Joy: Kapulettilar bog‘i, Juliettaning balkoni osti. Vaqt: Kechasi, oy yorug‘i ostida.

Yangi hayot boshlamoqchisan, ammo oldinda seni nima kutayotganidan mutlaqo xabaring yo‘q. Ko‘nglingni tushkunlik egallagan, xayollaring esa faqat yomon tomonlarni o‘ylash bilan band. Aslida hayotda biroz bo‘lsa ham tavakkal qilish kerak. Shundagina oldinda kutayotgan sinovlarni o‘z nazoratingga ola boshlaysan.
Seulning kuzgi havosi biroz namchil, ammo institut hovlisidagi sarg'aygan chinor barglari manzaraga o'zgacha shukuh bag'ishlardi. Risoo kutubxonaning eng chekka burchagida, deraza yonidagi o‘rindiqda o‘tirardi. Uning oldida qalin adabiyot darsliklari taxlanib yotgan bo‘lsa-da, qizning butun diqqati qo‘lidagi kichik bloknotiga qaratilgan. U yerda institut talabasi emas, balki internet olamida shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan, ammo yuzini hech kim ko‘rmagan "R.S." taxallusi ostidagi sirli yozuvchi yangi asarining satrlarini tizardi.22 yoshli Risoo uchun so‘zlar — uning yagona dunyosi edi. U odamlardan o‘zini chetga olib yursa-da, asarlarida inson ruhining eng chuqur qatlamlarini tasvirlardi.Aynan shu vaqtda kutubxonaning boshqa bir...