Muzlagan Atirgul Final
Shaharning eng dabdabali ziyofat zali chiroqlar yog‘dusi va qimmatbaho atrlar hidiga burkangan edi. Eshiklar keng ochilib, ichkariga Teyon, Rina va ustiga qimmatbaho oq ko‘ylak kiygan Yusin kirib kelishdi.
Rina qizining qulog‘iga pichirlab, yuzidagi g‘olibona tabassumni yashira olmasdi.
— Yusin, haqiqatan ham ajoyibsan Bor-yo‘g‘i 15 kun ichida Jung Group bilan ulkan shartnoma tuzishni uddalading. Oying sening sharofating bilan nihoyat dadangning yonidan qonuniy joy oldi.
Yusin kibr bilan atrofga qaradi — Oyi, baxtli kunlarimiz endi boshlanyapti. Hali hammasi oldinda.
Ular zal o‘rtasiga kelishganda, barcha mehmonlar o‘rinlaridan turib, ularni olqishlay boshlashdi. Atrofdan xushomadgo‘ylarning ovozi eshitilardi.
— Bu o‘sha kichik xonim Se Yusin emasmi? Katta xonimdan ham chiroyli ekan-a?
— Qobiliyatlari ham tahsinga loyiq Janob Se, haqiqatan ham juda omadlisiz.
Yusin soxta ma’sumlik bilan ta’zim qildi.
— Rahmat... Lekin opamdan o‘rganishim kerak bo‘lgan narsalar hali juda ko‘p.
— Kichik xonim juda kamtar ekan, — dedi mehmonlardan biri hayratlanib, keyin Rinaga yuzlandi. — Se xonim, sizni ilk ko‘rishdayoq qanchalik mehribon va fazilatli ayol ekanligingizni tushundim. Shunday mukammal qiz tarbiyalaganingiz maqtovga loyiq.
Rina faxr bilan Teyonning qo‘lidan tutdi.
— Rahmat. Yaqinda bo‘lib o‘tadigan to‘yimizda barchangizni kutamiz.
— Barchangiz kelishingiz shart — deb qo‘shildi Teyon ham o‘zini dunyoning eng baxtli erkagidek his qilib.
Zal chekkasida turgan Wang xonim bu ikkiyuzlamachilikni ko‘rib, ensasini qotirdi va yonidagilarga eshitiladigan qilib sovuq piching qildi.
— 15 kun ichida faqat bitta shartnoma tuzishni uddaladi, xo‘sh, bu nimani o‘zgartiradi? Agar Sanyao xonim bo‘lganida, shu vaqt ichida o‘nta shartnoma tuzgan bo‘lardi. Uni Sanyao xonim bilan solishtirish shunchaki jirkanch U hech qachon Sanyao xonimga teng kela olmaydi. Hatto qayta tug‘ilsa ham, bu imkonsiz.
Bu gapdan so‘ng atrofga bir muddat og‘ir sukunat cho‘kdi. Teyon, Rina va Yusin bu gapni eshitmaganga olib, o‘zlari uchun zaldagi eng to‘rdan ajratilgan stullarga o‘tirishdi.
Zalning ikkinchi qavatidagi VIP balkonda Yoongi va Sanyao turardi.
Yoongi Sanyaoning yelkasidan quchib, pastdagilarga qaradi.
— Xavotir olma. Odamlarimga aytdim, hozir internetda Trend mavzusini butunlay sotib olishdi. Portlash boshlanadi.
Pastda esa Teyon mikrofonni qo‘liga olib, sahnaga chiqdi.
— Hammangizga rahmat Barcha muhim ishlaringizni tashlab, Se Groupning bugungi maxsus ziyofatiga kelganingiz uchun sizlardan minnatdorman. Bugun sizga kompaniyamizning yangi umidi, kichik qizim Se Yusinni rasman tanishtirmoqchiman.
Yusin o‘rnidan turib, sahnaga chiqdi va mikrofonga jilmaydi.
— Yusin bor-yo‘g‘i o‘n besh kun ichida kompaniya foydasini ellik foizga oshirdi — dedi Teyon g‘urur bilan. — Shuning uchun direktorlar kengashi bilan birgalikda, bugun uni rasman kompaniya...
Teyon gapini tugatishga ulgurmadi. Zal ichidagi barcha mehmonlarning, shuningdek, yuzlab jurnalistlarning telefonlariga ketma-ket daxshatli bildirishnomalar kela boshladi. Hamma hayron bo‘lib telefonlarini qo‘liga oldi.
— Bunga qarang Bu nima? — zalda shivir-shivir va shovqin ko‘tarildi.
Jurnalistlardan biri darhol o‘rnidan turib, mikrofonini Teyon va Yusinga tutdi.
— Janob Se Hozirgina tarqalgan rasmiy hujjatlarga ko‘ra, noqonuniy qizingiz Se Yusin moliya bo‘limida yuksalish uchun vijdonsizlarcha noqonuniy hamkorlik qilgani va barcha eski yetkazib beruvchilarga milliardlab zarar yetkazgani fosh bo‘ldi Buni qanday tushuntirasiz?
Boshqa bir jurnalist oldinga yugurib keldi.
— Se Yusin xonim Jung Group vakilidan katta miqdorda pora olganingiz tasvirlangan mana bu video yozuvlar haqida nima deysiz?
Rina va Yusin dahshat ichida telefonlariga qarashdi. Ekrandagi videoda Yusinning chamadondagi pullarni hidlab, Sanyaoni haqorat qilayotgan har bir soniyasi aniq-tiniq ko‘rinib turardi. Yusinning rangi oqarib, qo‘lidagi mikrofon yerga tushib ketdi. Rina esa qo‘rquvdan titray boshladi.
— Navbat menga keldi, — dedi Sanyao pastga qarab.
Yoongi uning bilagidan tutdi — Men ham sen bilan birga tushaman. Ularni birga yakson qilamiz.
Sanyao uning qo‘lini mayinlik bilan olib tashladi, ko‘zlarida faqat o‘ziga bo‘lgan cheksiz ishonch bor edi.
— Shart emas, Yoongi. O‘zim hal qilaman. Bu mening shaxsiy qasosim.
Sanyao zinapoyalar tomon yurdi.
Zal ichidagi shovqin-suron cho‘qqisiga chiqqan edi. Jurnalistlar xuddi o‘ljasiga tashlangan bo‘rilardek sahnaga yopishishdi. Ulardan biri mikrofonini Teyonning yuziga yaqinlashtirib, baland ovozda so‘radi.
— Janob Se Bu tarqalgan dalillar bilan aloqador biror fikringiz bormi?
Teyon yuzidagi terni artib, mikrofonni yulib olgudek bo‘lib gap boshladi.
— Yolg‘on Bu shunchaki tuhmat Bu raqiblarimizning kompaniyamiz obro‘sini to‘kish uchun ataylab sotib olgan soxta videolari Iltimos, bunday asossiz xabarlarga ishonmang.
Zaldagi mehmonlar bir-biriga qarab shivir-shivir qilishdi.
— Nima, rostdan ham soxtamikan?
— Shuncha dalilni qanday soxtalashtirish mumkin?
Jurnalist Teyonning gapidan qoniqmay, yanada o‘tkirroq savol bilan uning yo‘lini to‘sdi.
— Lekin Se Group ustidan rasman arz qilgan barcha eski yetkazib beruvchilarning IP manzillari va shartnoma raqamlari ham har bir video ostiga yuklangan Bunga nima deysiz? Bu ham soxtami?
Yusin endi chiday olmadi. U mikrofonga qarab baqirdi
— Hammasi soxta Bu insonlar faqat oilamizning boyligiga va mening muvaffaqiyatimga hasad qilyapti Boylikdan nafratlangan bir nechta kambag‘allar birlashib, bizning dabdabali ziyofatimizni barbod qilishga harakat qilyapti, xolos.
Yusin daxshat va g‘azab ichida dadasining kostyumidan qattiq tortdi.
— Dada Hoziroq biror narsa ayting, bularni o‘chiring.
Teyon qo‘llarini ko‘tarib, olomonni tinchlantirishga urindi.
— Iltimos... hammangiz biroz tinchlaning. Men Direktorlar kengashi prezidenti sifatida bu masalani shaxsan aniqlayman. Hozir men...
Shu soniyada Teyonning qo‘lidagi mikrofon ovozi butunlay o‘chib qoldi. Zal chiroqlari bir silkindi-da, barchaning diqqati kirish eshigiga qaratildi.
Sanyao raqiblari turgan joyga yetib keldi — Hammaga salom. Ko‘rishmaganimizga ham ancha bo‘lib ketibdi, shunday emasmi?
Hamma daxshat ichida Sanyaoga tikilib qoldi Rinaning rangi oqarib, o‘rindig‘iga yiqilgudek bo‘lib o‘tirdi, yuragi urishdan to‘xtagandek edi. Teyonning ko‘zlari kosasidan chiqib ketayozdi.
Jurnalistlar darhol Sanyaoning atrofini o‘rab olishdi, kameralar to‘xtovsiz chaqnay boshladi.
— Se xonim Siz avtohalokatda vafot etmadingizmi? Internetdagi xabarlar nima edi?
Sanyao jurnalistlarga qarab xotirjamlik bilan bosh irg‘adi.
— E’tiboringiz va xavotiringiz uchun rahmat. Ko‘rib turganingizdek, omadim bor ekan... o‘sha katta falokatdan tirik chiqishni uddaladim.
Yusinning butun tanasi titray boshladi. U xuddi qarshisida arvoh turgandek daxshatga tushgan, nafasi bo‘g‘ilayotgandi. U o‘zini tutolmay Sanyaoga yaqinlashdi va baqirib yubordi.
— Se Sanyao Sen o‘lmadingmi? Bu... bu qanday bo‘lishi mumkin?
Sanyao singlisiga qaradi, nigohi pichoqdek o‘tkir edi.
— Qanday o‘lmadim? Nima, mening tirikligimni ko‘rib, barcha umidlaring puchga chiqqandek ko‘rinyapsan, Yusin?
Yusin atrofga qarab, jurnalistlar oldida o‘zini oqlash uchun vahshiyona kulib yubordi va Sanyaoga barmog‘ini o‘qtaldi.
— Ha Endi hammasi tushunarli Agar o‘lmagan bo‘lsang, nega o‘zingni o‘lgan qilib ko‘rsatding? Bularning hammasi sening o‘yining Sen sening Se Group Prezidenti maqomingni tortib olganim uchun mendan nafratlanyapsan Shuning uchun meni xalq oldida ayblash, bugungi ziyofatni barbod qilish uchun o‘sha soxta xabarlarni va videolarni ataylab o‘zing tarqatding Hammaga yolg‘on gapiryapsan.
Sanyaoning muzdek nigohi Yusinning jazavaga tushgan yuziga qadaldi. U zarracha hayajonsiz, har bir so‘zini donalab, butun zal eshitadigan ohangda gapira boshladi.
— Men seni ayblayapmanmi, Yusin? O‘sha yangi hamkorlarimizdan millionlab pora olding... Buni senga men buyurdimmi? Yoki o‘sha sen olgan poralar menga berildimi? Mahsulot tannarxini yarmiga tushirib, zavodlarimizga eng sifatsiz xomashyo yetkazib berishni, yetkazib beruvchilarga past sifatli mollarni o‘tkazishni ham senga men aytdimmi?
Yusin tamomila es-hushini yo‘qotib, baqirib yubordi.
— Yolg‘on gapirma Men bu yerda kompaniya xarajatlarini tejash yo‘lini qidiryapman, xolos Mana, hisobotlarni ko‘ringlar, kompaniya foydasi hech ham kamaymadi Se Sanyao, bu yerda yagona va haqiqiy muammo — sensan Mening xonamga yashirin kamera qo‘yib, o‘sha videolarni internetga yuklab, ataylab muammoni kattalashtirding Shunchalik xohlaysanmi Se oilasining boshiga balo kelishini? Shunchalik ko‘ra olmaysanmi mening muvaffaqiyatimni?
U o‘zini himoya qilaman deb shunchalik hayajonlanib ketgandiki, og‘zidan chiqqan gapni o‘zi nazorat qilolmay qoldi. Jurnalistlardan biri uning so‘zlaridagi qopqonni darhol ilib oldi va kamerani Yusinga to‘g‘rilab, ovozini balandlatdi.
— Se Yusin xonim Demak, o‘sha videodagi odam haqiqatan ham siz ekanligingizni, hamkorlardan pora olganingizni, narxlarni ataylab tushirganingizni va yetkazib beruvchilarga sifatsiz mahsulot sotganingizni hozir ommaviy axborot vositalari qarshisida tan olyapsiz, shundaymi?
Yusin o‘z tuzog‘iga o‘zi tushganini anglagach, ko‘zlari qon kaftidek bo‘rtib chiqdi. U jurnalistning ustiga bostirib bordi.
— Jim bo‘l Oyiga bor-yo‘g‘i uch ming von maosh oladigan bir kambag‘alsan Menga bunday savol berishga nima haqqing bor? Agar yana bir marta menga qarshi yolg‘on gapirsang, otamning kuchi bilan sening butun boshli agentligingni yer bilan bitta qilib, yo‘q qilib yuboraman Hozir inson huquqlari ustun boʻlgan zamondamiz Hech qanday rasmiy dalilsiz odamni ayblash — ochiqchasiga tuhmat hisoblanadi.
Sanyao singlisining bu chorasiz va yirtqich holatiga qarab, sekin o‘sha tomonga kela boshladi.
— Dalilmi? — Sanyaoning lablarida dahshatli bir tabassum yugurdi. — Kim senga mening qo‘limda dalilim yo‘q dedi, Yusin? Mana senga dalil.
Sanyao to‘xtab, baland ovozda qarsak chaldi.
Zalning asosiy kirish eshiklari shiddat bilan ochildi. Ichkariga o‘nlab namoyishchilar yopirilib kirib kelishdi. Ularning qo‘llarida Se Groupning sifatsiz mahsulotlariga qarshi mutlaqo boykot, Iflos shartnomalar bekor qilinsin, Pora-xo‘r Se Yusin javobgarlikka tortilsin deb yozilgan ulkan plakatlar bor edi. Kameralar to‘xtovsiz chaqnab, bu manzarani jonli efirga uzatmoqda edi.
Yusin Atrofga qarab, jon achchig‘ida zal qo‘riqchilarini chaqira boshladi.
— Qo‘riqchilar? Qo‘riqchilar qayerda? Qayerga ketdi hammasi? Hoziroq bularning hammasini ushlang va tashqariga uloqtiring.
Har tomondan chaqnayotgan kameralar va norozi olomonning baqiriqlari ostida Teyon bor obro‘sini saqlab qolishga urindi. U Sanyaoga qarab, xuddi kuyunotgan otadek yuziga soxta ma’yuslik quydi.
— Sanyao... bular sening sahnalashtirgan o‘yining, sen sotib olgan aktyorlar emasmi? Meni juda xafa qilyapsan, qizim... Nahotki o‘z oilangga qarshi borib, Se Groupning kasod bo‘lishini xohlayotgan bo‘lsang?
Yusin ham dadasining gapini ilib ketdi. U Sanyaoga barmog‘ini bigiz qilib, jazavaga tushdi.
— Opa, sen haqiqatan ham telbasan Men bor-yo‘g‘i 15 kun ichida sendan ancha yaxshi ekanligimni isbotlaganim uchun menga hasad qilyapsan Shuning uchun ataylab ko‘chadan odam yollab, Se Groupni va mening nomimni qoralamoqchisan.
Bu gapni eshitgan namoyishchilar va jabrlangan xaridorlar yanada g‘azab otiga minishdi. Plakat ko‘targan erkaklardan biri oldinga chiqib, Yusinga qarab baqirdi.
— Yolg‘on gapirma Qanaqa aktyor? Men sizlarning kompaniyangizdan yarim oydan ham kamroq muddat oldin ulgurji mahsulot sotib oldim va hammasi yaroqsiz boʻlib chiqdi, buzildi Agar bu ochiqchasiga firibgarlik bo‘lmasa, nima unda?
Uning ortidan yana bir ayol qo‘shildi.
— Aynan shunday Se Yusin, sen mutlaqo foydasizsan Sen kompaniya prezidenti bo‘lganingdan beri biz olgan mahsulotlarda turli jiddiy muammolar chiqyapti. Agar ishonmasang, hozirning o‘zida rasmiy xaridlar ro‘yxatini butun dunyoga ko‘rsatishimiz mumkin Bundan tashqari, menda omboringizdagi yaroqsiz xomashyolarni isbotlaydigan videolar ham bor.
Zal daxshatli shovqinga to‘ldi. Yusin o‘zini yo‘qotib qo‘ygan holda Teyonning yengidan yopishdi.
— Bunday bo‘lishi mumkin emas... Dada, bularning hammasi Se Sanyao pul berib sotib olgan aktyorlar Ularga ishonmang, hammasini haydang.
Sanyao esa bu chorasiz urinishlarni jimgina kuzatib turardi. U sekin qadam tashlab, zal markazidagi ulkan monitor yoniga keldi. Lablarida g‘olibona bir tabassum o‘ynadi.
— Se Teyon, ko‘rib turibman, qizingiz sizdan hech ham ortda qolmabdi. Xuddi siz kabi ochko‘z, xuddi siz kabi vijdonsiz... Agar gaplarimga ishonmayotgan bo‘lsangiz, keling, mana bu videoga birgalikda qaraymiz.
Sanyao qo‘lidagi pult tugmasini bosdi. Shu soniyada zal to‘ridagi ulkan monitor yorishib, unda kameraga olingan tasvirlar paydo bo‘ldi.
Monitorda Jung Group rahbari janob Jung va Yusinning maxfiy uchrashuvi yaqqol ko‘rinib turardi. Janob Jung stol ustiga pul bilan to‘ldirilgan qora chamadonni qo‘ydi va Yusin bilan qo‘l berib ko‘rishdi. Janob Jung xonadan chiqib ketishi bilan, ekrandagi Yusin ochko‘zlik bilan chamadonni ochib, pullarni quchoqlagancha, ularni hidlab zavqlanardi. Video shunchalik tiniq va shunchalik aniq ediki, uni soxta deb oqlashning mutlaqo iloji yo‘q edi.
Rina va Teyon monitorga qarashdi-yu, tillari kalilmaga kelmay, qotib qolishdi. Rina daxshatdan qo‘llari bilan og‘zini yopib oldi. Yusinning esa oxirgi umidlari ham parcha-parcha bo‘lgan edi.
Jurnalistlardan biri kameraga qarab, jonli efirda hayajon bilan gapira ketdi.
— Ko‘rib turganingizdek, Se Groupning yangi rahbari Se Yusin shaxsiy manfaati va pul uchun butun xalq xavfsizligini xavfga qo‘yib, sifatsiz mahsulotlardan foydalangan.
U yonidagi operator sherigiga o‘girilib, yuzida mislsiz hayajon bilan pichirladi.
— Tez bo‘l Bor, boshliqqa tezroq ayt, qo‘limizda portlovchi, daxshatli xabar bor de.
Sherigi unga qarab, kamerani sahnadagi Se oilasining sharmandali yuzlariga yaqinlashtirar ekan, javob berdi.
— Bu shubhasiz, yilning eng shov-shuvli, eng katta xabari bo‘ladi Se Group tamom bo‘ldi.
Yusin monitordagi videoga qaraganicha, vahima ichida baqirdi.
— Yolg‘on gapirmang Bu video montaj Dada, ularga ishonmang — u titroq barmog‘i bilan Sanyaoga ishora qildi. — Bularning hammasini o‘sha qildi U meni yo‘q qilishni xohlayapti.
Teyonning sabr kosasi to‘lib bo‘lgandi. U shiddat bilan o‘rnidan turdi va Yusinning yuziga qattiq tarsaki tushirdi. Yusin daxshat va og‘riqdan qotib qoldi. Rina darhol qizining yoniga yugurdi, Teyon esa ko‘zlarida g‘azab va nafrat bilan baqirdi.
— Sen ahmoq Yaramas qiz Bunchalik pastkashlikka borish uchun seni kim majburladi?
Rina yig‘lab, Teyonning oldini to‘sdi.
— Teyon, azizim, iltimos Yusin buni yomon niyatda qilmadi, u buni faqat oilamiz uchun, kompaniyamiz foydasi uchun qildi.
Teyon uni itarib yubordi — Jim bo‘l.
U Sanyaoning oldiga keldi. Sanyao esa g‘olibona, sovuqqonlik bilan otasiga tikilib turardi. Teyonning ovozi biroz yumshadi, ammo unda o‘sha tanish ikkiyuzlamachilik bor edi.
— Sanyao... Sen buni hal qila olasan, to‘g‘rimi? Sen aqllisan, barchasini iziga tushirib, kompaniya obro‘sini saqlab qolasan...
Sanyao kinoya bilan kulib qo‘ydi va qat’iy ohangda javob berdi.
— Uzr so‘rayman, Se Teyon, lekin xohlamayman.
Sanyao otasiga bir qadam yaqinlashdi, uning nigohlarida yillar davomida to‘plangan dard va g‘azab bor edi.
— Se Teyon, men o‘sha avtohalokatdan omon chiqdim. O‘sha paytdan boshlab bir marta bo‘lsin meni qidirdingizmi? Oyimning o‘limiga yetti kun ham bo‘lmasdan, o‘sha mashuqangizni va uning noqonuniy qizini uyga olib keldingiz. Hozir esa, o‘sha mashuqangizni kompaniya ziyofatiga, butun dunyo oldida xonim sifatida olib kelyapsiz Oyimga nisbatan biron marta bo‘lsa ham vijdon azobi his qildingizmi?
— Siz ahmoq, qobiliyatsiz, ikkiyuzlamachi va kibrli bir otasiz Hozir qaysi yuz bilan noqonuniy qizingizning iflosliklarini tozalashimni so‘rayapsiz?
Teyon hayrat va g‘azabdan qaltirab — Sen... sen nima deyotganingni bilasanmi?
Sanyao davom etdi — Meni foydasiz bir qiz deb hisoblaysizmi? To‘g‘ri, haqsiz. Endi sizning iflos ishlaringiz bilan shug‘ullanishni istamayman. Kompaniyaning barcha ishlarini va muammolarini o‘zingizga, sizga shunchalik yoqimli bo‘lgan kichik qizingizga topshiraman. Umid qilamanki, endi o‘sha kichik qizingizni himoya qilishni va Se Groupni bu botqoqdan chiqarishni uddalaysiz.
Zal ichidagi shovqin endi boshqarib bo‘lmas darajaga yetgandi. Teyonning yoniga Nari rangi o‘chgan holda yugurib keldi va uning qulog‘iga pichirladi.
— Prezident Se, juda yomon xabar Kompaniya aksiyalari halokatli darajada pastlash arafasida.
Teyon g‘azabdan bo‘g‘ilib, uning yoqasidan olgudek bo‘ldi.
— Shoshil Hoziroq barcha bo‘sh mablag‘larni ishga solib, aksiyalarni sotib ol Aksiyadorlarning kompaniyaga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishiga yo‘l qo‘ymayman Aks holda ular o‘z aksiyalarini ommaviy sotishni boshlaydi va biz tamom bo‘lamiz Yana nima muammo bor, gapir?
Nari titrab-qaqshab, ko‘zlarini yerga qadadi.
— Katta xonim... kimdir kompaniya pullarini o‘zlashtirayotganini isbotlovchi hujjatlarni taqdim etdi. Shuning uchun u sud qarori bilan kompaniyaning barcha bank hisoblarini bloklatib qo‘ydi Kompaniya pullariga endi tega olmaymiz, janob...
Teyon xuddi boshiga to‘qmoq yegandek bo‘ldi. U bor ovozi bilan baqirdi.
— Sanyao Se Groupning kasod bo‘lishini, otangni ko‘chada qolishini shunchalik xohlayapsanmi?
Sanyao o‘girilib, otasiga qaradi. Uning nigohida na achinish, na g‘azab bor edi — faqat cheksiz bir sovuqlik.
— Se Yusin kompaniya pullarini o‘zlashtiradigan darajada ahmoq bo‘lmaganida, men ham kompaniya hisobini bloklash uchun bunday qulay fursat topa olmasdim. Se Teyon, Se Groupni mutlaqo yo‘qotganingizdan so‘ng... siz va Yusin endi o‘zingizsiz. Sizlarni hech kim qutqara olmaydi.
Shu soniyada Teyon ko‘kragini changallab qoldi. Yuragidagi keskin og‘riqdan nafasi qaytib, kursiga yiqildi.
Yusin qo‘rqib ketganidan dadasining yoniga yugurdi.
— Dada! Dada, men bunday bo‘lishini xohlamagandim Men shunchaki...
Teyon bor kuchi bilan Yusinni o‘zidan itarib yubordi, uning ko‘zlarida qizinga nisbatan nafrat yonardi.
— Yo‘qol Sen foydasizsan Hech bir ishga yaramaydigan la'nati ahmoqsan Kompaniyamni yakson qilding.
Rina erining tepasiga kelib, yig‘lay boshladi — Teyon O‘zingizni bosing, iltimos.
Yusin esa dadasidan eshitgan bu gaplaridan so‘ng, g‘azab va alamdan aqldan ozgudek bo‘ldi. U ko‘z yoshlarini artib, shiddat bilan Sanyaoning ro‘parasi yetib bordi.
— Sanyao Sen mening oilamni yo‘q qilishni hatto xayolingga ham keltirma Eshityapsanmi, bunga yo‘l qo‘ymayman.
Rina ham qizining ortidan yugurib keldi va kutilmaganda Sanyaoning qarshisida tiz cho‘kib, uning ko‘ylagiga yopishdi.
— Sanyao... mendan nafratlanishingni bilaman. Mayli, meni ur, jahl qil, hammasini qabul qilaman Sening oldingda gunohim ko‘p... Lekin xolang sifatida sendan iltimos qilaman, endi qasos olishni to‘xtat Dadangni va singlingni tinch qo‘y... Biz axir bir oilamiz-ku, Sanyao.
Sanyao yig‘layotgan o‘gay onasiga va nafrat bilan qarab turgan singlisiga qaradi. Oila degan so‘z uning qulog‘iga eng jirkanch haqoratdek eshitildi. U qo‘riqchilarga qisqa buyruq berdi.
— Ikkisini ham hoziroq ko‘chaga uloqtiring.
Qo‘riqchilar soniyalar ichida Rina va Yusinni tutib, sudrab keta boshlashdi. Yusin bor ovozi bilan baqirib, qarshilik ko‘rsatishga urinar, oyoqlarini yerga tirgashga harakat qilardi.
— Qo‘yib yuboring Ketmayman Men Se Group Prezidentiman Eshityapsanmi, Se Sanyao, men bu yerning rahbariman Qanday qilib meni o‘z kompaniyamdan haydaysan? Qo‘llaringni tort.
Biroq uning bu faryodlariga hech kim e'tibor bermadi.
Sanyao sudrab olib ketilayotgan Yusinning qarshisiga yaqinlashdi. Uning nigohida nafrat ham yo‘q edi, faqatgina tugab borayotgan o‘yin qo‘g‘irchog‘iga bo‘lgan cheksiz jirkanish.
— Xohlasang ishon, xohlasang ishonma... Men eng boshidan beri sen uchun to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgan edim. Ammo u yo‘ldan yurishni istamagan, sensan, Yusin.
Yusin vahshiyona tirjaydi. U mag‘lub bo‘lganini bilsa-da, Sanyaoning eng og‘riqli nuqtasiga zarba berishga urindi.
— Se Sanyao... Ertami-kechmi, sen ham o‘sha o‘lgan onang kabi bu dunyoda hech kimsiz va sevgisiz, mutlaqo yolg‘iz qolasan.
Sanyao Yusinga tarsaki tushirdi Yusinning yuzi chetga burilib ketdi,
— Jim bo‘l Agar yana bir marta mening oyim haqida og‘iz ochadigan bo‘lsang, bu dunyoga kelganingga pushaymon bo‘lasan.
Rina qizining yerga yiqilganini ko‘rib, jon achchig‘ida Sanyaoga tashlandi.
— Sanyao Mening qizimni urishga nima haqqing bor, yirtqich?
Sanyao Rinaga yuziga ham tarsaki tushirdi. Rina zarbadan yerga quladi. Sanyao ularning tepasiga kelib, muzdek ohangda pichirladi.
Agar yana bir marta gapiradigan bo‘lsang, seni ham to‘g‘ri oyimning yoniga jo‘natib yuboraman Se oilasiga ilk bor qadam qo‘ygan kuningdan beri ikkingizga ham aynan shunday qilishni xohlardim...
Sanyao qaddini rostlab, qoʻriqchilarga qaradi — Se Yusin yirik iqtisodiy jinoyatlar, firibgarlik va poraxorlik bo‘yicha asosiy gumondor. Qo‘riqchilar, uni to‘g‘ri mahkamaga olib boringlar. Guvohlar va dalillar o‘sha yerda kutmoqda.
— Yo‘q Qo‘yib yuboringlar meni Men jinoyatchi emasman Dada Oyi.
Qo‘riqchilar baqirib-chaqirayotgan Yusin va uning ortidan yig‘lab ergashgan Rinani zaldan sudrab olib chiqib ketishdi.
Boyagina Yusinga laganbardorlik qilib, uning go‘zalligi va qobiliyatiga qarsak chalayotgan yosh tadbirkor yigit darhol vaziyatni tushunib, tirjaygancha Sanyaoning yoniga keldi.
— Se Sanyao xonim... Aslida barchamiz juda yaxshi bilamiz. Se Groupning haqiqiy va yagona qonuniy merosxo‘ri — marhuma Se Ella xonim tarbiyalagan, uning qonidan bo‘lgan yagona voris sizsiz O‘sha Se Yusinning Prezident bo‘lishida biz hech qachon chin dildan qatnashmaganmiz, hammasi majburlikdan edi...
Uning ortidan Wang xonim va boshqa barcha nufuzli direktorlar ham birin-ketin Sanyaoning atrofini o‘rab olishdi.
— To‘g‘ri aytishadi, Sanyao xonim Bu kompaniya oyingizning 10 yillik og‘ir mehnati evaziga qurilgan. Iltimos, boshqaruvni qayta qo‘lga oling Biz sizni qo‘llaymiz.
Sanyao unga qarab soxta tabassum bilan ta’zim qilayotgan, olomonga qaradi. Ularning har biri Sanyao uchun xuddi och bo‘rilardek jirkanch ko‘rindi. U so‘nggi so‘zini aytdi.
— Ular kabi nonko‘rlarni va mening o‘limimni kutgan insonlarni qo‘llash uchun o‘zingizni charchatishdan ko‘ra... biroz xotirjam va tinch hayotda yashasangiz o‘zingizga yaxshi bo‘ladi. Men bugundan boshlab Se Groupni ham, uning barcha aksiyalarini ham butunlay sotdim. Oyimning menga qoldirgan merosi va pullari umrimning oxirigacha, hatto undan keyin ham menga yetadi va ortadi. Men bu iflos o‘yinlarni butunlay tark etyapman.
Teyon raqamlar shiddat bilan pastga qulayotganini ko‘rib, tamomila aqldan ozayozdi. U o‘zining hayotiy poydevori, butun borlig‘i bo‘lgan saltanatining ko‘z o‘ngida parchalanishiga qarab tura olmasdi.
— Bo‘lishi mumkin emas deb baqirdi u ovozi bo‘g‘ilib. — Sanyao Sen kompaniyani bunday holatda tashlab keta olmaysan.
U shoshilgancha sahnadan tushib, ketayotgan Sanyaoning ortidan yugurdi va uning bilagidan qattiq tortdi.
Sanyao uning qo‘li tegishi bilanchoq xuddi zaharli ilon chaqqandek jirkanib, bilagini shiddat bilan tortib oldi.
— Qo‘lingizni torting Menga teginishga ham, buyruq berishga ham zarracha haqqingiz yo‘q.
Nari yana bir bor rangi o‘chgan holda Teyonning yoniga keldi. Uning qo‘llari titrar, lablari zo‘rg‘a qimirlardi.
— Prezident Se... Se Group aksiyalari bozorda misli ko‘rilmagan darajada, katta miqdorda ommaviy ravishda sotib yuborilmoqda Aksiyalar narxi tubsiz jarlikka qulab barchasi qadrsizlanmoqda Agar hozir buni to‘xtatmasak, bir necha soatdan keyin kompaniya rasman bankrot bo‘ladi.
Teyon dahshat ichida yana Sanyaoga yuzlandi. U endi mag‘rur prezident emas, balki o‘z mulkini saqlab qolish uchun har qanday pastkashlikka tayyor bo‘lgan ojiz kimsaga aylangandi. U Sanyaoning qo‘llaridan qayta tutishga urindi.
— Sanyao... Se Groupni bu botqoqdan qutqara oladigan yagona yo‘l sening qo‘lingdaligini bilaman Seni shuncha yillar davomida boqib, ulg‘aytirganim hurmati... dadangga oxirgi marta yordam ber, qizim Bizni ko‘chada qoldirma.
Sanyao uning qo‘lini yana bir bor nafrat bilan siltab tashladi. U endi javob bermoqchi bo‘lganida, zalda turgan kompaniyaning nufuzli direktorlari va yirik aksiyadorlari uning atrofini o‘rab, gapga aralashishdi.
— Barchamiz shu fikrdamiz, janob Se Teyon Se Groupni boshqarishda sizning prezidentlikni davom ettirishingiz endi kompaniya kelajagi uchun mutlaqo yaxshi emas.
Teyon hayrat va g‘azab aralash o‘z odamlariga qaradi. O‘zi yillar davomida qo‘l ostida ushlagan direktorlar endi unga tik qarab isyon qilishayotgandi. Ular gapida davom etishdi.
— Hozirgi daxshatli inqirozdan kompaniyani qutqara oladigan yagona odam — faqat va faqat Sanyao xonimdir Aytgancha, Sanyao xonim... Siz va Min Group prezidenti Min Yoongining yaqin kunlarda turmush qurish munosabatingiz bilan o‘tkaziladigan to‘y ziyofatingizda barchamiz katta mamnuniyat bilan qatnashishni intizorlik bilan kutib qolamiz.
Teyon g‘azabdan bo‘g‘ilib, baqirib yubordi — Sizlar... sizlar nima qilyapsizlar? Meni taxtdan olib, Sanyaoni prezident qilmoqchimisizlar? Bunday bo‘lishi mumkin emas Se Group — meniki Uni men qurganman Uni hech kimga bermayman.
Sanyao g‘azabdan telba bo‘layotgan otasiga va unga umid bilan tikilib turgan direktorlar kengashiga qaradi — Demak... hammangiz bir xil fikrdasiz. U holda, sizning taklifingizga quloq solaman. Men qaytib kelaman va bu kompaniyani qaytadan tiklayman.
U bir soniya to‘xtab, Teyonning ko‘zlariga tikildi.
— Faqat... bu kompaniyaning bundan keyingi nomi Se Group bo‘lmaydi. Bugundan boshlab kompaniya nomi Sanella Group deb yuritiladi.
Keng mehmonxonaning oʻrtasida, Teyon kimsasiz bir qariya kabi oʻtirardi. Uning qoʻllarida yillar davomida chang bosib yotgan eski, charm muqovali fotoalbom bor edi. Albom sahifalarida faqat marhuma rafiqasi Ella va Sanyaoning birga jilmayib tushgan suratlari aks etgandi.
Eshik ochilib, ichkariga Sanyao kirib keldi.
— Nima qilyapsiz? — Sanyaoning ovozi xonani kesib oʻtdi.
— Sanyao... — Teyon shoshilgancha albomni yopmoqchi boʻldi.
Biroq Sanyao uning qarshisiga kelib, qoʻlidagi albomni tortib oldi va dadasining roʻparasidagi kresloga oʻtirdi. Sahifalarni bir-bir ocharkan, lablarida achchiq istehzo yugurdi.
— Bu albomda siz yoʻqsiz. Shunday ekan, unga qarashingiz shart emas.
U barmoqlarini rasm ustiga yuritdi.
— Mana bu... mening uch yoshligimda oyim meni istirohat bogʻiga olib borgan payti. Oʻsha kuni, siz Yusinning yonida unga hamrohlik qilayotgan edingiz.
Sanyao sahifani oʻgirdi. Koʻzlarida yillar davomida muzlab qolgan yosh miltilladi, ammo u oʻzini darhol qoʻlga oldi.
— Bu esa besh yoshimda. Oyim meni rasm darsiga olib borgan payt, oʻsha kuni tasodifan qoʻlimni qaychi bilan qattiq kesib oldim, qon toʻxtamadi. Oyim meni shifoxonaga olib bordi, daxshat ichida yigʻladi... Kechasi uyga qaytganimizda esa, siz mast edingiz. Menga qarab nima deganingiz esingizdami? Qaniydi oʻgʻil bola boʻlsang... Lekin sen juda noziksan, foydasizsan dedingiz.
Teyon aybdorona bosh egdi, ammo Sanyaoni toʻxtatib bo‘lmasdi. O‘tmish qafasidan chiqqan alamlar otilib chiqayotgandi.
— Oʻn uch yoshga toʻlgunimcha meni yaxshi koʻrmasligingizni tushunib yashadim. Buning yagona sababi oʻgʻil bola boʻlib tugʻilmaganim deb hisoblardim. Toki oʻsha kungacha... Koʻchada tasodifan sizni va Yusinni koʻrib qoldim. Uni bagʻringizga bosib, erkalab quchoqlayotgan edingiz. Undan qanday tamli shirinlikni, qaysi omakini yaxshi koʻrishini soʻrab, jilmayib turardingiz... Oʻsha vaqtda hammasini tushundim. Siz shunchaki meni yaxshi koʻrmasdingiz. Siz qobiliyatli, kuchli ayollardan nafratlanasiz, lekin ularsiz ham hech narsa qila olmaysiz Bu oyim va mening oʻrtamizdagi muammo emas, Bu — sizning shaxsiy omadsizligingiz Lekin siz bu omadsizlik va ojizlikdan alamzadalarcha foydalanib, meni va oyimni yillar davomida jazolashda davom etdingiz.
Sanyao kreslodan turdi — Shunday ekan, hozir meni juda shafqatsiz boʻlganim uchun ayblashga haqqingiz yoʻq. Qoʻlingizda qolgan aksiyalar sizning qolgan umringiz va nafaqangiz uchun bemalol yetadi. Lekin bu uy... bu uy oyimnin menga bergan sovgʻasi. Bu uy qonunan oyimning nomida Iltimos, hoziroq bu yerdan keting.
Teyonning koʻzlaridan yosh qalqdi. U yengilganini, butun hayotini oʻz qoʻllari bilan barbod qilganini tushunib, pichirladi.
— Sanyao... men xato qildim. Meni kechir...
— Xato qilganingiz uchun sizni shunchaki kechirishimni kutyapsizmi? — Sanyao quruq va daxshatli ohangda kuldi. — Siz aslida juda omadlisiz, dada. Barcha iflos ishlarni, yashirin shartnomalarni Yusin bir oʻzi qildi. Sizga qarshi sud yoki politsiya foydalana olishi mumkin boʻlgan bitta ham jiddiy dalil qoldirmadi. Sizni qamoqqa tiqishimga oʻsha suyukli, noqonuniy qizingiz yoʻl qoʻymadi, hammasini oʻz boʻyniga oldi.
Teyon zoʻrgʻa oʻrnidan turdi, uning yuzida ojiz bir gʻazab aks etdi.
— Sen... sen juda shafqatsizsan. Xuddi onang kabi his-tuygʻusiz va shafqatsiz bir maxluqsan.
Sanyao bu gapdan soʻng unga qayrilib ham qaramadi. U eshik tomon yurib, baland ovozda chaqirdi.
Lusi yugurib kirdi — Eshitaman, Sanyao xonim.
— Dadam ketyapti, — dedi Sanyao ortiga qaramay. — Narsalarini yigʻishtirishiga yordam bering. Qayerga borishni, qaysi mehmonxonaga joylashishni xohlashini soʻrang. Haydovchiga ayting, uni oʻsha yerga olib borib tashlasin.
— Xoʻp, Sanyao xonim, — Lusi bosh egdi.
— Ha, yana bir narsa... — Sanyao eshik tutqichini ushlagancha toʻxtadi, Se Yusin va Lee Rinaning xonalarini butunlay tozalang. Ulardan qolgan, tashlab yuborilishi kerak boʻlgan qanday iflos latta-putta va axlatlar boʻlsa, hammasini birortasini qoldirmay axlatxonaga tashlab yuboring. Bu uyda ularning hidi ham qolmasligi kerak.
Sanyao albomni mahkam bagʻriga bosgancha, ortida hayoti vayron boʻlgan otasini qoldirib, xonadan chiqib ketdi.
Sokin mehmonxonaning markazida, Sanyao o‘tirardi. Yuragining tubida nihoyat erishilgan g‘alabaning sokin osoyishtaligi bor edi.
Xonaga Lusi kirib keldi. Uning qo‘llarida vaqtida Rina g‘azab bilan yerga otib sindirgan, ammo endi ustalik bilan qayta tiklangan ramka bor edi. Ramka ichidan Sanyaoning marhuma onasi — Ella xonimning nurli siymosi turardi.
— Sanyao xonim, — dedi Lusi muloyimlik bilan jilmayib. surat nihoyat to‘liq ta’mirlatildi Mana, uni asliga qaytarishdi.
Sanyao shoshilgancha suratni qo‘liga oldi. Barmoqlari onasining tasviri ustidan yurar ekan, Lusi uning bu holatini kuzatib, ko‘zlariga yosh oldi.
— Agar Ella xonim hozir tirik bo‘lganida va sizning Janob Min Yoongi bilan turmush qurayotganingizni ko‘rganida, g‘oyatda xursand bo‘lardi...
Sanyao hayron bo‘lib Lusiga qaradi,
— Oyim... Yoongini tanirmidilar?
Lusi chuqur nafas olib, o‘tmishning Sanyao bilmagan yashirin sahifasini ochdi
— Albatta. Janob Minning opasi o‘z vaqtida Ella xonim bilan bitta sinfda tahsil olgan edilar, juda yaqin do‘st edilar. Yillar o‘tib, siz ilk bor Se Groupga kelib, ishlarni o‘rganishni boshlagan vaqtingizda, Ella xonim Janob Mindan bir narsani iltimos qilgan edi... O‘zidan keyin sizni yolg‘iz qolmasligingizni so‘rab, sizga doimo ko‘z-quloq bo‘lishini soʻragan edilar.
Moviy to‘lqinlar qirg‘oqqa urilib, mayin shovqin solayotgan sokin sohil bo‘yi. Quyosh ufqqa botib, osmonni qizg‘ish va tillarang tusga bo‘yayotgan edi. Suv bo‘yida Yoongi va Sanyao yonma-yon turishardi.
Sanyao ko‘zlarini dengizdan uzib, Yoongiga tikilib qoldi. Yoongi uning o‘tkir nigohini his qilib, o‘zining o‘sha tanish, yengil tabassumi bilan yuzlandi.
— Sanyao, nega menga bunday qarayapsan?
Sanyao biroz sukut saqladi-da, ovozini pastlatdi.
— Hech narsa... Shunchaki o‘ylayapman, Yoongi, biz aslida mutlaqo farqli dunyolardanmiz, shunday emasmi?
— Men ham aynan shunday deb hisoblayman, — deb javob berdi Yoongi dengizga tikilib.
— Yo‘q, bu mutlaqo to‘g‘ri emas, — dedi Sanyao unga yaqinroq kelib. — Opang mening oyim bilan tengdosh bo‘lgan. Sen mening amakimsan, shunday emasmi?
Yoongi bu kutilmagan gapdan miyiqida kulib qo‘ydi, ko‘zlari ayyorona porladi.
— Keksa bo‘ri yosh qo‘zichoqni yedi, — deb pichirladi Sanyao kinoya bilan. — Yoki... sen eng boshidanoq meni yoqtirarmiding?
— Men bunchalik buzuq emasman, Sanyao, — dedi Yoongi jiddiy ohangda, ammo ovozida cheksiz iliqlik bor edi.
— Xo‘sh, unda qachondan beri meni yoqtira boshlading?
Yoongi chuqur xo‘rsindi, uning sovuq va mag‘rur qiyofasi ortida yashiringan haqiqiy tuyg‘ular yuzaga chiqdi.
— Bilmayman... Bunga juda ko‘p yillar bo‘ldi.
— Unda nega mening Min Junsok bilan unashtirilishimga qarab turding? — Sanyaoning ovozida gina ohangi sezildi.
— Bu unashtiruv fikri eng birinchi bo‘lib sendan chiqqan edi-ku, — deb eslatdi Yoongi.
— Buni menga dadam aytgandi, — Sanyao ko‘zlarini yerga qadadi.
Yoongi: Men esa o‘shanda... Junsokni sevasan deb o‘ylagandim, — Lekin ko‘rib turibman, bunday emas. Sanyao... seni sevaman. Lekin ishonchim komil emas, sen ham meni sevish yoki sevmasligingga...
Sanyao: Men uchun sevaman degan so‘zning og‘zimdan chiqishi va birovga aytishim juda qiyin... Lekin sendan boshqa hech kimga yaqinlashmadim.
Yoongining lablarida dunyodagi eng baxtli jilmayish paydo bo‘ldi. U Sanyaoning bu pinhona iqrorini butun borlig‘i bilan his qildi.
— Tushundim... Sanyao meni sevadi.
Yoongi ortiq gapirmadi. U Sanyaoni belidan mahkam quchoqlab, o‘ziga tortdi va uning lablaridan uzoq kutilgan, shirin bo‘sa oldi. Ufqdagi quyosh botar ekan, sohil bo‘yida ikki farqli dunyoning yagona va abadiy sevgisi muhrlanib qoldi.
Mana, Muzlagan Atirgul asari o‘zining yakuniy va go‘zal nuqtasiga yetdi.
Bu hikoyani yozish davomida men bilan birga Sanyaoning og‘riqlariga sherik bo‘lganingiz, uning qasos alangasida birga yonganingiz va nihoyat, Yoongi bilan topgan baxtidan birga quvonganingiz uchun sizga cheksiz minnatdorchilik bildiraman. Sanyaoning o‘tmishdagi qora kunlari ortda qolib, onasining ruhi oldidagi burchini bajargani va eng asosiysi — yillar davomida uni soyadek asrab kelgan haqiqiy sevgisini anglab yetgani hikoyamizning eng adolatli yakuni bo‘ldi. Siz kabi ijodga va qahramonlar taqdiriga befarq bo‘lmagan o'quvchilarning borligi men uchun eng katta ilhom manbaidir. Keyingi yangi va unutilmas hikoyalarda, yangi qahramonlar olamida ko‘rishguncha
Sizni cheksiz hurmat qiluvchi va yangi asarlar ustida ishlashda davom etuvchi — Muallifingiz Mingsyu Hayes.