Muzlagan Atirgul 1-Qism
Selar villasining keng va dabdabali mehmonxonasi markazida bir ayolning portreti osig‘liq turardi. Sanyao onasining surati yoniga ohista qadam tashlab keldi. Uning ko‘zlarida sog‘inch va cheksiz og‘riq qotib qolgan edi. Qiz onasining xotirasi poyida egilib, ta’zim qildi.
Ichida esa bo‘ron qopardi Oyijon... Siz Se oilasini bankrotlik botqog‘idan tortib olib chiqdingiz. Kecha-yu kunduz tinmay mehnat qilib, bizni yana yuqori jamiyatning eng yuqori pog‘onalariga qaytardingiz. Lekin o‘z baxtingizni ko‘rishga ulgurmadingiz... Eng dahshatlisi esa, o‘limingizning hali yettinchi kuni o‘tmasdan, dadam o‘zining noqonuniy qizini mana shu xonadonga yetaklab keldi.
Sanyao qaddini rostladi. U mehmonlar tomon burilib, stol yoniga keldi — Marhamat, o‘tiringlar, — dedi u.
Mehmonlar joylariga o‘tirishdi. zalning kirish qismida shaxdam qadamlar va muloyim ovoz eshitildi — Xayrli kech.
Hamma o‘sha tomonga qaradi. Sanyao ham boshini ko‘tardi-yu, ko‘rgan manzarasidan ichida nafrat olovi yanada kuchliroq yondi. Qip-qizil, ko‘zni qamashtiruvchi libos kiygan Yusin otasi Teyonning qo‘lidan tutgancha mag‘rur kirib kelardi. Bu kiyim motam kutilayotgan xonadon uchun emas, balki g‘alaba tantanasi uchun tanlangandek edi.
— Mening ismim Se Yusin, dedi qiz o‘zini tanishtirib — Xuddi opam kabi, men ham dadamning qiziman.
Teyon Yusinga qarab mehr bilan jilmaydi. Bu tabassum Sanyaoning yuragiga pichoqdek botdi. Mehmonlar o‘zaro pichirlashib, vaziyatga qarab o‘yin boshladilar.
— Amakivachcham, juda omadli Ikkala qizi ham bir-biridan go‘zal, — dedi mehmonlardan biri xushomad qilib.
— To‘g‘ri aytasiz, ayniqsa Yusin juda sevimli va erka qizga o‘xshaydi, — deya boshqalari ham qo‘shildi.
Atrofni soxta kulgi va maqtovlar egalladi. Go‘yo bu yerda hech qanday fojia yuz bermagandek, go‘yo bir hafta oldin bu uyning haqiqiy bekasi vafot etmagandek...
Se Sanyao 24 yoshda
Se Groupning haqiqiy merosxoʻri, Se Teyonning toʻngʻich qizi.
To‘satdan yangragan qattiq ovoz hamma narsani to‘xtatdi. Sanyao qo‘lidagi kumush sanchiqni stolga shunchalik qattiq qo‘ydiki, chinni idishlarning jaranglagan ovozi butun zalga yoyildi.
Bugun uyimizga mehmon kelishini bilmagan ekanman, — dedi u So‘ng nigohini Yusinning chaqnab turgan ko‘zlariga qadadi. — Qani, kel, singiljon... yonimga o‘tir.
Yusin kutilmagan taklifdan cho‘chib tushdi. Sanyaoning nigohida shunday bir qahr bor ediki, u beixtiyor Teyonning yengiga yopishdi. Teyon qizining qo‘rqib ketganini ko‘rib, Sanyaoga g‘azab bilan qaradi.
— Qo‘rqma, Yusin, dedi u qizini yupatib. — Opangning xarakteri biroz og‘ir, bunga ko‘nikishing kerak. Hozircha esa mening yonimda o‘tirasan.
Yusin zaharxandali jilmayib, Sanyaoga qarab qo‘ydi. U g‘olibona qadamlar bilan stolning to‘riga — oila bekasining bo‘sh turgan kursisiga yaqinlasha boshladi.
— U yer oyimning joyi Teyon to‘xtadi. Uning chehrasi asabiy qizardi.
— Sanyao Onang endi oramizda yo‘q, buni tushunish vaqti keldi — deb baqirdi u. Yusin sening singling va u endi Se oilasining to‘laqonli a’zosi. Bu uyda u qayerga o‘tirishni xohlasa, o‘sha yerga o‘tiradi.
Teyon Yusinga qarab, yumshoq ohangda buyurdi — Ortimdan yur, qizim.
Yusin otasiga ergashib, Sanyaoning yonidan o‘ta boshladi. Sanyao esa xuddi hech narsani eshitmagandek, xotirjamlik bilan oldidagi choy finjonini qo‘liga oldi. U finjonni labiga yaqinlashtirdi-yu, Yusin u bilan tenglashgan soniyada to‘xtadi.
— Oh, choy sovib qolibdi-ku... — pichirladi u.
Keyingi soniyada Sanyao bilagini keskin harakatlantirdi. Finjondagi issiq choy havoda yoyilib, to‘ppa-to‘g‘ri Yusinning yuziga va libosiga sachradi.
— Voy — Yusin kutilmagan zarbdan muvozanatini yo‘qotdi. U orqaga tisarilib, o‘sha yerda laganda sharob ko‘tarib turgan xizmatkorga urildi.
Xizmatkorning qo‘lidagi qadahlar havoga sapchidi. qizil sharob xuddi qondek Yusinning ustidan oqib tushdi. Qiz yerga yiqilib, ho‘l libosda tipirchilab qoldi.
Yuzim Kiyimim Kuydim Teyon dahshat ichida qizini o‘rnidan turg‘izdi. Uning g‘azabi endi chegarasidan oshgan edi.
— Sanyao U sening singling Unga bunday munosabatda bo‘lishga qanday hadding sig‘di?
— Men shunchaki sovigan choyni to‘kib yubordim, dada. Ehtiyot bo‘lish kerak edi.
Teyon nafrat bilan qarab, Yusinning qo‘lidan tutdi — Yur, kiyimingni almashtiramiz. Sening joying shu yerda, hech kim senga zarar yetkaza olmaydi.
Ular yuqori qavatga yo‘l olishganda, stol atrofida o‘tirgan Teyonning ukasi — past ovozda pichirladi.
— Akam haqiqatdan ham haddidan oshdi... Kelinoyimning vafotiga yetti kun bo‘lmay, noqonuniy qizini bu yerga yetaklab kelishi... Bu Se oilasining yuziga oyoq qo‘yish bilan barobar.
U atrofidagilarga qarab, haqiqatni aytdi — Avvaldan Se oilasining ichki va tashqi barcha ishlarini kelinoyim boshqarardi. Akam esa faqat uning ishlariga xalal berib keldi. Endi esa u o‘ldi... Bu oilada Sanyaodan bo‘lak ishni yurita oladigan odam qolmadi. Akam endi hech kimga quloq solmaydi, o‘z bilganidan qolmaydi.
Teyon zinada to‘xtab, ukasiga qahr bilan qaradi — Nima deyapsan? Bugundan boshlab Yusin ham shu uyda yashaydi. U Se oilasining ikkinchi malikasi, xuddi Sanyao kabi voris Qani, ketdik Yusin.
Yusin otasining ortidan ketayotib, bir lahzaga to‘xtadi. U boshini burib, pastda qolgan Sanyaoga qaradi va g‘olibona tabassum qildi. Bu tabassum Sening hamma narsang endi meniki degan ma’noni anglatardi.
Se Yusin 24 yoshda
Se Teyonning nikohsiz tugʻilgan qizi. Kibrli, ochkoʻz, hasadgoʻy va kaltafaxm Sanyaoning oʻrnini egallash va Se Group taxtiga oʻtirish eng katta orzusi.
Yusin yangi libosda, yanada mag‘rurroq qiyofada Teyon bilan birga zalga qaytib keldi. Ular stolga yaqinlashganda, Teyonning nigohi xizmatkor ayolga qadaldi. Uning ovozi buyruqnamo edi.
— Bugundan boshlab bu uyda kichik xonimning ham aytganini qilasan. Har bir so‘zi qonun bo‘ladi, tushundingmi?
Xizmatkor ayol bosh egib — Albatta, janob, — deb javob berdi.
Yusin zafar quchgan kimsadek otasiga suykandi— Rahmat, dada, — dedi u va erkalik bilan Teyonning aynan yonidagi kursiga o‘tirdi.
Mehmonlar orasida shivir-shivir kuchaydi — Ko‘rdingmi, noqonuniy qizini rasman tanishtirdi-ya...
— Ha, kutilmagan holat. Marhum xonimning o‘rni bunchalik tez to‘ldiriladi deb hech kim o‘ylamagandi.
Sanyao bu gaplarni eshitib tursa-da, yuzida hech qanday hissiyot bildirmadi. Biroq uning ichida muzli bir haqiqat shakllanmoqda edi.
Shu oqshomga qadar men Se oilasining yagona vorisi edim. Endi esa bu haromi qiz ham men bilan teng huquqqa ega bo‘lmoqchi. Dadamning mehri uning uchun eng katta qalqon bo‘lib xizmat qilyapti.
Sanyao hayollari bilan bo‘lib, stol markazidagi shirinlikka qo‘l uzatdi. Aynan shu soniyada Yusinning ham qo‘li o‘sha tomonga yo‘naldi.
— Qanday tasodif — dedi Yusin zaharxandali jilmayib. Opam bilan didimiz bir xil ekan-da?
Sanyao jirkanib, qo‘lini darrov tortib oldi va shirinlikni joyiga qaytardi. Teyon buni ko‘rib, o‘sha likopchani olib, Yusinning oldiga qo‘ydi.
— Agar yoqtirgan bo‘lsang, ko‘proq ye, qizim. Sanyao, senga nima bo‘ldi? Shunchalik tez to‘yib qoldingmi yoki oshqozoningga og‘ir botdimi? — dedi u qiziga kinoya bilan.
Yusin birdan ko‘zlarini yerga qadab, lablarini tishladi — Dada... oyimni sog‘indim, — dedi u go‘yoki xo‘rsinib.
Bu gapni eshitgan Teyonning ukasi jahl bilan boshini chetga burdi. Bu naqadar pastkashlik edi Ammo Teyon Yusinga yaqinroq egilib, past ovozda shivirladi.
— Xavotir olma... Biroz vaqt o‘tsin, oyingni ham mana shu uyga olib kelaman.
— Rahmat, dada Siz dunyodagi eng yaxshi insonsiz, — Yusinning ko‘zlari quvonchdan chaqnadi — Qani, endi ovqatingni ye.
Yusin oldidagi go‘shtni sanchiq va pichoq bilan qiyinchilik bilan kesa boshladi. Uning harakatlari qo‘pol, tabaqa odobidan yiroq edi. U go‘shtni xunuk tarzda, tartibsiz chaynayotganini kuzatar ekan, Sanyaoning xotiralari jonlandi.
Lee Rina... dadamning mashuqasi. Onam menga homilador bo‘lgan eng og‘ir vaqtida u dadamni yo‘ldan urgan edi. Se Yusin tug‘ilgach esa, yuzsizlarcha uyimizga kelib janjal ko‘targan, yagona istagi onamni haydab chiqarib, Se xonimi taxtiga o‘tirish bo‘lgan edi.
Sanyaoning nigohi go‘shtni tartibsiz chaynayotgan Yusinga qadalgan bo‘lsa-da, hayoli besh yil avvalgi o‘sha mash’um kunda edi.
O‘shanda villa darvozasi ortida Lee Rina va Yusin turishardi. Rina bor ovozi bilan darvoza qarshisida baqirardi.
— Ella Eshikni och Sen yo‘qol bu yerdan Mening qizim sening qizingdan yuz marta aqlli va chiroyli Se xonimi maqomi ertami-kechmi baribir meniki bo‘ladi Ella, ichkarida ekanligingni bilaman, jasorating bo‘lsa chiq.
Sanyao o‘sha kungi onasining bosiqligini va darvoza ortidagi ayolning nafratga to‘la yuzini esladi.
Lee Rina aqlli ayol edi, — deb o‘yladi Sanyao ichida. — U kuch bilan bu darvozani ocholmasligini tushundi. Onam o‘lishini kutdi va endi Yusindan foydalanib, o‘zining so‘nggi, eng xavfli qartasini o‘yinga tikdi.
Yusinning yuziga go‘sht bo‘lagi yopishib qolgan, u yuqori tabaqa odobidan mutlaqo yiroq edi. Sanyao jirkanganini sezdirmay, xizmatkorga ishora qildi — Lusi xola, kichik xonimning ovqatini olib keting.
Yusin hayron bo‘lib Teyonga qaradi. Lusi kutilmaganda Yusinning oldidagi likopchani ko‘tarib ketdi.
— Dada — deb nolidi Yusin Teyon g‘azab bilan Sanyaoga yuzlandi — U sening singling, Sanyao.
— Onamning qoidalari bor edi, dedi Sanyao xotirjamlik bilan jilmayib. — Bunday yog‘li taomlar sog‘liqqa zarar. Singlimning semirib ketishini yoki betob bo‘lishini xohlamayman,
Yusin nima deyishni bilmay, tili aylanmay qoldi. Sanyao esa hujumni davom ettirdi — Dada, Yusin bu uyga endigina keldi. U qoidalarni bilmaydi. Agar mening o‘rgatishimni xohlamasangiz, marhamat, o‘zingiz o‘rgating.
Yusin o‘zini pastga urilayotganini his qilib, darrov gapga aralashdi — Dada, men hammasini bilaman Menga hech kimning o‘rgatishi shart emas.
Sanyao istehzo bilan jilmaydi. Uning nigohi Yusinning ust-boshiga va tartibsiz o‘tirishiga tushdi — Shunchaki obro‘li oilaning qizi bo‘lish yuqori jamiyatga kirish uchun yetarli deb o‘ylaysanmi?
— Nega kulyapsiz? — Yusin o‘rnidan turib ketishga tayyor edi.
Ammo mehmonlar orasida piching va kulgi ko‘tarildi. Hatto Teyonning singlisi — Yunji ham chiday olmadi. U Yusinga nafrat va kamsitish bilan qaradi.
— Ko‘chadan kelgan, hech narsani bilmaydi... Agar shu ahvolda uni kimdir ko‘rsa, butun Se oilasining olti oylik mehnati yer bilan bitta bo‘ladi. Biznes olami bunday tarbiyasizlikni kechirmaydi.
Teyon stol ustidagi oq sochiqni olib, Yusinga uzatdi. Uning yuzida ham qizining noqulay ahvolidan biroz iymanish sezilib turardi.
— Ovqatlanayotganda e’tiborli bo‘l, — deb qo‘shib qo‘ydi Yunji unga kamsituvchi nigoh bilan tikilib. — Labingni artishni unutma.
Yusin shoshib-pishib og‘zini arta boshladi. Atrofdagi mehmonlar esa go‘yoki unga odab darsi o‘tayotgandek, namoyishkorona ravishda o‘z sochiqlarini lablariga tekkizib qo‘yishdi. Teyon qizini bu vaziyatdan qutqarmoqchi bo‘lib, yumshoqroq ohangda dedi.
— Yusin, opangdan ko‘rganingdek qilishing kerak. Sanyao esa fursatni boy bermadi. Uning ovozi xonadagi soxta muloyimlikni pichoqdek kesib o‘tdi.
— Hoziroq onamning joyidan tur. Yusin ko‘zlariga yosh olib, otasiga yopishdi — Dada... nahotki bu uyda mening o‘tiradigan joyim yo‘q bo‘lsa?
Sanyao uning javobini kutmay xizmatkorga qat’iy ishora qildi — Lusi xola, yana bitta stul olib keling.
Lusi darrov yangi stulni keltirib, uni Sanyaoning yoniga — qo‘ydi. Sanyao esa g‘olibona tikilib, buyruq berdi.
— Sening joying shu yerda, kichik xonim. Bu men senga bergan ilk saboq. Aks holda, yuqori jamiyatda odamlarga kulgi bo‘lishdan nariga o‘tmaysan.
Yusin titroq ovozda shivirladi — Dada... men opamdan qo‘rqyapman.
Men sening opangman, — dedi Sanyao uning gapini bo‘lib. — Agar mendan qo‘rqsang, kelajakda Se oilasining ziyofatlarida qanday qatnashasan? Biznes hamkorlarimiz bilan qanday aloqa o‘rnatasan? Bunday zaiflik bilan oilamizni sharmanda qilmoqchimisan?
Teyon og‘ir xo‘rsinib, qizining gapida jon borligini tushundi — Yusin, opangdan hali juda ko‘p narsa o‘rganishing kerak bo‘ladi.
Stolning narigi chetida o‘tirgan Sanyaoning kelinoyisi gapga aralashdi. Uning nigohida Sanyaoga nisbatan chuqur hurmat bor edi.
— Sanyao oilamizning qonun-qoidalarini hammadan yaxshi biladi. Marhum kelinoyimiz uni shunday tarbiyalagan. Se oilasining kelajagi endi ko‘p jihatdan Sanyaoga bog‘liq.
Sanyao kutilmaganda jilmaydi va barchani hushyor torttirgan gapni aytdi.
— Dadamning o‘g‘li yo‘q. Men va Yusin esa, sizlarning nazaringizda hech qanday ishga yaramaydigan qizlarmiz. Dadam bizdan boshqa yana kimga ishonishi mumkin?
U biroz sukut saqladi-da, kelinoyisiga ma’noli qaradi — Aytgancha, esladim... Kichik o‘g‘lingiz Jeo kelasi yili o‘n sakkizga to‘ladi, shunday emasmi?
Kelinoyisi Sanyaoning xotirasidan hayratlanib, quvonchini yashira olmadi.
— Sanyaoning xotirasi juda a’lo Ha, Jeo kelasi yili voyaga yetadi. Uning yagona orzusi — Se Groupda ishlash. Jeo juda aqlli va qobiliyatli bola.
Sanyao bosh irg‘ab qo‘ydi — Se oilasining kichik nabirasi kompaniyada menga yordamchi bo‘lsa, men faqat xursand bo‘laman.
Bu gapdan so‘ng stoldagi atmosfera butkul o‘zgardi. Sanyao ochiqchasiga oila boshqaruvini o‘z qo‘liga olishini va o‘z ittifoqchilarini yig‘ayotganini e’lon qilgan edi. Teyon va Yusin esa bu katta o‘yinda chetda qolib ketayotgandek tuyuldi.
Sanyao qarshisida o‘tirgan dadasiga qarab, ichida sovuq va hisobsiz bir haqiqatni tahlil qildi
Nima bo‘lganda ham, Se Group – bu oilaviy meros. Dadam esa faqat o‘z nafsini o‘ylaydigan, ochko‘z va foydasiz bir kishi. U mana shu stolda o‘tirgan qarindoshlarining aksariyatidan nafratlanadi, chunki ular uning mol-mulkiga ko‘z tikkanini biladi. Bu ilonlar uyasida u ishonishi mumkin bo‘lgan yagona inson – o‘zi yoqtirmaydigan, lekin iqtidorini tan olishga majbur bo‘lgan qizi, ya’ni menman.
Sanyao dadasining dovdirab turganidan foydalanib, zarbani davom ettirdi.
— Dada, sizningcha Jeo kompaniyadagi aynan qaysi ishni eng yaxshi uddalay oladi?
Teyon kutilmagan savoldan gangib qoldi. U na Jeoning qobiliyatini, na kompaniyadagi bo‘sh o‘rinlarni bilardi. Uning bor hayoli yonidagi Yusinda edi.
— Men... Jeoning ishini biroz tushunmadim, — deya oldi xolos. So‘ng o‘zining noo‘rin ahvolini yashirish uchun g‘azabini Yusinga yo‘naltirdi. — Yusin Opangning gaplariga quloq sol, hoziroq u aytgan joyga o‘tir.
Yusin labini tishlagancha, norozilik bilan o‘rnidan turdi va Sanyaoning yonidagi stulga kelib o‘tirdi. Bu manzara stol atrofidagilar uchun haqiqiy tomosha edi. Teyonning ukasi Yusinga qarab, ochiqchasiga masxaraomuz jilmaydi. Yunji esa kulgisini tiya olmadi.
— Nima, endi unga hatto qayerda o‘tirishni va qanday yurishni ham o‘rgatishimiz kerakmi? — dedi u piching bilan.
Lusi darhol kelib, Yusinning oldiga bir likopcha sabzavotli salat qo‘ydi. Sanyao esa singlisiga g‘amxo‘rlik qilishda davom etdi.
— Kechqurun yog‘li ovqat iste’mol qilish qomatga ham, sog‘liqqa ham zarar. Biroz sabzavotlardan ye, — dedi-yu, o‘rnidan turdi.
U bilan birga butun oila a’zolari, hatto Teyon ham go‘yo magnitga tortilgandek o‘rinlaridan turishdi. Sanyao qadahini baland ko‘tardi.
— Barchangizga bugun onamni xotirlashga kelganingiz uchun rahmat aytaman. Sizlarning sharafingizga qadah ko‘taraman.
Qadahlarning jaranglagan ovozi zalga yoyildi. Shu lahzada stol atrofidagilar kim haqiqiy rahbar ekanini anglab bo‘lishgan edi. Ular Sanyaoni maqtashga tushishdi.
— Sanyao, sen nafaqat aqlli, balki juda qobiliyatli qizsan. Ham uyni, ham kompaniyani birdek boshqarish onangga tortganingdan dalolat.
— Kelajakda barchamizning senga ehtiyojimiz tushadi, qizim.
Teyonning ukasi fursatdan foydalanib, jiyaniga yaqinlashdi.
— Sanyao, amakingning o‘ttiz millionlik shartnomasi bor edi... Vaqting bo‘lganda, o‘zing bir ko‘rib, imzolab bera olasanmi?
Sanyao g‘olibona va xotirjam jilmaydi. U o‘z hukmronligini o‘rnatib bo‘lgan edi — Albatta, amaki.
U qadahidagi sharobdan bir qultum ichdi va joyiga o‘tirdi. Uning yonida o‘tirgan Yusin esa, o‘ziga berilgan sabzavotlarga nafrat bilan tikilgancha, bu dabdabali hayotda o‘zining naqadar begona ekanini ilk bor his qildi.
Sanyao bitta oqshomning o‘zida ham otasini, ham yangi paydo bo‘lgan raqibini o‘z o‘rniga qo‘yib qo‘ydi.
Yusin Sanyaoga biroz yaqinroq egilib, atrofdagilar eshitmaydigan past, ammo zaharli ohangda pichirladi.
— Se Sanyao, menga qarshi bunchalik kibrli bo‘lma. Avval bu odamlarning hammasi sen tomonda edi, chunki sen dadamning yagona qizi eding. Lekin bundan keyin vaziyat o‘zgaradi. Dadamning eng yaxshi ko‘rgan insoni men bo‘laman. Bu so‘zlar uning xotirasida bir yil avvalgi voqeani uyg‘otdi.
O‘shanda Sanyao mashinasi yonida turgan edi. Yusin xuddi hozirgidek, paydo bo‘ldi va o‘sha jirkanch ishonch bilan gap boshladi.
— Se Sanyao, dadang endi meniki Shuning uchun sening mana bu chiroyli kiyimlaring, shaxsiy mashinang, qo‘lingdagi qimmatbaho soatlaring va hozir ega bo‘lgan hamma narsang... hammasi bir kun kelib meniki bo‘ladi.
Sanyao unga qarab, xotirjamlik bilan javob qaytardi.
— Mening narsalarimga shunchalik ko‘z tikkan bo‘lsang, senga ulardan bittasini berishim mumkin.
Hozirgi vaqt
Sanyao qarshisida o‘tirgan, o‘zini g‘olib deb hisoblayotgan bu qizga qarab, istehzo bilan jilmaydi. Uning ichida shunday o‘y kechardi.
Soddagina Yusin... Sen hali ham hech narsani tushunmayapsan. Shunchaki Se oilasining qizi bo‘lganing uchun va dadamning soyasida turib, men yillar davomida zarrama-zarra qurgan aloqalarimni, kuchimni va obro‘yimni o‘g‘irlashni orzu qilyapsanmi? Sen faqat moddiy narsalarni ko‘ryapsan, lekin mening haqiqiy hokimiyatim sening qo‘ling yetmaydigan balandlikda. Bu shirin tushingdan uyg‘onish vaqti keldi.
Singiljon, bu oilada narsalarga ega bo‘lish boshqa, ularni boshqara olish — butunlay boshqa narsa. Men senga bu farqni tez orada ko‘rsatib qo‘yaman.
Min Junsok 26 yoshda
Min Yoongining ukasi,
Qoʻrqoq, ayyor, pul va nafs yoʻlida har qanday pastkashlikka tayyor kimsalardan. U oʻzining kimligiga va akasi Yoongining kuchiga ishonib, haddidan oshgan.
Sanyao o‘z xonasida o‘ychan o‘tirganida, Lusi shoshib kirib keldi.
— Katta xonim, janob Min keldilar, — dedi u past ovozda.
Sanyao qoshlarini chimirdi — Nima ishi bor ekan? Unga bir stakan suv bering, keyin ketkazib yuboring.
— Boshqa gap ham bor... — Lusi ikkilanib qoldi. — Kichik xonim mehmonxonada janob Min bilan gaplashib o‘tiribdi.
Sanyao darhol pastga tushdi, ammo zinapoyaning yarmida to‘xtadi. Mehmonxonada Junsok o‘tirardi. Yusin unga nihoyatda yaqin kelib, go‘yo yosh boladek mo‘ltirab turardi.
— Pochcha, men opam o‘qigan nufuzli universitetlarda o‘qimaganman, — dedi Yusin ovozini erkalatib. — Doim kichik, xaroba uyda yashadim. Pochcha, menga bilganlaringizni o‘rgatasizmi?
Junsok jilmaydi. U Yusinning yuzidan tutib, o‘ziga qaratdi va barmoqlari bilan uning sochlarini to‘g‘rilay boshladi.
— Albatta, — dedi u Biz opang bilan juda yaxshi kelishamiz, senga ham yordam berishim qiyin emas.
Yusin Junsokning qo‘lidan mahkam ushladi, Junsok ham uning qo‘lini qo‘yib yubormadi. Sanyao bu jirkanch manzarani kuzatar ekan, qo‘lidagi telefonini chiqardi va sezdirmay ularni suratga oldi. Uning nigohi Junsokga qadalganda, ichida bir gap o‘tdi Haqiqatdan ham och bo‘ri ekansan, Junsok.