January 12, 2022

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish sohasida 2021 yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida M A ‘ L U M O T

Adliya organlari faoliyatida shaffoflikni to‘liq ta’minlash, aholi bilan muloqotni yangi darajaga ko‘tarish, manfaatdor shaxslarga adliya faoliyati bo‘yicha keng hajmli axborot berish maqsadida adliya vazirining 2019 yil 12 fevraldagi 52-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ochiq adliya” (“Open Justice”) dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 32-bandi ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish sohasida 2021 yil davomida viloyat adliya boshqarmasi hamda hududiy adliya organlari (tuman, shahar adliya bo‘limlari) tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar va ko‘rib chiqilgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tahlil qilindi.

Jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha:

O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 2021 yil mobaynida Viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga jami 3 740 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan

Jami ko‘rib chiqilgan 3414 ta murojaatlarning 2168 tasi (63,5 %) qanoatlantirilgan.

Shundan, bevosita boshqarmaning inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi tomonidan hal etilgan 958 ta murojaatlarning 526 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 432 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2 456 ta murojaatlar ko‘rib chiqilish natijasida 1 642 ta qanoatlantirilib, 808 ta huquqiy tushuntirish berilgan.

II. O‘tkazilgan o‘rganishlar bo‘yicha:

Qayd etilgan davrda inson huquqlarini himoya qilish maqsadida 118 ta tashkilot, idoralarda 202 ta nazorat (o‘rganish, monitoring) tadbirlari o‘tkazilgan. O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 45 560 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan.

Aniqlangan qonunbuzilishlar natijasida tegishli idoralarga 309 ta taqdimnoma kiritilgan. Taqdimnomalar natijasida 21 ta hujjat ijrosi to‘xtatilgan va bekor qilingan, 959 880 852 so‘m pul mablag‘lari fuqarolarga to‘lab berilgan, 441 nafar aybdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan, shulardan 10 nafar shaxslar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Shuningdek, qonunchilikni buzish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan 1 729 ta ogohnoma kiritilib, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 113 ta takliflar kiritilgan.

Ushbu davr davomida fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab, sudlarga 14 mlrd. 169 mln. so‘mlik 662 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Xususan, Termiz shahar, “Usmon Nosir” ko‘chasi, 12-uy, 2-xonadonda yashovchi fuqaro A.Urozovning 2020 yil avgust oyidan “COVID-19” kasalligini davolash bo‘yicha tashkil etilgan karantin markaziga bemorlarni davolash ishlariga jalb etilib, bemorlarni davolash ishlarida ishtirok etganligini, 2020 yil 6 sentyabr kunidan boshlab viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida tashkil etilgan karantin gospitalda “COVID-19” kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni davolashda ishtirok etganligi, 2020 yil 14 sentyabr kuni topshirgan test natijasiga (tartib raqami № 49182-sonli) ko‘ra o‘zida ham “COVID-19” kasalligi aniqlanganligi natijasida Surxondaryo viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanib chiqqanligini, lekin O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.03.2020 yil kunidagi PQ-4652-son qarori talablariga asosan bir martalik to‘lov pullari to`lab berilmaganligidan norozi bo`lib yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqilgan. O‘rganish natijasijada Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro A.Urozov manfaatini ko‘zlab fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining 2021-yil 12-oktyabrdagi 2-1901-2103/4445-sonli hal qiluv qarori bilan Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining fuqaro A.Urozov manfaatini ko‘zlab kiritgan da’vo arizasi qanoatlantirilib, fuqaro A.Urozov foydasiga byudjet mablag‘lari hisobidan 100 million so‘m undirish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilingan.

Shuningdek, Oltinsoy tumani “Sohibkor” mahallasida yashovchi 77 yoshli fuqaro K.Qo‘shoqovning tug‘ilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirishda hamda fuqarolik pasporti olishda amaliy yordam so‘rab yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqilib, Oltinsoy tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro K.Qo‘shoqov manfaatini ko‘zlab Fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudiga tug‘ilganlik faktini belgilash bo‘yicha ariza kiritilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudi tomonidan adliya bo‘limining arizasi mazmunan ko‘rib chiqilib K.Qo‘shoqovning tug‘ilganlik faktini belgilash haqida hal qiluv qarori qabul qilingan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudining K.Qo‘shoqovning tug‘ilganlik faktini belgilash haqidagi hal qiluv qarori asosida Oltinsoy tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi tomonidan fuqaro Qo‘shoqov Karimga 77 yoshida birinchi marta tug‘ilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirilgan.

Ushbu tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma asosida fuqaro K.Qo‘shoqovga Oltinsoy tuman Ichki ishlar bo‘limi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan 77 yoshida birinchi marta shaxsini tasdiqlovchi hujjat – ID-karta rasmiylashtirib berilgan.

Shuningdek, fuqaro K.Qo‘shoqovga ushbu shaxsini tasdiqlovchi hujjat – ID-karta orqali Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Oltinsoy tuman bo‘limi tomonidan yoshga doir pensiya tayinlangan.

Xulosa qilib aytganda inson huquqlari barchamiz uchun eng oliy qadriyat hisoblanadi. Shuning uchun har birimiz fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda bor kuch g‘ayratimizni ishga solishimiz va bu borada olib borilayotgan ezgu ishlarga o‘z hissamizni qo‘shishimiz lozim.

Bu kabi, Inson huquqlarini himoya qilish sohasida adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida fuqarolarni muntazam habardor qilib borish aholining adliya organlariga nisbatan ishonchini yanada oshirishga hizmat qiladi.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi

Inson huquqlarini himoya

qilish bo‘limi boshlig‘i

Sh.Tilovov