini tezlatdi.
Ular ikkinchi san’at korpusi tomon tezlashishdi. Ularni oldinda ko‘p ishlar kutayotgan edi.
Shu payt Sulli va Herin matematika to‘garagi xonasida boshqa qizlar bilan tanishib o‘tirishgandi. Herin qizlarga Sullini tanishtirdi. Qizlar bilan Sulli yaxshi kelishib ketdi. Hatto guruhdagi yigitlar ham unga qiziqish bildirishdi. Sulli xursand edi, ammo hali ham yuragida bo‘shliq bor edi. Lekin bu bo‘shliq sekin to‘lgandek edi, ammo Sullining yuragidagi bo‘shliq juda katta edi.
Eshikdan Kim Taehyung kirib keldi. Sinfdagi ovozlar o‘chdi, hamma gapira olmay qoldi. Sulli bu sukutdan g‘alati bo‘lib qoldi, o‘quvchilar esa hangomani sekinlashtirib davom ettirishdi. Guruhda o‘rta sinf va yuqori sinf o‘quvchilari bor, jami 14 ta. Bitta yuqori sinf o‘quvchisiga bitta o‘rta sinf o‘quvchisi biriktiriladi. Anchadan beri Taehyungning sherigi yo‘q edi, u ustoz bilan shug‘ullanardi. Endi esa uning sherigi Sulli bo‘ladi, agar ikkisidan biri qarshi bo‘lmasa.
Sinfda hamma darslar bilan shug‘ullana boshladi. Sulli ham daftariga juda ko‘p misollar bajardi. Eshik qiya ochildiyu undan ustoz Nuna kirib keldi.
— Hurmat! — dedi matematika guruhining sardori bo‘lmish Younjun va hamma salom berdi.
— O‘tiringlar! — dedi ustoz Nuna va hamma joyiga o‘tirdi.
— Xullas, guruhimizga o‘ziga xos salohiyatli qiz qo‘shildi. U sening sheriging bo‘ladi, Taehyung. Sulli, doskaga chiq va o‘zingni yaxshilab tanishtir! — ustozning ovozi xonada aks etdi.
Taehyung nimadir demoqchi bo‘ldi, lekin gapirmadi. Sulli shahdam qadamlar bilan doskaga chiqdi. U hammaga o‘zini tanishtirishga ulgurgan bo‘lsa-da, yana o‘zini tanishtirishga kirishdi.
— Yana bir bor salom hammangizga! Mening ismim Kim Sulli. 2010-yilda tug‘ilganman. Bu maktabga endi o‘tdim. Hammangiz bilan tanishganimdan xursandman, kelishib ketamiz degan umiddaman. — U so‘zlarini tugatib, biroz ta’zim qildi.
— O‘tirishing mumkin. Qani, o‘quvchilar, bugun kim yo‘q? Ko‘zimga kam ko‘rinyapsizlar. Nega har kuni bir o‘quvchi darsda yo‘q? Oxiri bu guruhni boshqa o‘qituvchiga berib yuboraman yoki sizlar darslarimda hafsalamni pir qilmanglar.
Ustoz joyiga o‘tirdi. Hamma jim qoldi. Keyin Younjun turdi-da dedi:
— Ustoz, bugun Jonsuk yo‘q. U shamollab qolibdi!
— Ha, ertaga yana biringiz shamollang. Aytganimdek, keyin boshqa o‘qituvchiga topshirilasiz. Xullas, endi kimdir darsga e’tiborsiz bo‘lsa, guruhni tark etadi. Men charchadim bunday o‘quvchilardan. Tushundingizmi? — Nuna jahli bilan gapirardi.
Sinfdagilar bir zum jim bo‘lishdi, keyin esa hamma "tushundik" deyishdi. Ustoz darsni boshlab yubordi. Hamma yangi darsni o‘ta boshladi.
Bu payt kompaniyalar konferensiyasi juda katta qilib o‘tkazilayotgan edi. Bu konferensiyaning mezboni janob Kim Sohwe edi. Konferensiya zalida deyarli hamma yig‘ilib bo‘lgan, keyin esa tadbir boshlandi. Kompaniyalar sarmoya kiritish uchun arzirli startaplarni topishadi va ularga sarmoya kiritishadi. Konferensiya boshlandi. U yerda yirik kompaniyalar bor edi: Minlar oilasi, Kimlar, Parklar, janob Kwon va boshqalar.
Konferensiya tugadi. Janob Sohwe o‘z kabinetiga qaytdi va hisobchi bo‘lgan kotib Chxvening ayoli Jugyonni chaqirtirdi. Jugyon kirgandan so‘ng janob Sohwe kotibaga hech kimni kiritmasligini aytdi. Sohwe va Jugyon yangi startapni tahlil qilib, sarmoya kiritish uchun yaxshimi yoki yo‘qmi deb hisob-kitob qilishar edi.
Sofi erining kabinetiga keldi va eshikka yaqinlashdi. Shu payt kotiba qiz dedi:
— Janob Sohwe hech kim kirmasin deb aytdilar, xonim!
— Nimaga hech kim kirmasligi kerak ekan? Ichkarida kim bor? — u jahl aralash gapirdi.
— Hisobchi Jugyon xonim bor. Ular nimanidir tahlil qilishyapti. Hozir bezovta qilish yaxshi emas deb o‘ylayman. Uzr, xonim, hozircha kirmay tura qoling! — kotiba yumshoq ovozda dedi.
— Kirishim shart! — Sofi shunday deya eshikni tortib ochib yubordi va ko‘rgan manzarasidan hayratda qoldi.
Janob Sohwe va Jugyonning stollari juda yaqin, deyarli orada masofa yo‘q edi. Ular nimanidir muhokama qilayotgandek ko‘rinmas, kulishib o‘tirishardi.
Janob Sohwe o‘rnidan turib Sofining oldiga bordi va uning yelkalaridan tutdi.
— Sofi, bu yerda nima qilyapsan? Konferensiyadan keyin ketaman deb aytgan eding-ku?
— Nima, ketganimda hozir bu yerda ko‘rganimdan ko‘ra ko‘proq ish bo‘lar edimi? — u jahl bilan dedi.
— Sofi, ko‘p gapirma va uyga ket! Gapni ko‘paytirma va xonadan chiqib ket! — u shunday deya Sofini eshikdan chiqarib yubordi.
Sofi inday olmay qoldi. Hozirgi holat uni juda yomon ahvolga solib qo‘ygandi. Jugyon esa hayron edi, chunki haqiqatdan ham bu o‘yin Sohwening nayrangi, xolos, edi. Bu o‘yinga Jugyon shunchaki beixtiyor aralashib qolgandi. Sohwening niyati xotinining tuyg‘ulari bilan o‘ynashish edi.
Sohwe bo‘yinbog‘ini bo‘shatdi va Jugyonga qarab dedi:
— Rahmat, hisob-kitoblar to‘g‘ri ekan endi, ketishing mumkin. Ha, aytgancha, ertaga yana ham yaxshilab hisobni to‘g‘irla, xo‘pmi?
— Xo‘p bo‘ladi, janob! — u shunday deya xonani tark etdi.
Sofi jahl ustida binodan chiqdi va o‘ziga dedi:
— Jin ursin, Sohwe endi hech qachon meni sevmaydi. Yuzidan aniq... yoki bu o‘yinmi? Yo‘q, agar sevsa, ko‘z oldimda shu ishni qilar edimi?
U shu xayol bilan turganda yoniga mashina to‘xtadi.
— Sofii, yaxshimisan? — Sui mashina oynasidan dedi.
— O‘o‘o‘, Sui, salom! Va yana salom, janob Sonje. Yaxshi, rahmat, o‘zingchi? — Sofi unga qarab dedi, ammo ko‘zi Sonjeda edi.
— Men yaxshiman, Sofi. Yur, biznikiga. Ancha bo‘ldi gaplashmadik. — Sui eshikni ochdi.
— Yo‘q, rahmat. Bugun uyda ishlarim ko‘p edi, afsus. — Sofi yolg‘on gapirdi, chunki u hozir jahl ustida xato qilishdan va noto‘g‘ri xayollar bilan yo‘ldan adashishdan qo‘rqayotgan edi.
— Nima ish ham bo‘lardi, Sofi? Yur, xotinimning shahdini qaytarma! — Sonje tilga kirdi.
— Sofi, rostdan yur. Ancha bo‘ldi, men Busanda edim. O‘g‘lim bilan keldim, u bilan ham ko‘rishasan.
— Mayli, qo‘ymading, qo‘ymading-da! — u shunday deya mashinaga mindi.
Ularning mashinasi Parklar xonadoniga yo‘l oldi. Mashina ildamlik bilan yo‘lga tushdi. Mashina ichida Sofi va Suining hangomalari jaranglar edi.
Sofi hali ham kompaniyadagi voqeadan chiqib ketolmayotgan edi. Sonje esa Sofining yuzidagi horg‘inlikni sezib olgandi.
Sonje hali o‘g‘li Jimin tug‘ilishidan avval, Sofining o‘g‘li Seokjin bir yoshga kirgan payt kompaniyalar yig‘ilishida Sofi bilan bir muddat gaplashib qolgandi. O‘shanda Sofi Sui bilan dugona edi. Sonje Suining eri ekanini Sofi keyinroq bilib qoldi.
Sonje va Sofining munosabatlari Sui Jiminni dunyoga keltirgandan so‘ng jiddiylashdi. Ular uch yil munosabatda bo‘lishdi, ammo buni na Sui, na Sofining eri Sohwe bilardi. Hammasi yashirincha davom etardi. Keyinchalik Sofi Sulliga homilador bo‘ldi, shundan so‘ng ular munosabatlarini uzishdi.
Sonje esa uni unuta olmadi. Sui bilan ham yaxshi munosabatda bo‘la olmadi, chunki uning ko‘zi vaqtinchalik sevgidan ko‘r bo‘lib qolgan edi. Sui boshqa farzandli bo‘la olmadi, bundan esa Sonje faqat nolir, ayolidan ayb qidirishda davom etardi.
Oxir-oqibat Sonje har doimgidek turli ayollarga ko‘z yugurtirib, Suiga e'tibor bermay qo‘ydi. Sui esa uch yil avval o‘g‘li bilan Seuldan Busanga ketdi.
Oilada mehr qolmadi, buni esa farzandiga bildirmaslikka harakat qilishardi. Hozir Sonje va Sui o‘rtada farzand bo‘lgani uchungina birga yashashardi.
Sonje kompaniyalardagi g‘iybat va gap-so‘zlarni doim eshitib yuradigan odam edi. Uning tanishlari ko‘p. Yaqinda uning qulog‘iga bir gap yetib keldi. Eshitishlaricha, «Janob Sohwe va Sofi urushib qolgan emish». Sonje bu gaplarni eshitib, o‘zi uchun imkon qidirdi.
Hattoki hozir Sofining qiyofasidan ham bu gaplar rost ekanini sezish mumkin edi. Sonjening miyasiga bir fikr keldi. U Sofini o‘ziga qaytarishni ich-ichidan xohlardi. Endi esa bu niyatini amalga oshirishgina qolgan edi.
Mashina katta qo‘rg‘onning darvozasi yonida bir tormoz bilan to‘xtadi. Mashinadan avval Sonje tushdi-da, Sui va Sofining eshigini ochdi.
— Marhamat, xonimlar, tushishingiz mumkin! — u jilmaydi, ammo bu jilmayish ortida Suiga nisbatan mehr emas, Sofiga bo‘lgan tuyg‘ular yashiringan edi.
— Rahmat! — dedi sovuqqonlik bilan Sui.
— Rahmat, janob Sonje! — Sofi g‘alati bo‘lib dedi.
Sonje Sofidan qo‘rg‘onga kirguncha ham ko‘z uzmasdi. Bu nigohlar esa Sofini yeb qo‘yayotgandek edi.
Ular eshikdan kirishlari bilan xizmatkor ayol kutib oldi.
— Salom, janob Sonje, salom Sui xonim va Sofi xonim! Yaxshi keldingizmi?
— Yaxshi, rahmat! — dedi Sui ayolga jilmayib.
— Mehmonxonaga kirishingiz mumkin. Men qahva tayyorlab kiraman, marhamat! — xizmatkor ayol ularni ichkariga chorladi.
Sonje o‘z xonasiga chiqib ketdi, Sui va Sofi esa mehmonxonaga kirishdi. Mehmonxona o‘ziga xos bezatilgan bo‘lib, o‘rtada osilib turgan katta qandil unga ko‘rk bag‘ishlab turardi.
Ular o‘tirishdi. Sofi telefonidagi soatga qarab qo‘ydi, Sui esa gap boshladi.
— Sofi, qizing katta bo‘lib qolgandir, ancha bo‘ldi ko‘rmaganimga. — Sui jilmaydi.
— Ha, katta bo‘lib qoldi. Ko‘rmaganingga ham uncha ko‘p bo‘lmadiku. O‘zi atigi uch yil ko‘rishmadik! — Sofi kuldi.
— Ha, vaqt juda ko‘p o‘tgandek tuyuladi-da. Busandan kelganimizga ham bir oy bo‘ldi. — Sui biroz xo‘rsindi.
— Nimaga horg‘insan? Nimadir bo‘lyaptimi? — Sofi o‘zini bilmaganga olib so‘radi.
— Nimasini aytasan. Mana uch yildirki Sonje bilan kelisha olmaymiz. Busanga ketishimdan oldin qattiq bahslashdik va qaytib yarashmadik. O‘g‘limiz Jimin uchungina unga chidayman, lekin baribir ajrashish tarafdoriman. Menga bunaqa suyuqoyoq er kerak emas. — Sui telefonga bir qarab qo‘ydi-da, keyin Sofiga tikildi.
— Sonjeni bunday deb o‘ylamayman. Nahotki senga xiyonat qilsa? — Sofi o‘zini hali ham hech narsani bilmaydigan odamdek tutib dedi.
— Ha, afsuski, u shunday inson. Jiminga mehribon bo‘lgani uchun ham u bilanman. O‘g‘lim ota mehrisiz katta bo‘lishini istamayman. Menga esa unday odamning e’tibori kerak emas. — Sui jahl bilan dedi.
— Mayli, asabiylashma. Balki o‘zgarib qolar, ko‘ngli bo‘lmasa ham biroz e’tiborli bo‘lib qolar. — Sofi kuyunib dedi.
— Mayli, menga e’tibor shart emas. Jiminga e’tibor qaratsa bas. Yana bir yoki ikki yil o‘tsin, ajrashaman. O‘zi Sonje shu gaplarni kutib yuribdi, xuddi uning ham ko‘nglida kimdir bordek. Ajrashishdan avval o‘g‘limni Yaponiyaga jo‘natib, keyin ortidan ketaman. Shunda osonroq bo‘ladi. — Sui rejasini Sofiga aytib berdi.
— Yo‘q, ko‘ramiz. Ajrashganimizdan so‘ng nima qilar ekan? — u kesatiq bilan gapirdi.
Suining haqoratlari va ahmoqona rejasini eshitib turgan Sonje oxiri chiday olmadi. Yana davom etishi kerak bo‘lgan suhbatni Sonjening qadam tovushlari va tomoq qirishi buzib yubordi.
Eshikdan mag‘rur kirib kelgan erkak ikki xonimning oldidan joy olib dedi:
— Nimalarni suhbat qurib turibsizlar?
Hammasini eshitgan bo‘lsa-da, u qiziqqan odamdek so‘radi.
— Shunchaki suhbat quryapmiz. E’tirozingiz bormi? — Sui kesatiq bilan gapirdi.
— Yo‘q, shunchaki qiziqdim. Xotinjon, eringga buncha qo‘pol bo‘lmasangchi. — U qo‘lini Suining yuziga olib bordi. Bu ish bilan Sofining rashkini qo‘zg‘atib ko‘rmoqchi edi.
— Ishingiz bo‘lmasin. — Sui jahl bilan yuzini olib qochdi.
Sofi biroz o‘zini noqulay his qildi, xuddi keraksiz paytda keraksiz joyga tushib qolgandek.
Xonada sukut hukmron bo‘ldi. Bu sukutni Suining telefon qo‘ng‘irog‘i buzib yubordi.
— Alo, salom! — Sui qo‘ng‘iroqqa javob berdi.
— Salom, men Jiminning sinf rahbariman. Iltimos, maktabga kela olasizmi?
— Nima bo‘ldi, jiddiy sabab bormi? — Sui xavotir bilan dedi.
— Yo‘q, shunchaki uning to‘garaklaridagi test sinovlari natijalari chiqadi. Yonida bo‘lib, qo‘llab-quvvatlasangiz degandim.
Sui shunday deya telefonni qo‘ydi va haydovchini chaqirtirdi.
Sui telefonini sumkasiga soldi-da, o‘rnidan turib Sofiga dedi:
— Sofi, o‘tira turasanmi? Men o‘g‘limni maktabdan olib kelaman. U bilan ko‘rishib, kechki ovqat qilardik.
— Yo‘q, mening uyda ishlarim bor edi. O‘tira olmayman, uzr, Sui. — Sofi qolishni istamay dedi.
— Yo‘q dema, iltimos. Bir safargina, iltimos!
— Xo‘p, qo‘ymading-da. Tezroq kelsangiz yaxshi bo‘lardi.
Sui mehmonxonadan otilib chiqdi. U yerda esa Sonje va Sofi yolg‘iz qolishdi.
Sonje boyagi qo‘pollikdan so‘ng ayolidan qayerga ketayotganini ham so‘ragisi kelmadi, lekin bu qo‘pollikni u o‘zi uchun sotib olgandi. Sukut hukmron bo‘lgan mehmonxona qandili biroz titrab ovoz chiqardi. Sonje va Sofi birdaniga qandilga qarashdi. Qandildan ko‘z uzisharkan, beixtiyor bir-birining ko‘ziga to‘qnash kelishdi.
— Meni shuncha tez unutib yubordingmi, Sofi? To‘g‘ri, oradan 12 yil vaqt o‘tdi, — Sonje biroz horg‘inlik bilan dedi.
— Bu oddiy do‘stlik munosabatlari edi, men siz bilan jiddiy munosabatda bo‘lmaganman, — Sofi qat’iy dedi.
— Axir bellaringdan tutgan qo‘llarim taftini yodingdan chiqardingmi?
— Nega? Nega axir? Sevgim yolg‘on emasdi. Unuta olmadim, hali ham sevaman!
— Taqdir emas ekan, balki ko‘nikarmiz. Farzandlarimiz ham bor.
— Farzandlar... Darvoqe, o‘g‘limni yaxshi ko‘raman, lekin Suida ko‘nglim yo‘q. Men seni sevaman, Sofi, seni...
— Men esa sevmayman. Mening ikki farzandim va erim bor.
— O‘sha hiyonatkor Sohwemi? O‘zining kompaniyasida ishlaydigan hisobchi ayol bilan sevishib yurgan.
— Ha, rostdan ham shunday emasmi? Sen o‘sha ayol bilan ko‘rmadingmi? Ko‘p guvoh bo‘lding shekilli?
— Ha, ammo ular shunchaki gaplashib turishgandi!
— Adashasan, Sofi. U seni tuyg‘ularing bilan o‘ynayapti, tuyg‘ularing esa meni deyapti. Nahotki seni shuncha yil sevgan insonga bir bor ishonch bermasang? O‘sha ering kabi bo‘la olaman, undan ortig‘ini bera olaman. Faqat ishonch bersang bas!
— Rejasini eshitding-ku. O‘g‘limni olib Yaponiyaga ketmoqchi. Qo‘lidan kelganini qilsin.
— Axir o‘g‘lingizni o‘ylang. Men farzandlarimdan kecha olmayman, uzr. Afsuski, shunchaki ko‘nib yashang.
— Ha, o‘sha tun-chi? Ikkimiz yolg‘iz. Nahot o‘sha tun ham yolg‘on edi?
— O‘sha tuni hech narsa bo‘lmadi, men... men...
Sofining ovozi titrab ketdi. O‘sha tun xotirasida hali ham tirik edi. U tun ular bir-biriga eng yaqin bo‘lgan, ammo aynan o‘sha yaqinlikdan keyin Sofi o‘zidan qo‘rqib qolgan edi. Chunki qalbi bir muddat bo‘lsa ham Sonjega og‘ib ketganini tan olgisi kelmasdi. Yillar o‘tsa ham bu xotira ko‘nglining eng chuqur joyida yashirinib yotardi.
— Ko‘rdingmi? Asos ham topa olmaysan. Ehtiroslarimiz aldamaydi. Demak, hali ham bir-birimizda ko‘nglimiz bor.
Sofi indamadi. Sonjening gaplari yuragiga og‘ir botayotgan edi. U o‘zini alday olardi, ammo yuragini emas. Bir vaqtlar Sonjeni sevganmi yoki yo‘qmi, bunga javob topolmasdi. Faqat bitta narsani bilardi — yana o‘sha yo‘lga qaytishni istamasdi. Bir marta qilgan xatosini ikkinchi bor takrorlashdan qo‘rqardi.
— Yo‘q, uzr Sonje, men ketdim, — u shunday deya o‘rnidan turdi.
— Ketishingga yo‘l qo‘yadi deb o‘ylaysanmi? — dedi Sonje.
U Sofining qo‘llaridan ushlab o‘ziga tortdi. Qo‘llarini uning belidan o‘tkazib, lablarini uning lablariga bosdi.
Sofi qotib qoldi. Uni itarib yuborishga ham, javob qaytarishga ham kuch topolmadi. Yuragi tartibsiz ura boshladi. Shu lahzada u o‘zidan nafratlandi. Chunki ich-ichida bu yaqinlikni butunlay rad eta olmayotganini sezdi. Ammo shu bilan birga, farzandlari, oilasi va yillar davomida qurilgan hayoti ko‘z oldiga kelardi.
Sonje bir muddat undan bo‘sa oldi, ammo Sofi javob qaytarmadi. U na Sonjeni quchoqladi, na undan uzoqlashdi. Shunchaki sukutda qoldi.
— Yaxshi, bugun javob qaytarmading. Ertaga o‘zing iqror bo‘lib kelasan! — dedi Sonje va uni qo‘yib yubordi.
Sofi bir necha soniya joyida qotib turdi. So‘ng indamasdan qo‘rg‘ondan chiqib ketdi va haydovchisini chaqirdi. Mashinaga o‘tirarkan, beixtiyor lablariga qo‘l tekkizdi. Yuragi esa hamon tinchimayotgandi.
— Nega endi? Nega aynan hozir? — degan savol xayolidan o‘tdi.
U darhol Suiga qo‘ng‘iroq qilib uyiga ketganini aytdi-da, uyiga qaytib keldi.
Soat 16:00. San’at o‘quvchilari Romeo va Julietta uchun saralashni tugatishga bir zum qolgandi. Sahnaga navbat Minaga keldi. U asta qadam tashlab markazga chiqdi. Qo‘llari biroz titrardi, ammo ko‘zlarida qat’iyat bor edi.
Mina chuqur nafas oldi va qo‘lidagi ssenariyga bir qaradi. So‘ng boshini ko‘tarib, go‘yo rostdan ham balkon ustida turgan Juliettaga aylandi.
— Ey Romeo, Romeo! Nega sen Romeo bo‘lishing kerak? Otangdan voz kech, ismingdan voz kech. Agar buni qilolmasang, meni sevishingni ayt, men esa Kapuletti bo‘lishdan voz kechaman...
Mina so‘zlarni shunchaki o‘qimadi. Uning ko‘zlari namlanib, ovozi mayin titradi.
— Ism nima o‘zi? Atirgulni boshqa nom bilan atasak ham uning ifori o‘zgarmaydi-ku...
U shu joyga kelganda qo‘llarini ko‘ksiga qo‘ydi. Nigohlari uzoqqa qadaldi. Go‘yo qarshisida haqiqiy Romeo turgandek edi.
— Romeo... ismingni tashla. O‘sha ism evaziga mening butun qalbimni ol...
Bir necha soniyadan keyin kuchli qarsaklar yangradi. Hattoki ayrim o‘quvchilar bir-biriga qarab hayrat bilan bosh chayqashdi.
O‘qituvchi Zeyna xonim ham bir muddat jim qoldi. So‘ng qo‘lidagi qalamni stolga qo‘yib jilmaydi.
— Mina, sahnada qo‘rqmading. So‘zlarni emas, tuyg‘ularni o‘qiding. Julietta aynan shunday bo‘lishi kerak. Men ko‘plab o‘quvchilarni ko‘rdim, lekin sen tomoshabinni eshitishga emas, his qilishga majbur qilding.
— Ovoz nazorating yaxshi. Mimikalaring tabiiy. Ayniqsa "Ism nima o‘zi?" degan joyda ko‘zlaring bilan gapirding. Aktrisalik qobiliyating juda yaxshi ekan.
— Tabriklayman Mina. Sen Julietta roli uchun qabul qilinding.
Mina bunga ishonmay bir necha soniya qotib qoldi. Keyin yuzida katta tabassum paydo bo‘ldi.
Sahnadan tushishi bilan Jisoo yugurib kelib uni quchoqlab oldi.
— Mina! Ajoyib aytib berding! Aktrisalik qobiliyating zo‘r ekan. Qoyil!
— Ha, aytgan edim-ku... — Mina uyalib kuldi.
— Endi ssenariyni olib keyin qahva ichgani boramizmi?
Ular san’at bo‘limi xonasiga kirishdi. U yerda san’at bo‘limi sardori Jeon Jungkook o‘tirardi. U stol ustidagi qog‘ozlarni tartiblayotgan edi.
— Kechirasiz, Julietta roli uchun ssenariy olgani kelgandik, — dedi Mina.
Jungkook boshini ko‘tarib unga qaradi.
— Demak yangi Julietta siz ekansiz?
— Rostini aytsam, sahnadagi ijrongizni ko‘rdim. Juda yaxshi chiqdi.
Jungkook jilmayib javondan ssenariy papkasini oldi.
— Mana. Endi bu qog‘ozni yaxshi asrang. Romeo bilan urushib qolmang yana.
— Hali Romeo topilmagan bo‘lsa-chi?
— Unda Romeo omadli ekan, — dedi Jungkook hazil aralash.
Mina nima deyishni bilmay qoldi.
Ular ssenariyni olib qahvaxonaga yo‘l olishdi.
Qahvaxonada o‘tirganlaridan keyin ham Minaning yuragi hayajondan tinchimayotgandi. Bolaligidan sahnani yaxshi ko‘rardi. Ammo bugun ilk marta o‘zini kimningdir oldida isbotlagandek his qildi.
Jisoo esa dugonasiga qarab ichidan quvonardi.
— Rostdan ham yaxshi qiz ekan. Birinchi kundanoq hammaga moslashib ketdi, — deb o‘yladi u.
Ular qahvalarini olib deraza yonidagi stolga o‘tirishdi. Tashqarida kuz shamoli daraxt barglarini asta silkitardi. Saralash tugagani uchun ikkalasi ham ancha yengil tortgan edi.
— Rostdan ham yaxshi ijro qilding, — dedi Jisoo stakandagi qahvani aylantirib. — Men bo‘lsam sahnaga chiqqanimda gapirishni ham unutib qo‘yardim.
— Qo‘rqdim aslida, lekin sahnaga chiqqanimdan keyin hayajonim yo‘qoldi, — Mina kuldi.
— Hozircha Seulda. Dadam biznes bilan shug‘ullanadi. Akam esa yaqinda chet elga o‘qishga ketgan.
— Omading bor ekan. Men yolg‘iz farzandman.
— Ha. Shuning uchun ko‘pincha zerikaman.
— Men ham ko‘p vaqt akam bilan birga bo‘lardim. U ketganidan keyin uy juda jim bo‘lib qoldi.
— Demak akangni juda yaxshi ko‘rarkan-san.
— Albatta. U meni doim himoya qilardi.
— Bizning oilada esa faqat men va dadam. Onam men kichkinaligimda vafot etgan.
— Hechqisi yo‘q. Ko‘nikib ketganman. Dadam ikkovimiz yaxshi yashaymiz.
Suhbat asta-sekin davom etdi. Ular sevimli fanlari, bolalikdagi qiziq voqealari, maktab haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.
Oradan qariyb bir soat o‘tgach, Jisoo kulib dedi:
— Biz bir soatdan beri gaplashyapmiz, lekin telefoningdagi rasmlarni ko‘rsatganing yo‘q.
— Ha-da. Hozir hamma odamning telefoni yarim tarjimai holi hisoblanadi.
Mina telefonini ochib unga uzatdi.
Jisoo rasmlarni varaqlay boshladi.
Birinchi suratda Mina va akasi tushgan edi.
Keyingi suratlarda oilaviy bayramlar, tug‘ilgan kunlar va sayohatlar aks etgan edi.
Jisoo yana bitta suratni surdi.
— Haa, yaramas qiz... bu kim endi?
Mina suratni ko‘rishi bilan yuragi hapriqib ketdi.
U darrov telefonni tortib oldi.
Jisoo allaqachon suratdagi yigitni ko‘rib ulgurgan edi.
— Ana endi qiziq joyiga keldik.
— Kim u, yaxshi ko‘rgan yigitingmi? Uni sevasanmi? — so‘radi Jisoo katta qiziqish bilan.
— Aldama! Mayli, sen aytsang men ham aytaman!
— Albatta. Dugonalar orasida sir bo‘lmaydi! Qolaversa men yaxshi sir saqlayman! — Jisoo jiddiylik bilan dedi.
Mina bir muddat telefon ekraniga qarab qoldi. Suratdagi yigitning kulgisi yuragini allaqachon o‘g‘irlab bo‘lgandi. Uni qachon sevib qolganini o‘zi ham bilmasdi. Balki ilk bor mehribon gaplashganida, balki uni himoya qilganida. Ammo bir narsani aniq bilardi — u yigit haqida o‘ylamagan biror kuni yo‘q edi.
— Mayli, unda eshit. Bu yigit Sullining akasi Kim SeokJin bo‘ladi. Ha, men uni rostdan sevaman. — Mina boshini egdi.
— Nega buncha horg‘inlik bilan aytasan, nima u o‘lganmi?
— Yo‘g‘-e, shunchaki chet elda. Yaqinda mening akam bilan o‘qishga ketdi.
— U yerda qizlar ko‘p. Men esa hali kichikman va u sevishimni qayoqdan bilsin.
Mina kulishga urindi, ammo ko‘zlarida ozgina mung paydo bo‘ldi. Ba'zida inson eng ko‘p o‘ylaydigan odamiga eng uzoq odam bo‘lib qolarkan.
— Exx, aytilmagan sevgi shunday. Aslida sen unga hech kimsan, ammo rashk qilaverasan!
— Nima, sen ham aytmaganmisan? — hayron bo‘lib so‘radi Mina.
Jisoo qahvasidan bir ho‘plab ichdi.
— Axir qara, juda yoshmiz. Hali sevgiga bor! Ammo aytmasdan sevish ham boshqacha tuyg‘u!
Aslida u yolg‘on gapirayotganini bilardi. Sevgi yosh tanlamasligini o‘zi ham yaxshi bilardi. Shunchaki qalbidagi sirni aytishga qo‘rqardi.
— Shunday. Ha mayli, endi sen ayt. Sevganing kim?
— Herinning akasi Jung Heosok. Herinni taniganimdan beri akasini taniyman. Boshida rostdan aka deb yurar edim, ammo katta bo‘lib sevib qolganimni angladim. Uni shunchaki qarashi yurakda boshqa tuyg‘u uyg‘otadi.
Bu gaplarni aytarkan, Jisooning lablarida beixtiyor tabassum paydo bo‘ldi. Hoseokning kulgisi, gapirish uslubi, odobli muomalasi ko‘z oldidan o‘tib ketdi.
— Exxeee, men telbaman desam sen mendan ham telbaroq ekansanku! — Mina kuldi.
— Rasmi bormi? Heringa aytganmisan?
— Mana rasmi. — Jisoo telefonni olib Minaga tutqazdi va davom etdi: — Yo‘q, aytmaganman!
Mina suratga qarab hushtak chaldi.
— Jim bo‘l! — Jisoo kulib yubordi.
— Balki aytsang, u akasiga aytsa bo‘lmaydimi? Nega shunday qilmaysan?
— Bilasanmi, u mendan sakkiz yosh katta. — Jisoo qo‘lini peshonasiga urib dedi.
— Sevgi yosh tanlamaydi, Jisoo. Sevgan insoningga tezroq sevishingni aytishing kerak. Qabul qilsa umringni birga davom etasan, rad etilsang hayotingda yo‘l ochasan va davom etasan.
— O‘zing nega Sulliga aytib shunday iqror bo‘lmaysan?
— Chunki SeokJin qizlarga qaramaydi deb o‘ylayman. Kelganida iqror bo‘laman, aniq!
Aslida u bu gapni aytayotgan bo‘lsa ham, yuragining bir chekkasida qo‘rquv bor edi. Agar rad etsa-chi? Agar uni singlisining dugonasi sifatida ko‘rsa-chi?
— Ha mayli, bir gap bo‘lar. — Jisoo telefonga tikildi.
U ham xuddi Mina kabi o‘ylardi. Balki bir kun kelib sevgan insonlari oldida turib yuraklaridagi gaplarni ayta olishar. Balki o‘sha kun hech qachon kelmas. Lekin hozircha ikkalasi ham orzu qilishda davom etishardi.
Birozdan so‘ng qahva ichib bo‘lgan Mina va Jisoo hisobni to‘lab chiqishdi. Minaning uyidagilar erta kelishi uchun haydovchiga tayinlashgan edi. Haydovchi keldi. Mina Jisoo bilan xayrlashib uyiga ketdi, Jisoo ham uyiga yo‘l oldi. Uning uyi maktabga uncha uzoq emasdi.
Matematika to‘garagidan charchab chiqqan Sulli va Herin maktab yonidagi tamaddixonaga kirishdi. Ichkarida yangi pishgan taomlarning hidi dimog‘ni qitiqlar, joy esa juda ozoda va tartibli edi. Ular tokpoki buyurtma qilishdi. Buyurtma tayyor bo‘lguncha suhbatlashib o‘tirishga qaror qilishdi.
— Herin, menga o‘zing va oilang haqida gapirib ber. Men ham keyin o‘zim haqimda aytaman! — Sulli jilmayib dedi.
— Mayli, eshit. Bizning oilada uchta farzand edik. Otamning vafotidan keyin singlim ham kasallik sabab olamdan o‘tdi. Otam mashhur poygachi edi, poygalarning birida halokatga uchragan. Men hali juda yosh edim. Akam esa bizni yolg‘iz tashlab qo‘ymadi. Ham ishladi, ham o‘qidi. Hozir ham shunday. Shukrki, oilamiz inoq. Otam va singlimning qadri doim bilinadi, lekin akam ularning o‘rnini imkon qadar to‘ldirib turadi. Hozir universitetda o‘qiydi, mashinani juda yaxshi haydaydi. Shu yo‘nalishda tahsil olyapti.
— Haa... Men otangiz yo‘qligini bilmagandim. Dilingizni og‘ritgan bo‘lsam, uzr so‘rayman.
— Hech qisi yo‘q. Endi sen gapir! — Herin jilmaydi.
— Men ham oilada kenjaman. Sen kabi. Bitta akam bor. Hozir Germaniyada moliya yo‘nalishida o‘qiydi. Dadamning o‘ng qo‘li desa bo‘ladi. Oilamizni inoq desa ham bo‘ladi.
Sulli bir lahza jim qoldi. So‘ng kulimsirab bosh chayqadi.
— Kel, shu haqda gaplashmay qo‘yaqolaylik.
— Haa, aytgancha, maktabning narigi tomonidagi qora binoni ko‘rdim. Yozuvini o‘qiy olmadim. U qanday joy?
— Haa, umi? Uning nomi "Yarim tun kutubxonasi". Adashmasam, pullik kutubxona. Eshitishimcha, ichkarida doim tun muhiti bo‘lar ekan. Faqat obuna bo‘lganlar kira oladi. Ichkariga kirishing bilan xira shamlar yorug‘i, qoramtir muhit. Xuddi tun kabi. Kunduzi ham, kechasi ham.
Sullining ko‘zlari chaqnab ketdi.
— Muncha zo‘r! Obuna bo‘lish qancha ekan? Men ham obuna bo‘laman. Bilmaysanmi?
— Yo‘q, faqat shularni bilaman xolos.
— Haa mayli... Iye, ovqat ham keldi. Yoqimli ishtaha!
Ular ovqatlana boshlashdi. Orada yana suhbatlashishdi, kulishdi, kitoblar haqida gaplashishdi. Vaqt qanday o‘tganini ham sezishmadi.
Sulli tasodifan telefoniga qaradi-yu, ko‘zlari kattalashib ketdi.
— Rostdan ham! — Herin ham hayron bo‘ldi.
— Kech bo‘libdi, Herin. Uying qayerda?
— Uncha uzoq emas. Velosipedda qatnayman. Maktab oldida velosipedim turibdi. O‘zing qanday ketasan?
— Mening haydovchim kelishi kerak edi. Hali yo‘q. Otam kech borsam gapirishi aniq. Ayniqsa onam! Haydovchim juda yaxshi inson. Meni deb uni ham ishdan bo‘shatishlari mumkin.
— Shoshma. Balki ishlari chiqib qolgandir. Sen ham o‘qishni bahona qilasan, tamom.
— Ha, mayli. Yur, hisobni men to‘layman. Maktab oldiga boraylik.
— Hech qisi yo‘q, o‘zim to‘layman. Sen chiqaver.
Sulli hisobni to‘lab tashqariga chiqdi. Herin uni eshik oldida kutib turardi. Kech kirib borayotgan bo‘lsa-da, ko‘chalarda hali ham odamlar ko‘p edi. Ular maktab tomonga piyoda yo‘l olishdi.
— Bugun rosa charchadim, — dedi Sulli yengil cho‘zilib.
— Men ham. Ayniqsa Nuna ustozning darsidan keyin boshim qotib qoldi.
— To‘g‘ri aytasan. Birinchi kunimdayoq bunchalik misol ishlashimni kutmagandim.
— Hali ko‘nikib ketasan. Bizning guruh doim shunaqa.
— Taehyung ham har kuni qatnashadimi?
— Nima bo‘ldi? Bir kunda sheriging bilan qiziqib qoldingmi?
— Albatta qatnashadi. Ba'zan kechiksa ham keladi. To‘garakni qoldirmaydi.
Suhbatlashib borisharkan, maktab darvozasi oldiga yetib kelishdi. Herin velosipedining qulfini ochdi va rulidan ushladi.
— Ertaga yana ko‘rishamiz, — dedi u.
— Ha, ertaga ko‘rishamiz. Faqat haydovchim qayerda qoldi ekan?
Sulli yo‘l tomonga qarab qo‘ydi. Shu payt uzoqdan qora mashina ko‘rinib, sekin ularning oldiga kelib to‘xtadi.
— Ana keldi! — dedi Sulli yengil xo‘rsinib.
Mashina eshigi ochildi. Haydovchi o‘rindig‘idan Heosok tushdi.
— Salom, Sulli. Uzr, biroz kechikib qoldim.
— Salom, Heosok aka. Hechqisi yo‘q. Men ham endi chiqib bo‘ldim.
Herin esa bir zum qotib qoldi.
U avval akasiga, keyin Sulliga, yana akasiga qaradi.
Heosok ham singlisini ko‘rib hayron bo‘ldi.
— Nima qilardim? Sullini olib ketgani keldim.
Herinning ko‘zlari yanada kattalashdi.
— To‘xta... Sullining haydovchisi sizmisiz?
Sulli ham hayron bo‘lib ikkalasiga qaradi.
— Tanishmiz emas, bu mening akam! — dedi Herin.
— Nima?! — Sulli beixtiyor kulib yubordi. — Rostdanmi?
— Ha, afsuski shu mening akam, — dedi Herin hazillashib.
— Ey, "afsuski" deganing nimasi? — Heosok kulib qo‘ydi.
— Chunki ba'zida juda zerikarli bo‘lasiz.
Sulli ularning tortishuviga qarab kulib yubordi.
— Tasodifni qaranglar. Men butun kun yonimda yuradigan odamning singlisi bilan do‘stlashibman.
— Men ham kutmagandim, — dedi Heosok bosh chayqab. — Dunyo kichkina ekan.
— Juda kichkina ekan, — dedi Herin ham kulib.
Bir necha soniya uchalasi ham kulib turishdi.
— Mayli, men ketdim, — dedi Herin velosipediga o‘tirib. — Uyda ko‘rishamiz, aka.
— Sen ham ehtiyot bo‘l, Sulli.
Herin qo‘l silkitib velosipedda uzoqlashdi. Heosok esa mashinaning orqa eshigini ochib, Sulliga joy ko‘rsatdi.
Sulli mashinaga o‘tirdi. Mashina asta harakatlana boshladi, Herin esa ortidan qarab turib, bugungi tasodiflarga hali ham ishonolmay boshini chayqab qo‘ydi.
Sulli mashina ichida xayollarga botdi. Bugungi kun unga juda hayajonli va qiziqarli o‘tgan edi. Tasodiflar ham bir-biridan ajoyib bo‘ldi. U beixtiyor kulib yubordi. Ammo telefoniga kelgan xabar kulgusini bir zumda tarqatib yubordi.
SMS:
"Qayerlardasan? To‘garak tugaganiga ancha bo‘lganku? Tezroq kel!"
Heosok buni ko‘rib gap boshladi:
— Nima bo‘ldi, kichik xonim? Eee... Sulli?
— Eee, nimasini aytasiz. Kech bo‘lib ketdi. Onam jahl qilib yozibdi. Uyga borsam rosa dodimni beradilar shekilli!
— Hafa bo‘lmang, Sulli. Onangiz sizni o‘ylab aytgandir. Hech qisi yo‘q. Qolaversa, kech bo‘lib ketganiga arzirli sababingiz bor-ku. Yana bir to‘garakka yozildim deng, tamom.
— Maslahat uchun rahmat, aka. Meni senlayvering. Axir kichkinaman-ku.
— Ha, aytgancha, Heosok aka. Singlingiz juda yaxshi qiz ekan. Yaqindan tanishib oldim.
— Yana siz bekorga haydovchi bo‘lib ishlamas ekansiz-a?
— Ha. Oilamni boqish uchun ishlayman, ham o‘qiyman. O‘qishni bitirib olsam, yaxshiroq ish topaman. Ungacha haydovchilik qilib turganim yaxshi.
Sulli biroz ikkilanib so‘radi:
— Asosiy kasbingiz nima o‘zi? Herindan so‘ramabman.
— Ha. Lekin buni hech kim bilmaydi. O‘z taxallusim bor.
Sullining ko‘zlari hayratdan kattalashib ketdi.
— Mashina haydash mahoratingizdan va poyga trassasini juda yaxshi bilishingizdan sezgandim.
— Ha. Ayniqsa ertalab sezgandim.
— Demak, yaxshi kuzatarkansan.
Mashina ichida yana sukut cho‘kdi. Faqat mashinaning asfalt ustida sirg‘anib borayotgan ovozi va motorning ayiqdek g‘uvillashi eshitilardi.
Sulli derazadan tashqariga qaradi. Kechki shahar chiroqlari birin-ketin yonib, yo‘llarni bezab turardi. Bugungi kun uning hayotidagi eng qiziq kunlardan biri bo‘lib qolayotgandek tuyuldi.
Ko‘p o‘tmay, ertalabkidek tezlik bilan ular qo‘rg‘on darvozasi oldiga yetib kelishdi.
Heosok mashinani to‘xtatib, tashqariga tushdi va orqa eshikni ochdi.
— Iye, kichik xonimdan Sulli xonimga o‘tib qoldikmi?
— Kech bo‘ldi-ku, endi hurmat bilan gapirish kerak.
Heosok eshikni yopdi. Sulli unga qo‘l silkitib xayrlashdi.
Heosok mashinaga qayta o‘tirdi va asta darvozadan uzoqlashdi.
Sulli esa chuqur nafas olib, qo‘rg‘on eshigi tomon yurdi. Sekin ichkariga kirdi.
Hamma kechki ovqat uchun yig‘ilgan edi.
Xizmatkor ayol Sullining oldiga biroz shoshilibroq keldi.
— Salom, kichik xonim! Yaxshi keldingizmi?
— Ha, yaxshi. Ichkarida vaziyat qalay, bilasizmi?
Xizmatkor ayol biroz ikkilanib qoldi.
— Onangiz Sofi xonim biroz asabiylashganlar. Otangiz esa sizdan havotirda edi.
— Haa, men keldim-ku. Endi indashmasa kerak. Ha mayli, sumkamni oling, olib chiqib qo‘ying.
— Xo‘p bo‘ladi, kichik xonim. Siz mehmonxonaga kiravering.
Sulli mehmonxona tomon yurdi. Eshikni ochib ichkariga kirar ekan, barchaga qarab salom berdi.
U stol yonidagi bo‘sh joyga o‘tirdi. Otasi birinchi bo‘lib gap boshladi.
— Qizim, nega kech kelding? Yoki haydovchi kechikib qoldimi?
— Yo‘q, dada. Men yana bir to‘garak topdim. Unga ro‘yxatdan o‘tish uchun test topshirdim. Shunga biroz kechikib qoldim. Uzr, boshqa bunday bo‘lmaydi.
— Ha mayli, boshqa bunday bo‘lmasin.
— Sulli, o‘zingni oqlashni juda yaxshi eplaysan. Kechikib kelib, shunchaki vaziyatdan chiqib ketaman deb o‘ylama. Bugun darslaringni tekshiraman.
Sulli bir zum jim qoldi. Nima deyishni bilmay, shunchaki boshini egdi.
— Sofi, haddingdan oshma. Unga baqirma. Bugun uning darslarini o‘zim tekshiraman. Senga esa boshqa gapim bor.
Sofi eriga bir qarab qo‘ydi, ammo indamadi.
— Hozir esa kech bo‘lmasdan ovqatlarga qaranglar. Bo‘lmasa sovib qoladi.
Stol atrofida qisqa sukut cho‘kdi. Keyin hamma ovqatlanishga kirishdi. Sulli esa ich-ichidan yengil nafas oldi. Otasining aralashgani uni katta janjaldan qutqargandek edi. Biroq onasining kayfiyati yaxshi emasligini sezib turardi. Bugungi kun tugamagan, shekilli.
Sulli ovqatlanib bo‘ldi va idishlarini doimgidek oshxonaga topshirib, xizmatkor ayolga rahmat aytdi. Pastda esa ota-onasi ham ovqatlanib bo‘lishgandi.
Sulli xonasiga kirib eshikni ichkaridan yopdi va dushga kirib ketdi. Iliq suv tanasidagi charchoqni asta yuvib ketayotgandek edi. Bugungi kun juda uzun va voqealarga boy o‘tgandi. U yuvinib chiqib, sochlarini quritdi va ustidagi pijamasini sekin to‘g‘irladi. So‘ng o‘zini yotoqqa tashlab, ko‘zlarini yumdi.
Xona jimjit edi. Faqat konditsionerning past ovozi eshitilardi.
Sullining xayoli beixtiyor akasiga ketdi.
— Hozir nima qilayotgandir ekan?.. — deb o‘yladi u.
SeokJin Germaniyaga ketganiga uncha ko‘p bo‘lmagandi, ammo Sulliga go‘yo yillar o‘tgandek tuyulardi. Akasi doim uning yonida bo‘lgan, darslariga yordam bergan, kayfiyati bo‘lmasa kuldirgan. Endi esa boshqa davlatda edi.
— Ovqatlanyaptimikin? O‘qishlari qiyin emasdir? Yolg‘iz qiynalib qolmaganmikin?..
Keyin xayoli Yoongiga ko‘chdi.
Uning yuzida beixtiyor tabassum paydo bo‘ldi.
— Yoongi aka ham yaxshi yuribdimi ekan?.. O‘sha odatdagidek sovuqqon bo‘lib yuribdimi yoki hali hammani koyib yuribdimi?..
Aynan Yoongi haqida o‘ylaganda ko‘ngli nimagadir yengillashardi. Balki bolaligidan tanishligi, balki uning har doim yonida bo‘lgani sababdir.
Ammo ko‘p o‘tmay xayoli bugungi voqealarga qaytdi.
Bugun bir necha bor uchrashgan g‘alati yigit.
Sulli ko‘zlarini ochib shiftga tikildi.
U kutubxonadagi voqeani esladi. Javonga urilgan bosh, yiqilish, o‘sha paytdagi jahli...
Keyin bugun sinfda ko‘rgan holati.
Gapirayotganda ham ba'zan og‘riqni yashirayotgandek tuyulgandi.
Sulli beixtiyor labini tishladi.
— Nahotki rostdan ham o‘sha paytda qattiq urilgan bo‘lsa?..
Vijdoni yana bezovta qila boshladi.
— Jin ursin... Men undan to‘g‘riroq uzr ham so‘ramadim.
— Bosh og‘rig‘i hali ham qolganmikin?.. Balki dori ichgandir... yoki umuman ahamiyat bermagandir.
Taehyungning derazadan tushib ketayotgan paytdagi qiyofasi ko‘z oldiga keldi.
— Ahmoq... Boshi og‘rib turgan bo‘lsa ham darsdan qochib yuradi.
Lekin bu safar gapni jahl bilan emas, kulimsirab aytdi.
O‘zi ham sezmagan holda Taehyungning holidan xavotir olayotgandi.
— Mayli... ertaga ko‘rsam balki yana bir marta uzr so‘rarman.
Shu o‘y bilan u asta o‘rnidan turdi.
— Yetar, Sulli. Ertaga dars bor.
U dars stoli tomon yurdi, sumkasini ochib darsliklarini chiqardi. Daftarlarini tartib bilan qo‘yib, qalamini qo‘liga oldi va matematikadan misollar ishlashni boshladi.
Xona yana jimjitlikka cho‘mdi. Faqat varaqlar shivirlagani va qalamning qog‘oz ustida sirg‘algan ovozigina eshitilib turardi. Bugungi kun tugayotgan bo‘lsa ham, Sullining xayolida akasi, Yoongi va sirli sherigi Taehyung haqida o‘ylar hali ham sekin aylanib yurardi.
Sohwe va Sofining xonasida esa butunlay boshqa vaziyat hukm surardi. Xonadagi havo og‘ir, sukut esa asablarni taranglashtirib yuborgandi.
— Sohwe, siz o‘sha vaziyatni menga tushuntirib berasizmi? Hiyonat qilmadim deb ayta olasizmi? Nega bunday qilyapsiz? — Sofi nihoyat ichida yig‘ilib qolgan savollarni aytib yubordi.
— Sen ham darrov Sonje bilan ketding-ku.
— Sohwe, nimalar deyapsiz? — Sofi beixtiyor boshini egdi.
— Nima, yolg‘onmi? Kompaniyadan chiqib ketding-u, o‘sha Sonje bilan ketding.
— Sonjening o‘zi emasdi. Sui Busandan kelgan ekan. Meni chaqirdi, shunga birga bordim.
— Aldama! — Sohwe javoban ovozini ko‘tardi.
Rostdan ham Sonje bilan birga bo‘lgandi.
Ha, u yerda Sonje ham bor edi.
— Yo‘q... biz Sui bilan suhbat qurdik. Uch yildan beri ko‘rishmagandik.
— Mayli, inkor etishda davom et. Bir kun kelib o‘tmishning hammasi ochiladi. Sening Sonje bilan munosabatda bo‘lganingni bilib qolgan kunim... ishonaver, ko‘p narsani kechishim mumkin, ammo hiyonatni kechirmayman. Buni bilasan.
— Yana bir savol meni qiynaydi. Sulli rostdan ham mening qizimmi yoki yo‘qmi?
Bu gap Sofining yuragiga tig‘dek botdi.
U birinchi marta bu savolni o‘zidan ham qo‘rqib eshitayotgandi.
Chunki bir paytlar o‘zi ham shu haqda o‘ylagan edi.
Ammo qancha yillar o‘tmasin, Sullini ko‘rganida unda faqat o‘z farzandini ko‘rardi.
— Sulli sizning qizingiz... — dedi u yig‘lab. — Men hiyonat qilmaganman. Hech qachon...
Sohwe ayolining iyagidan tutib yuzini o‘ziga qaratdi. So‘ng yonoqlaridagi yoshlarni asta artdi.
— Mayli, bunga ishonaman deylik. Lekin Sonje bilan munosabatda bo‘lmaganingga ishonmayman.
— Men ushlab turgan shu iyagingdan boshqa erkakning qo‘li o‘tgan bo‘lsa, bilib qo‘y, o‘sha kundan boshlab men sen uchun yo‘q bo‘laman.
— Yig‘lama, xotinjon. Meni shu holga o‘zing keltirding. Endi esa kuzataman xolos.
U bir necha soniya sukut saqlab turdi.
— Endi kompaniyaga har kuni bormaysan. Ishlaringni onlayn bajarasan. Zarur bo‘lsa haftasiga bir marta borasan.
Sofi erining nimani nazarda tutayotganini tushundi.
Bu buyruqdan ko‘ra ko‘proq rashk edi.
— Seni anchadan beri haddan ortiq erkin qo‘yib yuborgan ekanman.
— Mayli. Sullining darslarini tekshirish uchun ketdim. Ungacha iltimos, yuzingni yuv.
U shunday deya Sofining lablaridan yengil o‘pib qo‘ydi.
Sohwe aslida yomon inson emas edi. Ammo uning rashki va egalik hissi haddan tashqari kuchli edi. Ayniqsa keyingi yillarda Sonje va Sofi haqida qulog‘iga yetib kelgan mish-mishlar uni bezovta qila boshlagandi.
U ayolini har qanday yig‘in, konferensiya va tadbirlarda doimo yonida olib yurardi. Kimdir Sofiga ortiqcha qarasa ham ich-ichidan g‘ashlanardi.
Bugun esa eski shubhalar yana uyg‘onib ketdi.
Sohwe Sullining xonasidan chiqib, o‘z xonasi tomon yo‘l oldi. Yo‘lak bo‘ylab ketarkan, xayollari tinchlik bermasdi.
— Qanday qilib uni mening qizim emas deb o‘ylashim mumkin?.. — deb o‘yladi u.
Sullining kulishi, gapirishlari, hatto ayrim odatlari ham unga juda o‘xshardi.
— Sofi yolg‘on gapirmagandir... U mening qizim. Bunga shubha qilishning o‘zi gunoh.
U yo‘lakdagi grafindan suv ichib, chuqur nafas oldi va xonaga kirdi.
Sofi allaqachon yotib qolgan edi. Ammo uxlayotgan odamga o‘xshasa ham, yuzidagi charchoq hali ham bilinib turardi.
Sohwe sekin uning yoniga bordi. Sochlarini qulog‘i ortiga surib, yuzini siladi.
— Nega hammasi bunchalik murakkab bo‘lib ketdi?.. — dedi ichida.
So‘ng ayolining peshonasidan ohista o‘pib qo‘ydi va yoniga yotdi.
Ko‘p o‘tmay xonani sukut egalladi.
Bu paytda esa Sulli Mina bilan telefon orqali suhbatlashishni boshlab yuborgandi.
Soat 22:00 bo‘lishiga qaramay, ikkalasining ham uyqusi kelmasdi.
— Bilasanmi, bugun matematika guruhida qiziq voqealar bo‘ldi! — dedi Sulli hayajon bilan.
— Avvalo ustozimiz juda qattiqqo‘l ekan. Bitta o‘quvchi shamollab darsga kelmabdi, ustoz esa "yana kimdir kelmasa butun guruhni boshqa o‘qituvchiga topshiraman" deb hammamizni qo‘rqitdi.
— Bu hali boshlanishi. Keyin meni butun guruh oldida tanishtirishdi. Hamma qarab o‘tirganda gapirish juda noqulay ekan.
— Biroz. Lekin keyin o‘tib ketdi.
— Kim Taehyung deganlaridan menimcha hamma qo`rqadi, u kirganda hamma jim bo`ladi.
— Ehee, buyog`I qiziq bo`ldiku.
— Ha, lekin u yaxshi o`qir ekan bezori ammo yaxshi o`qiydi.
— Sen uchun juda qiziqarli kun bo‘libdi.
Bir necha soniya sukut cho‘kdi.
Keyin Sulli birdan eslab qoldi.
— To‘xta! Julietta roli haqida nega menga aytmading? Guruhda e'lon berilibdi-ku! Seni olishibdi!
— Men bo‘lsam qiziqib o‘lib qolyapman!
— Kel, video qo‘ng‘iroq qilamiz. Akalarimiz bilan ham gaplashamiz.
Ikkalasi bir paytda qo‘ng‘iroq yuborishdi.
Germaniyada esa endigina soat 17:00 edi.
Qo‘shimcha o‘qishdan qaytgan SeokJin va Yoongi kichik oshxonada ramen tayyorlash bilan ovora edi.
Birdan ikkala telefon ham bir vaqtda jiringladi.
Ikkalasi bir-biriga qarab kulishdi va qo‘ng‘iroqni qabul qilishdi.
Ekranda to‘rt kishi birdan paydo bo‘ldi.
— Syurpriz! — deb qichqirishdi Mina va Sulli.
SeokJin bilan Yoongi kulib yuborishdi.
Bir necha daqiqa hol-ahvol so‘rash bilan o‘tdi.
— Haa, sizlarda bizdan ko‘ra ko‘proq yangilik bor ekan.
Yoongining ko‘zlari ekrandan uzilmay Sulliga qarab turardi.
— Juda yaxshi. Matematika to‘garagiga qabul qilindim. Matematikadan kuchli o‘quvchilar guruhiga ham olishdi. Sherigim ham bor. Juda zo`r yigit!
— Yigit? — dedi Yoongi va SeokJin birdaniga.
Mina kulgidan o‘zini zo‘rg‘a ushlab turardi.
— Ha. Ismi Kim Taehyung. Yuqori sinf o‘quvchisi.
Sulli ataylab hayajon bilan gapirdi.
Yoongining qoshlari birlashdi.
SeokJinning ham kayfiyati o‘zgardi.
— Hali yoshsan, Sulli, — dedi Yoongi. — Ehtiyot bo‘l. U yigit qanday inson ekanini bilmaysan. Agar seni bezovta qilsa yoki biror gap desa, darrov bizga ayt.
— Ikkoving ham ehtiyot bo‘linglar, — dedi SeokJin. — Yangi maktabda har xil odamlar bo‘ladi.
Mina bilan Sulli bir-biriga qarab kulib qo‘yishdi.
Keyin Sulli yana gap boshladi:
— Tanishinglar! Mina endi bizning Julietta!
— Teatr tanlovidan o‘tibdi. Endi Julietta rolini ijro qiladi.
— Romeo kim? — so‘radi SeokJin.
— Hali bilmayman, — dedi Mina. — Kimligini e'lon qilishmadi.Mina uyalib ketdi.
— Eyy, aytmoqchi emasdim-ku! Sulliii!
SeokJinning yuzi jiddiylashdi.
— Nega? — Sulli hayron bo‘ldi.
— Hey, SeokJin. Romeo allaqachon topilgandir. Yangi maktabda Romeolar ko‘p bo‘ladi.
Mina uyalganidan SeokJinning ko‘zlariga qaray olmadi.
— Aka, siz nega menga dushman bo‘lib qoldingiz? Senchi Sulli!
— Men emas Romeo bo`ladigan bola dushman — dedi Yoongi kulib.Bu safar hamma kulib yubordi.
— Sizlardan hafaman! — dedi Sulli yuzini burib.
— Mayli, kechir, — dedi Yoongi. — Shunchaki hazillashyapmiz.
Bir soniyaga ko‘zlari to‘qnashdi.
SeokJin sekingina jilmaydi.Ammo o‘sha tabassum ortida qandaydir og‘riq va sog‘inch yashiringan edi. Mina bilmasdi, bu tabassum ortida uzoq yillik sog‘inch va aytilmagan hislar yashirin edi.
Yoongi esa Sulliga qarab dedi:
— Mayli, biz ovqatlanamiz. Sizlar esa ertaroq uxlanglar.
— Ha, yaxshi dam olinglar, — dedi SeokJin.
— Yoqimli ishtaha! — dedi Sulli.
— Ha yoqimni ishtaha! — Mina ham qo‘shildi.
SeokJin telefonni jahl bilan stol ustiga otdi.
— Yoongi, iltimos, ramenga qarab tur. Men yuvinib chiqaman.
Yoongi kulimsiradi.U do‘stining ahvolini tushunib turardi.Rashk ba'zan insonni o‘zidan ham yashirib bo‘lmaydigan tuyg‘u edi.
SeokJin vannaxona tomon yurdi.
Yoongi esa qaynayotgan ramen tomonga qaradi. O‘zi ham unchalik xotirjam emasdi. Taehyung degan ism qulog‘iga yoqmagan edi. Balki bu shunchaki akalik xavotiridir, balki boshqa tuyg‘u. Ammo u hozircha bu haqda o‘ylashni istamadi.
Bu paytda esa Sulli ham, Mina ham kun bo‘yi charchaganidan ko‘p o‘tmay uyquga ketishgandi.
Yoongi ramenni pishirib bo‘lgach, SeokJinni chaqirdi.
— SeokJin, tezroq chiq! Ramen pishdi, sovib qolmasin!
— Hozir chiqaman! — deb javob berdi SeokJin.
SeokJin vannaxonada artinib, kiyimlarini kiyib oldi. So‘ng oynaga qaradi va xo‘rsinib dedi:
— Sevgan insoningni uzoqdan turib rashk qilish ham azob ekan. Qachon qaytib boraman? Minaginamni sog‘indim... Sulliginamni ham sog‘indim...
U chuqur xo‘rsinib, oshxona tomon yurdi.
Ramenning hidi dimog‘ini qitiqladi. Ovqat oldida uning barcha tashvishlari biroz bo‘lsa-da unutilardi.
U stolga o‘tirib, ramen kosasini o‘ziga yaqinlashtirdi.
— Sen doim shunaqasan. Asabiylashsang, darrov och qolasan.
SeokJin unga qarab bosh chayqadi.
— Bo‘ldi, tinchgina ovqatlanaylik. Keyin gaplashamiz.
Ikkalasi ovqatlanishga kirishishdi. Ovqatdan keyin idishlarni yuvib qo‘yishdi.
SeokJin sekin yotog‘i tomon borib, chekkasiga o‘tirdi. Yoongi esa yotoqxonaga kirib, kulib yubordi.
SeokJin uning kulayotganini ko‘rib qoshlarini chimirdi.
Yoongi kulgisini zo‘rg‘a bosdi.
— SeokJin, sen ham rashk o‘tida yonib yuribsan. Singlingni rashk qilasan, yana Minani ham.
— Ha. Rashk erkak kishiga xos tuyg‘u, lekin men uni ichimga yutolmayman.
— Men unday qilolmayman, Yoongi. Sevgim shunchalik kuchliki, rashk olovi bir yonsa, sevgim suv emas, xuddi benzin kabi uni yanada alangalatadi.
Yoongi unga bir muddat tikilib qoldi.
— Bilaman, sevasan. Lekin sen uzoqdasan. Qolaversa, sevishingni ham aytmagansan. Balki Minaning ko‘ngli boshqasidadir?
— Yo‘q... — SeokJin darhol javob berdi. — Buni o‘ylashning o‘zi azob. Iltimos, boshqa gaplashmaylik. Yur, dars qilamiz.
Ular dars qilishni boshlashdi.
Yoongi esa daftariga tikilgancha boshqa narsani o‘ylardi.
"Exx, SeokJin... Sen mening holatimni bilmaysan. Men ham Sullini qanchalik sevishimni, qanchalik rashk qilishimni bilmaysan..."
Ammo bu gaplarni ovoz chiqarib ayta olmasdi.
Tun odatdagidek o‘tdi. Ular tungi soat o‘n ikkigacha dars qilishdi.
Ammo Yoongining ko‘ziga uyqu kelmasdi.
U stol chirog‘ini yoqib, yarim yozilgan qo‘shiq matnini oldiga tortdi va satrlarni davom ettira boshladi.