Yesterday

Muzlagan Atirgul 4-Qism

Rina xonaga qadam qo‘yishi bilan hayratdan qotib qoldi. Uning ko‘zlari xonadagi dabdabadan qamashib ketgan edi. Devor bo‘ylab tizilgan qimmatbaho poyabzallar, ipak liboslar va javonlarda yarqirab turgan bebaho taqinchoqlar go‘yo sehrli dunyoni eslatardi.

Qanday chiroyli... — Rina shoshib kiyimlarni ushlab ko‘rdi, matoning nafisligidan vujudi titrab ketdi. birdan uning nigohi stol ustida turgan kumush gardishli suratga tushdi. Suratda marhum Ella va Sanyao baxtiyor jilmayib turishardi. Rinaning yuzidagi hayrat bir lahzada g‘azabga aylandi.

O‘lgan Ellaning narsalari nega hali ham bu uyda turibdi? — u suratni nafrat bilan teskari o‘girib qo‘ydi. — Kimnidir chaqir, bularning hammasini yig‘ishtirib, axlatga tashlab yuborsin.

Yusin esa onasidan farqli o‘laroq, taqinchoqlar turgan qutini ochib, ularni sinchiklab ko‘zdan kechira boshladi.

Oyi, bularning har biri shaxsiy brend, — dedi u hayajonini yashirolmay. — Bilasizmi, bularning har biri kamida o‘n million dollar turadi.

Rina taqinchoqlarga qayta tikildi. Uning ko‘zlarida endi g‘azab emas, balki ochko‘zlik uchqunlari porladi.

Tashlab yuborish? Yo‘q, bu ahmoqlik bo‘ladi, — dedi Yusin onasiga qarab. — Men o‘zimga yoqqanlarini olaman. Qolganlarini esa ikkinchi qo‘l do‘konlarida sotsak ham, boyib ketamiz.

Rina bilaguzuklarni qo‘liga olib, ularning sof oltin va qimmatbaho toshlardan ekaniga ishonch hosil qildi.

Har bittasi o‘n million bo‘lsa... Demak, bularning hammasi yuz million dollardan oshadi-ku — Rina hayratdan yoqasini ushladi. — Ella... u qanday qilib shuncha boylikni bir uyda saqlagan? Saratondan o‘lgani juda yaxshi bo‘libdi, aks holda bu xazina bizga nasib etmasdi.

Yusin eng nafis marjonni olib, oyna qarshisida bo‘yniga tutib ko‘rdi. Uning ko‘zlarida Sanyaoga nisbatan hasad bor edi.

U ayolning aqli va didi yomon bo‘lmagan ekan, dedi o‘ziga-o‘zi pichirlab. — Rina esa nafis nefrit bilaguzuklarni ikkala qo‘liga taqib oldi. Ular uning bilaklarida shunday yarqirardiki, Rina o‘zini haqiqiy Se xonimidek his qila boshladi.

Oyi, bu nefrit sizga juda yarashibdi — dedi Yusin onasiga qarab jilmayib.

Rina qiziga g‘urur bilan boqdi — Ofarin, qizim Mana shunday liboslar va taqinchoqlar bilan sen Se Sanyaoni butunlay yo‘q qilding. Endi uning o‘rni yo‘q.

Rina shkafni ochib, Ellaning qimmatbaho ko‘ylaklarini bir-bir titkilay boshladi. Birini yoqtirmay yerga uloqtirdi, ikkinchisini esa o‘ziga tutib ko‘rib, ko‘zlarida shaytoniy o‘t chaqnadi.

Mana bu ko‘ylak... Dadang meni eng ko‘p mana shu uslubda ko‘rishni yoqtiradi. Bugun unga kutilmagan syurpriz qilamiz.

Lee Rina

Teyon, Rina va Yusin go‘yoki g‘oliblardek ichkariga kirib kelishdi. Rina charchagan qiyofada o‘zini kresloga tashladi.

Oh, yuqoriga chiqib-tushish ham odamni toliqtirar ekan, — dedi u erkalik bilan.

Teyon unga muloyimlik bilan bir stakan suv uzatdi— Mana, biroz ichib ol, o‘zingga kelasan.

Rina suvdan bir qultum ichdi-da, Teyonning ko‘zlariga tikilib, davom etdi — Teyon, bugundan boshlab men ham shu uyda yashayman. Ko‘ramiz, endi kimning haddi sig‘arkan bizning Yusinimizga yomon munosabatda bo‘lishga.

Ayni shu soniyada Sanyao uyga kirib keldi va bu manzarani ko‘rib to‘xtadi. Uning nigohi Rinaning ustidagi onasiga tegishli bo‘lgan matoga tushdi. Ichida esa nafrat olovi yondi.

Bir necha kun avval Yusinni bu oilaga suqib kiritgan edi, bugun esa sabrsizlik bilan oyimning o‘rnini egallashga, bu uyning bekasi bo‘lishga urinyapti...

Lusi shoshib yugurib keldi, — Katta xonim Lee xonim keldi...

Sanyao sovuq jilmaydi va Rinaga qarab yurdi — Iye, Rina xola kelibdilar-ku? Lusi xola, nega menga xabar bermadingiz? — dedi u ovozini balandlatib.

Sanyaoning hayolida besh yil avvalgi o‘sha mudhish xotira jonlandi. Rina darvozani urib baqirgan edi Dadangning sevgan insoni menman Seni va onangni baribir tashlab ketadi O‘shanda u meni shunday qo‘rqitgan ediki, tunlari uxlay olmay chiqardim... Ota-onamning ajrashishidan o‘limdan qo‘rqqandek qo‘rqardim. Bu zolim ayol esa dadamning yonida hamon o‘sha bechora va chorasiz ayol rolini mahorat bilan o‘ynayapti, — deb o‘yladi Sanyao va sumkasini stolga qattiq urib qo‘yib, o‘z joyiga o‘tirdi.

Rina xuddi hech narsa bo‘lmagandek, soxta mehribonlik bilan gap boshladi — Sanyao... Qaytib kelibsan-da? Ko‘rishmaganimizga ham bir necha yil bo‘lib ketdi, ancha ulg‘ayibsan.
Sanyao unga qarab shunday jilmaydiki, bu jilmayish har qanday so‘zdan ko‘ra sovuqroq edi.

Sanyao, bugundan boshlab Rina xolang shu uyda qoladi. Qarorim qat’iy.

Sanyao ichida pichirladi Menga hech narsani tushuntirishga ham harakat qilmadingiz, shunchaki buyruq berdingiz, dada...

Yusin onasiga suykandi — Oyi, biz Min Junsok bilan bir-birimizni sevamiz... Lekin opam bunga mutlaqo ruxsat bermayapti, bizni ajratmoqchi

Rina Sanyaoga sinchkovlik bilan tikildi — Sanyao, sening g‘ururing balandligini bilaman. Hozir o‘zingni kamsitilgandek his qilyapsan. Lekin tan ol, dadang endi yolg‘iz o‘zi kompaniyani boshqara olmaydi. Yusinning bu nikohga rozi bo‘lishi Se oilasi uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Sening nimadan jahling chiqyapti o‘zi?

Teyon

Sukunatni Teyonning g‘azabli ovozi buzdi. U Sanyaoga qarab, stolni mushtladi.

Bugun janob Minning uyida nega singlingning ustidan suv sepding? Odamlar orasida oilamizni sharmanda qilmoqchimisan?

Sanyao xotirjamlik bilan javob qaytardi — Sepmasligim kerakmidi? O‘z qadrini bilmagan insonga bu eng yumshoq saboq edi.

Yusin opasining bu qadar ochiqchasiga gapirishidan hayratga tushib, labini tishladi. Teyon esa qizining gapidan butkul dovdirab qoldi.

Bu qanday jasorat? Sen haddingdan oshyapsan, Sanyao.

Rina sahnaga chiqdi. U ko‘zlariga soxta yosh olib, ro‘molchasi bilan yuzini arta boshladi. Uning ovozi xuddi mazlumalar kabi titrardi.

Teyon... Men bu yillar davomida har doim Yusin bilan birga kichik, xaroba uyda yashadim. Bir kun ham xotirjam nafas ololmadim. Men-ku mayli, chidadim, lekin Yusinim hali juda yosh. Sanyao ega bo‘lgan narsalarni u hatto tushida ham ko‘rishni orzu qila olmasdi. Men onaman, Teyon Faqat qizimga o‘ziga tegishli, bir uy topishni xohladim. Bu shunchalik qiyinmi? Shunchalik gunohmi?

Teyonning yuragi bu so‘zlardan yumshab, Rinaga rahmi keldi — Rina... Men sizlarning oldingizda aybdorman. Sizni shuncha yil kutishga majbur qildim.

Rina Teyonning qo‘lidan tutib, mo‘ltirab qaradi — Teyon, qiyin vaziyatda ekanligingizni bilaman. Men va Yusin sizni aslo ayblamaymiz. Bizga faqat sizning mehringiz kerak...

Sanyao bu jirkanch tomoshani kuzatar ekan, ichida nafrat to‘lqini ko‘tarildi Siz Lee Rinaning oldida aybdorsiz, Se Yusinning oldida aybdorsiz... Xo‘sh, men va onamning oldida-chi? Bizning yillab chekkan azoblarimiz, onamning ko‘z yoshlari-chi? Ularning oldida aybdor emasmisiz, dada?

Sanyao o‘rnidan turib, dadasiga qaradi — Dada, his-tuyg‘ularni bir chetga surib, haqiqatga qarang. Min Junsok bilan unashtiruvning bekor bo‘lishi bu Se Yusinning chiqargan janjali va xiyonati sababli sodir bo‘ldi. U mening qaylig‘imni tortib oldi. Hozir hamma muxbirlar buni tarqatishdi. Barcha ommaviy axborot vositalari Sevgi ayb emas degan shior ostida Se oilasining sharmandasini chiqarishmoqda. Dada, bilishingiz kerakbu yangilikning tarqalishi Se oilasining obro‘yi va aksiyalari uchun qanchalik halokatli.

Yusin

Teyon bir muddat jim bo‘lib qoldi. Sanyao dadasining eng zaif nuqtasiga — obro‘ va pulga zarba bergan edi. Rina va Yusinning bechoralik niqobi ostidagi hiylasi Sanyaoning mantiqiy hujumi oldida bir lahzaga larzaga keldi.

Teyonning rangi o‘chib, g‘azabdan bo‘g‘ildi — Qanday qilib? Nega men hech narsani ko‘rmadim?

Sanyao xotirjamlik bilan telefonini oldi va ekranini dadasiga yaqinlashtirdi. Eng yirik axborot portallarining bosh sahifasida Se Groupning sharmandali xabari yarqirab turardi. Sarlavhalar ayovsiz edi.

Se oilasining siri: Mashuqalikdan rafiqalik darajasiga ko‘tarilgan ayol va uning izidan borayotgan qizi. Uchinchi shaxsoila qonimi?

Sarlavha ostida Junsok va Yusinning suratlari turardi. Sanyao dadasiga qarab, savol berdi — Dada, ayting-chi, mana shu suratlar va maqolalar sizning obro‘yingiz uchun yaxshimi? Kompaniyamiz aksiyalari ertaga ertalab nima bo‘lishini tasavvur qilyapsizmi?

Teyon dahshat ichida telefonga tikilib qoldi. Uning qo‘llari titray boshladi — Bu qaysi yangiliklar agentligi? Hammasini sudga beraman Ularning ustidan shikoyat qilaman.

Shikoyat qilasiz? — Sanyao istehzo bilan kuldi. — Bitta agentliknimi yoki hammasini alohida-alohida sudga berib chiqasizmi? Xo‘sh, ularning aytganlari yolg‘onmi? Mana bu suratlar soxtami?

Yusin ortiq chiday olmay o‘rnidan sapchib turdi. Uning yuzi g‘azabdan qizarib ketgan edi — Yolg‘on gapirma Men uchinchi odam emasman Junsokni sendan tortib olganim yo‘q, u boshidanoq meni sevgan — Yusin Sanyaoga yaqinlashib, g‘olibona jilmaydi. — Sening haqiqiy qo‘rquving men sendan ba’zi narsalarni o‘g‘irlashimda, shunday emasmi? Se Sanyao, sen qo‘rqib ketding Mening paydo bo‘lishim sening mukammal dunyongni buzishidan qo‘rqyapsan.

Rina ham fursatdan foydalanib, Teyonning zaif nuqtasini topdi. U yana ko‘z yoshlariga erk berdi — Teyon... mening nomim qora qilinishi muammo emas. Men chidayman. Lekin qizimiz-chi? Yusinning ham men kabi mashuqa degan nom bilan yashashini xohlaysizmi? Shuni ko‘rib turib indamay o‘tirasizmi?

Rina, — dedi Teyon Men sen va Yusinning oldida aybdorman. Bunga yo‘l qo‘ymayman Sanyao dadasining ikkilanganini ko‘rib, so‘nggi zarbani berishga qaror qildi.

Xavotir olmang, bular hali faqat boshlanishi. Hozircha buni ikki yuzta odam ham ko‘rgani yo‘q. Lekin mana shu kichik narsa uchun Yusin menga baqirib tashladi, Rina xola esa o‘zini tutolmay yig‘ladi. Dada, o‘ylab ko‘ring, o‘z his-tuyg‘ularini zarracha nazorat qila olmaydigan odamlarga qanday qilib nikoh yoki kompaniya kabi muhim ishlarni ishonib topshirasiz?

Sanyao Rinaga qarab piching qildi — Rina xola haqiqatan ham shu yerda qolsa, ertaga jurnalistlar eshigimiz tagiga kelishganda, ularning Qachon mashuqa bo‘lgansiz? degan savollariga xotirjam javob bera olishiga qanday ishonasiz? Agar u yig‘lab, janjal ko‘tarsa, bu Se Group uchun so‘nggi zarba bo‘ladi.

Teyon butkul ikkilanib qoldi. Bir tomonda — sevgan ayoli va erka qizi, ikkinchi tomonda — yillar davomida qurgan imperiyasining obro‘yi. Sanyao dadasining nigohida o‘zi kutgan shubha uchqunlarini ko‘rdi.

Rina o‘ziga bo‘lgan ishonch bilan qomatini tikladi va Teyonning qo‘lidan mahkam tutdi.

Teyon, xavotir olmang, men buni uddalay olaman Ella qilgan hamma narsani men ham qila olaman. Undan kam joyim yo‘q.

Sanyao bu gapni eshitib, ichida sovuq kuldi Shuncha yil davomida Se oilasining barcha nozik ishlarini, ijtimoiy aloqalarini oyim boshqargan edi. Endi esa oyimning kiyimlarini kiyib, uning taqinchoqlarini taqib, bir kunda u kabi aslzoda ayolga aylanib qolaman deb o‘ylayapsanmi? Naqadar soddasan, Lee Rina.

Teyonga xotinining gapi ma’qul kelib, Sanyaoga yuzlandi — Sanyao, bas qil. Bir-ikki marta mashq qilsa, hamma narsani o‘rganib oladi. Rina xolang aqlli ayol.

Sanyao

Rina mamnuniyat bilan bosh irg‘adi. Sanyao esa kutilmaganda yumshagandek bo‘lib, g‘alati jilmaydi.

Xo‘sh, unda siz aytgandek bo‘la qolsin. Rina xolaning sharafiga bugun kechki ovqatga katta ziyofat tashkil qilaman. Prezidentning ikkinchi...

Rina ikkinchi so‘zini eshitishi bilan yuragi ortiga tortib ketdi, yuzidagi tabassum qotib qoldi. Sanyao esa gapini xotirjam davom ettirdi

Ikkinchi marta turmush qurganini, oilamizga yangi beka kelganini hammaga e’lon qilamiz. Lee Rina xonim ham biz bilan boradi va barcha nufuzli mehmonlar bilan tanishadi.

Teyon hayratga tushdi, u qizining bunchalik tez yon berishini kutmagandi.

Men yordamchimga allaqachon tayyorgarlik ko‘rishni buyurdim, — deb qo‘shib qo‘ydi Sanyao.

Yusin vaziyatni sezib, onasini himoya qilishga urindi.

Opa Oyim qishloqdan kelganini, hali bu dabdabali hayotga to‘liq moslasha olmaganini bilasiz. Bunday katta ziyofat tashkil qilishga bunchalik shoshilmang Maqsadingiz oyimni hamma oldida sharmanda qilishmi?

Teyon qovog‘ini uydi — Yusin, bas qil Opang sizlarni qabul qildi, bu katta gap. Bundan xursand bo‘lishing kerak, uni ayblama.

Sanyao hech narsa bo‘lmagandek, Rinaga mehribonlik bilan yuzlandi.

Muammo yo‘q, Rina xola, xavotir olmang. Sizga hamma narsani o‘zim o‘rgataman. Jurnalistlar ham qo‘rqinchli emas, ular faqat bir nechta savol berishadi, xolos.

Teyon qizining taklifini ma’qullab, bosh irg‘adi — Ha, to‘g‘ri. Sanyao tez-tez ziyofatlarga boradi, u barcha jurnalistlarni va ularning tilini yaxshi taniydi. Uning yonida bo‘lsang, ko‘nglim to‘q bo‘ladi, Rina.

Rina va Yusin bir-biriga xavotir bilan qarab qolishdi. Ular Sanyaoning bu yordami ortida qandaydir katta tuzoq turganini his qilishsa-da, Teyonning qarshisida chekinishga yo‘l yo‘q edi. Sanyao esa ichida oqshomgi tomoshani rejalashtirib, g‘olibona jilmaydi.

Rina qo‘rquvdan qaltirayotgan qo‘llari bilan egnidagi qimmatbaho ipak matoni mahkam siqdi. Sanyao unga nafrat bilan tikilib, ichida o‘yladi Oyimning bu go‘zal libosi sen kabi pastkash ayolning egnida isrof bo‘libdi...

Sanyao ohista qadamlar bilan Rinaning yoniga kela boshladi. U yaqinlashgan sari xonadagi havo muzlab, Rinani vahima bosa boshladi. Sanyao lablarining chetida sovuq jilmayish bilan to‘xtadi.

Xo‘sh, Rina xola, darsimizni boshlaymiz. Tayyormisiz?

Rina lablarini tishlab, yuziga soxta tabassum yugurtirdi — Sanyao, qizim... Senga ortiqcha qiyinchilik tug‘dirib qo‘ydim, shekilli.

Sanyao to‘satdan jiddiy tortdi — Lee Rina xonim, sizda bitta katta muammo bor. sizning mashuqa bo‘lishdan maqsadingiz nima edi? Janob Seni chindan sevganingiz uchunmi yoki shunchaki uning puli va boyligi uchunmi?

Yusin dahshatga tushib, goh onasiga, goh opasiga qaradi. Rina g‘azabdan qizarib ketdi, ammo Teyonning ko‘zi oldida o‘zini qo‘lga olishga urindi.

Men uni har doim sevganman Munosabatlarimiz yashirin bo‘lgani bizning aybimiz emas, taqdir shunday edi.

Sanyao to‘xtamadi, u endi savollarni qamchi kabi ishlatardi

Se Yusin xonim va Se Sanyao xonim deyarli teng yoshda. Demak, janob Se Teyonning boshini aylantirish uchun makkorona usullardan foydalangansiz Qanday qilib xotinli erkakni yo‘ldan urdingiz?

Yusin bu gapdan muzlab qoldi. Teyonning ham jahli chiqdi, tishlarini g‘ichirlatdi, ammo Sanyaoning har bir so‘zi haqiqat ekanini bilgani uchun unga e’tiroz bildira olmadi. Rina butunlay dovdirab, tili aylanmay qoldi. Sanyaoning hujumi davom etardi.

Uchinchi shahs taktikasi haqida nimalarni bilasiz? Se Yusinning noqonuniy qiz bo‘lib dunyoga kelishi haqida-chi? Birovning muqaddas oilasiga suqilib kirish haqida nima deya olasiz? O‘z qizingizga ham birovning baxtini o‘g‘irlashni, uchinchi odam bo‘lishni o‘zingiz o‘rgatdingizmi?

Bu so‘nggi zarba bo‘ldi. Rina o‘zini butunlay yo‘qotib qo‘ydi. Uning yillar davomida saqlab kelgan bechora ayol niqobi chil-chil sindi. U stol ustida turgan chinni finjonni oldi-da, bor kuchi bilan Sanyaoning yuziga uloqtirdi.

Finjon Sanyaoning peshonasiga tegib, parcha-parcha bo‘lib yerga tushdi. Sanyaoning peshonasidan qon sizib chiqib yuzi bo‘ylab oqa boshladi.

Teyon dahshat ichida o‘rnidan sapchib turib ketdi— Sanyao — deb baqirdi u, ammo endi kech edi.

Sanyao Rinaga qaradi. Uning ko‘zlarida og‘riq emas, balki g‘alaba nashidasi bor edi.

Jim bo‘l Bas qil Boshqa bu haqida bir og‘iz ham gapirma — deb qichqirdi Rina. Uning butun vujudi titrar, yuzidagi soxta niqob o‘rnini vahshiyona g‘azab egallagan edi.

Sanyao peshonasini ohista ushladi.Teyon daxshat ichida qizining yoniga yugurib keldi.

Sanyao Ahvoling yaxshimi? Qattiq tegdimi Sanyao dadasining qo‘lini muloyimlik bilan chetga surdi.

Bu muhim emas, dada. Arzimagan jarohat... Lekin Se oilasi va Se Groupning jamiyatdagi obro‘yi bundan ming marta muhimroq. Ayting-chi, kompaniyamiz mashuqaning uy bekasi bo‘lishini ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlaydimi? Bu bizning brendimiz asosiy qadriyatlariga mutlaqo zid emasmi? Ertaga bu janjalni butun dunyoga qanday tushuntirasiz?

Rina kresloga o‘tirib qoldi. Uning nafas olishi tezlashgan, nima qilib qo‘yganini endi anglayotgan edi. Teyon g‘azab va chorasizlikdan

Bas qil — deb baqirdi, lekin bu baqiriq Sanyaoga emas, ko‘proq o‘zining ichki vijdoniga qaratilgandek edi.

Sanyao ularga qarab g‘olibona jilmaydi — Rina xola, bularning barchasi jurnalistlar beradigan eng oddiy savollar. Bugun uyda meni jarohatladingiz... Ziyofatda jurnalistlarni ham shunday jarohatlamoqchimisiz? U yerda ham o‘zingizni tutolmay, finjon uloqtirasizmi?

Rina nima deyishini bilmay, shunchaki bosh irg‘adi. U butkul sindirilgan edi. Sanyao davom etdi — Dadam uchun obro‘ hammasidan ustun. Oyim yillar davomida bu obro‘ni zarracha to‘plab, Se Groupga bo‘lgan ishonchni mustahkamlagan edi. Siz esa uyga kelishingiz bilan bularning hammasini yo‘q qilmoqchisiz.

Rina najot kutgandek Teyonga qaradi. U Teyonni Sanyaoga baqirishini, uni haydashini kutgan edi. Ammo Teyon bir og‘iz ham gapirmadi, u faqat yerga qarab turardi. Rina erining bu sukunatidan daxshatga tushdi — u birinchi marta o‘zini bu uyda ortiqcha his qila boshladi.

Yusin opasining har bir so‘zi dadasining ongini zaharli o‘qdek teshib o‘tayotganini ko‘rib, qotib qoldi. Teyon joyiga o‘tirdi.

Sanyao... rostdan ham yaxshimisan? — so‘radi u past ovozda.

Yaxshiman, dada, — dedi Sanyao ovozini balandlatib. — O‘zingiz so‘rang, men Yusinga yomon munosabatda bo‘ldimmi? U kelishi bilan kelajagini o‘ylab, uni iqtisod darslariga yozdirdim. Lekin u dars o‘rniga nima qildi? Min Junsokni yo‘ldan urdi Hattoki Min Yoongining qarshisiga chiqib, Junsok bilan turmush qurishni talab qildi.

Yusin bu gapdan dahshatga tushdi — Min Yoongi qanday odamligini mendan yaxshi bilasiz, dada. U bilan shaxmat o‘ynab bo‘lmaydi. Agar u bilan o‘yin o‘ynab, oilaviy qarorlaringizni mana shularning ra’yiga qarab o‘zgartirsangiz... Kelajakda Se Group Koreyada qanday omon qoladi?

Sanyao Sen nimalar deyapsan? — Teyon kutilmaganda stolni mushtlab baqirib yubordi. Uning ovozida ham g‘azab, ham cheksiz qo‘rquv bor edi.

Yusin qo‘rqqanidan onasining orqasiga yashirindi. Sanyao esa mag‘rur turardi. U dadasini tanlov qilishga majbur qilgan edi yoki Se Groupning kelajagi, yoki mana shu ikki ayolning hissiyotlari.

Sanyao, xotirjamlik bilan o‘z joyiga o‘tirdi. Uning ovozi xuddi kutilmagan sirdoshdek mayin, ammo zaharli edi.

Dada, bilasizmi, singlim nimalar dedi? U kelajakda Se Groupning bir qismi albatta uniki bo‘lishini, mendan aslo orqada qolmasligini aytdi. Hattoki, manfaatli nikoh masalasida mendan ancha uddaburro ekanini pesh qildi...

Teyon bir oqarib, bir qizardi. U goh Sanyaoga, goh daxshat ichida turgan Yusinga qarardi. Lusi dori qutisini ko‘tarib keldi. Sanyao gapida davom etdi.

U hatto aytdiki, siz vasiyatnomangizga albatta uning ismini yozar ekansiz. Go‘yoki siz allaqachon shunday va’da bergandek...

Yolg‘on gapirma — Yusin g‘azabdan bo‘g‘ilib baqirdi. — Se Sanyao, hammasini to‘qib chiqaryapsan Meni ayblab, dadamni o‘zingga og‘dirmoqchisan.

Teyon esa indamasdi. U ikki qizi o‘rtasidagi farqni endi yaqqol ko‘rib turardi biri oila sha’ni va biznes haqida qayg‘urayotgan bo‘lsa, ikkinchisi faqat meros va boylik ilinjida. Lusi dori-darmonlarni stolga qo‘yarkan, kutilmaganda gap boshladi.

Katta xonim, bir necha kun avval o‘sha mashhur ibodatxonaga borganingizda, janob uchun tumor olib kelmaganmidingiz?

Teyon hayron bo‘lib so‘radi — Qanday tumor?

Sanyao sumkasidan nafis ishlangan, muqaddas ramzlar tushirilgan tumorni chiqardi. Yusin bu manzarani ko‘rib to‘xtab qoldi. Sanyao dadasining yoniga kelib, o‘tirdi.

Dada... Endi oyim yo‘q. Bu dunyoda ishona oladigan yagona insonimfaqat sizsiz. Shuning uchun Koreyadagi eng ishonchli ibodatxonaga borib, siz uchun duo qildim va mana bu tumorni olib keldim. Faqat sog‘ va baxtli bo‘lishingizni, uzoq umr ko‘rishingizni tilayman.

U tumorni dadasining kaftiga qo‘ydi. Teyonning ko‘zlari namlandi, u qiziga mehr bilan jilmayib qo‘ydi. Sanyao esa ichida g‘olibona o‘y surardi.

Dadam qaridi... So‘nggi yillarda u o‘z sog‘lig‘iga har qachongidan ko‘proq e’tibor bera boshladi. Endi uning qarshisida ikki qizi bor biri uning o‘limini kutib, meros talashyapti, ikkinchisi esa uning hayoti va sog‘lig‘i uchun ibodat qilyapti. Farqi shunda, dada...

Yusin o‘zini himoya qilish uchun yana baqira boshladi — Se Sanyao hammasini o‘ylab topyapti Men meros haqida gapirmadim.

Teyon unga shunday g‘azab bilan tikildiki, Yusinning ovozi o‘chib qoldi. Rina ham vaziyatni o‘nglash uchun aralashdi.

Teyon, insonlar men haqimda bunday yomon gaplar gapirishini xohlamayman... Men shunchaki...

Teyon o‘rnidan turdi. Uning sabr kosasi to‘lgan edi.

Bas qilinglar Men hozir ish safariga ketishim kerak. Siz ikkingiz uyda jim o‘tiring Bir qadam ham ko‘chaga chiqmang.

Rina va Yusin baravariga o‘rinlaridan turishdi — Dada — Yusin uning ortidan yugurmoqchi bo‘ldi.

Teyon eshik oldida to‘xtab, ortiga o‘girildi

Ha, aytgancha... Men yo‘qligimda kompaniya ishlarini butunlay Sanyaoga topshiraman. Barcha qarorlarni u qabul qiladi.

Yusin dahshat ichida Sanyaoga qaradi. Sanyao esa lablarining chetida g‘olibona jilmayib turardi.

Dada To‘xtang Bu adolatdan emas — deb baqirdi Yusin, ammo Teyon uni eshitishni ham xohlamay, uydan chiqib ketdi.

Sanyao kresloga suyanib, g‘azabdan bo‘g‘ilayotgan Yusinga qarab sovuqqonlik bilan jilmaydi.

Baqirishni bas qil, singiljon, Dadam muammo chiqsa, har doim shunday qiladiqochib ketadi. Yigirma yildan beri bu o‘zgargani yo‘q.

Yusin nima deyishini bilmay, nafrat bilan qarab qoldi. Sanyaoning yuzidagi tabassum birdan yo‘qoldi, nigohi muzdek qat’iy tus oldi.

Sizlar bu uyga yangi keldingiz va qoidalarni hali bilmaysiz. Lusi xola Bularni yaxshilab tintib chiqing.

Rina va Yusin daxshat ichida bir-biriga qarashdi. Shu zahoti xonaga Lusi boshchiligidagi bir nechta xizmatkor ayollar kirib keldi.

Nima qilyapsizlar? Haddingizdan oshmang — deb baqirdi Yusin.

Lusi hech qanday gap-so‘zsiz Rinani ushlab, divanga qattiq itardi. Xizmatkorlar uni mahkam ushlab turishdi, Lusi esa g‘azab bilan Rinani tintuv qila boshladi.

Qo‘yib yubor meni Qanday hadding sig‘di, iflos xizmatkor — Rina bor ovozi bilan chinqirdi.

Yusinni ham boshqa xizmatkorlar chetga tortib, qo‘llarini qayirib ushlashdi.

Oyi Se Sanyao, oyimni qo‘yib yubor Bu jinoyat — deb baqirdi Yusin.

Sanyao o‘rnidan turib, Rinaning bilagidan, onasiga tegishli nefrit bilaguzukni yechib qo‘liga oldi

Jinoyat? Mana bu bilaguzukning o‘zi yetmish ming dollar turadi. Bu sening oying emas, Yusin. Bubizning uyimizga bostirib kirgan oddiy o‘g‘ri.

Yolg‘on gapiryapsan Uni dadam bergan.

Sanyao unga e’tibor ham bermay, buyruq berdi.

Lusi xola, politsiyaga qo‘ng‘iroq qiling. Kuzatuv kameralaridagi barcha yozuvlarni bularning xonalarga ruxsatsiz kirib oyimning narsalarini o‘g‘irlaganini isbotlovchi dalillarni politsiyaga topshiring.

Yo‘q Meni qo‘yib yubor Teyonga aytaman, u seni o‘ldiradi — Rina talvasaga tushib baqira boshladi.

Lusi Rinaning sochidan qattiq tortib, boshini ko‘tardi. — Jim bo‘l, iflos — Lusi va xizmatkorlar Rinani ayamay ura boshlashdi. — Ella xonimning o‘rnini egallashga qanday hadding sig‘di? O‘zingni o‘sha aslzoda ayol bilan solishtirishga qanday jur’at etding? Sen shunchaki ko‘cha ayolisan, Ella xonimning kiyimidagi changga ham arzimaysan.

Yusin onasining kaltaklanayotganini ko‘rib, daxshatdan qotib qoldi. Sanyao esa chetda turib, bu manzarani tomosha qilardi. Uning uchun bu shunchaki kaltak emas, onasining ruhiga qilingan haqoratning badali edi.

Rina sochlari to‘zg‘igan, ko‘zlari nafratdan qon quyilgan holda xizmatkorlarni siltab tashlab o‘rnidan turdi. U Sanyaoga qarab qichqirdi.

Sening onang allaqachon o‘lib ketgan Endi men dadangning qonuniy xotiniman Bu uyda meniki bo‘lmagan nima bor?

Sanyao Rinaning qarshisiga keldi. hech qanday ogohlantirishsiz Rinaning yuziga tarsaki tushirdi.
Oyi — Yusin daxshat ichida baqirdi, lekin xizmatkorlar uni mahkam ushlab turishardi.

Sanyao Rinaning ko‘zlariga nafrat bilan tikildi Ko‘zlaringni kattaroq och va yaxshilab qara Bu Se oilasida faqat Se Yusin seniki... Qolgan hamma narsa, hattoki bu yerdagi havo ham seniki emas.

Sen tarbiyasiz qiz... — Rina gapini tugatishga ulgurmadi. Sanyao unga tarsaki tushirdi. Rina zarbadan muvozanatni yo‘qotib, yerga yiqildi. Yusin tipirchilab, xizmatkorlarni itarishga urindi, ammo kuchi yetmadi.

Sanyao yerda yotgan Rinaning sochidan qattiq tutib, boshini yuqoriga ko‘tardi.
Rina xola, xavotir olmang. Se oilasiga yangi kelganingizni bilaman, shuning uchun sizni qamoqxona ovqati bilan ham tanishtirib qo‘yaman. Bunga chidashga majbur bo‘lasiz.

Eshikdan ikki nafar politsiya xodimi kirib keldi.

Politsiyani kim chaqirdi? Nima gap bu yerda? — so‘radi xodimlardan biri.

Sanyao Rinaning sochlarini qo‘yib yuborib, xotirjamlik bilan politsiyachilarga yuzlandi.

Men chaqirdim. Bu yerda o‘g‘rilik yuz berdi. Lusi xola, kuzatuv kamerasidagi yozuvlarni ko‘rsating.

Lusi planshetni keltirib, politsiyachilarga uzatdi. Ekrandagi tasvirlar aniq va ravshan edi Rina va Yusin marhum Ella xonimning xonasiga ruxsatsiz kirib, qimmatbaho taqinchoqlarni, brend sumkalarni shoshgancha o‘zlarining sumkalariga joylayotgan edilar. Rina va Yusin planshetdagi tasvirni ko‘rib, daxshatdan qotib qolishdi.

Politsiya xodimi planshetni Lusiga qaytarar ekan, yuzida sovuq va rasmiy ifoda paydo bo‘ldi. U Rinaga qarab, qat’iy ohangda buyurdi.

Xonim, biz bilan yuring. Siz o‘g‘rilikda gumon qilinyapsiz.

Rina daxshat ichida ortiga tisarildi, ko‘zlari javdirab, ovozi titrab chiqdi.

Yo‘q Bormayman Men hech narsa o‘g‘irlamadim Bu shunchaki anglashilmovchilik... Bu uy mening erimniki, bormayman.

Politsiyachilar uning e’tirozlariga quloq solmay, Rinani ikki tomondan mahkam tutib, eshik tomon sudrashdi.

Qo‘yib yuboringlar meni — Rina bor ovozi bilan chinqirib, Yusinga yuzlandi. — Yusin Hoziroq dadangga qo‘ng‘iroq qil uni qaytar.

Yusin ko‘z yoshlari bilan onasining ortidan yugurdi — Oyi Oyi, qo‘rqmang.

Dadangga ayt, meni qutqarsin — Rinaning faryodi butun hovlini tutdi, biroq politsiya mashinasi eshigi yopilishi bilan ovoz tinchidi.

Yusin shoshib stol ustida turgan telefoniga yopishdi. — Qo‘ng‘iroq qilma. Baribir javob bermaydi.

Yusin go‘yo tosh qotgandek to‘xtadi. Sanyao esa xuddi hech narsa bo‘lmagandek, stolga suyangan holda kompaniya hujjatlarini bir-bir varaqlab o‘tirardi. Uning xotirjamligi Yusinni battar aqldan ozdirdi.

Se Sanyao — deb baqirdi Yusin nafrat bilan. — Men ham dadamning qiziman Buni hech qachon o‘zgartirib bo‘lmaydi Menga qarshi chiqayotganingda bir o‘zingdan so‘ra... Agar men ham sen kabi bolaligimdan mana shunday sharoitda dars olganimda...

Sanyao qo‘lidagi hujjatlarni sekin stolga qo‘ydi va Yusinga qaradi. Yusin esa o‘zini tutolmay yig‘lab yubordi.

Sening o‘rningda men bo‘larmidim? Men bolaligimdan beri maktabda doim birinchi edim Eng nufuzli universitetga tavsiya qilindim, har yili stipendiya olaman Sen-chi? Sen bilan bilimda tenglasha olaman Menga va oyimga buni qilganing sening qo‘rqayotganingdan dalolat Sen hamma narsangni, kompaniyani, boylikni qo‘lingdan tortib olishimdan qo‘rqyapsan Shuning uchun bizni yo‘q qilyapsan.

Sanyao uning yig‘isiga va baqiriqlariga zarracha ta’sirlanmadi.

Bilim va stipendiya senga odobni o‘rgatmagan ko‘rinadi, Yusin. O‘g‘rilik qilib tutilganingdan keyin ham o‘zingni eng yaxshi deb hisoblashing bu sening eng katta fojiang. Men sendan qo‘rqmayman, men shunchaki uyimdagi axlatni tozalayapman.

Sanyao

Sanyao o‘rnidan sekin turdi. Uning nigohi Yusinni teshib o‘tuvchi o‘qdek sovuq edi.

Moliya darsini tugatdingmi? — so‘radi u, har bir so‘zini dona-dona qilib. — Ustozing nima o‘rgatdi? Tayyorgarlik ko‘rdingmi? Takrorladingmi?

U Yusinga yaqinlashdi. Yusin esa ixtiyorsiz ravishda bir qadam ortga chekindi.

Boy oila qizi bo‘la turib, shunchaki bekor o‘tiraman deb o‘ylaganmiding?Miyasi bo‘sh, boy oila yigitlari bilan sevishib, hayotingni barbod qilmoqchimisan? Agar maqsading shu bo‘lsa, kelgan joyingga hoziroq qaytib ket Bu yerda bekorchilar yashamaydi.

Sanyao stol ustidagi qalin jildli hujjatni qo‘liga oldi va uni Yusinning ko‘z o‘ngida silkidi.

Dadam bilan gaplashdim. Bugundan boshlab nafaqat moliya, balki ingliz tilini ham mukammal o‘rganasan. Senga uch oy vaqt.

Yusin dahshat ichida qotib qoldi. Uch oy?

Agar uch oydan keyin eng yuqori ballni to‘play olmasang, bu uyda senga joy yo‘q, — Sanyao qo‘lidagi hujjatlarni Yusinning oyoqlari ostiga uloqtirdi.

Yusin yerda sochilgan qog‘ozlarga qarab, g‘azabdan titradi va baqirib o‘rnidan turdi.

Bularni qanday qilib uch oyda o‘rganaman? Se Sanyao, meni kamsitish orqali saboq berishga urinma Sen shunchaki meni qiynamoqchisan.

Sanyao uning gaplariga e’tibor ham bermadi. U xotirjamlik bilan eshik tomonga qarab chaqirdi — Lusi xola.

Lusi darhol ichkariga kirdi — Labbay, katta xonim?

Unga ko‘z-quloq bo‘ling, dedi Sanyao Yusinga ishora qilib. — Agar dars qilishdan bo‘yin tovlasa yoki gapga quloq solmasa, darhol dadamga qo‘ng‘iroq qiling. Uning har bir daqiqasi nazoratda bo‘lsin.

Kelishdik, xonim, — dedi Lusi jilmayib.

Sanyao xotirjamlik bilan o‘z xonasiga yo‘naldi. Uning mag‘rur qadamlari Yusinni battar g‘azablantirardi.

Hoy, Se Sanyao — deb baqirdi Yusin uning ortidan. — To‘xta Sen bilan hali ishim tugamdi Meni bunday qul qilib qo‘yolmaysan.

Sanyao onasining xonasiga qadam qo‘yganda, ichkaridagi manzara uning yuragini tilka-pora qildi. Onasining sevimli ko‘ylaklari, yillar davomida asrab kelgan buyumlari xuddi keraksiz matohdek yerda sochilib yotardi. Uning nigohi polga uloqtirilgan suratga tushdi — onasi va o‘zining baxtli damlari muhrlangan surat ramkasi singan, oynalari sachrab ketgan edi.

Sanyao suratni ohista qo‘liga oldi, barmog‘i bilan onasining siymosini siladi.

Oyi, kechiring... Siz bu oilaning poydevori edingiz, unga bor kuchingizni berdingiz. Lekin hozir... xavotir olmang. Oila muqaddasligini barbod qilgan, sizning xotirangizni oyoqosti qilgan u insonlarni bu yerdan albatta haydayman.