Шерзод Мирзатов
@mirzatovsherzod
17 posts

Adiblar xiyobonida adabiy-ma’rifiy kecha!!!

2024 йилнинг 23 май куни ТТБ факултети декан ўринбосари Н.К. Арипов, факултет тюторлари талабалар билан Адиблар ҳиёбонида шоир Мақсуд Шайхзода хаёти ва ижодига бағишланган адабий - маърифий кеча ташкиллаштирилди.

Toshkent davlat transport universitetida Qashqadaryo viloyati turistik salohiyati oshirish maqsadida “Qashqadaryo viloyati kuni” festivali boʻlib oʻtdi!!!

Universitet mutaxassislari tomonidan turizm salohiyatini oʻrganish, hudud va uning tarixi, turistik obyektlari va oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisida turli tillarda kontentlar yaratildi, ularni targʻibot qilish hamda turpaketlar yaratishda yaqindan yordam koʻrsatib kelinmoqda.

Birinchi kurs maktabi!!!

TTB fakulteti tyutorlari hamda yuqori kurs talabalari ishtirokida birinchi kursga qadam qo‘ygan talaba yoshlarga universitet bilan tanishtirish va ularni o‘qishlari davomida qiyinchiliklarga uchrashlarini oldini olish maqsadida "Birinchi kurs maktabi" universitet bilan tanishtiruv darslari tashkil etildi.

Adiblar xiyoboniga tashrif

Talabalarni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida 1-kurs talabalari bilan adiblar xiyoboniga tashrif buyurildi.

InnoWeek.Uz-2023

Joriy yilning 16-20-oktabr kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “Kreativ taʼlim va innovatsiya – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida» InnoWeyek-2023» innovatsion gʻoyalar haftaligining rasmiy ochilish marosimi “Alpomish” muz saroyida bo‘lib o‘tdi.

Tashkent modernism.INDEX

Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida O'zbekiston davlat san'at muzeyida tashkil etilgan Toshkent modernizm me'morchiligini saqlash va moslashtirishga bag'ishlangan ko'rgazmasiga tashrif uyushtirildi.

Toshkent politexnika muzeyiga tashrif !!!

Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Toshkent politexnika muziyiga tashrif uyushtirildi.

“Eng yaxshi kitobxon jamoa” koʻrik-tanlovining fakultet bosqichi oʻtkazildi. 

Toshkent davlat transport universitetining TTB fakultetining tyutorlik jamoa talabalar o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon talaba” tanlovining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda universitet talabalari faol ishtirok etdi.

Voleybol bo'yicha Toshkent shahar hokimi kubogi

Jar sport majmuasida o’tkazilgan Toshkent Shahar hokimi kubogi finalida Toshkent davlat transport universiteti qizlar jamosi Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoasi bilan bellashdilar. Ko’pgina talabalarimiz jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun bordilar. Muxlislar shiddatli o‘yinga guvoh bo‘ldilar. Afsus, qizlarimizga biroz omad yetishmadi: 25-27, 24-26. Lekin bir jihatni alohida ta’kidlash kerak, qizlar voleybol jamoamiz bu yil ancha o‘sishga erishdi hamda sport sohasi bo‘yicha mutaxassis bo‘ladigan tengdoshlariga haqiqiy jangni ko‘rsatdilar. O‘ylaymizki, keyingi musobaqalarda ushbu jamoa go‘liblikni qo‘lga kiritadi.

“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o'tkazildi

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor D.X. Baratov ochib berdi. “Sihatgoh” sanatoriya profilaktoriy bosh shifokori, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, "O'zbekiston temir yo'llari"AJ Ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zosi, targ‘ibot- tashviqot guruh rahbari, O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rayosat a’zosi, sotsiologiya fanlari doktori, professor T.B. Matibayev Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining 7-ustuvor yo‘nalishi, terrorizm va ekstremizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat” va boshqa tahdidlarga qarshi samarali kurashish, umumiy qilib aytganda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida suhbat olib bordi.