Andijonda adliya bo'limlar faoliyati yuzasidan amaliy seminar bo'lib o'tdi
Joriy yil 19 iyun kuni Andijon viloyat adliya boshqarmasi binosi majlislar zalida Adliya bo'limlarida ish yuritish, yuklatilgan vazifalar ijrosi ta'minlanishi, faoliyat samaradorligi hamda mavjud muaommolarni o'rganish bo'yicha Vazirlik tomonidan tuzilgan ishchi gruppa hamda boshqarma rahabarlari ishtirokida amaliy seminar bo'lib o'tdi.
Bunda, Adliya vazirligi Yuridiik ta'lim va sud ekspertiza faoilyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i - Sh. Rabiyev, Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i - A.Dadajonov va boshqa mas'ullar tomonidan Andijon viloyati tuman adliya bo'limlarining 2019-2020 yillar davomida olib borilgan faoilyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yo'llari, istiqbolga qo'yilgan yangi marralarga erishishda faoliyat yo'nalishlari bo'yicha atroflicha huquqiy tushuntirish, amaliy maslahatlar berib o'tildi.