July 27, 2021

Saylov qonunchiligi bo'yicha navbatdagi o'quv seminar Milliy gvardiya xodimlari uchun tashkil qilindi

Andijonda viloyat adliya boshqarmasi va Andijon shahar adliya bo'limi hamkorligida 2021 yil 26 iyul kuni Milliy gvardiya Andijon viloyat hududiy boshqarmasida saylov qonunchiligi bo'yicha o'quv seminar tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda Andijon shahar adliya bo'limi boshlig'i O.Gafurov tomonidan Saylov instituti bo'yicha umumiy tushunchalar berildi.

Viloyat adliya boshqarmasi bo'lim boshlig'i U.Hakimov tomonidan esa Saylovga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifalari,   Saylovni o‘tkazish vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlarining xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha vazifalari, Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonidagi huquq, vazifa va burchlari mavzusida ma'ruza o'qib eshittirildi.

Tadbirda ishtirokchilar o'zlari qiziqtirgan savollarga batafsil tushuntirishlar oldilar.