Yesterday

Muzlagan Atirgul 2-Qism

Min Yoongi ofisda telefonda gaplashib o‘tirardi.

Ish albatta amalga oshadi... — dedi u xotirjamlik bilan. Bir oz gaplashib olsak, hammasi tinchgina bitadi.

Eshik shiddat bilan ochildi. Sanyao xonaga bostirib kirdi va qo‘lidagi suratlarni Yoongining stoli ustiga uloqtirdi. Yoongi sekin o‘girilib qaradi, uning yuzida na hayrat, na qo‘rquv bor edi.

Muammo bormi? — so‘radi u — O‘zing qara Sanyao stolga ishora qildi.

Yoongi suratlarni qo‘liga oldi. Unda Junsok va Yusinning bir-biriga suykangan lahzalari muhrlangan edi.

Xo‘sh, nima xohlaysan? — so‘radi Yoongi suratlarni chetga surib.

Unashtiruvni buzishni dedi Sanyao.

Yoongi istehzo bilan kulib qo‘ydi — Vaziyat bunchalik jiddiy emas, Sanyao. Turmush o‘yinchoq emas. Bunday mayda narsalar uchun ittifoqni buzishmaydi.

Sanyao tishlarini g‘ichirlatdi. U ichida o‘yladi To‘g‘ri, bir nechta surat Junsokning unashtiruvini buzishga yetarli emas. Se Group aktsiyadorlari bunga hech qachon rozi bo‘lmaydi. Bu o‘yinni oxiriga yetkazishim kerak. Men bu zanjirdan qutulishim shart.

Sanyao Yoongiga yaqinlashdi va uning ko‘zlariga o‘tkir tikildi.

Min Yoongi, seni ogohlantiraman O‘z ukangni nazorat qil. Aks holda, men nafaqat bu unashtiruvni, balki butun Min Groupni boshingga qulataman.

U shunday deb xonadan chiqib ketdi. Yoongi esa uning ortidan qarab qoldi, so‘ng suratlarga qayta tikildi. Uning nigohida nimadir o‘zgargandek edi.

Sanyao tashqariga chiqib, tungi havoni ichiga yutdi. Uning yuragi g‘azab va nafratdan yonardi.

Unashtiruvdan keyin Min Yoongining ofisida necha marta janjal chiqarganimni sanay olmayman... Endi bunday davom eta olmayman. Bu safar men nafaqat raqiblarimni, balki butun o‘yin qoidalarini ham o‘zgartiraman.

Se Teyon

Selar villasining keng va yam-yashil hovlisida Teyon Yusinga golf o‘ynashni o‘rgatayotgan edi. Quyosh nuri ostida u qiziga mehr bilan termulib, shunday dedi.

Yusin, men senga va oyingga ishonaman. Dadang qarib qoldi, endi suyanchig‘im sizlarsiz.

Dada, xavotir olmang, hammasi yaxshi bo‘ladi, — dedi Yusin erkalik bilan tayog‘ini silkitar ekan.

Sanyao hovli bo‘ylab shaxdam qadamlar bilan kirib keldi. Uning nigohi bu manzarani bir soniyada buzib yubordi. Yusin uni ko‘rishi bilan to‘xtadi va zaharxandali ohangda chaqirdi.

Opa Siz ham golf o‘ynaysizmi? Dadam sizga ham o‘rgatganmi yoki vaqtingiz bo‘lmaganmi?

Sanyao to‘xtadi. Uning ichida nafrat to‘lqini ko‘tarildi O‘limingni qidiryapsan

Bu yerga kel, Yusin, — dedi u ovozini ko‘tarmay, lekin buyruq ohangida.

Yusin hayron bo‘lib uning yoniga keldi — Nima qilmoqchisiz?

Kutilmaganda Sanyao Yusinning yoqasidan mahkam tutdi. Bu harakat shunchalik keskin ediki, Yusinning nafasi ichiga tushib ketdi. Teyon daxshat ichida yugurib keldi.

Hoy, Sanyao Nima qilyapsan? Qo‘yib yubor uni.

Sanyao o‘zini yoqotmadi. U ikkinchi qo‘lida telefonini ko‘rsatdi.

Seni moliya va iqtisod bo‘yicha intensiv darslarga yozdirdim. Birinchi darsing yarim soatdan keyin boshlanadi. Bundan buyon har kuni sakkiz soatdan o‘qiysan. Sening asosiy ishing mana shu bo‘ladi Bularni yaxshilab o‘zlashtirib olganingdan keyingina golf o‘ynashni davom ettirishing mumkin.

Teyon bir muddat to‘xtab qoldi. U qizining kutilmagan qat’iyatidan va g‘amxo‘rligidan hayratda edi.

Sanyao... qanchalik aqlli qizsan-a, — dedi u ohangini o‘zgartirib.

Men aqlli emas, shunchaki sog‘lom fikrlash ongiga egaman, dada, — dedi Sanyao Yusinning yoqasini siltab qo‘yib yuborar ekan. — Golf o‘ynash uning butun umri davomida xotirjam va dabdabada yashashini ta’minlab bera olmaydi. Bilim bo‘lmasa, bu boyliklar bir kunda sovuriladi.

Yusin ko‘zlariga yosh olib, otasiga yopishdi — Dada Men o‘rganishni xohlamayman Moliya darslari juda zerikarli.

Sanyao ichida istehzo bilan o‘yladi Sen ham xuddi onang kabi tanbal va ochko‘zsan. Qo‘lingdan keladigan yagona narsa erkaklardan foydalanib cho‘qqiga chiqish. Lekin men bunga yo‘l qo‘ymayman.

Teyon esa qizining gaplarida mantiq ko‘rdi va ortiga burildi — Opangga quloq sol, Yusin. Men ishga ketyapman.

U shunday deb ulardan uzoqlashdi. Yusin chorasiz qolib, ketayotgan otasining ortidan baqirib qoldi — Dada To‘xtang Dada.

Sanyao

Sanyao Yusinning bilagidan mahkam tutib, uni nafrat bilan eshik tomon sudradi. Yusin qarshilik ko‘rsatishga urinar, oyog‘i yerdan uzilayozgan edi.

Hoy Nima qilyapsan? Qo‘yib yubor meni — deb baqirardi u.

Sanyao uni villadan tashqariga, haydab chiqardi va darvoza yonida turgan haydovchiga buyruq berdi.

Bu kecha u tashqarida qolsin. Qaytib kelmasin, uni ko‘rishdan zerikdim.

Yusin dahshat va g‘azab ichida Sanyaoga tashlandi.

Se Sanyao Sening maqsading yaxshi emasligini bilaman Hammasini dadamga aytib beraman — U qaytadan villaga kirmoqchi bo‘lib intildi.

Lekin Sanyao uni mashina eshigiga qattiq tiradi. Uning ko‘zlari yovuzona chaqnadi.

Qimirlama Aks holda seni kuch bilan ushlab turadigan odamlarni chaqirishga majbur bo‘laman.

Qanday tomosha ko‘rsatyapsan? Sendan qo‘rqmayman — Yusin hanuz o‘zini dadil ko‘rsatishga urinar edi.

Sanyao uni qo‘yib yubordi-da, telefon ekranini Yusinning yuziga yaqinlashtirdi. Ekrandagi suratda xaroba, eski bir bino aks etgan edi.

Bu onang yashaydigan joy, shunday emasmi? — Sanyaoning ovozi pichirlashga o‘tdi. — Eski bino... elektr simlari ham juda yomon ahvolda bo‘lsa kerak. Har qanday vaqtda baxtsiz hodisa tufayli yong‘in chiqishi hech gap emas.

Yusin muzlab qoldi. Uning yuzidagi dadillik o‘rnini cheksiz qo‘rquv egalladi.

Nima... nima qilmoqchisan? — uning ovozi titrab chiqdi.

Sanyao javob bermay, mashina eshigini ochdi va Yusinni ichkariga itarib yubordi.

Dars olishda davom et va jiddiy bo‘l Mashina dvigateli o‘t olib, villa darvozasidan uzoqlashdi. Sanyao bo‘shab qolgan hovlida bir o‘zi qoldi. uning telefoniga xabar keldi Moliya darslari juda zerikarli ekan, boshqa biror qiziqarli ish yo‘qmi?

Sanyao ovozli xabar yubordi — Se Yusin va Min Junsokni ahar bir qadamini kuzatadigan ishonchli odam top. Ularning birga tushgan har bir suratini, har bir uchrashuvini muhrlasin. Buning uchun xizmat haqqini juda yaxshi to‘layman. Menga ularning xiyonati muhrlangan dalillar kerak.

Ziyofat zali chiroqlarning yorqin nuri, qimmatbaho atirlar hidi va klassik musiqaning mayin sadosi bilan to‘lgan edi. Zal markazida Yoongi bir guruh nufuzli mehmonlar qurshovida turardi. Ikki nafar yosh va go‘zal ayol uning yoniga kelib, ehtirom bilan bosh egishdi.

Prezident Min, biz sizdan juda qarzdormiz. Sizning sharafingizga qadah ko‘taramiz, — dedi ulardan biri mayin ovozda.

Yoongi xotirjamlik bilan o‘z qadahini ko‘tardi.

Wang xonim, ancha vaqtdan beri ko‘rishmadik. Salomat bo‘ling.

Zalning ulkan eshiklari keng ochilib, hamma jim bo‘lib qoldi. Bo‘sag‘ada Sanyao va uning ortidan bir oz tortinibgina Yusin ko‘rindi. Sanyaoning qadam tashlashi, kiyinishi va nigohidagi mag‘rurlik uning bu dunyoning haqiqiy egasi ekanidan dalolat berardi. Yoongi qadahini labiga yaqinlashtirgancha, ko‘zlarini Sanyaodan uza olmay qoldi.

Yusin esa atrofdagi hashamatdan hayratda bo‘lsa-da, Sanyaoning qulog‘iga pichirlashga ulgurdi.

Se Sanyao, qanchalik qobiliyatli bo‘lsang bo‘l, nima foydasi bor? Uyda dadamga bir marta shikoyat qilsam bo‘ldi edi, sen meni bu yerga o‘zing bilan olib kelishga majbur bo‘larding. Ko‘rdingmi, baribir men yutdim.

Sanyao unga javob bermadi, shunchaki lablarining chetida sovuq jilmayish paydo bo‘ldi. Yoongining yonidagi ayollar Sanyaoni ko‘rib, darrov u tomon yugurishdi.

Se xonim Ancha vaqtdan beri ko‘rishmadik — dedi Wang xonim hayratini yashira olmay. — Yanada go‘zallashib, ketibsiz.

Ikkinchi qiz esa Sanyaoning ortida turgan, bu muhitga mutlaqo mos kelmaydigan Yusinga shubhali va hayron bo‘lib qaradi.

Bu qiz kim? Yangi yordamchingizmi?

Yusin bu gapdan dahshatga tushdi. Uning yuzi g‘azabdan qizardi — Nima deyapsan? Qanaqa yordamchi?

Sanyao vaziyatni to‘g‘irlagandek bo‘lib, aslida Yusinni yerga uradigan ohangda gap boshladi.

U dadamning kichik qizi. Yaqinda Se oilasiga keldi... Ko‘chadan.

Qizlar bir-biriga ma’noli qarab, Yusinni boshdan-oyoq kuzata boshlashdi. Ularning nigohida kamsitish bor edi.

Demak, Se xonimning yaqinda paydo bo‘lgan singlisi shumi? — dedi birinchi qiz piching bilan. — Kiyinish uslubi nega bunchalik g‘alati? Na nafosat bor, na odob.

Senlar... — Yusin ortiq chiday olmadi. U nafrat bilan ulardan uzoqlashib, zalning burchagiga qarab ketdi.

Sanyao uning ortidan xotirjam qarab qoldi va atrofdagilarga yuzlandi.

Uzr so‘rayman. Bunday katta va nufuzli ziyofatga birinchi marta kelishi. Tarbiyasizligi uchun barchangizdan uzr so‘rayman.

Hammasi joyida, Se xonim, — deb javob berdi qizlar jilmayib. — Min oilasining yosh janobi bilan turmush qurganingizda, bizni to‘yingizga aytishni unutmang. Sizdek kelin har qanday oilaning baxti.

Sanyao muloyim jilmayish bilan ularni kuzatib qo‘ydi. Yoongi esa naridan turib unga qarab jilmaydi.

Sanyao uchrashuvlarni bir chetga surib, Yusinning qayerga ketganini va qanday hunar ko‘rsatishini nazorat qilish uchun uning ortidan ketdi.

Yusin

Ziyofat zalining har bir burchagidan zaharli pichirlashlar eshitila boshladi. Yusin qayerga borsa, o‘sha yerdagi ayollar uni muhokama qilishardi.

Se oilasidagi anavi qizga qara, — dedi mehmonlardan biri nafrat bilan. — Qishloqdan kelgani ko‘rinib turibdi. Bunday tarbiyasiz odam qanday qilib bu qadar nufuzli davraga kirib qoldi?

To‘g‘ri aytasiz, — deb qo‘shildi ikkinchisi uning ust-boshiga ishora qilib. — Kiyimiga qara kim bunday katta ziyofatga bu qadar oddiy va didsiz kiyimda keladi? Bu butun jamiyatga nisbatan hurmatsizlik-ku.

Sanyao qo‘lida billur qadah bilan sekin odimlab, burchakda qizarib-bo‘zarib turgan Yusinning yoniga keldi — Se Sanyao — dedi Yusin pichirlab. — Meni bu yerga ataylab sharmanda bo‘lishim uchun olib kelding, shunday emasmi?

Sanyao qadahidan bir qultum ichdi-da, xotirjamlik bilan javob berdi.

Sen o‘zingni o‘zing sharmanda qilishda davom etmaysanmi, singiljon? Buning uchun mening yordamim shart emas.

Yusin g‘azabdan titrab atrofdagi kamsituvchi nigohlarga dosh berolmadi.

Ular hozir senga xushomad qilishadi, chunki yaqinda Min oilasining kelini bo‘lasan, Lekin turmushing buzilib, ko‘chada qolganingda, mana shu xushomadgo‘ylarning hammasi seni tashlab ketadi O‘shanda ko‘ramiz ahvolingni.

Sanyao Yusinga bir qadam yaqinlashdi. Uning nigohi shunchalik sovuq ediki, Yusin beixtiyor orqaga tisarildi.

Mening istiqbolim va ishlarim sen kabi bir ahmoqning xavotir olishiga muhtoj emas, — dedi va undan uzoqlashdi.

Yusin ortidan bor ovozi bilan baqirib qoldi— Unda o‘sha kun kelganda ko‘ramiz.

Sanyao bir lahzaga to‘xtadi, lekin ortiga o‘girilmadi. Shunchaki boshini biroz burib — O‘sha kunni intizorlik bilan kutaman, — deb qo‘ydi.

Zalning narigi chetida bu manzarani kuzatib turgan Yoongi Sanyao tomon yurib keldi. Uning qadamlari shaxdam, yuzida esa sirli bir ifoda bor edi.

Se xonim, — dedi uning yo‘lini to‘sib — Janob Min, qanday tasodif, — dedi Sanyao go‘yo uni endi ko‘rib qolgandek Siz ham shu yerdamisiz?

Yoongi Sanyaoning nafis, ammo ochiqroq libosiga qarab, nigohini undan uza olmay qoldi.

Keyingi ziyofatga biroz yopiqroq kiyinsang yaxshi bo‘lardi, Sanyao, — dedi u buyruqnamo ohangda.

Sanyao uning ko‘zlariga qaradi va lablarida kinoyali tabassum o‘ynadi.

Avval o‘zingga, o‘z ishlaringga qara, Yoongi, — dedi-yu, uning yonidan yelkasini urib o‘tib ketdi.

Sanyao mehmonlarning orasiga sho‘ng‘ib, nufuzli hamkorlar bilan qadahlarni ko‘tara boshladi. Yoongi esa bir chetda qolib, uning har bir harakatini kuzatib turardi. Uning nigohida nafratmi yoki tushunarsiz bir qiziqish bor edi — buni hozircha hech kim bilmasdi.

Sanyao zalning chetidagi kresloga o‘zini tashladi. Qadahni stolga qo‘yishi bilan telefoni titradi. Bu o‘zi yollagan muxbirdan kelgan xabarlar edi Junsok va Yusinning qo‘l ushlashgan suratlari ekran bo‘ylab tizildi.

Sanyao zaharxanda bilan jilmaydi Bir-biriga juda mos... Haqiqatdan ham men juda qattiqqo‘l bo‘ldim. shunday emasmi?

Muxbirdan navbatdagi xabar keldi Sevgi ayb emas Se oilasining ikkinchi qizi Min Junsok bilan maxfiy munosabat qurmoqda Bu Se Sanyaoning nikohini tahdid ostiga qo‘yadi.

Sanyao ovozli xabar yubordi — Hamma yerda tarqat Agar Se Yusin haqidagi bu xabar birinchi raqamli yangilik bo‘lib chiqmasa, bu kecha uxlamaysan.

Bir necha daqiqa o‘tar-o‘tmas, zalda g‘alati shovqin ko‘tarildi. Birin-ketin mehmonlarning telefonlari chirillay boshladi. Hamma ekranga qarab qotib qolar, so‘ng nigohlar bir-biriga to‘qnashib, shivir-shivir boshlanardi.

Yoongi ham hayron bo‘lib telefoniga qaradi. Uning qoshlari chimirildi. U ortiga o‘girilib, kresloda xotirjam o‘tirgan Sanyaoga qaradi. Qiz unga qarab g‘olibona jilmayib qo‘ydi. Yoongi shaxdam qadamlar bilan uning yoniga keldi va telefonidagi xabarni ko‘rsatdi.

Buni sen qilding, shundaymi? Sanyao ko‘zlarini hayratda ochgan bo‘ldi — Janob Min, nima deyapsiz? Hech narsaga tushunmayapman.

Yoongi uning qo‘lidagi qadahni tortib oldi — Sen hozir mastsan, Sanyao. Boshqa ichma.

Sanyao o‘rnidan turdi-da, kutilmaganda Yoongining yoqasidan mahkam tutdi. Uning ko‘zlarida endi o‘yin yo‘q edi.

Janob Min, unashtiruvni hali ham bekor qilmaysizmi? Aks holda muammo kattalashadi va bu hech kimga, ayniqsa Min oilasiga yaxshi ko‘rinmaydi.

Yoongi qizning ko‘zlariga chuqur tikildi. U bu qizning naqadar xavfli ekanini endi anglayotgan edi — Haqsan... Unashtiruvni bekor qilish vaqti keldi, — dedi u past ovozda.

Sanyao birdan kuchsizlanib, Yoongining ko‘kragiga suyanib qoldi — Iltimos... meni tashqariga olib chiqing. Haydovchim tashqarida kutib turibdi.