June 6

Жизнь с прошлым

Tanishtiruv

1. Kim Sulli - Bosh qahramon.

Xarakteri:Tashqi ko'rinishdan ojiz, g'amgin va tushunarsiz qizdek ko'rinsa-da, aslida mehribon oq ko`ngil.

Muammolari: overthinking (ko'p o'ylash) va chuqur depressiya. Uni yoshligidan katta trauvmasi bor u buni hech kimga aytmagan. U depressiyaga keyinchalik tushadi.

Oila muhiti: Milliarder Kim oilasining ikkinchi farzandi. Ota-onasi (Kim Sohwe va Kim Sofi) o'rtasidagi tinimsiz janjallar uning psixologiyasini butunlay buzgan.

2. Kim Seokjin — Sullining akasi

Xarakteri: Nihoyatda mehribon, g'amxo'r va yaxshi yigit. Shuning bilan birga juda jiddiy va mas'uliyatli. Singlisi Sullini jonidan ortiq yaxshi ko'radi va uni himoya qilishga intiladi.

Muammosi: Singlisi Sulli uni chet elga ketganidan so`ng yomon ko`rib qoladi va doim asossiz ayblaydi. Jin uning ayblovlaridan azob cheksa-da, baribir singlisidan voz kechmaydi, uni qutqarishga harakat qiladi. Min Yoongining eng yaqin do'sti.

3. Min Yoongi — Sirli va aqlli yigit

Xarakteri: Tinch, og'ir-vazmin, ba'zida tez jahli chiqadigan (sal jahldor) yigit. Judayam aqlli va odamlarning ichki dunyosini tezda o'qiy oladi.

Hayoti: Chet eldaligida o'zi ham og'ir depressiyani boshdan kechirgan, shuning uchun ham Sullining ichki og'riqlarini va uning o'yinlarini darhol payqaydi. Janob Min Hemin va xonim Min Rianning shox, ammo jiddiy o'g'li. Jinning eng yaqin sirdoshi.

4. Min Mina — Yoongining singlisi

Xarakteri: To'liq ekstrovert, quvnoq va shox qiz. Sullining tamoman aksi.

Hayoti: Sullining deyarli yagona dugonasi. Sullining tabiati og'ir ekanini bilsa-da, unga chin dildan dalda bo'lishni va uni hayotga qaytarishni istaydi.

5. Kim Namjon - Sulli va seokjinning amakisi.

Xarakteri jiddiy, boylik va nafsga ruju qo`ygan. Juda chigal harakterli . Kimlar oilasining teng huquqli aksiyadori.

1-qism

Nafs ortidan kelgan pushaymonlik oilaning bugunini kul qilsa, o‘tmish bilan yashash uning ertangi kunini ham yo‘q qiladi.

Dunyo — bu adolatli makon emas. Biz unga begunoh bo‘lib kelamiz, lekin yovuzlikning ilk zarbasini ham aynan o‘sha beguborlikda qabul qilamiz.

Nafs — insonni hayvondan ham tubanroqqa tushira oladigan yagona kuch. U shunday ochko‘z mahluqki, bir parcha oltin yoki bir chimdim hokimiyat uchun hatto o‘z qonidan bo‘lgan go‘dakning begunohligini ham qurbon qilishdan qaytmaydi. Biz yovuzlikni ko‘chada, qorong‘u burchaklarda izlaymiz, biroq eng mudhish jinoyatlar ko‘pincha qimmatbaho devorlar ortida, ipak choyshablar ustida va "oila" degan muqaddas niqob ostida sodir bo‘ladi.

Go‘dakning qalbi oppoq qog‘ozga o‘xshaydi. Unga chizilgan ilk qora chiziq butun bir umrni bulg‘aydi. O‘shanda, 2016-yilning o‘sha qaltis tunida, nafs va qahr bir insonning qiyofasida mujassamlashgan edi. O‘sha tunda nafaqat bir oilaning sha’ni, balki olti yoshli qizaloqning butun kelajagi, odamlarga bo‘lgan ishonchi va iliq dunyosi kul bo‘ldi.

Eng dahshatlisi nima, bilasizmi? Jinoyatchi o‘z qilmishini vaqt o‘tishi bilan unutishi mumkin. U "bu bir xato edi" deb o‘zini ovutadi, aksiyalar va pullar bilan vijdoni ustiga parda tortadi. Ammo jabrdiyda unutmaydi. U o‘sha og‘riq bilan uyg‘onadi, o‘sha qo‘rquv bilan nafas oladi va o‘sha nafrat bilan ulg‘ayadi.

Sulli o‘sha tunda o‘lgan edi. Hozir biz ko‘rib turgan narsa esa — o‘tmishning tirik sharpasi. U endi qurbon emas. U endi o‘sha o‘tmishning mevasidir. Va u o‘zi bilan birga butun bir sulolani jahannamga yetaklab borishga tayyor. Chunki qalbida jarohati bor insonning nafratidan daxshatliroq kuch yo‘q...

Muqaddima: Hikoyaning boshlanishi (2016-yil)

Hammasi aynan Kim Namjon va Kim Sohwe otasining o‘limidan boshlanadi. O‘shanda ularning otasi kompaniya ancha chigal vaziyatda turgani sababli, katta o‘g‘li Sohwega ishonch bildiradi. Sohwe yoshi katta bo‘lgani uchun ham, otasi vasiyatnomada merosning katta qismini uning nomiga hujjatlashtirib bergan edi.

Otasining o‘limi haqidagi xabardan so‘ng, Namjon Koreyaga qaytib keladi. Holbuki, u uzoq vaqt chet elda o‘qigani sababli, chet el fuqaroligi maqomida edi. Namjon otasining janoza marosimlarini o‘tkazadi. Biroq, meros e’lon qilinadigan kuni akasi bilan oralarida qattiq nizo kelib chiqadi.

Kompaniyadagi dialog:

Namjon: (G‘azab bilan vasiyatnomani stolga urib) Demak, otam butun umrlik mehnatining mevasini senga qoldiribdi-da?! Men-chi? Men bu oila uchun hech kim emasmidim?!

Sohwe: (Vazminlik bilan ukasini tinchlantirishga urinib) Namjon, gapni eshit. Kompaniya hozir juda og‘ir va chigal ahvolda. Otam shuning uchun shunday qarorga kelgan. Men senga merosning yarmini to‘laqonli qilib beraman, so‘z beraman. Faqat hozir emas, vaziyat barqarorlashsin...

Namjon: (Aalamli kulgi aralash) Va’dalaringni o‘zingga olib qo‘y! Men sening rahm-shafqatingga muhtoj emasman!

Namjon akasining so‘zlariga ishonmaydi va jahl bilan kompaniyadan chiqib ketadi.

Tun va Qora qadam

Alam va nafrat otashida yongan Namjon tun yarmigacha tungi klubda o‘lar darajada ichdi. Hushi joyida bo‘lmagan ahvolda, ichidagi qahrini bosolmay, Kimlar xonadoniga (qo‘rg‘oniga) yetib keldi. Aqli nafs va g‘azab ortida ko‘r bo‘lgan Namjon to‘g‘ri Sullining xonasi tomon yurdi. Sulli o‘shanda atigi 6 yoshli ma’sum qizaloq edi (u 2010-yilda tug‘ilgan, Namjon esa 1996-yil, oradagi yosh farqi 14 yosh edi).

Eshik ochilganidan kichkina Sulli uyg‘onib ketadi va ko‘zlarini uqalab amakisiga qaraydi:

Sulli: (Chala uyquda, mayin ovozda) Amaki, sizmi?..

Ammo Namjonning ko‘ziga hech narsa ko‘rinmas edi. U nafsi va qahri qurboniga aylanib, 6 yoshli jiyanini zo`rlaydi (nomusiga tegadi). Sulli nima bo‘layotganini mutlaqo tushunmaydi, qo‘rquv va cheksiz og‘riqlarni ichiga yutib, faqat yig‘laydi.

Namjon ketish oldidan qizaloqning qulog‘iga sovuq ohangda tahdid qildi:

Namjon: Agar bu gapni birortaga aytsang, o‘zingga juda yomon bo‘ladi. Tushundingmi?! O‘zingni o‘ldiraman!

Shu voqeadan so‘ng 1yarim yil vaqt o‘tadi. Sohwe va’dasining ustidan chiqib, kompaniya aksiyalarining yarmini teng huquqli qilib Namjonga topshiradi. Aksiyalarni qo‘lga kiritgach, Namjon o‘sha tunda qilgan mudhish ishidan qattiq pushaymon bo‘ladi, ammo endi juda kech edi. U ich-etini yeb, Sulli bu mudhish voqeani shunchaki esidan chiqarib yuborishini umid qilib yashaydi.

Lekin Sulli buni hech qachon unutmaydi. Uning ruhiyatida erkaklarga va butun jamiyatga nisbatan cheksiz nafrat uyg‘onadi. Boz ustiga, qizaloqning oilasidagi muhit ham og‘ir edi — ota va ona o‘rtasidagi doimiy muammolar sabab, Sulliga hech kim e’tibor bermasdi. Ota-onasi faqat uning akasining o‘qishi va kelajagiga sarmoya kiritib, bor mehrini unga berishardi. Sulli mutlaqo mehrsizlik, yolg‘izlik va qo‘rquv ichida ulg‘aymoqda edi.

Sulli 12ga kirguncha vaziyat unchalik yomon emasdi. Hattoki oilasi ham unga mehr berar edi. Namjon Sullini xotirasidan o`chish uchun, Chet elga ketdi. U shu bilan uni xotirasidan o`chishga urindi, chet eldagi kompaniya ishlari bilan shug`illandi. Seokjin 2006-yilda tug`ilgan Sullidan 4yosh katta edi. U qat`iyatli bo`lib katta bo`layotgan edi. Janob Sohwe uni chet elga o`qishga jo`natishi munosabati bilan katta bazm uyushtirishdi. Seokjinning o`qishlari juda yaxshi, u juda ko`p o`qir hatto kompaniya ishlarida otasiga yordam berardi. Janob Sohwe shuning uchun ham o`g`lini juda yaxshi ko`rar edi. Bazm biznes tarixida 2022-yilning eng katta iz qoldirdi. Seokjin o`smirlik sho`xliklarini yengan, juda jiddiy ammo singlisini jonidan ortiq ko`radigan aka edi.

Bazm boshlangan, juda ko`p odamlar kelgan edi. Janob Kimlar oilasining mansabi juda yaxshi edi, ular Minlar oilasi bilan juda yaqin edi. Deyarli qarindoshdek bo`lib qolishgan. Hattoki Janob Heminning otasi va janob Sohwening otalari ham do`st bo`lishgan. Bu Bazmda ular ham bor ularning o`g`li Min Yoongi ham Jin bilan o`qishga ketayotgan edi. Min oilasining ikki farzandi qizil gilam ustidan mag`rur yurib mehmonxonaga kirishar edi.

Min Yoongi va Min Mina Minlar oilasining ko`z va ko`z qorachig`i kirib kelishyapti.

Bazm avjida asta-sekin mehmonlar yanada ko`payar edi. Hamma bazm to`rida turgan ikki oila farzandlaridan ko`z uzishmas edi. SeokJin va Sulli uzuk va uning olmosidek oilani ko`rkini ochib turgandi.

Bazm ochib berilish so`zini Sohwe ayta boshladi.

KIM SOHWE: Mana bugun biz oilamning kattasi bo`lgan farzandim, o`z pushti kamarimdan bo`lgan o`g`limni biznesga tayyorlash uni sirlarini o`rganish uchun chet elga jo`natmoqdaman. Uning muvaffaqiyatlari juda ko`p, yosh bo`lishiga qaramasdan ishonchimni oqlagan farzandim.

U SeokJin tomon qarab yana gapni davom etdi: O`g`lim yosh bo`lishingga qaramay, ishonchimni oqlaganing uchun senga bugun kompaniya aksiyalarining teng yarmini o`tkazmoqchiman. Bugundan sen aksiyadorsan chet eldan kelishing bilan hujjat o`z kuchiga kiradi va sen kompaniyaning bir bo`lagisan omad o`g`lim.

Hamma qarsak chalib olqishlashdi, Yoongi Seokjinni qutladi. Sulli mutloq xursand u akasini bunday mavaffaqiyatidan hursand edi. Mina ham Jinga tabrik sozlarini aytdi. Janob Sohwe esa hammani tinchlantirdi va yana gap boshladi.

Agar bilsangiz bugun nafaqat mening o`g`lim Minlar oilasining do`stim Heminning o`g`li Yoongi ham Jin bilan ketyapti. U ham o`qishlarida kuchli va otasining ishonchi. Uni ham olqishlashingiz mumkin.
Hamma olqishlar hamma ularning farzandlarining omadiga havas bilan qarar edi. YonGi hammaga jilmayib qarar Jin esa uni qo`lladi. Hamma bugungi ikki omadlining muvaffaqiyatlaridan hursand edi.

Hemin o`g`lining bu g`alabasidan obr`osidan faxr hissini tuydi ammo Wo Binga tuyganchalik emas(WoBin uning akasi). U Sohwega mamnun jilmaydi va o`rnidan turib so`z boshladi.

Avvalambor do`stim Sohwe iliq so`zlar uchun minnatdorman. Albatta bu do`stlik juda uzoq bo`ladi o`g`illarimiz ham shunchalar yaqin bo`ladi. Ularni birga o`qishga jo`natish eng maqsadli ish edi. Bu bazmni tashkil qilganing esa ayni muddao bo`libdi qadahlarni olinglar bugungi bazm biznes tarixiga muxrlansin.
Hamma qarsaklar chalishdi, qadahlar ko`tarildi hamma bazmni mazmunli o`tkazar edi. Xonim Min Rian va Xonim Sofi boshqa mansabdor ayollar bilan suxbat qurardi. Erkaklar esa biznes haqida hujjatlar tahriri kabilar haqida gaplashishar edi.

Sulli va Mina stol ustidagi shirinliklardan tamaddi qilib maktab voqealaridan suhbat qurishar edi. SeokJin va Yoongi tashqariga chiqishdi.

-          Yoongii mana chet elga ketyapmiz, endi katta hayotga qadam qo`yamiz. Esingdami sen o`qishga ketishdan avval birinchi muhabbating kim ekanini aytmoqchi eding. Bugun aytish vaqti kelmadimi? – SeokJin xazil aralash gapirdi.

-          SeokJin balki o`zing aytarsan, axir vadani bir o`zim bermaganman. – Yoongi kuldi.

-          Mayli men uyalmayman, singlingni yaxshi ko`raman. – So`zlar xuddi havoda osilib qolgandek bo`ldi. Yoongii rashk olovida yondi, u hech ikkilanmay Jinni yoqasidan oldi va dedi.

– Aqldan ozdingmi? SeokJin do`stimsanku aytgan gapingni qara.

-          Nima yomonmi? Axir mendak do`sting Minaga arzimasa kimga arziydi?

-          Jin xazilni bas qil.

-          Men yolg`on gapirmadim, ishonmasang o`zing bilasan ammo sevgim yolg`on bo`lganida uni akasiga iqror bo`larmidim.

-          O`ziga aytganmisan? – Yoongi biroz xira ovozdan dedi.

-          Yo`q aytmadim, o`zimni tiklab olsam aytaman.

-          To`g`ri qilasan u hali yosh sen oqishdan kelsang aytasan. Sen ham o`shanda bilasan meni yaxshi ko`rgan qizimni. – Yoongi qattiq kuldi.

-          Nima? Nega endi sen hozir aytmaysan? – SeokJin baland ovozda dedi.

- Chunki sen singlimni yaxshi ko`rasan endi, meni ko`nglimga do`st emas balki kuyov sifatida ham kirishing kerak. – Yoongi kuldi.

-          Bu adolatsizlik, yaramas Yoongi. – U shunday deb ichkariga kirib ketdi.

SeokJin kirib otasining va boshqa biznes hamkorlarning yonidan joy oldi. YonGi esa hamon o`ylar u biznes emas o`z yo`lidan ketishni istar edi. U majburlov bilan o`qishga ketayotgan edi. Aslida Yoongi prodyusserlikka qo`shiq yozish va san`atga qiziqadi, ammo otasi uni biznes olamiga kirishi uchun harakat qilyapti. Yoongii qo`shiqlar yozishini hech kim bilmasdi faqat Jin bilardi. Yoongi otasiga bu qilmishini aytganda otasi unga qattiq qarshi chiqdi. Yoongining studiyasini sotib yubordi va keyin Yoongi qayta sotib olish uchun otasi bilan shartnoma tuzdi. Otasi studiyani qaytarib beradi evaziga esa, u otasi aytganidek o`qishga ketadi. Yoongi shunchaki ssenariyga tushib qolgandek his qilardi o`zini lekin, bu qiyin u bunday davrida nega qiyinchililar ko`rishi kerak. Endi kech shartnoma buzilsa uning studiyasini sotib yuborishadi.

Yoongi mehmonxonaga kiruvchi eshik oldida qotib qoldi.

U atrofdagilarga qarar ammo ular orasida o`ziga joy topa olmadi. U yana ichkariga ko`z yugurtirdi, uzoqroqda singlisi va Sullining jilmayib suhbatlashishini ko`rib ichidan bir hisni his qildi. U Sullini yaxshi ko`rardi, xuddi Jin Minani yaxshi ko`rgan kabi. Hayot shunisi bilan qiziq ekanda. Har bir-biriga chirmashib ketgan taqdirlar, afsuski Sulli na o`z tarixida bo`lgan ish mag`zini chaqmagan, na Yoongi uni o`tmishini bilmasdi. Xolbuki Sulli hali juda yosh bunday narsalarni qayerdan ham bilsin. Yoongi astagina ichkariga qadam qo`ydi, odamlar shovqini uni o`z domiga tortdi. Yoongi Janob Hemin va Janob Sohwening oldiga bordi va ular bilan turgan akasi Wobinning qarishisidan joy oldi. Wobin unga jilmaydi ammo Yoongi emas.

-          Janoblar kecha yaxshi o`tyaptimi? – Yoongi jilmaydi.

-          Ha a`lo darajada! – dedi otasi Hemin.

-          Nega janoblar deysan? Rasmiyatchilikning keragi yo`q o`g`lim. – Janob Sohwe uni yelkasiga qo`lini qo`ydi.

Yoongi jilmaydi, otasi Hemin uni biznesga chorlay olganidan xursand edi. SeokJin suxbatga qo`shildi:

-          Yoongi men kabi xushmuomala bo`lsangchi, qara otang bilan juda yaqinmiz to`g`rimi amaki?

Yongi Seokjin va otasining yelkalashib turganini ko`rib kulib qo`ydi. Yoogi SeokJinning buncha harakati nimadan ekanini bilgani bois dedi:

-          Sen rostdan ham otam bilan juda yaxshi kelishasan, lekin men ham Sohwe amakim bilan ota boladekmiz to`g`rimi?

-          Albatta o`g`lim! – Dedi janob Sohwe.

-          Hali ko`rasan Yoongi men oilangizning bir bo`lagiga aylanaman, amaki meni qabul qilasizmi?

SeokJinning gapiga hamma kuldi, janob Sohwe o`g`lining gapidan qattiq-qattiq kuldi. Hemin esa biroz to`xtab qiziga qaradi va hammasini tushunib dedi:

-          Ha, o`g`lim seni qabul qilamiz. Avval o`zingni yo`lingni topib ol, ikkingizga ham omad yor bo`lsin.

Wobin bu suhbatga ikki og`iz gap qo`shishga urindi, ammo unday qila olmadi. U ukasiga qilinayotgan ishlaridan mutloq xabari bor edi. U otasiga qarshi chiqa olmasdi, ukasining tarafini ola-olmasdi.

Ular jim qolishdi, birozdan so`ng yana biznes haqidagi gaplar ochildi. YonGi bunday suhbatlardan bezor bo`lib ketgan, u astagina yana tashqariga qochib qutuldi. Tashqarida Sulli telefonida nimadirlarni ko`rib bir kular, bir g`amgin tortib qolardi.

Yoongi uni ko`rib miyig`ida kulib qo`ydi.

Yoongini kelganini bilmagan Sulli o`zicha nimadirlar deb shivillar, hayolidagi hamma gaplarni bichirlab chiqarardi:

-          Qanchalar chiroyli tun, men bunda yulduz emas oy bo`lishni istayman. Bu juda ajoyib bo`ladi hayot go`zal faqat qanday yashamoqni bilish kerak. Ammo bilganlarimdan bilmaganlarim ko`proq.

-          Kxm Kxm. – Yoongi ortiq bu falsafaviy gaplarga toqat qila olmay tamoq qirdi.

Sulli dovdirab qoldi, u Yoongiga qarab dedi:

-          Qachondan beri bu yerdasiz?

-          Mmm nima desam ekan telefonda nimalarnidir korib keyin shivir-shivir qilib gapirib boshlaganingdan beri. – Yoongi kuldi.

Sulli labini tishlagancha stulga o`tirib qoldi. U boyagina aytgan gaplaridan juda ham afsuslandi. Yoongi uni bunchalik hafa bo`lib qolishini hayoliga ham keltirmagan edi.

Tashqaridagi tungi shamol mayin esardi. Mehmonxona ichidan kelayotgan musiqa ovozi esa uzoqdan xira eshitilib turardi. Sulli hanuz noqulay ahvolda stul chetida o‘tirar, YonGi esa unga qarab miyig‘ida kulardi.

— Rostini aytsam… — dedi Yoongi qo‘llarini cho‘ntagiga solib. — 12 yoshli kichkina qizchada bunchalik falsafa bo‘lishini kutmagandim.

Sulli darrov qoshlarini chimirdi.

— Men yosh bola emasman.

U yuzini ishshaytirib boshqa tomonga qaradi. Yoongi esa uning xafa bo‘lganini ko‘rib kulib yubordi.

— Xo‘p-xo‘p, kechirasan. Shunchaki… odam ichidagini pichirlab chiqarmasa, ba’zida portlab ketadigandek bo‘ladi.

Sulli asta unga qaradi. Boyagi hazil ohangi orasida g‘alati bir jiddiylik bor edi.

— Aka… siz nega bunchalar dardlisiz?

Yoongi bir soniya qotib qoldi. So‘ng kulib yuborgandek bo‘ldi.

— Nima?

— Kulmang. Rostdan so‘rayapman. Sizni nimadir bezovta qilyapti.

Yoongi ko‘zlarini olib qochdi.

— Yo‘g‘-e… shunchaki charchaganman.

Sulli indamadi. Faqat uning yuziga tikilib qoldi. Yoongi esa ilk marta kimdir uning ichidagi yashirin charchoqni bunchalik tez payqaganidan biroz hayratga tushdi.

Atrof jimjit edi.Faqat uzoqdagi musiqa va tungi shamol.Sulli esa negadir yuragi siqilib ketayotganini his qildi.Yoongi hozir uning yonida edi. Uni tushunayotgandek edi. Gaplarini masxara qilmayotgandi. Bu hissiyot Sulliga yoqayotgandi.

Ammo aynan shu narsa uni qo‘rqitdi ham.Chunki u yaxshi bilardi:inson eng ko‘p o‘rganib qolgan odamidan ayrilganda og‘riq kuchli bo‘ladi.

Yoongi esa yaqin orada ketardi.Juda uzoqqa.

Bazm asta-sekin yakuniga yetardi. Mehmonlar birin-ketin xayrlashib, hashamatli mehmonxonani tark etishardi. Yorqin chiroqlar, baland kulgular va qadah jaranglari ham sekinlik bilan tun qa’riga singib borardi.

Sulli esa ortiq u yerda qololmadi. U hech ikkilanmay Mina tomon yugurdi.

— Minaaa! – Mina kulib uni quchoqlab oldi.

— Voy, qo‘rqitib yubording-ku!

Sulli atay erkalangandek uning yelkasiga boshini qo‘ydi.

— Zerikdim.

— Yolg‘onchi, boyadan beri Yoongi akam bilan falsafa qilib o‘tirganding.

Sulli birdan qizarib ketdi.— Nimalar deyapsan?!

Mina qiqirlab kuldi.Uzoqroqda esa Yoongi yolg‘iz qolgancha chuqur nafas oldi. Salqin tun havosi boshidagi chalkash o‘ylarni bir zumga bo‘lsa ham yengillatgandek edi.

Ammo yuragidagi g‘ashlik ketmadi.U osmonga qaradi.Ba’zan inson eng yaqin bo‘lmagan odam bilan ham g‘alati darajada o‘xshash dardni his qilarkan.Va bu hissiyot uni bezovta qilayotgandi.

Tun anchaga borib tugadi.

Kimlar qo‘rg‘oniga qaytilgach, xizmatkorlar bazmdan olib kelingan sovg‘alar va buyumlarni joylashtirish bilan ovora edi. Uy ichida esa charchoq hukm surardi.

SeokJin xonasida chet elga olib ketadigan kiyimlarini tartib bilan yig‘ayotgan edi. Karavot ustida ochiq chamadon yotar, xona bo‘ylab esa tartibli taxlangan kiyimlar sochilib ketgandi.

Shu payt eshik qattiq ochildi.

— Akaaaa!

Sulli shamolday ichkariga otilib kirdi.

SeokJin cho‘chib boshini ko‘tardi.

— Yahshi yuribsanmi o‘zi?! Yuragimni tushirib yubording-ku.

Sulli indamay kelib karavotiga o‘tirdi-da, yuzini yostiqqa bosdi.

— Ketmang.

Xonadagi havo bir zumda o‘zgardi.SeokJinning qo‘llari sekin to‘xtadi.U singlisiga qaradi.Boyadan beri sho‘xlik qilib yurgan qizaloqning ovozida hozir juda g‘alati mung bor edi.

— Sulli…

— Ketmang, aka.

Bu safar ovozi pastroq chiqdi.SeokJin asta uning yoniga kelib o‘tirdi.

— Axir o‘qish uchun ketyapman. Qaytaman-ku.

Sulli boshini ko‘tarmadi.

— Hamma qaytaman deydi.

Bu oddiy gap edi.Lekin negadir SeokJinning yuragini g‘ash qildi.

SeokJin sekin singlisini bag‘riga bosdi. Uning mayda yelkalaridan taralayotgan titroq akasining yuragini ezib yuborgandek bo‘ldi.

— Men qaytaman-ku, — dedi u mayin ovozda. — Nega buncha xavotir olasan? Akalar singlisini tashlab ketmaydi.

Sulli labini tishladi. Ko‘zlari yoshga to‘lib ketgan edi.

— Sizni sog‘inaman…

SeokJinning nigohi yumshadi. U singlisining boshini siladi.

— Men ham sog‘inaman. Ammo majburman.

Bir necha soniya sukut cho‘kdi. So‘ng SeokJin birdan jilmaydi.

— Shunday ekan… kel, va’da beramiz.

Sulli yoshlarini artib unga qaradi.

— Qanday va’da?

— Qaytib kelganimda bir-birimizni qattiq quchoqlaymiz. Keyin esa birga borib eng mazali ponchiklardan yeymiz.

Sulli nihoyat kulib yubordi.

— Kelishdik.

U akasini mahkam quchoqladi.

— Yaxshi dam oling, aka.

Shunday deb asta xonadan chiqib ketdi.

SeokJin esa uzoq vaqt eshikka qarab qoldi. Go‘yo hozirgina berilgan oddiy va’da uning xotirasiga muhrlanib qolgandek edi.U chuqur nafas olib, kiyimlarini yig‘ishtirdi. So‘ng yuvinib kelib karavotiga yotdi.

Sulli ham xonasiga kirib, indamay yuvundi va uyquga tayyorlandi. Tashqarida tun allaqachon sukutga cho‘kkan edi.Ko‘p o‘tmay u uxlab qoldi.Ammo uyqu unga tinchlik olib kelmadi.

Qorong‘i tush yana o‘sha eshikni ochdi.Yana o‘sha tun.Yana o‘sha qo‘rquv.Olti yoshli qizaloqning titrayotgan qo‘llari…Amakisining sovuq nigohi…Sulli tushida ham qichqira olmadi.U birdan uyg‘onib ketdi.

Ko‘zlaridan yosh oqardi. Nafasi bo‘g‘ziga tiqilib, butun tanasi qaltirardi. Qalbida o‘sha eski og‘riq yana tirilgandi.

Bu hissiyot unga uyatli tuyulardi.Shu sabab doimgidek ovozsiz yig‘ladi.Unsiz.Hech kim eshitmaydigan darajada sekin.

So‘ng yana ko‘zlarini yumdi.Go‘yo uxlab qolsa, hammasi yo‘qoladigandek.Lekin u yaxshi bilardi — bu xotira hech qayerga ketmaydi.

Sulli o‘sha voqeadan keyin ko‘p marta o‘zini ishontirishga uringan edi. Ba’zan bo‘lmagan deb o‘ylashga harakat qilardi. Ba’zan esa o‘sha tunni xotirasidan sug‘urib tashlamoqchi bo‘lardi.Ammo tushlari uni doim haqiqatga qaytarardi.Bu sodir bo‘lgan edi.Va u buni unutolmasdi.

Namjon esa aksincha, uning unutishini istardi.Hatto chet eldan qaytib kelgan paytlarida ham Sulliga atay mehribon ko‘rinishga urinardi. Sovg‘alar olib kelar, yumshoq gapirar, go‘yo hech narsa bo‘lmagandek muomala qilardi.

Sulli esa bundan battar nafratlanardi.Yosh bo‘lishiga qaramay, u bir narsani juda yaxshi tushunardi:ba’zi insonlar qilgan gunohini yashirish uchun mehribonlik niqobini taqadi.

Ertasi tong Kimlar qo‘rg‘onida g‘alati sokinlik hukm surardi. Kechagi bazmning shovqini allaqachon yo‘qolgandi. Faqat xizmatkorlarning past ovozdagi qadamlari va hovlidagi mashina tovushi eshitilib turardi.

Kotib Chxve barcha hujjatlar va chiptalarni olib kelgan, haydovchilar esa yuklarni mashinaga joylashtirish bilan band edi.

SeokJin jo‘nab ketishidan avval bir joyga kirishi kerakligini his qildi.U sekin Sullining xonasi tomon yurdi.

Eshikni ehtiyotkor ochganda, Sulli hali uxlayotgan edi. Kechagi dahshatli tush uni holdan toydirgandi. Oqartirilgan pardalar orasidan tushayotgan tong nuri qizning charchagan yuziga urilar, ko‘z atroflaridagi bilinib turgan shishlar esa uning kecha yig‘laganini oshkor etardi.SeokJinning yuragi uvishib ketdi.

U asta singlisining yoniga o‘tirdi-da, uni ehtiyotkor bag‘riga bosdi.

— Men qaytib kelaman, — deb pichirladi u. — Va’damning ustidan chiqaman. Seni yaxshi ko‘raman, singlim.Sulli uyqu aralash biroz qimirladi, ammo uyg‘onmadi.

SeokJin sekin o‘rnidan turdi. So‘ng stol ustidagi Sullining daftarini ko‘rib qoldi. U ruchkani olib, bir necha soniya o‘ylanib turdi-da, yozdi:

"Men qaytib kelaman. Va’damni unutmayman. Seni yaxshi ko‘raman."

U daftarni yopib, xonadan chiqdi.

Pastda esa janob Sohwe va xonim Sofi kutib turishardi.Sohwe o‘g‘lining oldiga kelib uni mahkam quchoqladi.

— Seni yaxshi ko‘ramiz, o‘g‘lim. Yo‘ling bexatar bo‘lsin.

Bu oddiy gap edi. Ammo SeokJin otasining ovozidagi faxrni his qildi.

Sofi esa o‘g‘lini bag‘riga bosgancha uzoq qo‘yib yubormadi.

— Faqat o‘zingni ehtiyot qil…Xolos.

Shundan ortig‘ini aytolmadi.Ko‘zlariga yosh qalqib chiqdi.

SeokJin mashinaga o‘tirgach, oynadan ortda qolayotgan uyiga qaradi. Yuragi siqildi. Ko‘zlari namlandi.Ammo u endi yosh bola emasdi.Hammasini eplashi kerak edi.

Xuddi shu paytda Minlar xonadonida ham jo‘nab ketish taraddudi davom etardi.Mina akasini kuzatish uchun juda erta uyg‘ongan edi. U yugurib Yoongining xonasiga kirdi.

— Akaaa!

Yoongi karavotdan boshini burdi. Mina esa yugurib kelib uni quchoqladi. Yoongi kulib singlisini ko‘tarib oldi.

— Akajon, sizni yaxshi ko‘raman. O‘zingizni asrang.

Yoongi uning beg‘ubor gaplaridan iliq jilmaydi.

— Men ham seni juda yaxshi ko‘raman, singlim.

U Minani ko‘targancha pastga tushayotganida qiz cho‘ntagidan taxlangan qog‘oz chiqarib unga uzatdi.

Yoongi uni ochib qaradi.Bu eski she’r edi.O‘zi yozgan she’r.Bir paytlar otasi yoqib yubormoqchi bo‘lgan qog‘oz.Yoongi hayrat bilan Minaga qaradi.

Mina esa jiddiy ohangda dedi:

— Aka… bilaman sizga aslida biznes yoqmaydi. Qo‘shiqlaringiz juda yaxshi. Shu ishingizni tashlab qo‘ymang. Balki ikkisini ham birga olib borarsiz.

Yoongi bir necha soniya gapira olmadi.So‘ng singlisining peshonasidan o‘pdi.

— Rahmat, Mina.

Mashina oldida yuklar joylashtirilayotgan payt janob Hemin asta o‘g‘lining yoniga keldi.

— O‘g‘lim… ishonchimni oqlaysan deb umid qilaman.

Yoongi jim tinglardi.

— Akangni bilasan. U sendan atigi uch yosh katta, ammo allaqachon mening o‘ng qo‘limga aylangan. Sen esa hanuz orzularing qanotida yuribsan.Yoongining qo‘llari musht bo‘lib tugildi.

Hemin sovuq ohangda davom etdi:

— Akangning darajasiga yetmaguningcha chet eldan qaytib kelmaysan. Bu — mening oxirgi qarorim.

YoonGining ko‘zlari katta ochildi.Bu ularning kelishuvi emasdi.

— Dada…

— Jim.

Heminning qat’iy ovozi uni to‘xtatdi.

— Bu bosim emas. Otaning qarori. Va sen buni hurmat qilasan.

Yoongi indamay qoldi.Ichida nimadir sinayotgandek edi.

Xonim Rian esa o‘g‘lini mahkam bag‘riga bosdi.

— Omad, o‘g‘lim. Seni yaxshi ko‘raman.

Yoongi boshqa biror nima demadi. Mashinaga o‘tirdi va yuzini oynaga burdi.Ko‘zidan jimgina yosh oqdi.Ammo buni hech kim ko‘rmadi. Wobin chiqa olmadi uni kuzatishga ju'rat topa olmadi.

Aeroportda SeokJin va Yoongi bir-biri bilan ko‘rishishdi. Ular bir-birining ko‘zidagi yashirin qo‘rquvni sezishardi, ammo ikkalasi ham buni tilga olmadi.

Oradan ko‘p o‘tmay samolyot havoga ko‘tarildi.Koreya asta-sekin bulutlar ortida qolib ketardi.

Oldinda esa ularni Germaniyadagi mashhur iqtisodiyot akademik tayyorlov markazi — Heidelberg International Academy of Economics kutardi.

Va ular hali bilmasdi:bu safar nafaqat yangi hayot,balki ularning taqdirini butunlay o‘zgartiradigan sinovlar ham boshlanayotgan edi.

Min Wobin (Yoongining Akasi)

Min Wo Bin —19 yoshda, Yoongidan uch yosh katta yigit. U Koreyadagi nufuzli iqtisodiyot universitetlaridan birida tahsil olar, yosh bo‘lishiga qaramay allaqachon biznes olamida nom chiqara boshlagandi. Xarakteri jiddiy, sovuqqon va qat’iyatli bo‘lsa-da, oilasiga nisbatan juda mehribon edi. Ayniqsa singlisi Mina va ukasi Yoongia doim g‘amxo‘rlik qilardi. Ammo so`nggi yilda bunday g`amxo`rlik qila olmadi.

Janob Hemin kompaniyada eng ko‘p aynan Wobinga ishonardi. Shu sabab u allaqachon kompaniyaning teng huquqli aksiyadorlaridan biriga aylangan, hatto ko‘pchilik uni “janob Heminning o‘ng qo‘li” deb atardi. Wobin biznesni chin dildan sevardi va otasining yo‘lidan yurishni istardi. Bu esa uni Yoongidan tubdan farqlab turardi.

Ayni paytda Kimlar qo‘rg‘onida esa og‘ir sukunat hukm surardi.Sulli asta ko‘zlarini ochdi.

Bir necha soniya u qayerdaligini anglolmay shiftga tikilib yotdi. So‘ng birdan akasi bugun ketishini esladi.

U shoshib o‘rnidan turdi-da, xonadan yugurib chiqdi.Uy g‘alati darajada jimjit edi.Na SeokJinning ovozi, na xizmatkorlarning odatdagi shoshqinligi eshitilardi.Sullining yuragi g‘ash tortdi.U tezda akasining xonasiga yugurdi.

Eshik ochiq edi.Ichkarida esa xizmatkor ayollar xona yig‘ishtirayotgan edi. Karavot tartibga keltirilgan, shkaf eshiklari yopilgan, xona esa allaqachon egasisiz bo‘lib qolgandek tuyulardi.

Sulli sekin so‘radi:

— Akam… ketdilarmi?

Xizmatkor ayol ishini to‘xtatib unga achinish bilan qaradi.

— Ha, xonimcha. Siz uxlab qolgan ekansiz.

Shu zahoti Sullining ko‘zlariga yosh to‘ldi.U indamay ortiga chekindi.Go‘yo ichida nimadir bo‘m-bo‘sh bo‘lib qolgandek edi.

— Oyimlarchi?..

— Janob Sohwe va xonim Sofi biznes hamkorlar bilan uchrashuvga ketishdi.

Yana sukunat.Uy juda katta edi.Ammo ayni damda Sulliga u bo‘m-bo‘sh va sovuq qo‘rg‘ondek tuyulardi.U birinchi marta o‘zini chinakam yolg‘iz his qildi.

Sulli sekin xonasiga qaytdi. Yuragi hanuz siqilib turardi. U akasining bo‘m-bo‘sh qolgan xonasidan chiqqanidan beri ichidagi sovuq hissiyot ketmayotgandi.

U stol yoniga kelib daftarini ochdi.Va birdan ko‘zlari yozuvga tushdi.

"Men qaytib kelaman. Va’damni unutmayman. Seni yaxshi ko‘raman."

Sullining ko‘zlari chaqnab ketdi. U daftarni bag‘riga bosib sekin jilmaydi.

— Ahmoq aka…

Ammo shu zahoti kechagi tush xotirasiga urildi.Birdan tanasi muzlab ketgandek bo‘ldi.O‘sha qorong‘i xona…O‘sha sovuq qo‘llar…O‘sha tahdid…

Sulli asta yerga cho‘kdi. Tizzalarini quchoqlagancha pichirladi:

— Nafratlanaman…

Boshqa hech nima deyolmadi.Faqat shu so‘z ichida aylanardi.Nafrat.Qo‘rquv.Uyat.

Sulli uzoq ikkilanib o‘tirgach, kompyuterini yoqdi. Yuragi juda tez urardi. Go‘yo hozir qilayotgan ishi ham katta gunohdek tuyulayotgandi.

Bir necha kun oldin u anonim qizlar guruhida savol qoldirgandi.Bugun esa javoblar juda ko‘paygan edi.

Savol oddiy, ammo dahshatli edi:

"Kimdir seni zo‘rlashi nimani anglatadi?"

Sulli izohlarni birma-bir o‘qiy boshladi.

“Qizaloq, bu nechchi yoshingda bo‘lganini bilmayman-u, lekin juda og‘ir narsa…”

“Agar seni majburlashgan bo‘lsa, bu jinoyat hisoblanadi.”

“Bu ish uchun o‘zingni ayblama.”

“Buni ichingda saqlama, iltimos.”

Sullining qo‘llari titray boshladi.

U uzoq ekranga qarab qoldi-da, nihoyat javob yozdi:

"5-6 yoshimda bo‘lgan edi. Hozir 12 yoshman."

Bir necha soniya ichida yangi javoblar yog‘ila boshladi.

“Voy xudoyim…”

“Senga juda achindim…”

“Bu yoshda bola hali hech narsani tushunmaydi-ku…”

“Kim qilgan buni?”

Sulli labini tishlab yozdi:

"Amakim. Hozir 26 yoshda."

Chat bir zum jimib qolgandek bo‘ldi.Keyin esa birdan hamma yozishni boshladi.

“Bu dahshat…”

“Iltimos, yolg‘iz qolma.”

“Biror ishonchli kattaga aytishing kerak.”

“Qo‘rqma, sen aybdor emassan.”

Ko‘p o‘tmay ulardan biri videochat ochishni taklif qildi.Sulli qo‘rqib turgan bo‘lsa ham, qo‘shildi.

Ekranda turli yoshdagi qizlar paydo bo‘ldi. Kimdir universitet talabasi edi, kimdir maktab o‘quvchisi. Ularning yuzida achinish va xavotir bilinardi.

— Isming nima? — dedi muloyim ovozli qizlardan biri.

— Sulli…

— Sulli, qo‘rqma maylimi? Bu yerda seni hech kim yomonlamaydi.

Sulli shu gapni eshitib yig‘lab yubordi.

— Men… men aytsam u meni o‘ldiradi…

— Yo‘q, — dedi boshqa qiz qat’iy ovozda. — Bu seni qo‘rqitish uchun aytilgan gap. Sen hali kichkina bo‘lgansan.

— Ota-onang biladimi?

Sulli bosh chayqadi.

— Hech kim bilmaydi…

Qizlar bir-biriga qarab qolishdi.

— Necha yil bo‘ldi?

— Olti yilcha…

— Shu vaqt ichida biror marta doktorga borgansanmi?

Sulli nima deyishni bilmay qoldi.

— Yo‘q…

Shunda katta yoshliroq qiz ehtiyotkor ohangda so‘radi:

— Sulli… sog‘lig‘ing yaxshimi? Masalan, odatdagi o‘sish jarayonlaring normal bo‘lganmi?

— Qanaqa?..

Qiz noqulay bo‘lib yo‘talgandek qildi.

— Masalan… hayz ko‘ra boshlaganmisan?

Sulli sekin bosh irg‘adi.

— Ha…

Qizlar yengil tortgandek bo‘lishdi.

— Demak jismoniy tomondan holating joyida ko‘rinadi.

— Eng muhimi, sen hozir xavfsizsan.

— Ammo baribir biror ishonchli katta odam bilan gaplashishing kerak.

Sulli esa faqat jim yig‘lardi.

Bir payt boshqa qiz muloyim ovozda dedi:

— Sulli, yaxshilab eshit. Senga qilingan ish — jinoyat. Bu seni yomon yoki “iflos” qilmaydi. Ayb u insonda.

Sulli shu joyda ko‘zlarini mahkam yumdi.Ammo ichidagi uyat hissi ketmayotgandi.

— Lekin men o‘zimni juda yomon his qilaman… — dedi u titroq ovozda.

— Chunki sen travma olgansan, — dedi qizlardan biri. — Bu normal holat. Lekin sening qadriing kamayib qolmagan.

— O‘zingni ayblama.

— Sen hali ham o‘sha begunoh qizsan.

Sulli yig‘isini zo‘rg‘a bosdi.

— Rahmat…

— Har doim yozishing mumkin.

— Yolg‘iz emassan.

Videochat tugagach, Sulli uzoq vaqt qotib qoldi.So‘ng sekin Facebook oynasini yopdi.Xona yana jimjitlikka cho‘mdi.

Ammo qizlarning ayrim gaplari uning miyasida aralashib ketgandi.

"Bu seni yomon qilmaydi..."

"Sen aybdor emassan..."

Ammo boshqa ovoz ichida kuchliroq yangrardi:

"Uyat..."

"Nomus..."

Sulli asta oynadagi aksiga qaradi.Va birdan o‘zini singandek his qildi.Ko‘zlaridan yosh oqib tusharkan, u pichirladi:

— Qanday qilib endi oddiy yashayman?..

Xizmatkor ayol eshikni asta taqillatdi.

— Kichik xonim… nonushta tayyor bo‘ldi.

Sulli kompyuter ekranidan bosh ko‘tardi. Ko‘zlari qizarib ketgan, yuzi esa oqarib qolgan edi. U sekin o‘rnidan turdi.

Pastga tushayotganida oyoqlari qaltirardi.Boyagi suhbatlar hanuz miyasida aylanardi."Bu jinoyat...""Sen aybdor emassan...""Nomus...""Uyat..."

Har bir gap yuragiga mixdek botayotgandi.Sulli stol qarshisiga kelib o‘tirdi. Xizmatkorlar nonushtani qo‘yib ketishdi. Stol ustida tuxum, tost va issiq choy turardi.

U qo‘liga sanchqini oldi.Tuxumdan bir parcha olmoqchidek bo‘ldi.Ammo qo‘li havoda qotib qoldi.Ko‘ngli ayniyotgandek edi.Yutina olmadi.

Bir necha soniya jim o‘tirgach, sekin sanchqini qo‘ydi va indamay o‘rnidan turdi.

Xizmatkor ayol hayron qarab qoldi.

— Kichik xonim?..

Lekin Sulli javob bermadi.U yana xonasiga chiqib ketdi.Eshikni ichkaridan tambalab oldi.Va karavotiga yiqildi.Bugun u darslarini ham qilmadi.Telefoniga ham qaramadi.Faqat uxlab yotdi.

Go‘yo uyqu ichidagi og‘riqlarni bir muddat bo‘lsa ham o‘chirib yuboradigandek.

Kechga yaqin Kimlar qo‘rg‘oniga xonim Sofi qaytdi.U odatdagidek sumkasini xizmatkorga uzatarkan, beparvo ohangda so‘radi:

— Sulli qayerda?

Xizmatkor ayol biroz ikkilandi.

— Kichik xonim ertalabdan beri xonasidan chiqmadi. Sababini bilmayman… nonushtani ham deyarli yemadi.

Sofining yuzi jiddiylashdi.U qizining bu holatidan ichida asabiylashdi.Sofi farzandlarining ta’limiga juda qattiq qarardi. SeokJin har doim mukammal edi. Shu sabab u Sullining ham ortda qolishini istamasdi.

U darrov yuqoriga chiqdi.Tak.Tak.Tak.

— Sulli.

Ichkaridan javob bo‘lmadi.Sofi qoshlarini chimirdi. Ammo jahlini bosdi.

"Akasi ketgani uchun xafa bo‘lib yuribdi," deb o‘yladi u.U yana pastga tushdi-da, oshxonaga kirib buyurdi:

— Sulli yaxshi ko‘radigan sutli guruch tayyorlanglar.

Shundan so‘ng yana ish hujjatlari bilan band bo‘lish uchun xonasiga chiqib ketdi.

Sulli esa kechga yaqin uyg‘ondi.Xona qorong‘ilashib ketgan edi.U telefoniga qaradi.Soat sakkiz.Qiz birdan cho‘chib o‘rnidan turdi.

— Darslar…

Bugun birorta topshiriq qilinmaganini eslab yuragi siqildi.U onasidan gap eshitishini sezgandek shoshilib daftarlarini ochdi. Bir necha mashqlarni chala bo‘lsa ham yozib chiqdi.

So‘ng yuvinib, asta oshxonaga tushdi.Stol atrofida Sofi o‘tirardi.Ayol qiziga qisqa qarab qo‘ydi, ammo odatdagidek qattiq gapirmadi.

Sulli esa birdan tanish hidni sezdi.Sutli guruch.Uning eng sevimli ovqati.Qiz indamay stolga o‘tirdi.Sofi sokin ovozda gap boshladi:

— Akang ketgani uchun xafasan. Lekin bilib qo‘y, u qaytadi. Ko‘nglingni tushirma.

Sulli sekin bosh irg‘adi.

— Xo‘p…

U ovqatni asta yeya boshladi. Issiq sutli guruch tomog‘idan zo‘rg‘a o‘tayotgan bo‘lsa ham, negadir ichidagi sovuq hissiyot biroz yumshagandek edi.

Ovqat tugagach, Sulli o‘rnidan turdi.

Shunda Sofi yana dedi:

— Darslaringni qilgan bo‘lsang kerak?

Sullining yuragi orqaga tortib ketdi.

— Ha… biroz.

— Keyin chiqib tekshiraman.

— Xo‘p.

Sulli shunday deb deyarli yugurgancha xonasiga chiqib ketdi.Chunki u hali daftaridagi chala javoblarni tugatib ulgurmagan edi.

Sulli xonasiga chiqib, eshikni sekin yopdi. Pastdagi og‘ir kayfiyatni unutishga urinib, daftarlarini oldi. U o‘zini majburlab dars qilishga kirishdi. Matematik misollar, grammatika mashqlari… hech biri miyasiga kirmasdi. Ammo baribir yozardi.

Chunki xato qilishdan qo‘rqardi.Juda qo‘rqardi.U daftariga egilib o‘tirgan payt pastdan bo‘g‘iq baqiriq eshitildi.Otasi.Sulli qotib qoldi.

Keyin asta o‘rnidan turib, eshikni ochdi. Zinadan pastga mo‘raladi.Pastda Sofi va Sohwe bir-biriga qarab turardi. Sofining ko‘zlari qizarib ketgan, Sohwe esa jahl ustida edi.

— Agar hammasi yolg‘on bo‘lsa, nega buncha kech keldingiz?! — Sofining ovozi titrardi. — Ertaroq kelganingizda kam bo‘lib qolarmidi?!

Sohwe birdan ayolining bilagidan qattiq ushladi.

— Ish cho‘zilib ketdi, meni tushun!

— Yo‘q! Siz doim shunday deysiz! Doim aldaysiz!

Janjalning sababi oddiy rashk edi.Bugungi konferensiyada Sohwening kotibi Chxve Sonmin ning rafiqasi Chxve Soi bilan juda yaqin gaplashgani Sofining ichida shubha uyg‘otgan edi. Ayol bu hissini ichiga yutib yurgan, ammo Sohwening uyga kech qaytishi hammasini portlatib yuborgandi.

Sohwening ko‘zlarida ham eski alam uyg‘ondi.

— Menga qara, — dedi u sovuq ohangda. — Esingdami? SeokJin tug‘ilgandan keyin sen Park Sonje bilan juda yaqin eding.

Sofining yuzi oqarib ketdi.

— Men…

— Men o‘shanda senga indamagandim! Hatto uyiga ham qatnarding!

— Men faqat uning rafiqasi bilan yaqin edim!

— Shunga ishonadi deb o‘ylaysanmi?! — Sohwe baqirib yubordi. — Uning qanday odamligini butun biznes olami biladi!

Sofi boshini chayqardi.

— Yo‘q… bunday emas…

Ammo endi Sohwe to‘xtay olmasdi.Yillar davomida yig‘ilgan shubha, rashk va g‘azab bir zumda yuzaga chiqdi.

U birdan zaharli ohangda dedi:

— Xudo biladi… balki Sulli ham mendan emasdir.

Sulli zinada turgan joyida muzlab qoldi.Sofining ko‘zlari katta ochildi. Ayol birdan Sohwening oyoqlariga yiqildi.

— Yo‘q! Men sizga xiyonat qilmaganman! Ishoning! Sulli sizning qizingiz!Sohwe esa uni siltab yubordi.

— Ishonishim kerakmi?!

Uning jahli shu darajaga yetgandiki, u Sofini urib yubordi.Sulli endi chiday olmadi.

— Dada, bo‘ldi!

U yugurib tushib onasining oldiga bordi va otasining qo‘lini ushladi.Sohwe birdan hushiga kelgandek qiziga qaradi. Uning qahrli ko‘zlari bir zum yumshadi.

— Kechir, qizim… bu muammo sen bilan emas.

U egilib Sullining yelkasidan ushladi.

— Xonangga chiq. Buni o‘zimiz hal qilamiz.

Sohwe qizni zinapoya tomon yetakladi-da, ortiga qayrildi.Sofi esa yerda o‘tirgancha Sulliga qaradi.Ammo bu ona nigohi emasdi.Bu g‘azab, alam va aybdor izlayotgan insonning qarashi edi.Go‘yo hamma muammo sababchisi Sullidek.Sulli bu qarashni tushundi.Va indamay yana xonasiga chiqib ketdi.

Sofi bir necha daqiqadan keyin yuzini yuvdi. Oqartirilgan hammom oynasiga qararkan, o‘zidan jirkanayotgandek edi.

Ha.U bir paytlar Park Sonje bilan yaqin bo‘lgan.Ammo bu jiddiy munosabat emasdi.U bilan hech qachon oilasini buzadigan darajada yaqinlashmagan edi.Lekin endi buning ahamiyati qolmagandi.Sohwe unga boshqa ishonmasdi.

Ayolning ichidagi g‘azab esa noto‘g‘ri tomonga burildi.U shiddat bilan Sullining xonasiga kirib bordi.

— Darslaringni qildingmi?

Ovozi sovuq edi.Sulli titrab bosh irg‘adi.

— H-ha…

Sofi uning daftarini ochdi.Har bir satrni diqqat bilan tekshira boshladi.Birdan u bitta grammatik xatoni ko‘rib qoldi.

Va shu zahoti Sullining yelkasidan qattiq chimchidi.

— Nega xato qilding?!

Sulli cho‘chib ketdi.

— Men…

Gapini tugatolmay qoldi.Sofi unga tarsaki tushirdi.

— Xato qilma deganmidim?!

Sullining ko‘zidan yosh oqib tushdi.

— Seni o‘zi turgan-bitganing xato! Keyin hayotda ham xato qilasan!

Sulli yig‘lagancha onasiga yaqinlashdi. Balki quchoqlasa, balki mehr ko‘rsa hammasi yengillashadigandek edi.Ammo Sofi uni qo‘pol siltab tashladi.

— O‘qishingda bir pog‘ona tushsang ham kaltak yeysan, tushundingmi?!

Sulli qaltirab bosh irg‘adi.Sofi esa zaharli ohangda davom etdi:

— Akang kabi bo‘lolmaysan baribir. Sen juda bo‘shsan.

U eshik tomon yurdi-da, oxirgi marta ortiga qaradi.

— Shunday ekan, harakat qil.

Eshik qarsillab yopildi.Xona yana jimib qoldi.Sulli esa yerda yig‘lagancha o‘tirardi.Va shu damda u bir narsani aniq his qildi:bu uyda hech kim uning og‘rig‘ini ko‘rmayotgandi.

Sulli karavoti oldida tiz cho‘kkancha o‘tirardi. Ko‘z yoshlari tinmay oqardi. Nafasi bo‘g‘ziga tiqilib, boshi og‘rib ketgandi.

— Men xatolikman… — deb pichirladi u. — Men aybdorman…

Onasining gaplari qulog‘ida qayta-qayta jaranglardi.

"Seni o‘zi turgan-bitganim xato...""Akang kabi bo‘lolmaysan...""Bo‘shsan..."

Sulli boshini changallab yig‘lab yubordi.Unga rostdan ham butun hayoti bulg‘angandek tuyulardi. Yoshligi ham, kelajagi ham, qalbi ham.Go‘yo u tug‘ilganidan beri noto‘g‘ri insondek.

Bir necha daqiqadan keyin u asta o‘rnidan turdi. Stol yoniga borib ruchkasini qo‘liga oldi.Sovuq daftar sahifalariga misollar yozishni boshladi.

Bir misol.Yana bir misol.Yana…Ammo endi unda bolalarga xos qiziqish qolmagandi.Na orzu.Na mehr.Na o‘zini sevishga kuch.Na boshqalarni sevishga.Faqat qo‘rquv va majburiyat.

Go‘yo u endi yashash uchun emas, shunchaki xato qilmaslik uchun yashayotgandek edi.

Tun soat ikkidan o‘tganda Sulli yana Facebook akkauntiga kirdi.Qizlar hanuz guruhda yozishayotgan edi. Uni online ko‘rishlari bilan birdan yozishmalar boshlanib ketdi.

“Sulli, yaxshimisan?”

“Bugun qalaysan?”

“Yig‘lama, maylimi?”

Sulli uzoq qarab turdi-da, bugungi voqealarni yozib yubordi.

Otasi va onasining janjalini.Onasining urganini.O‘zini yomon his qilayotganini.

Va oxirida bitta gap yozdi:"Yashagim kelmayapti..."

Chat bir zum jim bo‘lib qoldi.Keyin qizlar ketma-ket yozishni boshlashdi.

“Iltimos, o‘zingni qo‘lga ol.”

“Hozir juda og‘ir tuyulyapti, lekin bu o‘tib ketadi.”

“Sen aybdor emassan.”

“Yolg‘iz qolma.”

“Shunchaki nafas ol va dam ol.”

Sulli esa ekranga bo‘sh qarab o‘tirardi.U hech narsani his qilmayotgandek edi.

Keyin sekin yozdi:"Men akkauntimni muzlataman. Hozir o‘qishim muhim."

Qizlar bu gapdan biroz tinchgandek bo‘lishdi.

“Mayli… lekin o‘zingni asra.”

“Joningni avayla.”

“Qaytib kelgin.”

“Sen kuchlisan.”

Sulli esa faqat qisqa javob yozdi:

"Rahmat."

Shundan so‘ng u akkauntini o‘chirib yubormadi.Uni o‘n yildan keyin qayta tiklash mumkin bo‘ladigan qilib muzlatdi.Go‘yo shu bilan bugungi og‘riqlarni ham muzlatib qo‘ymoqchidek.Kompyuter ekrani o‘chgach, xona qorong‘uga cho‘mdi.

Sulli yostiqqa yuzini bosdi.Va juda past ovozda pichirladi:

— Men faqat o‘qish va yashash uchun tug‘ilgan ekanman…

Ko‘zlaridan yosh yana oqdi.

— Akamga ham… boshqalarga ham yeta olmayman…

U chuqur yutindi.

— Omadsizman.

Bir necha soniya sukut saqladi.So‘ng o‘ziga qasam ichgandek pichirladi:

— Bugundan boshlab bu sirni hech kimga aytmayman. Aytsam… hammasi tugaydi.

Sulli hali bitta haqiqatni bilmasdi:inson qalbini yemiradigan eng xavfli narsa — og‘riqning o‘zi emas.Uni yolg‘iz ko‘tarishga urinishdir.

Sulli oxiri yig‘idan holdan toyib uxlab qoldi.

Xonani qorong‘ulik qurshab oldi. Ulkan qo‘rg‘on tun sharpasi ostida jimjit yotar edi. Yo‘laklardagi qimmat qandillar o‘chirilgan, xizmatkorlar allaqachon uyquga ketgan, devor soatining mayin chiqillashi esa sukunatni yanada chuqurlashtirardi.

Bu uyda hamma uxlayotgandi.Faqat og‘riqlar uyg‘oq edi.

Ertalab soat 05:00.

Sulli sekin ko‘zlarini ochdi. Bir necha soniya shiftga tikilib yotdi-da, chuqur xo‘rsinib o‘rnidan turdi.U indamay vannaxonaga kirib ketdi.

Sovuq suv jo‘mragini ochishi bilan muzdek tomchilar badaniga urildi. Tanasi seskanib ketdi, ammo u suvni o‘chirmadi.

Aksincha, ko‘zlarini yumgancha suv ostida qotib turdi.Go‘yo sovuq tanasidagi og‘riqlarni muzlatib yuboradigandek.Go‘yo ichidagi tartibsizlikni yuvib tashlamoqchidek.Ammo qalbdagi yaralar suv bilan ketmasdi.

Ayni damda Germaniyada soat tungi 22:00 edi.

Koreyadan yetti soat ortda qolgan boshqa bir tun.

Heidelberg International Academy of Economics yotoqxonasida SeokJin stol ustiga egilgancha dars qilardi. Qo‘lidagi ruchka qog‘oz ustida tez harakatlanar, u formulalar va iqtisodiy hisob-kitoblarga berilib ketgandi.

Yoongi esa boshqa ahvolda edi.U kitob ochib o‘tirgan bo‘lsa-da, fikri umuman darsda emasdi.Otasi.Wobin.Studiyasi.Majburiyatlar.

Hammasi miyasida bir-biriga qorishib ketgandi.

"Men ham akam kabi bo‘la olamanmi?"

"Hech qachon menga u kabi ishonishmagan..."

"Faqat Koreyaga eson-omon qaytay..."

"O‘qishni yaxshi tugataman… keyin studiyamni qaytarib olaman..."

"O‘shanda meni 16 yoshli bola deb ko‘rishmaydi."

Yoongi chuqur xo‘rsindi.U charchagandi.Faqat tanasi emas — ruhi ham.

SeokJin esa do‘stining o‘ychan yuziga qarab qo‘ydi.

— Hoy, yana nimalarni o‘ylayapsan?

Yoongi bosh ko‘tarmadi.SeokJin kulimsirab oldidagi qog‘ozni unga uzatdi.

— Undan ko‘ra mana bularni bajar.

Yoongi indamay qog‘ozni oldi. Bir necha soniya tikilib turdi-da, oxiri ruchkasini qo‘liga oldi.SeokJin esa yana o‘z ishiga qaytdi.Tun anchagacha davom etdi.

Oxiri barcha topshiriqlar tugagach, ikkalasi ham charchoqdan uyquga ketishdi.

Koreya.

Sulli yuvinib bo‘lgach, nonushta qildi. Stol yonida uzoq o‘tirmadi. Deyarli maktab vaqti bo‘lib qolgan edi.

U sumkasini olib, odatdagidan ertaroq uydan chiqib ketdi.Tonggi havo hali salqin edi. Yo‘llarda odam kam, osmon esa oqarib kelayotgan edi.

Sulli maktab tomon yurarkan, ichida o‘ziga va’da berdi:

"Bugundan boshlab hech kim bilan ishim yo‘q."

"Faqat o‘qish."

"Faqat yashash."

U qadamlarini tezlatdi.Ammo qancha urinmasin, miyasi tinchimayotgandi.Onasining gaplari.Kechagi chat.Akasining ketishi.

Va eng yomoni—o‘tmish.U hamon ortidan soyadek ergashib kelardi.

Muallifdan: Bir kitob o`qigan edim nomi: Men: bas qil ey nafs!

Unda shunday deyilgandi: - Nafs balodir, nafs dushmandir, u hech qachon tin olmaydi. Har birimizda nafs bor, u biz bilan nafas oladi. Faqatgina nafsni yenganlargina, o`zliklari bilan yashay olishadi.

1-qism tamom.