Intiqom Alangasi 5-Qism
1996-yil, 9-iyul. Hanmion universiteti.
Tungi sukunatni laboratoriya eshigining g‘iyqillagan ovozi buzdi. Cha Hyonso o‘z xonasiga kirdi. U odatdagidek oppoq ish xalatini kiydi-yu, burchakda qandaydir g‘alati soya ko‘ringandek bo‘ldi. Hyonso hayron bo‘lib chiroqni yoqdi.
Xona burchagida ikkita ulkan gaz baloni turardi. To‘satdan chiroq o‘chib-yona boshladi, elektr simlarining qisqa tutashuvi laboratoriyani vahimali tusga keltirdi. Devorda esa chizilgan, olov purkayotgan Ximera surati namoyon bo‘ldi. Hyonso nima bo‘layotganini anglashga ulgurmay, laboratoriya dahshatli portlashdan havoga uchdi.
Hozirgi vaqt. Politsiya mahkamasi majlislar xonasi.
Xonada asabiy muhit hukmron edi. Politsiya xodimlari bir-birlariga pichirlab, so‘nggi voqealarni muhokama qilishardi.
— Eshitdinglarmi? Bu safargi portlash ham o‘sha Ximera ishiga juda o‘xshash emish, — dedi xodimlardan biri.
— Nima, uni ham tiriklayin yoqishganmi? — so‘radi ikkinchisi daxshatga tushib.
— Ximera deganingiz nima o‘zi? — deb so‘radi yoshroq xodim hayron bo‘lib.
Tajribaliroq xodim unga tushuntira ketdi.
— Machxonda 30 yil avval ketma-ket portlashlar sodir bo‘lgan. O‘shanda ham hamma narsa sirli edi. Hozir butun shahar shu haqida gapiryapti.
— O‘sha ish sababli qancha odam ishdan haydalib ketgan edi. Vaziyat juda jiddiy. Bechora Minseok, nafaqaga chiqishiga oz qolganda omadi kelmabdi...
Eshik shiddat bilan ochilib, Sen Gwan kirib keldi. Xonadagi shivir-shivirlar to‘xtadi. Hamma o‘rnidan turib, bosh egdi.
Sen Gwan joyiga o‘tirar ekan, devordagi televizorda hamon Minseokning o‘limi haqidagi yangiliklar aylanayotganiga ko‘zi tushdi.
Bu la’natini o‘chiringlar — deb baqirdi u g‘azab bilan.
Televizor o‘chirildi. Sen Gwan stolni qattiq mushtladi.
— Bu — Min Minseok U 30 yil umrini jang maydonida o‘tkazgan zobit va kapitan edi Sizlar-chi? U o‘lim bilan yuzma-yuz kelgan lahzalarda nima bilan band edingiz?
Xodimlar aybdordek yerga qarashdi. Oraga noqulay sukunat cho‘kdi.
— Janob, odamlar buni haddan tashqari jiddiy qabul qilishmoqda, — dedi xodimlardan biri ehtiyotkorlik bilan. — Balki buni shunchaki baxtsiz hodisa deb e’lon qilarmiz?
Jurnalistlar ahmoq emas, — deb e’tiroz bildirdi boshqasi. Ular allaqachon Ximera haqida shov-shuv ko‘tarishni boshlashdi.
Sen Gwan ko‘zlari qisilib, savol berdi.
— Ximera? Bu haqida yana kim gapiryapti?
— Voqealar o‘rtasidagi o‘xshashlik juda katta, shuning uchun hammani eski xotiralar qiynayapti, — deb javob berishdi unga. — Jurnalistlar esa reyting uchun har doim o‘tmish bilan bog‘liqlik qidirishadi.
— Lekin bunga ancha vaqt bo‘lgan, bu haqida o‘ylashning nima keragi bor? — dedi u qat’iyat bilan. — Jinoyatchi allaqachon o‘lgan.
Bir yosh xodim ehtiyotkorlik bilan gapga aralashdi.
— Janob, uni to‘laqonli jinoyatchi deb bo‘lmasa kerak... Chunki u sudgacha yetib bormay, tergov vaqtida vafot etgan-ku?
Sen Gwan unga shunday sovuq va vahimali tikildiki, xodimning nafasi ichiga tushib ketdi. U darhol gapini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.
— Ha... albatta, u aybdor edi. Shubhaga o‘rin yo‘q.
Sen Gwan stolga tayanib, xonadagilarga bir-bir nazar tashladi.
— Kapitan Min nafaqaga chiqishiga bor-yo‘g‘i ikki hafta qolganda fojiali tarzda vafot etdi. Sizlarning vazifangiz — aybdorni topish Favqulodda tezkor guruhni chaqiring va barcha gumondorlarni darhol hibsga oling. Uni topmaguningizcha dam olishni xayolingizga ham keltirmang Tushunarlimi? — deb baqirdi u.
Shifoxona. Ekspertiza xonasi. Ekspert shifokor Minseokning portlash va olovdan qoraygan kiyimlarini ehtiyotkorlik bilan yechishga urinardi. U qaychi bilan kamarni qirqmoqchi bo‘lganida, asbob qattiq, metal narsaga tegdi.
— Bu nima? — shifokor qoshlarini chimirdi. — Hamshira, qisqichni bering.
Hamshira uzatgan qisqich yordamida shifokor Minseokning kamari ostiga, yashirilgan narsani sug‘urib oldi. Bu — ustida Ximera surati tushirilgan yondirgich edi.
Bo‘limga baland bo‘yli, nigohlari o‘tkir va sovuqqon bir yigit kirib keldi. Bu — Kim Taehyung edi. Uning qadamlari o‘ziga ishonchidan darak berardi. Sen Gwanning yordamchisi yangi kelgan xodimning shaxsiy hujjatlarini uning stoliga qo‘ydi.
— Kim bu? — so‘radi Sen Gwan papkani ochar ekan.
Kim Taehyung, — deb javob berdi yordamchi. — Tergov byurosida ishlagan. O‘ta aqlli, detallarga e’tiborli va murakkab ishlarni yechishda usta.
— Agar shunchalik aqlli bo‘lsa, nega haligacha lavozimi oshirilmagan? — Sen Gwan shubha bilan so‘radi.
Yordamchi biroz ikkilanib javob qaytardi.
— Chunki u juda qaysar. Hech qachon o‘z so‘zidan qaytmaydi va rahbariyatning noqonuniy buyruqlariga bo‘ysunmaydi. Shu sababli yuqori lavozimdagi rahbarlar uni unchalik xush ko‘rishmaydi.
Kim Taehyung 35 yoshda Kapitan U Yoongi, Jisung Wansu va Seojun kabi tergovchilarning bevosita rahbari hisoblanadi.
U tizim va qonun-qoidalarga qat’iy amal qiladi, shuning uchun Yoongining ba’zan qoidalardan tashqari ish tutishlari uni tez-tez g‘azablantiradi.
Taehyung Sen Gwanning xonasiga dadil qadamlar bilan kirdi. Sen Gwan uning shaxsiy hujjatlaridan ko‘z uzmay, ma’lumotlarni ovoz chiqarib o‘qiy boshladi.
— Shilla oliy maktabini tamomlagan... — Sen Gwan boshini ko‘tarib Taehyungga qaradi. — Shillada o‘qiganmisan?
— Ha, shunday, — deb qisqa javob berdi Taehyung.
— Dadang Chelanamdoda ishlaganmi?
— U yerda ma’muriyatda ishlagan.
— Ha, jigar sirrozi tufayli, — Taehyungning ovozida hech qanday his-tuyg‘u sezilmadi, u faqat faktlarni gapirardi.
Sen Gwan hujjatlarni chetga surib, stuliga suyandi.
— Oilang Seuldan emas, bu yerga yolg‘iz keldingmi?
— Tushunarli. Qayerdan kelganingning ahamiyati yo‘q, maktab va olgan tarbiyang muhimroq. Men ham o‘z vaqtida maktab klublariga borardim... — Sen Gwan biroz jim qolib, davom etdi — Tergov guruhida birinchi marta ishlashingmi?
— Yo‘q, men avval ham tergov guruhlarida faoliyat yuritganman, — dedi Taehyung o‘ziga ishonch bilan.
— Buni faqat yosh va g‘ayratli bo‘lganing uchun aytyapman. Politsiya nufuzi uchun kim javobgar ekanini bilasanmi? Qamoqdan qochgan qotillarni eslaysanmi? O‘shanda butun rahbariyat iste’foga chiqishiga to‘g‘ri kelgan edi. Hozirgi ish esa undan ham shov-shuvli. Kapitanni o‘g‘irlab ketib, vahshiylarcha o‘ldirishdi. Matbuot esa buni boshqa eski jinoyatlar bilan bog‘lamoqda. Ular bundan katta shov-shuvli hikoya yasamoqchi. Shuning uchun tezroq harakat qilishimiz kerak.
Taehyung uning ko‘zlariga qarab, qat’iy ohangda javob berdi — Men buni albatta aniqlayman.
Sen Gwan o‘rnidan turib, Taehyungning yelkasiga qo‘l qo‘ydi.
— Juda yaxshi. Senga ishonish mumkin deb umid qilaman. Biz sen bilan yaxshi ishlaymiz. Axir, lavoziming oshishini, yuqoriga ko‘tarilishni xohlaysan-ku, to‘g‘rimi?
— Siz haqsiz, janob, — dedi Taehyung.
Politsiya bo‘limida muhit har qachongidan ham tarang edi. Yoongi kirib kelganida, notanish bir yigit uning stolidagi hujjatlarni xotirjamlik bilan yig‘ib, qutiga solayotganini ko‘rdi.
— Bu yerda nimalar bo‘lyapti? — Yoongi Jisungning yoniga kelib, hayron bo‘lib so‘radi.
Taehyung boshini ko‘tarmay javob berdi.
— Ikkinchi bo‘limning barcha materiallari endi tergov bo‘limiga tegishli. Kompyuterlaringizdagi ma’lumotlarni ertaga topshirasiz.
Yoongi uning yoniga shiddat bilan keldi — Sen kimsan o‘zi?
— Bosh prokuraturadan kelgan kapitan Kim Taehyung, — dedi Jisung vaziyatni yumshatishga urinib.
Taehyung Yoongining ko‘zlariga qaradi.
— Endi salomlashsak ham bo‘ladi. Ikkinchi bo‘limning barcha ishlari bizga o‘tkazildi. Endi bizga hisobot berasiz va qo‘lingizdagi bor ma’lumotni men bilan bo‘lishasiz.
— Nega? — Yoongining ovozi balandladi.
Detektiv Min... — Nega ishni olayotganimizni bilmoqchimisan? Chunki qurbon — sening otang. Bundan tashqari, jinoyat sodir bo‘lgan vaqtda sen aynan o‘sha yerda bo‘lgansan. U yerda nima qilganingni aniqlashimiz kerak. Hammasini hisobotda yoz va majlisda bizga tushuntirib ber.
Yoongi g‘azab bilan Taehyungning qo‘lidagi hujjatni tortib oldi.
— Ishni topshirmayman Qotilni o‘zim topaman. Bu ish meniki.
Wansu Yoongini chetga turtib yubordi.
— Nimalar qilyapsan, aqldan ozdingmi? Uni bu yerga qotilni topish uchun yuborishgan.
— Ishni qoldir va bu yerdan ket — Yoongi Taehyungga qarab baqirdi.
Jisung ham aralashdi — Yoongi, qoidani unutdingmi?
Wansu esa olovga moy sepdi — Bosh prokuraturaning qarorini muhokama qilishga qanday hadding sig‘di? Shunchaki u aytgan ishni qil.
Taehyung Yoongiga yaqinlashdi, uning nigohi muzdek sovuq edi.
— Detektiv Min, qotilni o‘zing topmoqchimisan? Nega, qurbon otang bo‘lgani uchunmi yoki vijdoning qiynalayotgani uchunmi? Mayli, bu tushunarli. Lekin tergovda hissiyotlar senga yordam bera olmaydi.
Taehyung xodimlarga qisqa buyruq berdi — Hammasini olib ketinglar — va xonadan chiqib ketdi.
Yoongi yo‘lakda ketayotganida, shifoxona eksperti uning yo‘lini to‘sdi Yoongi, bu juda muhim, — u burchakka o‘tib, qo‘lidagi yondirgichni Yoongiga uzatdi. — Bu Minseokning yonidan chiqdi. Lekin... bu yondirgich dadangniki emas shekilli. Kimdir uni ataylab tashlab qo‘yganga o‘xshaydi. Qo‘limda bor narsa faqat shu, boshqa yordam bera olmayman.
Yoongi yondirgichdagi Ximera tasviriga qarab, tishlarini g‘ichirlatdi.
— O‘ylashimcha, dadam mendan nimanidir yashirgan. Ximera haqida nima deb o‘ylaysiz? Balki nimadir bilarsiz? Axir siz dadam bilan yaqin do‘st edingiz-ku?
Doktor chuqur uf tortdi va uzoqlarga tikildi.
— Bilmayman, Yoongi. To‘g‘ri, biz yaqin edik. Lekin xotinim doim aytadi Hatto birga yashasang ham, insonning ichidagi fikrlarini oxirigacha bila olmaysan deb. Dadang yaxshi odam edi, u jannatga ketdi.
Dafn marosimi Qabriston politsiya xodimlari bilan to‘lgan, hamma motam libosida edi. Seung ham chetda, ma’yus qiyofada turardi. Hamkasblari birin-ketin Minseokning surati poyiga oq gullar qo‘yib, so‘nggi hurmatni bajo keltirishdi. Yoongi otasining surati qarshisida uzoq turib qoldi va so‘nggi bor chuqur ta’zim qildi.
— Tayyorlaning — degan qat’iy buyruq yangradi O‘t och.
Politsiyachilar bir vaqtda osmonga qarata o‘q uzishdi. O‘q ovozlari go‘yo osmonni yirtib yuborgandek bo‘ldi. Marosim yakunlangach, Yoongi darvoza tomon yurdi. Seung uni tashqarida kutib turgan edi, lekin Yoongi hech kimni ko‘rmaydigan holatda emas edi — u Seungning yonidan uni koʻrmay o‘tib ketdi. Seung esa uning ortidan achinish bilan qarab qoldi.
Jisung stol ortida o‘tirib, Yoongini savolga tutardi.
— Demak, seningcha, suv yongan shundaymi?
— Ha, necha marta so‘raysan? — Yoongining ovozi bo‘g‘iq va asabiy edi.
— Balki u suv emas, boshqa suyuqlikdir? — Bu oddiy suv edi Men o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim.
Oyna ortidagi kuzatuv xonasida Seojun, Wansu va Taehyung suhbatni eshitib turishardi.
— U aqldan ozganga o‘xshaydi, — dedi Wansu ensasi qotib. — Bu shunchaki yolg‘on. Suv qanday yonishi mumkin?
— Unday emas, — Seojun e’tiroz bildirdi.
— Sen qayerdan bilasan? — U bilan anchadan beri birga ishlayman. Sen ham uni taniysan-ku, Wansu. Yoongi har qanday vaziyatda ham yolg‘on gapirmaydi.
— Yoongi unday, Yoongi bunday... Nima, sen uning muxlisimisan? — Wansu kinoya bilan kuldi.
Taehyung laboratoriyaga kirdi. U yerda kimyoviy tahlillar bilan band bo‘lgan Wanmu hayrat ichida edi — Bu haqiqatan ham suv, — dedi Wanmu boshini chayqab.
Taehyung to‘xtab qoldi — Nima?
— Tafsilotlarini hali to‘liq tushuntirib berolmayman, — davom etdi Wanmu hujjatlarga ishora qilib. — Lekin quvurlarda, voqea joyidagi namunalarda faqat suv bor. Boshqa hech qanday yonuvchi modda aralashmagan.
— Qanaqasiga suv yonishi mumkin? — Taehyungning ovozida ilk bor hayrat sezildi.
— Bilmayman, kapitan. O‘z faoliyatim davomida hali bunaqasini ko‘rmaganman.
Taehyung laboratoriyada turib, o‘z taxminini ilgari surdi — Balki bu gazdir? Avvalgi holatlarda kislorod miqdori oshgani haqida aytishgan edi.
Wanmu boshini chayqadi va mikroskop ostidagi namunalarga ishora qildi.
— Bu safar vaziyat butunlay boshqacha. Gaz va kislorod havodan og‘ir, shuning uchun ular odatda pastda to‘planadi. Ammo bu holatda olov go‘yo suv yuzasiga sepib yuborilgandek sochilgan va pastdan tepaga yo‘nalgan. Demak, olov to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoyilgan, portlash emas, balki shiddatli yonish sodir bo‘lgan.
Seung o‘z ma’ruzasini tugatib, auditoriyadan chiqdi. Binoning chiqish qismida Yoongi uni kutib turardi. Ular, to‘g‘ri jinoyat sodir bo‘lgan tashlandiq binoga yo‘l olishdi.
Seung ehtiyotkorlik bilan Minseok hayotining so‘nggi daqiqalarini o‘tkazgan o‘sha mudhish stul yoniga keldi. Atrof qoraygan, devorlarda hamon o‘sha daxshatli issiqlik hidi o‘rnashib qolgandi. U yuqoridagi devorga bitilgan yozuvga tikildi.
— Dies Irae, — dedi Seung past ovozda — Bu nima degani? — Yoongi uning yoniga keldi.
— Lotinchada Qiyomat kuni yoki G‘azab kuni degani. Bu so‘nggi hukm haqidagi qadimiy gimnning ilk so‘zlari. Uni ba’zi joylarda marhumlar uchun kuylashadi.
So‘nggi hukm... — Yoongi bu so‘zlarni og‘ir pichirladi.
— Qiyomat kunining o‘ziga xos ahamiyati bor, — davom etdi Seung — Bu kunda begunohlar hayotga qaytadi, aybdorlar esa o‘limga mahkum etiladi.
— Ahmoqlik — Yoongi g‘azab bilan devorga musht urdi. — Injildagi qiyomat so‘zlari-yu, grek afsonasidagi maxluq... Bularning nima aloqasi bor?
— Qiyomat kuni Arxangel Mixail kelib, odamlarning yuragini taroziga qo‘yadi, — U gunohkorlarni topib, ularni olovga tashlaydi. Yoongi, agar Kapitan Min aybdor deb topilgan bo‘lsa, gap qanday gunoh haqida ketyapti? Bu sizga nimanidir eslatmayaptimi?
Yoongi javob bermadi. Otasining sirlari, va o‘sha yondirgich uning xayolida keld. U ortiq chiday olmay, xonadan otilib tashqariga chiqdi.
Yoongi tashqaridagi sovuq havoni o‘pka-o‘pkasiga yutib, yoʻlning o‘rtasida to‘xtadi. Seung uning ortidan yetib kelib, so‘radi.
Yoongi achchiq istehzo bilan ortiga o‘girildi — Bu qanday savol bo‘ldi?
— Yaxshi uxlayapsizmi, demoqchiman.
— Men dadamni yo‘qotdim, Seung — Yoongining ovozi titrab ketdi. — Qotil esa hali ham ozodlikda yuribdi. Shunday vaziyatda qanday qilib yaxshi uxlashim mumkin? Nima, mendan xavotir olyapsizmi?
— Ha, biroz, — dedi Seung uning ko‘zlariga qarab.
Yoongi nigohini olib qochdi — Yordamingiz uchun rahmat, endi ketishimiz kerak, — u oldinga yurmoqchi bo‘ldi, lekin Seung uni to‘xtatdi.
— Yaxshi uxlamayotganingiz ko‘rinib turibdi. Agar menga aytishni istamasangiz ham, baribir kimgadir ichingizdagini aytishingiz kerak. Portlab ketasiz, Yoongi.
Yoongi to‘xtadi. Uning ichidagi barcha g‘azab va og‘riq bir nuqtaga yig‘ildi.
— Men charchadim Menga hammasi ayon bo‘lgan jinoyatchiga qaragandek qarashni bas qiling Siz hatto men nima haqida o‘ylayotganimni ham bilmaysiz. Ba’zi insonlar hatto o‘z oila a’zolarining harakatlarini ham taxmin qila olishmaydi... Agar kimgadir haqiqatni aytsangiz, u ham sizga xuddi shunday javob qaytaradi degani emas. Insonlar shunday, siz buni tushunmaysiz.
Yoongi shunday dedi-yu, Seungni yolg‘iz qoldirib u yerdan uzoqlashdi. Seung esa uning achchiq gaplaridan xafa bo‘lish o‘rniga, ortidan qarab mayin jilmaydi. Bu boshqa gap... Nihoyat hislarini tashqariga chiqardi, deb qo‘ydi u ichida.
Yoongi nariroqdagi eski skameykaga borib o‘tirdi. Oradan biroz o‘tgach, Seung ham kelib, uning yonidan joy oldi. Bir muddat ikkalasi ham jim o‘tirishdi.
— Ximera ishini Kapitan Min olib borganmi? — so‘radi Seung ohista.
Yoongi chuqur xo‘rsindi — Dadam bu haqida menga hech qachon aytmagan. Nega yashirgan bo‘lishi mumkin? Menga aytishi kerak edi... Men dadamga hamisha ishonardim, lekin u menga ishonmas ekan.
— Balki u sizga ishonmagani uchun emas, aksincha, sizni himoya qilish uchun yashirgandir?
Yoongi boshini egib, qo‘llarini bir-biriga ishqaladi — Seung, bilasizmi... hozir o‘zimdan juda jahlim chiqyapti. Hammasiga men aybdorman. Dadamning yoniga yugurib bormay, faqat yordam chaqirib qichqirganimda, balki u o‘lmagan bo‘lardi. Shunchaki qo‘ng‘iroq qilishim kerak edi... Nega o‘sha lahzada bu haqida o‘ylamadim?
Tungi sukunatda faqat kompyuter klaviaturasining shitirlashi eshitilardi. Seung ekranga tikilgancha, bir-biriga bog‘lanmagan tushunchalarni tizimga solishga urinardi. U Ximera, 1996-yil, Koreya, kislorod, suv kimyo deb yozib qoʻydi.
Yoongi monitorga Son Vangining portlab ketgan mashinasi tasvirini chiqardi. Xonadagilarning nigohi ekranga mixlandi.
— O‘sha qotilmi? — so‘radi Taehyung sovuqqonlik bilan.
— Demak, bu seriyali qotillik ekan-da? — Wansuning ovozida xavotir sezildi.
Yoongi ko‘rsatkich tayoqchasi bilan sanalarga ishora qildi.
— Son Vangining mashinasi 13-sanada portlagan. 18-sanada ko‘p qavatli binoda yong‘in chiqdi. 23-sanada esa dadam... Bu uchta jinoyatning dinamikasi va uslubi bir-biriga juda o‘xshash.
— Lekin o‘ldirish usullari har xil-ku? — e’tiroz bildirdi Jisung.
To‘g‘ri, — Yoongi unga o‘girildi. Ammo qotil har safar o‘z imzosini qoldirgan.
Taehyung qoshlarini chimirdi — Qanday imzo?
Yoongi cho‘ntagidan matoga o‘ralgan ikkita yondirgichni chiqardi va stol ustiga, qo‘ydi. Sujin hayratdan og‘zi ochilib, yondirgichlarni qo‘liga oldi.
— Nima? Bular... bular bir xil-ku.
— Bu yondirgichlarni Fransiyaning Luvr kompaniyasi 1995-yilda chiqargan, — tushuntira boshladi Yoongi. — Bu Ximera maxsus kolleksiyasi bo‘lib, faqat shaxsiy buyurtma asosida tayyorlangan. Koreyada bunaqa yondirgich sanoqli odamlarda bor, xolos.
— Juda qimmat bo‘lsa kerak-a? — Sujin yondirgichni aylantirib ko‘rarkan, so‘radi.
— Balki ming dollar turar? — taxmin qildi Jisung.
— Nima? Ming dollar? — Wansu ko‘zlarini katta-katta ochdi.
Taehyung ikkinchi yondirgichni qo‘liga olib, uni sinchiklab ko‘zdan kechirdi.
— Bir daqiqa... Mana bunisi Son Vangining mashinasidan chiqqan dedingmi? Nega u dalillar ro‘yxatida qayd etilmagan? — Taehyungning nigohi Yoongiga qadaldi.
— Uni dadamning ish stoli tortmasidan topdim, Dadam uni ro‘yxatga olishni unutgan bo‘lishi mumkin, lekin u jinoyat joyidan topilgani aniq.
— Bu degani, dalillarni saqlash va rasmiylashtirish qonuni allaqachon buzilgan — Taehyungning ovozi keskinlashdi. — Bunday ashyoviy dalil sudda o‘tmaydi.
Yoongi unga yaqin keldi, ko‘zlarida intiqom olovi yonardi — Sudda o‘tmasligi mumkin, lekin qidiruvda foydalanishimiz mumkinku.
Qanday qilib?
Jinoyatchining o‘ziga xos imzosi sifatida.
Wansu yondirgichni yuziga yaqin keltirib, uning ustidagi murakkab naqshga tikildi — Unga nima chizilgan o‘zi?Ximera, dedi Yoongi Grek afsonalaridagi arslon boshli, echki tanali va dumining o‘rnida ilon bo‘lgan olov purkaydigan maxluq.
Yoongi doskaga 1996-yildagi va hozirgi jinoyat joylari tasvirlangan suratlarni ketma-ket yopishtira boshladi.
— 96-yildagi portlashlar oqibatida uch kishi fojiali vafot etgan. Bu Ximeraning ishi edi — shafqatsiz qotilliklar orqali o‘z afsonasini yaratgan shaxs. U birinchi rasmni ko‘rsatdi. Bu Son Vangi jurnalist. U o‘z vaqtida Ximera haqida shov-shuvli maqolalar yozgan.
— Bu ikkinchi portlash. Bu yerda ham o‘sha imzo. Va uchinchi rasm... — Yoongining ovozi biroz titradi, bu uchinchi jinoyat joyi. Bu qurbonlarning barchasi 30 yil avvalgi voqealar bilan bevosita aloqador. Ximera ishini o‘shanda dadam olib borgan edi. 18-sanadagi xabarni tekshiring.
Taehyung stol ustidagi hisobotni qo‘liga oldi — Senil-don, 416-bino...
— Kapitanni yo‘q qilish uchun yuborilganmi? — so‘radi Jisung hayron bo‘lib.
— Ha, — tasdiqladi Yoongi. — Birinchi va ikkinchi marta uddalay olmagani uchun, uchinchi martada bor kuchini ishga soldi.
Taehyung Yoongiga qaradi — Shunda, sen 30 yil avvalgi qotil tirik va u qaytib keldi demoqchimisan?
— U nega jurnalist va kapitanni o‘ldirdi? — Sujin tushunolmay savol berdi.
— Balki ulardan xafa bo‘lgandir, qandaydir adolatsizlik uchun o‘ch olayotgandir, — dedi Seojun o‘ychan.
— To‘xtanglar, o‘sha qotilni ozod qilishganmi? — Wansu gapga aralashdi.
— U allaqachon o‘lgan, — deb javob berdi Jisung qisqa qilib.
Nega? Qachon? — 30 yil avval, tergov vaqtida u o‘z joniga qasd qilgan.
Xonada sovuq shamol esgandek bo‘ldi. Wansuning rangi oqarib ketdi.
Sujin: Rostdanmi? Unda... qotil arvohmi? — Bema’nilikni bas qiling Taehyung baqirib yubordi va stolga urdi. Yoongi, ishni qiyinlashtirma. Biz ochishimiz kerak bo‘lgan jinoyat yaqinda sodir bo‘ldi. Kapitanni o‘ldirishdi, bu — davlat miqyosidagi shov-shuvli ish. Agar biz hozir Ximerani eslasak, matbuotda qanday vahima ko‘tarilishini bilasanmi?
Yoongi Taehyungga yaqinlashdi — Sen mas’uliyatdan qochyapsan. Muammoga duch kelishdan, o‘tmishning chirkin sirlari ochilishidan qo‘rqyapsanmi? Seni tushunaman... Lekin vafot etgan odam bizning hamkasbimiz, jamoamiz a’zosi va mening dadam edi U endi yo‘q, sen esa shunchaki lavozimingni o‘ylayapsan.
— U bunday demadi, Yoongi... Jisung vaziyatni yumshatmoqchi bo‘ldi — Unda nima?
— Bas qil — Wansu Yoongini chetga tortdi — Biz sizdan yordam kutayotganimiz yo‘q, — dedi Seojun Taehyungga qarab. — Shunchaki, bizda bor ma’lumotlarni ko‘rib chiqishingizni so‘rayapmiz.
— Aqldan ozdingmi? — Wansu Seojunni turtib yubordi. — Prokuratura qaroriga e’tiroz bildirishga haqqing yo‘q.
Yoongi Taehyungning sovuq nigohiga qarab, so‘nggi so‘zini aytdi — Biz allaqachon bir odamdan shubhalanyapmiz.
Yoongi Namjoon haqida to‘plagan barcha shaxsiy ma’lumotlar, va Son Vangi bilan bog‘liqligini isbotlovchi qog‘ozlarni Taehyungning stoliga tashladi. Taehyung hujjatlarni shoshilmasdan varaqlab chiqdi.
— Tintuv o‘tkazish uchun order ber, — dedi Yoongi Yoki hech bo‘lmasa uning qo‘ng‘iroqlar ro‘yxatini olish uchun rasmiy ruxsat.
— Shu arzimas gumonlar bilan prokurorni ishontirish mumkin deb o‘ylaysanmi? — Taehyung istehzo bilan jilmaydi.
— Agar qidiruvni boshlasak, biror dalil topishimiz aniq U nimadir yashiryapti
— Bularning kapitan Minga nima aloqasi bor? — Taehyung o‘rnidan turdi. — Shunchaki u haqida unut, Yoongi.
— U Son Vangini tanimasligini aytib, bizga yolg‘on gapirdi Bu shubhali emasmi?
Taehyung Yoongining ro‘parasiga kelib to‘xtadi — Guvohlar ham, ham yolg‘on gapiradi. Mayli, sen haqsan deb tasavvur qilaylik. Bu seningcha Ximeraning davomimi? Ximera ishi 30 yil avval sodir bo‘lgan. O‘shanda sen shubhalanayotgan bu shifokor necha yoshda edi? Ehtimol, maktabda o‘qib yurgan kichkina bola bo‘lgandir.
Taehyung Yoongining yelkasiga qo‘lini qo‘ydi,
— Yoongi, Ximera haqida o‘ylashni bas qil. Bundan ham muhimroq narsalar bor. Kapitan 30 yil davomida tizimda ishlagan, uning dushmanlari ko‘p bo‘lishi aniq Shaxsiy adovatlarni tekshir O‘zingni bosib ol.
Taehyung shunday dedi-yu, xonadan chiqib ketdi. Yoongi g‘azabdan nima qilishni bilmay, qo‘l yuvish xonasiga kirdi. Muzdek suv bilan yuzini qayta-qayta yuvdi,
Tashqariga chiqqanida, Seojun bir ayol bilan gaplashayotganini ko‘rdi.
— Sizga nima kerak o‘zi? — so‘radi Seojun biroz shubhali ohangda.
— Men detektiv Min Yoongini qidiryapman, — dedi Heyon atrofga alanglab.
— U ketgan bo‘lsa kerak... Seojun gapini tugatmay, Yoongi uning ortida paydo bo‘ldi.
Seojun Yoongini ko‘rishi bilan qo‘lidagi yashirincha ichmoqchi bo‘lgan piva shishasini shoshilib ortiga yashirdi. Uning yuzi bir zumda o‘zgarib ketdi.
— Detektiv Min... — Heyon unga yuzlandi.
— Men... men ketishim kerak Seojun Yoongining nigohidan qochib, tez-tez yurib o‘tib ketdi. — Men unga hech narsa demadim Hech narsa.
Heyon Yoongi bilan baravar qadam tashlab, uning yuziga mo‘ltirab qaradi, ammo Yoongi go‘yo uni ko‘rmayotgandek shiddat bilan yo‘lida davom etdi. Heyon uning ortidan ergashdi.
— Qo‘ng‘iroqlarimga javob bermadingiz... — dedi Heyon hovliqib. U Yoongining yo‘lini to‘sib to‘xtatdi.
— Nima qilyapsan o‘zi? — Yoongining ovozi sovuq va keskin jarangladi.
— Xavotir olganim uchun keldim. Jarohat olmadingizmi? Sizni o‘sha yong‘in ichida qolgan deb o‘yladim.
— Gapir, bu safar senga nima kerak? — Yoongi uning ko‘zlariga nafrat bilan tikildi. Bilaman, bu sening ishing, shov-shuvli xabar qidirib kelgansan. Lekin biz hozir motamdamiz Nahotki odamlar hurmat degan narsani butunlay unutgan bo‘lsa?
— Men... — Heyon gapini boshlashga ulgurmay, Yoongi uni eshitishni ham istamay yonidan o‘tib, chiqib ketdi.
— Jurnalist sifatida kelmagan edim... — deb pichirlab qoldi Heyon uning ortidan ma’yus qarab.
Shu vaqtda Jisung va Wansu zamonaviy, qimmatbaho mashinaga o‘tirishdi.
— Yaxshi mashina ekan, — dedi Jisung hayratini yashirolmay. — Bizda qachon shunaqa mashina bo‘larkin-a?
— Xo‘mrayib o‘tirma, — dedi Wansu oynaga qarab o‘zini tartibga solarkan. — Hozir tashqaridan ko‘rgan odamlar bizni mashina o‘g‘risi deb o‘ylaydi.
— Meni debmi? — Yana kimni deb? Aslida men juda kelishgan yigitman, — Wansu mag‘rurlanib qo‘ydi.
Jisung: Bas qil Xotira kartasini ol.
Wansu ehtiyotkorlik bilan xotira kartasini chiqardi. Ular mashinadan tushib, biroz nariroqda kutib turgan mashina egasiga yuzlanishdi.
— Yordamingiz uchun rahmat. Bizga aynan shu fleshka kerak edi.
Ular ketishar ekan, biroz narida, qora mashina ichida Namjoon ularni diqqat bilan kuzatib o‘tirardi.