August 19, 2021

Adliya o'z xodimlarga doim hurmat va ehtirom ko'rsatadi.

2020 yil iyun oyidan buyon Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Bozarov Otabek Shavkatjonovich joriy yil
16 avgust kuni Adliya vazirining burug‘i bilan Davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan 19 avgust kuni viloyat adliya boshqarmasi binosida boshqarma xodimlari hamda shahar va tuman adliya bo‘lim boshliqlari ishtirokida O.Bozarovni yangi vazifaga kuzatish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda adliya tizimida amalga oshirlayotgan islohotlarning izchil va tizimli amalga oshirilishida O.Bozarovning beqiyos hissasi borligi, qisqa muddatda bo‘lsada rahbar o‘rinbosari sifatida ko‘pchilikning mehrini qozonligi qayd etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar boshqarma boshlig‘i A.Dadajonov, boshqarma boshlig'i o'rinbosari K.Mashrapov hamda xodimlar S.Qobiljonov, K.Amanovlar, Andijon shahar adliya bo‘lim boshlig‘i O.G‘ofurovlar O.Bozarov boshchiligida amalga oshirilgan ishlar, adliya organlarining rivojlanishiga qo‘shgan hissalari tarixida zarhal harflar bilan bitilishini aytib, o‘zlarining hurmat-ehtiromi hamda ezgu tilaklarini bildirdilar.

Tadbir so‘ngida Bozarov Otabek Shavkatjonovichga hurmat-ehtirom ko‘rsatilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi