March 17, 2021

Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan davlat tashkilotlarida huquqiy maslahat kurslari tashkil etilmoqda.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi,Inson huquqlarini himoya qilish boʻlimi xodimlari tomonidan 2021-yil 11-mart kuni Andijon viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasida bepul huquqiy maslahat kursi tashkil etildi.

Unda boshqarma xodimlariga qabul qilinayotgan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati yetkazildi hamda ularning mehnat, oila, tadbirkorlik, uy-joy va boshqa sohaga oid savollariga atroflicha javob berildi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi 1023-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi toʻgʻrisida” Nizom mazmun-mohiyati tushuntirib oʻtildi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi