Intiqom Alangasi 6-Qism
Namjoon Minseok halok bo‘lgan o‘sha tashlandiq binoga keldi. U binoning qoraygan devorlari va stulga tikilib turganda, kutilmaganda tashqaridan qadam tovushlari va shovqin eshitildi. Namjoon hushyor tortdi.
Heyon va uning hamkasbi, tasvirchi Donghyuk ehtiyotkorlik bilan ichkariga kirishdi.
— Heyon, biroz shoshma, dedi Donghyuk atrofga vahima bilan qarab.
Jinoyat joyiga birinchi marta kelishim emasku, — dedi Heyon.
— Yuzinchi marta bo‘lsa ham baribir qo‘rqinchli-da, — Donghyuk Heyonning ortidan ergashdi.
Namjoon ularning ovozini eshitib, chaqqonlik bilan yaqin atrofdagi eshik ortiga yashirindi.
Heyon jinoyat joyining qoq markaziga kirib keldi.
— Bu yoqqa kel, shu yerdan boshlaymiz, — dedi u stulga ishora qilib.
Donghyuk kamerasini yoqib, chirog‘ini sozladi. binoning ichkarisidan qandaydir qisirlagan ovoz keldi.
— Buni... buni sen ham eshitdingmi? — deb pichirladi Donghyuk rangi oqarib. Nimani? — so‘radi Heyon,
— Qandaydir ovoz eshitildi, — Donghyukning qo‘lidagi kamera titrardi — Yolg‘on gapirma, meni qo‘rqitmoqchimisan? — Qasam ichaman, anavi tomondan keldi O‘sha yoqni yorit Heyon chiroqni qorong‘ulik qariga qaratdi. ammo hech kim ko‘rinmadi. Namjoon eshik ortida nafasini yutib turardi. Heyon Donghyukka o‘girilib, ensasi qotgancha qaradi.
— Buncha qo‘rqoqsan? O‘zi bundan foydalana olamizmi, yo‘qmi, shuni o‘yla. — Avval tekshiramiz, keyin ruxsat olamiz, — dedi Heyon qat’iyat bilan. — Hammasini o‘zim hal qilaman, sen bor e’tiboringni tasvirga qarat.
Ular o‘sha stul yoniga cho‘kkalashdi. Heyon har bir detalni sinchiklab ko‘zdan kechirardi.
Namjoonning mashinasi kelib to‘xtadi. U charchagan qiyofada mashinadan tushdi-yu, eshikni yopmoqchi bo‘lganida, Yoongi chiqib keldi. — Biror joyga borganmidingiz, doktor? —
Namjoon to‘xtadi, — Nega so‘rayapsiz? — Bugun ishga kelmaganingizni eshitdim, — Yoongi unga yaqinlashdi — Meni kuzatyapsizmi? Sizga o‘zi nima kerak, detektiv Min? — Shunchaki... qayerda yurganingizga biroz qiziqdim. — Ketganingiz ma’qul, — Namjoon oldinga yurdi.
Yoongi to‘satdan Namjoonning tuflisiga nazar tashladi. poyabzal yuzasida chang va quruq tuproq izlari bor edi. — Sayr qildingizmi? — Yoongi istehzo bilan jilmaydi. — Ehtiyot bo‘ling, Koreya ko‘chalari siz o‘ylagandan ham xavfliroq.
Namjoon endi eshik parolini termoqchi bo‘lganida, Yoongi uning yelkasiga tushgan qora kul parchasini ko‘rib qoldi. U qo‘lini Namjoonning yelkasiga uzatdi. Shu soniyada Namjoon chaqqonlik bilan Yoongining qo‘lini ushlab, qayirib yubordi. Harakat shu qadar tez va professional ediki, Yoongi bir lahzaga og‘riqdan to‘lg‘anib ketdi.
Lekin bo‘sh kelmadi, bo‘sh qo‘li bilan Namjoonning yoqasidan mahkam changalladi. Ikki erkak bir-birining ko‘ziga nafrat bilan tikilib turishdi. Nihoyat, Yoongi uni qo‘yib yubordi.
— Yelkangizga chang tekkan ekan, doktor... Shunchaki qoqib qo‘ymoqchi edim. Yoongi ortiga burilib, ketdi. Namjoon uning ortidan qahrli nigoh bilan uzoq qarab turdi. So‘ngra eshikni ochib, uyiga kirdi.
Heyon issiq qahva stakanini stolga qo‘ydi-yu, tasvirlarni qayta-qayta ko‘zdan kechira boshladi. To‘satdan u kadrni to‘xtatdi. Qorong‘u burchakda, eshik ortida bir lahzaga kimningdir oyog‘i va poyabzalining uchi ko‘rinib qolgan edi. Bu tasodifiy soya emas, bu o‘sha yerda kimdir bo‘lganidan dalolat edi.
Yoongi Wanmuning yonida turib, monitorga tikildi.
— Demak, dadam benzin tufayli yonganmi? — so‘radi u umidsizlik bilan.
Wanmu boshini chayqadi va ekrandagi grafikni ko‘rsatdi
— Quvurlarda faqat suv bo‘lgan, lekin mana bu qizil ko‘rsatkichni ko‘ryapsanmi? U eng yuqori darajaga ko‘tarilgan. Bu — benzin. Ammo tushunarsiz joyi shundaki, u suvning ichida paydo bo‘lgan.
Politsiya boshqarmasi
Yoongi laboratoriya hisobotini Seungga uzatdi. Seung hujjatdagi kimyoviy formulalarni diqqat bilan o‘qidi. — Benzin? — Yong‘in benzindan chiqqan deyishmoqda, lekin jinoyat joyida benzinning hidi ham yo‘q edi, — Yoongi xona bo‘ylab asabiy yurdi.
— Siz o‘sha yerda suv yonganini aytgan edingiz-ku?
— Ha, bu tasodif emas O‘z ko‘zlarim bilan ko‘rdim, olov suvdan boshlandi Lekin menga hech kim ishonmadi, hamma dalillar benzinni ko‘rsatyapti. Endi bunga o‘zim ham ishonmayapman... Qanday qilib suv yonishi mumkin?
Seung unga xotirjam tikildi.
— Men esa faqat kimyoga ishonaman. Keling, buni fan tili bilan tushunib ko‘ramiz.
Sujin kuzatuv kameralarini tekshirishda davom etar ekan, Seung bo‘limga kirib keldi va stol ustiga bir necha turdagi dorilar va kimyoviy namunalar qo‘ydi.
— Bu nima? — so‘radi Taehyung hayron bo‘lib.
— Bu — Seung Fernandez, Yoongi uni tanishtirdi. — Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha ekspert. Markaziy politsiya boshqarmasida ishlaydi.
Taehyung ensasini qotirdi — Shunga nima qilibdi? Uning yordami bilan nimani isbotlamoqchisan?
— Machxonda 23-sanada sodir bo‘lgan yong‘inning asl sababini, — dedi Seung Bu juda qiziq jarayon.
— Hisobotga qarang, — Yoongi papkani stolga urdi.
Wansu gapga aralashdi — Biz uni allaqachon ko‘rdik.
— Bu benzin — dedi Taehyung qat’iy.
— Yo‘q, bu benzin emas Yoongi baqirib yubordi Namuna buzilgan.
— Demak, unda yana nimadir bor demoqchimisan? Bizning mutaxassislarimiz ahmoq emas-ku — Wansu ham bo‘sh kelmadi.
— O‘sha yerda tarkibida benzin bo‘lgan mahsulotlar bor edi, shuning uchun tahlil natijalari benzinni ko‘rsatyapti, — tushuntira boshladi Yoongi. — Lekin yong‘inni keltirib chiqargan asl sabab u yerda qazib olingan yoki yashirilgan boshqa bir moddada. Biz suvni yoqib yubora oladigan o‘sha moddani topishimiz kerak.
Seung stol ustidagi oq kukunli idishni ko‘rsatdi. Bo‘limdagi barcha xodimlar uning atrofiga to‘planishdi.
— Qarang, bu magniy oksidi, dedi Seung jiddiy ohangda.
— Demak, bu magniyning yongan qoldiqlari ekan-da? — deb so‘radi Taehyung.
— Hozir tushuntirib beraman. Ba’zi metallar kislorod yoki suv bilan reaksiyaga kirishganda dahshatli portlashlarni keltirib chiqaradi. Magniy — portlash xavfi yuqori bo‘lgan eng xavfli vositalardan biri.
Yoongi va Seung himoya ko‘zoynaklarini taqishdi. Seung ehtiyotkorlik bilan magniy kukunini qo‘liga oldi.
— Magniy juda xavfli, — deb qo‘shib qo‘ydi Yoongi. — Birgina turtki yoki yuqori namlik uni bir soniyada alangalashga majbur qiladi.
Seung kukunni kichik kimyoviy idishga soldi.
— Uni barqaror holatda ushlab turish uchun boshqa bir modda bilan aralashtirish kerak, — dedi Yoongi.
— Bu — kumush nitrati Seung shaffof suyuqlikni ko‘rsatdi. — U yetarlicha zaharli va teriga tegishi xavfli hisoblanadi.
Seung magniy kukunini kumush nitrati bilan aralashtirdi. Xonadagilar nafaslarini yutib kuzatishardi.
— Endi unga bor-yo‘g‘i bir tomchi suv qo‘shaman.
Seung pipetka yordamida aralashmaga bir tomchi suv tomizdi. Shu zahoti idishdan shiddatli olov va oppoq quyuq tutun otilib chiqdi. Hamma hayratdan ortiga tisarildi. Seung maxsus qopqoq bilan olovni o‘chirdi.
— Kumush nitrati suvda eriganda magniy nitrati hosil bo‘ladi, — deb tushuntirdi Seung. Shuning uchun u suv bilan tegishi bilanoq portlashga sabab bo‘ladi. Yoongi aynan mana shu jarayonga, ya’ni suvning yonishiga guvoh bo‘lgan.
Seojun hayratini yashirolmay o‘rnidan turib qarsak chalib yubordi.
— Bas qil, joyingga o‘tir — dedi Wansu uning poyiga urib.
Taehyungning nigohi o‘zgardi. U endi masalaga professional nuqtai nazardan qaray boshladi.
— Buni sudda dalil sifatida ishlata olamizmi? — so‘radi u.
— Uni ochiqchasiga sotib olsa bo‘ladimi? — deb so‘radi Jisung.
Yo‘q, — javob berdi Yoongi. Yengil yonuvchan metallar bojxonadan ochiq o‘tmaydi.
— Demak, qotil uni katta miqdorda qora bozordan olganmi? — Taehyung qoshlarini chimirdi.
— Magniy kukuni tibbiyotda dori sifatida ishlatiladi, kumush nitrati esa mikrobga qarshi vosita, — Yoongi Taehyungga qaradi. — Agar qotil Doktor bo‘lsa, u bu moddalarni hech qanday shubhasiz qo‘lga kirita oladi.
Taehyung stolni barmoqlari bilan chertdi.
Nima? — Yoongining jahli chiqdi.
— Menga gumondor o‘sha moddalarni aynan sotib olganini isbotlovchi chek, video yoki yetkazib berish hujjatlari kerak. Bizga rad etib bo‘lmaydigan fakt kerak.
Sujin o‘z xonasidan hayajon bilan yugurib chiqdi.
— Topdim Kapitanning uyi yonidagi yashirin videokameradagi yozuvlarni topdim.
Hamma Sujinning xonasiga yopirilib kirdi. Monitor ekranidagi tasvir soniya sayin aniqlashib borardi. Sujin barmoqlari bilan klaviaturani tez-tez bosib, tasvirni kattalashtirdi. Ekranda qora kiyimli, bir kishi namoyon bo‘ldi — bu shubhasiz Kim Namjoon edi.
— Nihoyat, qo‘lga tushding, — deb pichirladi Yoongi tishlarini g‘ichirlatib.
Soniya o‘tmay, politsiya mahkamasi hovlisida sirenlar sadosi yangradi. Bir nechta politsiya mashinalari shiddat bilan Saryon shifoxonasi tomon yo‘l oldi. Shifoxona darvozasi oldida mashinalar g‘iyqillab to‘xtadi. Taehyung mashinadan otilib tushib, bino ichiga yugurdi. Uning ortidan Jisung, Wansu va qurollangan maxsus guruh xodimlari ergashishdi.
— Birinchi guruh shifoxonaning barcha chiqish yo‘llarini yopsin Ikkinchi guruh avtoturargohni tekshirsin — deb buyruq berdi Taehyung shiddat bilan.
Shu vaqtda Yoongining mashinasi Namjoonning uyi yaqinida to‘xtadi. Yoongi, Seojun va Seung mashinadan tushib, ehtiyotkorlik bilan binoga kirib ketishdi.
Namjoon o‘z xonasidan xotirjamlik bilan chiqib kelganida, uni Taehyung, Wansu va Jisung qurollangan holda kutib turishardi.
— Doktor Kim Namjoon? — so‘radi Taehyung nigohini uzmay.
— Ha, eshitaman, — dedi Namjoon zarracha ham hayajonlanmay.
— Men sizni hibsga olishga keldim. Siz ikki kishini vahshiylarcha o‘ldirishda gumon qilinyapsiz. Sukut saqlash va advokat yollash huquqiga egasiz, — Taehyung uning qo‘llariga kishan taqmoqchi bo‘ldi.
Namjoon to‘xtadi va soatiga qaradi.
— Biroz kutib turing. Mening juda og‘ir ahvoldagi bemorim bor. Muolaja uchun bir soat, uni olib kelishga bir soat vaqt ketadi. U uch soatdan ortiq bardosh bera olmaydi. Agar men hozir ketmasam, u o‘ladi. Inson hayotini qadrlasangiz, menga vaqt bering.
— Mayli, — dedi Taehyung nihoyat. — Faqat uch soat. Undan ortiq emas.
Yoongi uyning o‘rtasida turib, Namjoonning har bir qadami va harakatini xayolan tahlil qilardi. Bu yerda nimadir noto‘g‘ri edi.
— E’tiborli bo‘ling — buyurdi u sheriklariga.
Seojun burchakdagi qutilardan birini ochib titkilay boshladi. Seung esa yozuv stoli tortmalarini birma-bir ko‘zdan kechirdi. Har bir tortma tartib bilan taxlangan, ammo g‘alati darajada kimsasiz edi.
— Bu yerda faqat uyqu dorilari bor ekan, — dedi Seung dorilar qutisiga ishora qilib.
Boshqa xonadan Wanmu chiqib keldi. Uning yuzi ma’yus, qo‘lidagi detektorlar hech qanday signal bermagan edi.
— Hamma yerni qidirdik, lekin topa olmadik, — dedi Wanmu boshini chayqab.
— Hech narsa yo‘qmi? Na bir modda, na bir ashyoviy dalil? — Yoongining ovozi asabiy jarangladi.
— Hech narsa. Qon izlari ham, kimyoviy moddalar ham yo‘q. Uy xuddi operatsiya xonasidek top toza.
Yoongi Seungning yoniga kelib, atrofga sinchiklab nazar tashladi.
Dorilari juda ko‘p ekan... — dedi Seung o‘ychan.
— Faqat uyqu dorilari. Bilasizmi, Yoongi, menimcha u bu uyda yashamaydi.
— Bu yerda hayot alomati yo‘q, — tushuntirdi Seung devorlarga qarab. — Bu yer kimdir yashaydigan uyga emas, ko‘proq mehmonxonaga o‘xshaydi. Shunchaki uxlash uchun keladigan joy.
Seojun burchakda turgan, matoga o‘ralgan va devorga suyab qo‘yilgan katta bir narsaga yaqinlashdi.
— Yoongi, balki buni olarmiz? Ko‘rib qo‘yish zarar qilmaydi.
— Nima u? — Yoongi uning yoniga keldi.
Seung ehtiyotkorlik bilan matoning bir chetini ochib ko‘rdi. Tasvirning bir qismi ko‘rinishi bilan uning yuzi oqarib ketdi. U qo‘rquv va hayrat aralash nigoh bilan Yoongiga qaradi.
— Nima ekan? — Yoongi sabrsizlik bilan so‘radi.
— Hech narsa... — Seung matoni qayta yopishga urindi.
— Yo‘lni bo‘shating — Yoongi uni chetga surib, suratni tortib ochdi.
Surat butunlay namoyon bo‘ldi. Unda xira chiroq ostida, qorong‘u xona o‘rtasida stulga bog‘langan odam tasvirlangan edi. Bu Minseokning so‘nggi daqiqalarini aniq va tiniq aks ettirgan daxshatli manzara edi.