Muzlagan Atirgul 3-Qism
Haydovchim qayerda? Ko‘rinmayapti-ku? — Men o‘zim olib boraman, — dedi Yoongi va Sanyaoni o‘zining mashinasiga o‘tqazdi.
Sanyao telefoni orqali haydovchiga manzilni ko‘rsatdi — Shu yerga olib bor.
Yoongining shaxsiy haydovchisi hayron bo‘lib — Lekin Prezident, bu... — deb gap boshlagan edi, Yoongi uning gapini bo‘ldi — Yo‘lga chiq.
Mashina tun qo‘yniga sho‘ng‘ib, tezlikni oshirdi. Sanyao Yoongiga qarab piching qildi.
— Janubiy shahar loyihasini... tushuna olasanmi? Uni o‘ziniki qilib olish sening rejangda bormi?
Yoongi jilmaydi — Bu biznes siri, Sanyao. Uni hech kimga aytmayman.
Sanyao ko‘zlarini yumib, pichirladi — Ayyor tulki...
Mashina Yoongining villasi qarshisida to‘xtadi. Sanyao gandiraklab mashinadan tushdi-da, darvoza tomon yurdi. Yoongi uni qo‘ltig‘idan tutmoqchi bo‘lgan edi, Sanyao siltanib o‘zini chetga oldi.
— Ichkariga kuzatib qo‘yishing shart emas, — dedi u va eshikning raqamli qulfiga barmoqlarini yugurtirib, parolni terdi.
Eshik ochildi. Sanyao ortiga o‘girilib, Yoongiga qaradi.
— Mana, ochildi. Endi ketaverishing mumkin. Bor, bor...
Ammo Yoongi uni qo‘lidan tutib, to‘xtatdi — Sanyao, esingdan chiqmasin, bu — mening uyim.
— Sening uying? — Sanyao kulib yubordi. — Janob Min, shunday ekan, nega eshik paroli mening tug‘ilgan kunim?
Yoongi biroz dovdirab qoldi, lekin sirliligini boy bermadi — Parolni kim qo‘yganini eslay olmayman.
— Sen emas, menmi? — Sanyao unga yaqinroq keldi — Aynan shunday... bu sensan.
O‘shanda ham Sanyao xuddi hozirgidek mast edi. Yoongi uni zo‘rg‘a yetaklab uyiga olib kelgandi. Sanyao tinmay vaysar, Yoongining yoqasidan olardi.
— Min Yoongi Nega hamma ishimga aralashaverasan? Ataylab qilyapsanmi? Sen qari yaramassan Haqiqatdan ham juda yolg‘onchisan.
Sanyao eshik parolini terdi, lekin qulfda qizil chiroq yonib, rad javobini berdi.
— Ochilmadi — deb baqirdi Sanyao Yoongi jilmayib turardi. Qulfdan Parol xato degan ovoz keldi.
— Yana bir marta xato qilsang, qulf bloklanadi, — dedi Yoongi — Keyin parolni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi.
Sanyao yana bir bor tasodifiy raqamlarni terdi. Yana xato. Yoongi qulfni bosib, tizimni qayta yukladi.
— Endi yangi parol o‘rnatish kerak. Qani, terchi.
Sanyao unga qarab g‘alati jilmaydi — 08-08... Mening tug‘ilgan kunim... — U raqamlarni bittalab terdi. Eshik ochildi. Sanyao ichkariga kirayotib, Yoongiga buyruq berdi — Men uydama Endi ortimdan kelma.
Yoongi esa uning ortidan qarab — Sanyao, maslahatim — hoziroq kirib uxlab qol, — deb pichirlab qolgan edi.
Yoongi Sanyaoning ko‘zlariga tikildi — Sanyao, ba’zi narsalar takrorlanishini xohlamayman.
Sanyao gap nima haqida ketayotganini tushundi-yu, birdan o‘zini chetga olib, tashqariga yo‘naldi.
— Qayerga ketyapsan? Yoongi uning yo‘lini to‘sdi — Boshqa joyda uxlayman — Sanyao qaytishga urindi.
— Oyog‘ing jarohatlanibdi, dedi Yoongi uning poyabzalidan sizib chiqayotgan qonga ishora qilib. — Og‘rimayaptimi? Ichkariga kir. Nega bunchalik qaysarlik qilasan? Go‘yo avval birga uxlamagandekmiz...
Yoongi shunday deb, hech narsa bo‘lmagandek ichkariga kirib ketdi. Sanyao uning ortidan qarab qoldi. Uning yuzida g‘alati, ham g‘azab, ham hayrat aralash jilmayish paydo bo‘ldi.
— Bu odam haqiqatdan ham odamni uyaltirishni san’at darajasiga ko‘taribdi, — deb pichirladi u. — Mayli, janob Min... Unda hozir seni yaxshigina bezovta qilaman.
Sanyao ichkariga, qadam qo‘ydi. va kresloga o‘zini tashladi.
— Janob Min, unashtiruvni bekor qilish ishi tezroq bitsin, — dedi u Yoongiga tikilib. Agar bu ish chala qolsa, ikkimiz ham bu girdobdan qutula olmaymiz. Muammo yanada chuqurlashadi.
Yoongi uning gaplarini eshitmagandek, Sanyaoning qarshisiga tiz cho‘kdi. Uning e’tibori qizning jarohatlangan oyog‘ida edi.
— Xavotir olma, — dedi u bosiqlik bilan. — Avval mana bu jarohatga qaraylik.
— Shart emas, — Sanyao oyog‘ini tortib olmoqchi bo‘ldi. — Bu shunchaki kichik tirnalish. Biroz uxlasam, o‘tib ketadi.
Biroq Yoongi qat’iy edi. U ehtiyotkorlik bilan dorini oldi va Sanyaoning oyigʻiga surta boshladi.
— Qimirlama, — deb buyurdi u. — Ehtiyot bo‘l Og‘riyapti Sanyao chiday olmay yuzini burishtirdi, ammo keyingi soniyada uning lablarida jilmayish paydo bo‘ldi. — Janob Min, qiziq... Shunchalik ko‘p qizning jarohatiga dori qo‘yganmisan? Insonlarga qarashni yaxshi bilar ekansan. Nima deysan, bizning Se oilamizga qo‘riqchi bo‘lib ishga kirishga?
Yoongi unga qarab, ma’noli jilmaydi — Sanyao... yana nimani rejalashtiryapsan? Nega meni o‘zingga bunchalik yaqinlashtirmoqchisan?
Sanyao qah-qah otib kulib yubordi — Agar sen mening qo‘riqchim bo‘lsang, sening butun kompaniyang meniki boʻladi.
Yoongi bir muddat uning kulgusiga mahliyo bo‘lib qoldi — Kulganingda juda chiroyli ko‘rinar ekansan, Sanyao.
Sanyao birdan jiddiy tortdi, yonoqlari biroz qizirdi.— Sen haqiqatdan ham insonlarni uyaltirishda ustasan, — dedi u nigohini qochirib. — Senga bu borada hech kim teng kelolmaydi.
Yoongi o‘rnidan turdi va uning ko‘zlariga sinchkov nigoh bilan qaradi — Men Se Sanyaoning tanasi va irodasi bunchalik nozik emas deb o‘ylardim... — U soatiga qaradi. telefonda muhim bir gapim bor, gaplashib olishim kerak.
Yoongi undan uzoqlashdi. Sanyao uning ortidan qarab Tushunib bo‘lmaydi, gohida mehribon, gohida muzdek sovuq... deb pichirladi.
Yoongi esa chetroqqa o‘tib, kimningdir raqamini terdi.
— Janob Yan, Salom sizni hoziroq ko‘rishga bormoqchiman. Muhim masalada gaplashishimiz kerak.
Sanyao kresloga suyanib, Yoongining har bir harakatini kuzatar ekan, xotiralari jonlandi.
Besh yil avval... Janob Yan Shimoliy Koreyadan Janubiy Koreyaga ilk bor kelganida, Yoongi va men unga hamrohlik qilgan edik. O‘shanda Yoongi bor mahoratini ishga solib, Janob Yanni o‘zi bilan hamkorlik qilishga ko‘ndirgan edi. Men esa shunchaki kuzatuvchi edim. Lekin bugun...
Yoongi telefonini o‘chirib, g‘olibona jilmayish bilan Sanyaoga yuzlandi — Sanyao, nigohing bilan hech kimni o‘ldirolmaysan, — dedi u kinoya bilan.
Shu soniyada Sanyaoning telefoni qattiq jiringladi. U go‘yo hech narsadan xabarsizdek qo‘ng‘iroqqa javob berdi. Vitsa Prezident Se degan hayajonli ovoz eshitildi.
— Shimoliy Koreyadagi kelishuv masalasida Min Groupdan o‘zib ketdik Shartnoma hozirgina imzolandi.
Yoongi hayrat ichida o‘z telefoniga qaradi. Uning yuzidagi g‘olibona ifoda bir soniyada muzlab qoldi. Sanyao lablarida zaharxandali tabassum bilan Yoongiga tikildi — Uzr so‘rayman, janob Min... Sizni bekorga xursand qilib qo‘yibmiz.
Ichida esa chinakam g‘alabani nishonlayotgan edi Demak, bu kecha senga ataylab noto‘g‘ri yo‘l ko‘rsatganim foyda berdi. Meni shunchaki mast qiz deb o‘ylaganing sening eng katta xatoying bo‘ldi, Yoongi. Janob Yan bilan kelishuvni qo‘lga kiritish uchun sendan tezroq harakat qilishim kerak edi va men buni uddaladim. Bu safar men gʻalaba qozondim.
Yoongi Sanyaoga tikilgancha qoldi. Uning nigohida g‘azab va tan berish hissi qorishib ketgan edi. Sanyao uning o‘ziga aytgan gapini o‘ziga qaytardi.
— Janob Min, nigohingiz bilan hech kimni o‘ldirolmaysiz. Balki... tayyor shartnomani qo‘lingizdan tortib olish qanday his ekanligi haqida gaplasharmiz? Juda og‘riqli, shunday emasmi?
Yoongi kutilmaganda jilmaydi — Endi tushundim... Nega seni tashqarida, qoldirmaganimni endi tushunib yetdim, Sanyao. Sen naqadar xavfli ekaningni bilardim, lekin baribir qalbim senga yo‘l berdi.
Sanyao o‘rnidan turdi — Rahmat, janob Min. Bugungi katta yaxshiligingiz uchun minnatdorman, — dedi va boshini mag‘rur ko‘targancha yuqori qavatga, chiqib ketdi.
Yoongi pastda, bir o‘zi qoldi. U qo‘lidagi telefoniga qarab pichirladi — Ayyor tulki deb meni aytgan eding, Sanyao... Lekin haqiqiy ovchi sen ekaningni unutibman.
Tong Mehmonxonada Junsok va Yusin Yoongining qarshisida o‘tirishardi.
— Aka, ochig‘ini aytaman, Se Sanyaoni mutlaqo yoqtirmayman Yusin undan ancha yaxshi, u meni tushunadi, — dedi Junsok Yusinning qo‘lidan mahkam tutib. — Ko‘zi ochiq har qanday inson uni yoqtirmasligi tayin,
Yoongi ukasiga sovuq tikildi — Junsok, sening shaxsiy hayotingga aralashish niyatim yo‘q. Lekin Sanyao bilan unashtiruvni yaqinda buzding. Maslahatim — ehtiyot bo‘l, boshingni baloga tiqma.
Yusin esa fursatni boy bermay, o‘zining yangi maqomini eslatib qo‘ydi — Yoongi Aka, men ham Se oilasining qiziman. Kelajakda Se Groupning bir qismi baribir meniki bo‘ladi. Men opamdan aslo qolishmayman.
Junsok Yusinni bag‘riga bosar ekan, uning bu gaplaridan mamnun edi. yuqori qavatda Sanyao ko‘zlarini ochdi. Pastdan kelayotgan tanish ovozlar uning uyqusini butunlay qochirgan edi. Yusinning ovozi yanada balandroq eshitildi.
— Men qandaydir obro‘li oilaga suqulib kirishga urinayotgan begona emasman, men bu oilaning haqiqiy vorisiman.
Sanyao o‘rnidan turib, ko‘zguga qaradi va lablarida sovuq jilmayish paydo bo‘ldi.
U nimadan voz kechayotganini hali o‘zi ham bilmaydi...
Pastda esa Yusin davom etardi — Junsok bilan o‘rtamizda haqiqiy sevgi bor Hech kim buni buzolmaydi.
Aynan shu soniyada Sanyao zinapoyaning yuqorisida paydo bo‘ldi. Junsok va Yusin unga qarab, toshdek qotib qolishdi.
— Se Sanyao? Sen... bu yerda nima qilyapsan? — Junsokning ovozi titrab chiqdi.
Sanyao xuddi o‘z uyidagidek xotirjamlik bilan pastga tushdi va borib Yoongining yoniga o‘tirdi. Sanyao Yusinga qarab, istehzo bilan bosh chayqadi.
— Qanday tasodif, singiljon... Hatto kiyimlaringni ham almashtirmabsan. Demak, butun tunni tashqarida, mana shu ahvolda o‘tkazdingmi?
Junsok g‘azabdan o‘rnidan turib ketdi — Se Sanyao Tilingni tiysang nima bo‘ladi? Tunni qanday o‘tkazgan bo‘lsak, senga nima?
Sanyao qahvadan bir qultum ichib, Junsokga qaradi — Unashtiruv hali rasman va to‘liq bekor qilingani yo‘q, Junsok. Sen hali ham mening qaylig‘im hisoblanasan. Tashqarida esa o‘z qaylig‘ingning singlisi bilan bunday munosabatda bo‘lishing... Bu haqiqiy sevgi emas, bu — noqonuniy va jirkanch xiyonatdan boshqa narsa emas. Sizlarning bu qilig‘ingiz yuqori jamiyatda qanday nomlanishini bilasizlarmi?
Junsok o‘zini oqlash ilinjida Sanyaoga nafrat bilan tikildi.
— Xo‘sh, Se Sanyao Meni tanqid qilishga qanday hadding sig‘di? O‘zing-chi, bu yerda nima qilyapsan?
Sanyao qahva finjonini ohista stolga qo‘ydi — Juda oddiy... Sen mening singlim bilan tunni birga o‘tkazding, men esa sening akang bilan. Bu adolatli almashinuv, shunday emasmi? Ko‘rib turganingdek, bu o‘yinni faqat siz ikkingiz o‘ynay olmaysiz.
Kutilmaganda Yoongi Sanyaoni o‘ziga yaqinlashtirib, bag‘riga bosdi. Uning bu harakati xonadagilarning tilini kalimaga keltirmay qo‘ydi. Sanyao esa fursatdan foydalanib, Junsokga qaradi — Endi meni kelinoyi deb chaqir
Junsok va Yusin dahshatdan qotib qolishdi — Aka Junsok o‘rnidan sapchib turib ketdi. — Uning qanday ayol ekanligini ko‘rmayapsizmi? U sizdan foydalanyapti.
Yoongining nigohi sovuqlashdi — Junsok, agar yolg‘on gapirishda davom etsang, seni to‘g‘ri oilamiz ibodatxonasiga jo‘nataman. U yerda bir oy qolib, oila qoidalarini qaytadan yodlaysan.
Junsok ixtiyorsiz ravishda joyiga o‘tirdi. Yusin o‘zini jabrdiyda qilib ko‘rsatishning so‘nggi yo‘liga o‘tdi. U ko‘zlariga yosh olib, mo‘ltirab gap boshladi.
— Yoongi aka, tan olaman... Opamning qaylig‘ini tortib olish mening aybim edi. Lekin ularning o‘rtasida sevgi yo‘q edi-ku Hammasi shunchaki manfaatli nikoh edi. Men esa Junsokni chindan sevaman.
So‘ng u Sanyaoga yuzlandi — Opa, qanchalik jahlingiz chiqmasin, ayol kishi o‘z nomusi bilan bunday o‘yin qilmasligi kerak. Oyim aytardilar Qiz bola o‘z qadrini bilishi, sevishi va vafodor bo‘lishi kerak Men noqonuniy qiz bo‘lsam ham, hech qachon siz kabi yengiltaklik qilmaganman. Tan olaman, men qonuniy qizdan ko‘ra ancha pokroqman.
Junsok bu gaplardan so‘ng mamnun jilmaydi. Sanyao esa indamay o‘rnidan turdi-da, stol ustidagi grafikdan stakanga qaynab turgan issiq suv quydi.
— Gaping tugadimi? — so‘radi u sokinlik bilan va Yusinning qarshisiga keldi. — Rahmat, so‘zlaring uchun...
Yusin g‘olibona jilmayib qo‘ydi, u Sanyaoni mot qildim deb o‘ylagan edi. Ammo keyingi soniyada Sanyaoning yuzi qahrli tus oldi.
— Ishonib bo‘lmas darajada jirkanchsan — Sanyao qo‘lidagi qaynoq suvni Yusinning ustidan sochib yubordi.
— Aaaa — Yusinning baqirig‘i butun villani tutdi.
Yoongi hayrat bilan Sanyaoga qaradi, ammo qizning yuzida zarracha afsus yo‘q edi. Sanyao Yoongiga qarab, xotirjamlik bilan dedi.
— Janob Min, iltimos, ukangizdan singlimni uyga xavfsiz tarzda olib borib qo‘yishini so‘rang. Mehmondo‘stligingiz uchun rahmat, bu tun juda ajoyib o‘tdi.
Sanyao shaxdam qadamlar bilan eshik tomon yo‘naldi — Sanyao, hali nonushta qilmading-ku — Yoongi uning ortidan chaqirdi, so‘ng yerda o‘tirib yig‘layotgan Yusinga o‘girildi. — Se xonim, yig‘lab bo‘ldingizmi?
— Aka Uni ko‘rdingizmi? U xuddi psixopatning o‘zi-ku — deb baqirdi Junsok Yusinni turg‘izar ekan.
— Junsok, — dedi Yoongi o‘rnidan turib. — Chet elda o‘qishga tayyorgarligingni ko‘r. Sen bu yerdan ketishing kerak.
— Yoongi Aka... — Yusin gapirmoqchi bo‘ldi, lekin Yoongi uni gapirishga qo‘ymadi.
— Se xonim, ko‘rinishidan dadangiz sizga begonalarga qanday murojaat qilishni o‘rgatmagan ko‘rinadi. Menga bunday yaqinlik bilan murojaat qilishingiz mutlaqo noto‘g‘ri. Junsok chet elga ketadi, sizga esa maslahatim — opangizga quloq soling. Darslaringizni yaxshilab o‘qing, aks holda bu jamiyat sizni tiriklayin yutib yuboradi.
Yoongi shunday deb, mag‘rur qadamlar bilan xonadan chiqib ketdi. Yusin va Junsok esa mag‘lubiyat va kamsitilishning achchiq ta’mi bilan yolg‘iz qolishdi.