Today

Gunohlar Soyasi 1-Qism

Songlar qoʻrgʻoni olov ichida qolar ekan, tun qorongʻuligini qizgʻish-olovrang yorugʻlik qopladi. Chen Hyun So qoʻrgʻon hovlisida aqldan ozgandek turib, atrofga tinmay kerosin separdi. Ichkarida, alanga changalida qolib ketgan qizi Sara deraza ortidan yigʻlab, unga yalinardi.

Dada Iltimos, toʻxtang Dada.

Hyun So kerosin idishini chetga otib, qiziga qaradi. Uning koʻzlarida nafrat va ochkoʻzlik yonardi.

Sara, iltimos, dadangni ayblama, — dedi u sovuq va vahshiyona ohangda. — Oying barcha kompaniya hissalarini senga berishini kim aytgandi? Men bu oilaga turmush qurish orqali kirdim. Yillar davomida xoʻrlik va qiyinchiliklarga chidadim, ammo menga hech narsa berishmadi Na bir munosib joy, na bir tiyin.

U aqldan ozgandek dahshatli kulib yubordi. Uning kulgisi olovning qarsillashiga qoʻshilib, tunda aks sado berdi.

Dada... — Saraning ovozi tutun va qoʻrquvdan boʻgʻilib chiqdi.

Shuning uchun seni oʻldirishdan boshqa choram yoʻq — Hyun So choʻntagidan yondirgichni oldi.

Dada, iltimos, iltimos meni tashqariga chiqaring Men hamma narsadan voz kechaman — Sara oynani urib yigʻlardi.

Biroq Hyun So yondirgichni yoqdi va yerga tashladi. Olov bir lahzada Saraning oyoqlari ostigacha yetib bordi. Hyun So gʻolibona jilmaydi. Sara birdan baqirdi

Agar men oʻlsam, hissalarim uchinchi tomon nazoratiga oʻtadi Baribir hech narsa ola olmaysiz.

Chen Herin

Chen Hyun Soning Noqonuniy qizi Hasadgo‘y, makkor, ochko‘z va xudbin. Saraning o‘rnini, uning boyligini va Taehyungni qo‘lga kiritish uchun har qanday jinoyatdan qaytmaydi.

Alanga ichidan kutilmagan, muzdek sovuq ovoz eshitildi — Singlim...

Sara vahima bilan ovoz kelgan tomonga qaradi. Quyuq tutun va olov orasidan qoʻlida qora soyabon ushlagan bir qiz unga yaqinlashib kelardi. Uning yuzi olov nurida aniq koʻrindi — bu uning opasi Chen Herin edi.

Unutma, biz bir onadan emasmiz, lekin sakson foizga oʻxshaymiz, — dedi Herin labini burib. Uning koʻzlarida zarracha rahm-shafqat yoʻq edi. — Men sening shaxsingni oʻzlashtiraman va hamma narsani meros qilib olaman. Shuning uchun sen xotirjam oʻlishing mumkin.

Herin qoʻlidagi soyabon bilan Saraning yuziga qattiq urdi. Sara hushini yoʻqotib, yerga yiqildi. Olov uni butkul qamrab oldi. Hyun So va Herin ortlariga ham qayrilmay, yonayotgan qoʻrgʻonni tark etishdi.

3 yildan soʻng

Yoʻq — Yuna baqirib, oʻrnidan sapchib turdi.

Uning butun badani sovuq terga botgan, yuragi goʻyo koʻkragidan chiqib ketgudek tez urardi. Nafasi tiqilib, atrofga qaradi. Bu olovli qoʻrgʻon emas, uning shinamgina kichik xonasi edi.

U peshonasidagi terlarni artib, chuqur nafas oldi.

Juda qoʻrqinchli... Qanday qilib bunday dahshatli tush koʻrishim mumkin? — pichirladi u oʻziga oʻzi. — Yoki soʻnggi paytlarda juda charchadimmi?

Shen Yuna

Kichik, ammo shinam mehmonxona xonasida sokinlikni ogʻir va boʻgʻiq yoʻtal ovozi buzdi. Janob Shen Woojin kresloda oʻtirgancha, koʻkragini changallab tinmay yoʻtalardi. Uning rafiqasi Jia zudlik bilan stakanga iliq suv quyib, turmush oʻrtogʻiga uzatdi.

Woojin, oʻzingizni bosing, mana, suvdan iching.

Xonadan chiqib kelayotgan Yuna bu ogʻir yoʻtalni eshitishi bilan rangi oʻchib, yugurib keldi. U janob Woojinning yoniga tiz choʻkib, xavotir bilan uning qoʻllaridan tutdi.

Dada Yaxshimisiz? Yana boshlandimi?

Jia koʻzlaridagi yoshni yashirishga urinib, majburan jilmadi va Yunaning yelkasiga qoʻlini qoʻydi.

Jiddiy narsa yoʻq, qizim, hammasi joyida... Shunchaki ozgina shamollash...

Menga yashirmang, oyi, Yuna onasining koʻzlariga qaradi. — Shifokor nima deganini yaxshi bilaman. Dadamlarning ahvoli ogʻir, ularni darhol operatsiya qilish kerak.

Yunaning Jianing qoʻllarini qisdi — Oyi, xavotir olmang. Men operatsiya uchun kerakli hamma pulni topaman. Qanday boʻlmasin topaman.

Jia buni eshitib, chuqur xoʻrsinib yubordi. Uning chehrasida chuqur bir pushaymonlik va ogʻriq aks etdi. U Yunaning qoʻllarini sekingina oʻzidan uzoqlashtirib, shiftga qaradi.

Yoʻq, Yuna... Men va dadang sening haqiqiy oilang emasmiz. Biz uchun bunchalik qaygʻurishing, oʻzingni oʻtga-choʻqqa urishing shart emas, qizim...

Yuna eshitgan soʻzlaridan qotib qoldi. Yuragi qon yigʻlab, onasiga tikildi.

Oyi... buni nega aytyapsiz? Nega bunday gaplarni gapiryapsiz? Uch yil avval... oʻsha dahshatli yongʻinda ogʻir jarohat olganimda, butun tanam, yuzim tanib boʻlmas ahvolda edi. Meni oʻlim changalidan sizlar qutqardingiz Meni davolatish, yuzimni qayta tiklash uchun bor-budingizni, barcha pullaringizni sarfladingiz. Sizlar meni qayta dunyoga keltirdingiz Endi esa men sizlar uchun qilayotganlarim shunchaki mening burchim, oyi...

Shen Woojin

Woojin ogʻir nafas olib, Yunaga qaradi. Uning koʻzlarida cheksiz mehribonlik bor edi.

Lekin Yuna... sen oʻz oilangni, topishni xohlamaysanmi? Seni qayerdadir kimlardir kutayotgandir?

Yuna maʼyus jilmaydi. U oyna chetidagi oʻz aksiga qaradi — Men oʻtmishimni umuman eslay olmayman, dada. Qolaversa, men hozir tashqi koʻrinishdan ham juda oʻzgardim. Hatto oʻsha oʻtmishimdagi odamlar meni koʻrishsa ham, baribir taniy olishmaydi. Mening oilamsizlarsiz.

Yunaning choʻntagidagi telefoni keskin signal chaldi. U shoshilib telefon ekraniga qaradi.

07:26

Yuna koʻzlarini katta-katta ochib, shoshib qoldi.

Voy, boʻldi, bu mavzuni yopaylik — U oʻrnidan sapchib turdi. — Katta bir buyurtma, juda muhim ish olganman. Hozir yetib bormasam boʻlmaydi, ketishim kerak.

U shoshgancha eshik tomon yugurdi. Jia orqasidan xavotirlanib baqirdi.

Yuna, bir daqiqa Hech boʻlmasa qahva ichmasdan ketma, iltimos, biror narsa yeb ol, och qorniga yugurma.

Yuna eshik dastasini ushlagan joyida toʻxtab, ortiga qaytdi va stol yoniga yugurib keldi. Stakandagi issiq qahvani shoshilgancha, bir necha qultumda ichdi. Keyin esa stolda turgan shirinlikni qoʻliga oldi-da, uning yarmini tishlab, qolgan yarmini Jianing qoʻliga tutqazdi.

Oyi, siz ham yeng Men ketdim, dadamga yaxshi qarang.

Yuna xonadan otilib chiqib ketdi Xonada yana oʻsha sokinlik choʻkdi. Jia qoʻlidagi shirinlik boʻlagiga, keyin esa eshikka qarab qoldi. Koʻzlaridagi yoshni tiya olmay, turmush oʻrtogʻi Woojinga yuzlandi — Woojin... bu qiz biz uchun osmondan yuborilgan farishta.

Yuna shahar markazidagi gavjum binolar orasidan deyarli uchib oʻtib, tor koʻchadagi maxfiy ofis eshigini ochdi. Nafasi boʻgʻziga tiqilib, ichkarida oʻtirgan yigitga yuzlandi.

Temu aka Men keldim.

Temu qoʻlidagi qalamni stolga qoʻyib, sekingina ortiga oʻgirildi. Uning yuzida har doimgidek sirli va xotirjam tabassum barq urardi. U stoldan bir parcha qogʻozni olib, unga koʻrsatdi.

Bugungi ish, mana shu manzilga borish... va u yerda boʻlib oʻtayotgan toʻyni buzish.

Nima? — Yuna eshitgan gapidan qotib qoldi, koʻzlari kattalashib ketdi. — Toʻyni buzishmi? Temu aka, bu qanaqa gap? Toʻyni buzisheng iflos, eng yomon ish-ku Buni hatto koʻchadagi it ham qilmaydi Odamlarning baxtiga koʻz olaytirish insofdan emas.

Temu Yunaning hissiyotga berilganini koʻrib, aslo shoshilmadi. U barmogʻini ohista koʻtarib, qogʻoz chetiga yozilgan raqamni koʻrsatdi.

Besh million berishadi.

Yunaning gapirishdan toʻxtagan ogʻzi hayratdan ochilib qoldi. Miyasida shu zahoti otasi, onasining koʻz yoshlari va operatsiya uchun kerak boʻlgan ulkan mablagʻ aylanib oʻtdi. Boyagina aytgan insof va baxt haqidagi falsafalari bir soniyada havoga uchdi.

U bir soniya ham ikkilanmay, Temuning qoʻlidagi manzil yozilgan qogʻozni yulqib oldi.

Qilaman dedi Yuna It qilmasa, men qilaman Pulini toʻlasa, toʻyni emas, dunyoni buzishga ham tayyorman.

Temu uning bu keskin oʻzgarishidan mamnun boʻlib, chuqur jilmaydi.

Yuna qogʻozdagi manzilga tikilib, yuzida oʻziga xos ayyorona va qatʼiyatli tabassum paydo boʻldi. U qogʻozni choʻntagiga solar ekan, Temuga qarab koʻz qisib qoʻydi.

Toʻyni buzish... Temu aka, aslo xavotir olmang. Bugun u yerda haqiqiy tomosha boʻladi. Toʻyni buzishmening ishim.