February 6, 2021
Sport - sog'lom hayot garovi.
Adliya organlari va muassasalarida ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga bagʻishlangan sport musobaqalaridan navbatdagisi Andijon viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan joriy yil 6 fevral kuni "Biz sog'lom turmush tarzi tarfdorimiz" shiori ostida tashkil etildi.
Bugungi musboqada viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo'limlari xodimalari ishtirok etdilar. Ishtirokchilar sportning "Stol tennisi" turi bo'yicha kurash olib bordilar.
Baxslar murosasiz va qiziqarli bo'lib o'tdi. Musobaqa yakunida go'liblar esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.