August 31, 2021

Eng ulug' va eng aziz bayramimiz oldidan Andijon adliya muassasa xodimlari munosib taqdirlandilar.

Bugun 31 avgust kuni Andijon viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Kasaba uyushmalar Federatsiysining viloyat kengashi binosida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma rahbariyati, markaziy apparat xodimlari va adliya bo‘limlari, adliya tizimi fahriylari, advokatlar, notariuslar, yuridik xizmat xodimlari hamda boshqalar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida boshqarma boshlig‘i A.Dadajonov so‘zga chiqib, barchani qutlug‘ ayyom bilan samimiy qutlab, so‘ngi yillarda adliya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, tizimdagi yangiliklarga to‘xtalib o'tib,.

So‘ngra Adliya vazirligi jamoasi va hududiy adliya organlari bayram tuhfasi sifatida tayyorlagan maxsus videorolik namoyish etilib, Mustaqillik bayramiga bo'lgan muhhabbat yana bir bor eslandi.

Shuningdek, tadbirda Mamlakatimizning qutlug‘ ayyomi arafasida alohida fidoyilik ko‘rsatayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021 yil 24 maydagi Farmoniga asosan taʼsis etilgan "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan mukofotlandi.

Shu bilan birga tadbir davomida adliya organlari bilan samarali hamkorlik qilib kelayotgan ommaviy axborot vositlari vakillari, hamkor tashkilotlar xodimlariga ham bayaram arafisda esdalik sovg'alar topshirildi.

Tadbir davomida sanʼatkorlar tomonidan taqdim qilingan bayram adliya tizimi xodimlariga yanda yaxshi kayfiyat bag'ishladi.

Mukofotlar bilan chin dildan tabriklaymiz. Eʼtiroflar doimiy bardavom bo‘lsin!