Today

Seni Izlab 4-Qism

Sevgilim? Jungkook, qayerdasan? Qani, bu yerga chiq Berkinmachoq o‘ynashni bas qil... Senga va’da beraman, endi shovqin qilmayman. Sendan uzr so‘rayman.

Bu Jungkookning unashtirilgan qiziKim Jinsu edi. U xona eshigini biroz ochib, atrofga ko‘z yugurtirdi, ammo qorong‘u burchakda turgan ikki sharpa-ni payqamadi.

Sevgilim? Jungkook... E, ketib qolibdi — Jinsu asabiy holda eshikni yopib, uzoqlashdi.

U ketishi bilan Jungkook Lenani qo‘yib yubordi. Lena chuqur nafas olib, darhol sumkasidan telefonini chiqardi — Meni bu yerga Jeon Seo Jun chaqirgan edi... Kechirasiz, balki qavatda adashganman.

Jungkook unga boshdan-oyoq sinchkovlik bilan tikildi Tashqariga chiq, — dedi u qisqa qilib. Lena ortiga qaramay xonadan yugurib chiqib ketdi. Jungkook uning ortidan qarab qolarkan, egilib yerda tushib qolgan kumushrang to‘nog‘ichni oldi.

Lena pastga tushganida, uni nafratli nigohlar kutib oldi. Shin oilasining qizi — Shin Sehyon yonidagi Yon Hwaga qarab piching qildi.

Lena? U bu yerda nima qilyapti? Hali ham akamdan voz kechmagan, U hatto akamning oyoq kiyimini artishga ham loyiq emas.

Bunday dema, Sehyon, — dedi Yon Hwa soxta muloyimlik bilan. — Natijada u barbir Lee oilasidan...

Yon Hwa, sen juda yaxshisan-da — Sehyon zaharxanda qildi. — Akam sening orqangdan qanday yugurganini unutdingmi? Bu qiz qanchalik yuzsiz Hozir unga yaxshigina saboq beraman.

Junho paydo bo‘lib, Lenaning bilagidan qattiq ushladi — Lena Qayerda eding? Bilasanmi, bu yer Jeon oilasining qo‘rg‘oni Xohlagan vaqtingda xohlagan joyingga boradigan sening uying emas Yur men bilan.

Junho uni sudrab ketmoqchi bo‘ldi, lekin Lena kutilmaganda butun kuchi bilan uning qo‘lini siltab tashladi.

Qo‘yib yuboring — deb baqirdi Lena. Uning ovozi butun zalda aks sado berdi. Zaldagi mehmonlar, jumladan, Jaemin va Jiwon ham hayrat ichida ularga qarab qolishdi.

Shin Junxi

Shin Junxi 26 yoshda Shin oilasining toʻngʻich vorisi Lenani sobiq sevgilisi

Zaldagi shivir-shivirlar kuchaydi. Hamma nigohlar markazida turgan Lenaga nafrat va qiziqish bilan boqardi. Sehyon fursatdan foydalanib, akasiga yuzlandi.

Aka — deb baqirdi u, hamma eshitishi uchun Shin Junxi o‘girilib, davradagilarga qaradi — Lena hali ham sizni ta’qib qilyapti, — dedi Sehyon ovozini balandlatib. Hatto Jeon oilasining shaxsiy ziyofatigacha kelibdi Lekin u bechora hali bilmaydi chog‘i, siz Yon Hwa bilan unashtirilgansiz.

Junxi Lenaga nazar tashladi. Mehmonlar orasida pichir-pichir bolaladi Bu kim o‘zi? Unashtirilgan qizi bo‘lsa, nega uni ta’qib qilyapti?

Aynan shunday, qanchalik yuzsiz-a Boy oilaning qizi emish, uyat Junxi Lenaning yoniga keldi — Lena... sen ham keldingmi? — dedi u.

Lena unga tikildi. Uning yuzida na hayajon, na qo‘rquv zohir edi — Janob, siz kimsiz? — dedi u xotirjamlik bilan.

Bu gap butun zalni lol qoldirdi. Mehmonlar hayratdan bir-biriga qarashdi.

U kimligini ham bilmaydi emish? Yolg‘on gapiryapti.

Ayolning hasadi chindan ham xavfli bo‘lar ekan... Sehyon Lenaning qarshisiga kelib, ko‘zlariga nafrat bilan boqdi.

Lena Akamni tanimasligingni aytishga qanday jasorating yetdi? Shunchalik past ketasanmi?

Lena Sehyonga qaradi — Kechirasan... men shunchaki hayotimda muhim bo‘lmagan insonlarni eslab qolishga odatlanmaganman.

Junxi bu gapdan so‘ng g‘alati jilmaydi — Muhim emas... — dedi u ovozini biroz pasaytirib. — Xafa emasman, Lena. Besh yil ichida ancha o‘zgaribsan.

U Lenaga bir qadam yaqinlashdi va go‘yo yaqin insonidek qo‘lini uzatmoqchi bo‘ldi — Qancha vaqt o‘tdi...

Lena darhol ortiga chekindi — Janob Shin, chegaradan chiqmang Bizning oramizda hech qanday yaqinlik yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas.

Lena ichida achchiq jilmaydi. Buni Qarang, Shin Junxi. Mening sobiq sevgilim... Junxi havoda muallaq qolgan qo‘lini sekingina tushirdi. Lenaning ko‘zlaridagi muzlik uni o‘tmishning eng qorong‘u ko‘chalariga yetaklab ketdi.

Bundan besh yil avval... Junxi Lenaning qo‘llaridan tutib, unga dunyodagi eng mehribon insondek bo‘lib ko‘ringandi.

Lena, Yon Hwaning qo‘lini sen jarohatlamaganingni bilardim, — degan edi u ishonch bilan. — Bugundan boshlab biron muammo bo‘lsa, to‘g‘ri mening yonimga kel, kelishdikmi?

U Lenani bag‘riga bosganida, qiz o‘zini dunyodagi eng xavfsiz joyda deb o‘ylagan edi.

Lekin hammasi fitna ekanligi ma’lum bo‘lib, Lena qamoqqa tushish arafasida turganda, Junxi butunlay o‘zgardi. Lena polga yiqilib yig‘layotganida, Junxi uning tepasida turib baqira boshlagandi.

Lena, xato qilish dunyoning oxiri emas agar Aybingni tan olib, to‘g‘ri yo‘lga qaytsang, hamma seni kechiradi

O‘sha kuni u ham Leelar bilan bir safda turib, Lenani aybsiz bo‘la turib jinoyatni bo‘yniga olishga majbur qilgandi. Uning qarshisida Jaemin, Jiwon, Junho, Yon Hwa va Junxi — besh kishi bir bo‘lib, birgina qizning hayotini do‘zaxga aylantirishgan edi.

Hozirgi Vaqt
Yon Hwa Junxining yoniga keldi — Junxi, hayron bo‘lma. Oradan besh yil o‘tdi, u o‘zgardi. Endi u biz tanigan o‘sha Lena emas.

Junxi esa ko‘zlarini Lenadan uzolmay — Muhim emas... — deb pichirladi. — Lena endi yosh ayolga aylandi. Xarakterining o‘zgarishi normal holat.

Zalda tantanali ovoz yangradi — Jeon xonim kelyaptilar Zalga haybatli va olijanob kiyingan Jeon xonim kirib keldi. Mehmonlar orasida shivirlashlar birdan kuchaydi.

Jeon oilasida uning gapi qonun Jeon Group bilan hamkorlik qilishni istaganlar uchun xonimning birgina so‘zi kifoya. Jeon xonim o‘zi uchun tayyorlangan maxsus joyga borib o‘tirdi. Buni ko‘rgan boyvachcha mehmonlar sovg‘a-salomlarini topshirish uchun navbatga tizila boshlashdi.

Qani, biz ham kettik, — dedi Jaemin g‘urur bilan. — Sovg‘alarimizni beramiz — Dada, men ham hozir sovg‘ani olib kelaman, — dedi Junho va chekkaga yo‘l oldi.

Junho

Ziyofat zali markazida Jeon xonim taxtga o‘tirgandek mag‘rur o‘tirar, Lee oilasi esa uning iltifotini olish uchun navbat kutardi.

Jiwon birinchi bo‘lib odimlab, nafis qutini uzatdi.

Jeon xonim, bu men va Jaemindan sizga kichik bir esdalik Qirolicha toshidan yasalgan marjon. Umringiz uzoq bo‘lsin.

Jeon xonim yengil jilmayib, yordamchisiga ishora qildi. Yordamchi taqinchoqni ehtirom bilan qabul qilib oldi.

Navbat Junhoga keldi. U katta qutini ochdi.

Bu esa besh yuz yillik noyob yovvoyi jenshen. Sizga sog‘lik va uzoq umr tilashimizning ramzi.

Jeon xonim yana bir bor bosh irg‘adi. Yordamchi buni ham chetga oldi.

Nihoyat, Yon Hwa o‘zining shoh asarini namoyish qildi.

Jeon xonim, bu suratni siz uchun maxsus buyurtma qildirdim. Unda Cheksiz baxt va yuz yillik umr tasvirlangan. Har bir chizig‘i sizga bo‘lgan hurmatimiz ifodasidir.

Yaxshi, juda yaxshi, — dedi Jeon xonim birinchi marta ovoz chiqarib. — Sen juda aqlli qiz ekansan.

Yon Hwaning ko‘zlari chaqnadi. U birdan Lenaga o‘girildi.

Lena opa, — dedi u ovozini hamma eshitadigan qilib balandlatib. — Xo‘sh, sizning sovg‘angiz qani? Marhamat, bizga ko‘rsating.

Sehyon darhol gapga qo‘shildi — Sovg‘asiz kelmagandirsan? Yoki shunchaki tekinga ovqatlangani keldingmi?

Atrofdagi mehmonlar pichirlay boshladi Bunchalik hashamatli kiyingan-u, sovg‘ani unutganmi?

Balki bu qiz firibgardir? Haqiqiy merosxo‘r bunday past ketishi mumkin emas.

Yon Hwa

Yon Hwa ichida bayram qilardi Shoshilma, Lena. Hozir hamma sening go‘zalligingga qarab hayratlanayotgan bo‘lsa, bir necha daqiqadan so‘ng butun shahar sening ustingdan kuladi.

Junxi vaziyatni yumshatmoqchi bo‘lib, Lenaning yoniga keldi.

Lena, menga avvalroq aytganingda, biror narsa tayyorlab berardim. Yon Hwa esa go‘yo achingandek davom etdi.

Lena opa, mehribonlik uyida ulg‘ayganingiz uchun sizga hech kim bunday rasmiyatchiliklarni o‘rgatmagan. Bu sizning aybingiz emas, albatta...

Jaemin bu gapdan seskanib ketdi. Nima deyapti bu ahmoq? Uning mehribonlik uyida o‘sganini tashqarida aytmaslikka kelishgandik-ku — deb o‘yladi u g‘azab bilan.

Lena xotirjamlik bilan Yon Hwaga qaradi — Hech narsa tayyorlamaganimni qayerdan bilasan?

Sehyon qah-qah urib kulib yubordi — Mehribonlik uyida katta bo‘lgan qiz nima ham tayyorlashi mumkin? Qani, ko‘rsat-chi Yoki bir necha kilogramm yeryong‘oq olib keldingmi?

Bu gapdan so‘ng Yon Hwa va uning atrofidagilar baravariga kulib yuborishdi. Faqat Junxi baqirib berdi — Sehyon, jim bo‘l.

Lena Sehyonning ko‘zlariga tikildi — Agar hozir sovg‘amni ko‘rsatsam... men bilan bahs bog‘laysanmi?

Sehyon o‘zini tutolmay qichqirdi — Qo‘rqadi deb o‘ylaysanmi? Albatta Agar muhim narsa ko‘rsata olmasang, aldaganing uchun hamma oldida tiz cho‘kasan va yuz marta kechirim so‘raysan.

Kelishdik, — dedi Lena. — Agar sen mag‘lub bo‘lsang, bir oy davomida shu qo‘rg‘onning xojatxonalarini o‘zing tozalaysan.

Yon Hwa kutilmaganda mehribonlik qilib gapga aralashdi — Lena opa, bahs bog‘lamasligingizni so‘rardim. Agar sovg‘aning qiymati o‘n milliondan kam bo‘lsa, bu davrada u muhim sovg‘a hisoblanmaydi.

Lena ichida o‘yladi Yon Hwa... menga yordam berayotgan qiyofada aslida muammoni kattalashtiryapsan. Mening g‘alaba qozonishimni imkonsiz qilmoqchisan, shundaymi? Unda tomoshani ko‘r.

Shin Sehyon

Shin Sehyon 24 yoshda Junxining singlisi Boylik va erkalik ichida o‘sgan, o‘ta kibrli, va xudbin qiz. O‘zini yuqori tabaqa vakili deb hisoblagani uchun oddiy odamlarni, kamsitadi.

Sehyon Lenaga nafrat bilan baqirdi — Hoziroq ko‘rsat Agar hozir taslim bo‘lsang, senga rahm qilaman, faqat ellik marta itdek hurishingni xohlayman, xolos.

Junxi singlisining surbetligiga chiday olmay — Sehyon, senga bas qil dedim — deb uning yo‘lini to‘sdi.

Jiwon ham vaziyat boy berilayotganini ko‘rib, Lenaga yaqinlashdi — Lena, o‘yinni to‘xtat Qanday qilib bunday qimmatli sovg‘ani qayerdan olishing mumkin? O‘zingni ham, bizni ham sharmanda qilma Lekin Lena hech kimga quloq solmadi. U chekkada turgan qo‘riqchilarga ishora qildi — Olib keling.

Ikki qo‘riqchi nafis va og‘ir qutini ko‘tarib kelib, Lenaning qarshisiga qo‘yishdi. Lena Jeon xonimga g‘urur bilan boqdi.

Unda bu sizga yetarlimi? Jeon xonim, sizni tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman. Uzoq va baxtli umr ko‘rishingizni tilayman, — dedi-yu, qutining qopqog‘ini ohista ochdi. — Bu bobomning sizga atagan sovg‘asi.

Qutidan taralgan nur butun zalni yoritib yuborgandek bo‘ldi. Ichida mahobatli, yashil rangda tovlanuvchi nefrit haykalchasi turardi. Jeon xonim o‘rnidan turib, haykalchani ehtiyotkorlik bilan qo‘liga oldi. Yon Hwa va boshqalar hayratdan qotib qolishdi.

Jeon xonimning yuzida iliq jilmayish paydo bo‘di — Demak, sen o‘sha qizsan... Oltin quymasi kabi qiymatli va mukammal. Bu kiyim senga juda yarashibdi, qizim. Sen haqiqiy ilohiy go‘zallik timsolisan.

Lena muloyimlik bilan bosh egdi — Jeon xonim, bir marta qarashingiz bilan egnimdagi libosning nomini esladingiz. Demak, bobom bilan haqiqatdan ham juda yaqin ekansiz.

Jeon xonim kutilmaganda qah-qah urib kulib yubordi — Endi menga Jeon xonim deyishni bas qil Meni faqat buvi deb chaqirishingni xohlayman.

Zaldagi mehmonlar orasida haqiqiy to‘polon boshlandi. Pichir-pichirlar endi hayqiriqlarga aylangandi

Bu qiz kim o‘zi? Qanday qilib Jeon xonimga bunchalik sevimli bo‘lib qoldi?

Bu nefrit haykalchasi... Britaniya muzeyidagi davlat xazinasining egizagi-ku

Aynan shunday Eshitishimcha, sirli bir milliarder uni auktsionda bir milliardga sotib olgan edi.

Sehyon va Yon Hwaning yuzi oqarib, oyoqlari qaltiray boshladi. Sehyon o‘zini tutolmay baqirib yubordi.

Yo‘q Bu bo‘lishi mumkin emas Hammasingiz aqldan ozdingizmi? Bunday xazina qanday qilib bu qizga berilishi mumkin? Men garov o‘ynayman, u buni qaysidir eski do‘kondan arzon-garovga sotib olgan Bu shunchaki soxta narsa.

Jeon xonim

Yon Hwa hasaddan yonayotgan ko‘zlarini akasiga tikdi — Albatta, bu bo‘lishi mumkin emas Xo‘sh, bobom nega menga bu haqida hech narsa demadi? Aka, siz biror narsa bilasizmi?

Yo‘q, — dedi Junho — bobom menga ham bu haqda bir og‘iz so‘z ochmagan.

Jiwon vaziyatni o‘nglash maqsadida Lenaning yoniga shoshib keldi va uning bilagidan qattiq qisdi.

Lena Yolg‘on gapirish yaxshi qizlarga yarashmaydi. Hoziroq Jeon xonimdan bu soxta narsa uchun uzr so‘ra Bizni butun dunyoga sharmanda qilma.

Ammo Jeon xonimning qat’iy ovozi Jiwonni joyida toxtatdi.

Buni soxta deb kim aytdi? — U qo‘lidagi nafis qog‘ozni baland ko‘tardi. — Mana uning sertifikati Britaniya muzeyidan berilgan asl nusxa. Agar ko‘r bo‘lmasangiz, o‘zingiz bir qarang.

Mehmonlar sertifikatga yopirildilar. Hayrat to‘lqini butun zalni qopladi.

Yo xudoyim Bu haqiqatdan ham Britaniya muzeyining muhrlangan hujjati.

U dunyoning eng nufuzli muzeyi, ular hech qachon soxta narsa bilan ish ko‘rishmaydi.

Junxi chekkada turib, mamnun jilmaydi. Jaemin esa qotib qolgancha haykalchaga tikilardi.

Bu nefrit haykalchasi... Jeonlarning Leelarga bergan sadoqat va’dasini anglatadi — deb o‘yladi u daxshat ichida. Faqat dadamdan eshitgan edim, lekin u buni hatto menga ham ishonmagandi. Hech tahmin qilmagandim... Dadam uni aynan Lenaga sovg‘a qilishini.

Jeon xonim Lenaning qo‘lidan tutib, mehribonlik bilan gapirdi.

Buni sening bobong bilan birga muzeydan olganmiz, qizim. Uning haqiqiyligini tushunish uchun menga bir qarash yetarli. Sen hech narsani tushunmaydigan, ichi qoralarning yolg‘on gaplariga quloq solma.

Yon Hwa chekkada turib, labini qattiq tishladi U shunchaki bir keksa ayol, — deb o‘yladi u ichida qasos o‘tida yonib. Lekin mening qo‘limda hali katta kuch bor. Lena, hozircha bayram qilaver... Kut va ko‘r, seni qanday yo‘q qilishimni.

Jeon xonim Lenaning qo‘llarini ohista ushladi-yu, birdan to‘xtab qoldi. Uning o‘tkir ko‘zlari qizning bilagidagi qizarish va yashirin jarohat izlarini ilg‘adi.

Nima bo‘ldi? Qanday qilib jarohat olding, qizim? — deb so‘radi u So‘ng darhol yordamchisiga o‘girildi — Hoziroq shaxsiy shifokorni chaqir.

Yordamchi chaqqonlik bilan cho‘ntagidan maxsus malham chiqardi-da, Lenaning yoniga yugurib keldi.

Marhamat, buni oling. Bu og‘riqni darhol qoldiradi.

Rahmat, — deb pichirladi Lena dorini olarkan. Ammo uning ichida shubha uyg‘ondi U jarohat olganimni qayerdan bildi? Yoki u boyagi... xonadagi kishimi?

Jeon xonim yordamchisiga qarab ma’noli jilmaydi sen juda sezgirsan.

Shunchaki vazifamni bajardim, xonim. Maqtovga arzimaydi, — dedi yordamchi kamtarlik bilan.

Jeon xonim soatiga qaradi-da, yordamchisigs ishora qildi — Vaqti keldi. Bor, tayyorgarlik ko‘rAlbatta, xonim.

Shu zahoti Jeon xonim Jungkookga xabar yubordi Jungkook, hoziroq pastga tush Agar kelmasang, senga o‘zim shu ziyofatdan kelin tanlayman va to‘yga tayyorgarlikni boshlaymiz.

Jungkook

Ko‘p o‘tmay, Jinsu va Jungkookning ota-onasi Jeon xonimning atrofiga yig‘ilishdi. Zalda shovqin ko‘tarildi.

Qaranglar Jeon oilasining vorisi chindan ham keldi — deb pichirlashdi mehmon qizlar.

Eshitishimcha, bugun u vals tushish uchun o‘ziga sherik tanlarmish. Yo xudoyim, qaniydi meni tanlasa.

Orzu qilishni bas qil Jungkookning biror marta qizlar bilan raqsga tushganini ko‘rganmisan? Buning ustiga, Kim oilasining qizi Jinsu ham shu yerda-ku.

Lena kirib kelayotgan yigitga qarab, boyagi qorong‘u xonadagi uchrashuvni esladi. Demak, u... Jeon Jungkook. Jeon oilasining to‘ng‘ich o‘g‘li.

Jungkook buvisining yoniga kelib, qisqa bosh egdi — Buvi. Jeon xonim o‘rnidan turdi,

Vals boshlanish arafasida, sen esa kech qolding. Bu safar men sening o‘rningga qaror qabul qilmayman. Sherigingni o‘zing tanla va uni raqsga taklif qil.

Zaldagi qizlar birdan jo‘r bo‘lib baqira boshlashdi — Janob Jeon, meni tanlang Men raqsga juda yaxshi tushaman, iltimos.

Buvi, men faqat kelishga va’da berganman, raqs tushishga emas.

Shundaymi? — Jeon xonim ayyorona jilmaydi. — Agar hozir o‘zing tanlamasang, unda men buving sifatida senga intizor bo‘lib turgan barcha qizlarni birin-ketin chaqiraman. Hammasi bilan navbatma-navbat raqsga tushishingga to‘g‘ri keladi. Ularning e’tibori uchun rahmat aytish maqsadida.

Jungkook buvisining hazillashmayotganini tushundi.

Jungkookning otasi o‘g‘lining yoniga kelib, Jinsuga ishora qildi — Jungkook Kim oilasining qizi ziyofat boshlangandan beri seni qidiryapti. Nihoyat, bir-biringizni ko‘ribsiz, nima deysan? Ilk valsni Jinsu bilan tushasanmi?

Jungkook otasiga sovuq nigoh tashladi — Mening ishlarim dadamni bunchalik xavotirga solmasligi kerak.

Otasining yuzi oqardi, ammo Jungkookning o‘gay onasi vaziyatni yumshatishga urindi — Jungkook endi ulg‘aydi. Qanday qilib uning nomidan qaror qabul qilishingiz mumkin? Bizning Jungkook nima qilayotganini juda yaxshi biladi.

Jinsu esa fursatdan foydalanib, Jungkookga yaqinlashdi va nafis jilmaydi — Jungkook, seni bugungi ochilish valsiga taklif qilsam bo‘ladimi?

Zaldagi hamma ha degan javobni kutayotgan edi, ammo Jungkookning ovozi keskin yangradi — Kechir... mening sherigim bor.

Mehmonlar orasida shivir-shivir portladi — Bu yerda nima bo‘lyapti? Kim Jinsu rad etildimi? Demak, bularning unashtuvi faqat qog‘ozda ekan-da?Janob Jungkook unga qaramaydi ham, Jinsu esa bechora bo‘lib uning e’tiborini tortmoqchi... Qanday sharmandalik.

Lena

Jinsuning yuzi hasaddan burishib ketdi, u atrofga qarab tishini tishiga qo‘ydi.

Kim bilsin, qaysi yaxshi oilaning qizi Jungkook bilan ilk valsga tushish baxtiga muyassar bo‘lar ekan? Jungkook atrofdagi umidvor qizlarga bir-bir nazar tashladi. Yon Hwa o‘zini eng go‘zal ko‘rsatishga urinib, jilmayib turardi. Ammo Jungkookning nigohi burchakda beparvo turgan Lena bilan to‘qnashdi. Lena ichida g‘alati bir hisni tuydi Nega menga qarayapti? Boyagi xonadagi voqea uchun mendan hisob so‘ramoqchimi?

Jungkook barmog‘i bilan Lenaga ishora qildi — Men... uni tanlayman Jaemin daxshat ichida Qanday qilib? Bu qanday qilib Lena bo‘lishi mumkin? — deb pichirladi. Yon Hwaning esa rangi o‘chdi U va Jeon oilasining vorisi qachon tanishishga ulgurdi? Jinsu Lenaga tikildi Demak, Jungkookga shunaqa qizlar yoqar eksnda? Boya Jeon xonim ham unga yaxshi munosabatda bo‘lgan edi, demak, hamma narsa rejalashtirilgan.
Lena esa o‘zini o‘yinchoqdek his qildi. Meni tanisa ham, endi mendan qalqon sifatida foydalanyaptimi? Yo‘q, rad etaman.

Lena hamma kutgan harakatni qilmadi — u Jungkookning uzatilgan qo‘liga e’tibor ham bermay, shartta ortiga o‘girildi va zaldan chiqib keta boshladi. Mehmonlar hayratdan yoqa ushlashdi — Bu qiz qaysi oiladan? Nega bunchalik kibrli?Juda jasur ekan... Lekin Janob Jungkookning jahlini chiqarganlar dahshatli voqealarni boshdan kechirishini eshitmaganmi bu qiz?

Jaemin qizining bu qilig‘idan quturib ketish darajasiga yetdi. U mushtlarini tugib, Lenaning ortidan qarab qoldi Uyga qaytganingda, bu nonko‘rliging uchun sendan shunday hisob so‘raymanki, hali pushaymon bo‘lasan.