April 5, 2022

Adliya aralashuvi bilan o‘qtuvchilarga ustama pullari to‘lab berildi.

Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 15-martdan 15-mayga qadar “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Aksiya doirasida Suxondaryo viloyat adliya boshqarmasiga fuqarolardan ko‘plab ariza, shikoyat va takliflar kelib tushmoqda va ularning aksariati qanoatlantirilmoqda.

Xususan, Uzun tumani, “Oqmachit” mahallasida yashovchi fuqaro H.Qarshiyevning o‘zi va turmush o‘rtog‘i uchun ijara pullari va bir martalik kompensatsiya puli to’lab berilmaganligidan norozi bo‘lib Adliya vazirligiga “Ishonch telefoni” orqali yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

Murojaatni o‘rganish davomida, Samarqand viloyati Pasdarg‘om tumanida yashagan fuqarolar H.Qarshiyev va uning turmush o‘rtog‘i B.Kabulovalar 2021-yil noyabr oyidan hozirgi kunga qadar Uzun tumanidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tuvchi vazifasida ishlab kelganligi, Uzun tumani xalq ta’limi bo‘limi tomonidan fuqaro H.Qarshiyevga 2021-yil noyabr oyidan hozirgi kunga qadar 13 500 000 so‘m bir martalik boshlang‘ich yordam puli va 2 700 000 so‘m uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik kompensatsiya pullari, fuqaro B.Kabulovaga 2021-yil noyabr oyidan hozirgi kunga qadar 13 500 000 so‘m bir martalik boshlang‘ich yordam puli va 2 700 000 so‘m uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik kompensatsiya pullari to‘lab berilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Suxondaryo viloyat adliya boshqarmasining aralashuvi bilan, fuqarolar H.Qarshiyev va uning turmush o‘rtog‘i B.Kabulovalarga 32 400 000 so‘m bir martalik boshlang‘ich yordam puli va ijarada turganlik uchun har oylik kompensatsiya pullari to‘lab berildi hamda fuqaroning murojaati qanoatlantirildi.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi

Inson huquqlarini himoya qilish

bo‘limi bosh maslahatchisi A.Azimov