May 31

Sevgi rishtasi

Shu oning o‘zida saroyning narigi burchagidagi xonada butunlay boshqa bir voqea sodir bo‘layotgan edi. Malika Yeon So va shahzoda Taehyung o‘tgan kungi tomdagi sehrli uchrashuvdan so‘ng, bugun tunda ham ko‘rishishga so‘zsiz kelishib olishgandi

.Yarim tun bo‘lishi bilan, va’daga muvofiq, Taehyung derazadan hayoldek yengil sirg‘alib Yeon Soning xonasiga kirdi. U qizni deraza yonida o‘zini kutib o‘tirgandir deb o‘ylagan edi, biroq xonadagi manzara butunlay boshqacha chiqdi.

Xona o‘rtasidagi kichik stolda bir nechta bo‘shagan an’anaviy koreys mayi — makgoli ko‘zalari ag‘darilib yotar, Yeon So esa sochlari biroz to‘zg‘igan, ko‘zlari suzilgandek holatda, qadahini qo‘lida mahkam tutib o‘tirardi. Vatanning sog‘inchi va saroydagi asiralik og‘riqlari uni bugun tun bo‘yi qiynagan, u alamidan tinmay may ichib, butunlay mast bo‘lib ulgurgan edi.Taehyung qadamlarini sekinlatib, qizga yaqinlashdi. Uning yuzidagi quvnoq tabassum o‘rnini xavotir egalladi.

— Yeon So... — deb sekin pichirladi u, qizning yonidagi kursiga o‘tirarkan. — Bunchalik ko‘p ichib yuboribsiz? Nima bo‘ldi?

Yeon So kutilmagan ovozdan sekin boshini ko‘tardi.

Uning qizargan va suzilgan ko‘zlari Taehyungga qadalganda, lablarida g‘alati, mastona bir tabassum paydo bo‘ldi. U qo‘lidagi qadahni Taehyungga qarab uzatdi:

— Ooo... mening sirli "Musofir Kim"im kelibdi-ku! — dedi u ovozi duduqlanib va cho‘zilib.

— Qani, keling... birga ichamiz! Bu saroyning devorlari... odamni aqldan ozdiradi, bilasizmi?

U o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi, ammo mastlikdan muvozanatini yo‘qotib, to‘g‘ri Taehyungning ustiga quladi. Taehyung chaqqonlik bilan qizning nozik belidan tutib, uni o‘z ko‘ksiga qisdi. Xonada faqat mayning achchiq isi va qizning tezlashgan issiq nafasi sezilardi.

— Siz juda kechikdingiz, Kim... — deb shivirladi Yeon So, barmoqlari bilan Taehyungning yuzini uquvsizlarcha silab. — Men sizni juda kutdim...

Taehyungning yuragi shiddat bilan urib ketdi. Qizning bu qadar yaqinligi va unga ochiqdan-ochiq intilishi shahzodaning vujudida qaynoq bir ehtirosni uyg‘ota boshlagan edi.

Yeon So ikki qo‘li bilan Taehyungning yuzini mahkam ushlab, ko‘zlari yoshga to‘lgancha uning tik ko‘zlariga qaradi. Uning nafasidan achchiq may isi anqir, ammo so‘zlaridagi alam uning ich-ichini yoqayotganidan darak berardi.

— Qirolingiz meni sotmoqchi... — dedi Yeon So, achchiq alam bilan kulib.

— Ha, to‘g‘ri-da, asira malikaning ortidan ergashgan qiz kimga kerak? Men Alayaning otasi, o‘z amakimga ortiqchaligim uchun ham tekinga Alayaga qo‘shib berilganman. Endi esa Qirol ertaga shahzoda Taehyungdan menga uylanish-uylanmasligini so‘rarkan. U rad etsa, meni asrab olib, boyroq xonadonga uzatarmush... Menda esa tanlash huquqi yo‘q ekan!

Qizning ko‘zlaridan oqqan yoshlar Taehyungning barmoqlariga tomchilardi. Yeon So uning ko‘ksiga mushtlab, pichirladi:

— Men buni o‘zgartirmoqchiman... Men bilan bo‘ling, iltimos...

Taehyung kutilmagan bu sir fosh bo‘lishidan va otasining rejasidan daxshatga tushdi. U o‘zining shahzoda Taehyung ekanini qanday aytishni bilmay, duduqlanib qoldi:

— Ma... malika... ni... nima deyapsiz? — uning ovozi hayajondan titrardi.

— Nima qilibdi? — Yeon So mastona kulib, egnidagi ipak yopinchig‘ini sekin yelkasidan tushirdi, uning nafis bo‘yinlari va oq yelkalari oy nurida yaqqol ko‘rindi.

— Qomatim ham chakki emas... O‘zim go‘zalman, yo unday emasmi?

— Men... men... siz hozir massiz, o‘zingizni bosing, — Taehyung qizning belidan ushlab, uni to‘xtatishga, o‘zini jilovlashga urindi. Ammo ichidagi ehtiros to‘lqini allaqachon uning aqlini ko‘r qila boshlagan edi.

Yeon So yigitning gapirishiga qo‘ymadi. U bor jasoratini yig‘ib, lablarini Taehyungning labi ustiga qattiq bosdi va uni ehtiros bilan o‘pa boshladi. Bu o‘pichda ham cheksiz alam, ham yordam so‘rash ilinji, ham musofir yigitga bo‘lgan yashirin tuyg‘u qorishib ketgandi.

Karaxt bo‘lib qolgan shahzoda bir necha soniya jim turdi. Uning miyasida "U seni oddiy qo‘riqchi deb o‘ylayapti, to‘xta!" degan ovoz yangradi, biroq qizning lablaridagi qaynoq ta’m va uning nozik vujudining issiqligi barcha to‘siqlarni parchalab tashladi. Taehyung qo‘llarini qizning yalang‘ochlanib borayotgan beliga joylashtirdi va uning ehtirosli bo‘sasiga shiddat bilan javob bera boshladi. Xonadagi sokinlik o‘rnini ikkisining tezlashgan nafaslariga bo‘shatib berdi.

Yeon So ichidagi alam va ichgan mayining ta’sirida butunlay o‘zini yo‘qotgan edi. U kutilmaganda shiddatli harakat qilib, Taehyungning ustki kiyimlarini yirtgudek qilib tortdi va yigitning keng ko‘ksini ochib tashladi. So‘ng bor kuchi bilan itarib, uni yumshoq to‘shakka yotqizdi.

Taehyung kutilmagan bu shiddatdan qattiq yutinib qo‘ydi. Uning yuragi ko‘kragidan chiqib ketgudek urardi. Yeon So shu zahoti yigitning ustiga chiqib oldi. U Taehyungning lablaridan ehtiros bilan o‘par, ayni damda uning qolgan kiyimlarini ham shoshilinch yechintirayotgan edi. Qizning mitti va nozik qo‘llari yigitning issiq, ochiq badanida erkin sayr qilardi.

Yeon So o‘zining ustidagi oxirgi libosini ham yechib yerga otdi. Ikkisining yalang‘och badani to‘qnashganda, xonaga qaynoq bir harorat yugurdi. Qiz ehtiros domida o‘zini boshqarolmay, tishlarini shahzodaning bo‘ynidagi tomir urib turgan nozik nuqtasiga qattiq botirdi.

— Ahhh... — Taehyung og‘riq aralash lazzatdan ingrab yubordi.

Bu tovush va qizning yovvoyi teginishlari shahzodaning ichidagi so‘nggi to‘siqlarni ham parchalab tashladi. Endi u shunchaki qarab turolmasdi. Taehyung bir lahzada ustunlikni o‘z qo‘liga oldi; u qizni ostiga bosib, uning nafis badanini vaxshiyona o‘pib, yalay boshladi. Bo‘yin va yelka sohalariga chuqur tish izlari va binafsharang zasoslar qo‘ya boshladi.

Navbat qizning to‘lishgan mitti ko‘kraklariga kelganida, Taehyung ularni kaftlari bilan mahkam siqib, ezg‘iladi. Lablari bilan so‘rib, tishlari orasiga olib tortdi.

— Immmm... tezroq... — Yeon So og‘riq va ehtirosdan boshini yostiqqa urib, nola qilib yubordi.

Taehyung qizning ko‘zlariga olovli nigohini qadadi, uning nafas olishi shiddatli tus olgandi:

— Ertaga afsus qilar darajada tezlashaman... — deya u pichirladi va bor shiddatini ishga soldi.

Ikkisi ham mutlaqo yalang‘och, ehtirosdan tanalari terga botgan edi. Taehyung o‘zining taranglashgan qaynoq vujudini qizning sonlari orasiga yo‘naltirdi va bir urinishda ichiga kiritdi. Birinchi uchrashuvning mislsiz bosimidan ikkisi ham barobariga xonani titratib, alamli va ehtirosli nola qilib yuborishdi.

Tuni bilan ularning shiddatli harakatlari va cheksiz nolalari tun sukunatini buzib turdi. Taehyung qizning har bir nolasidan battar qutirib, uni qayta-qayta zabt etdi.

Tong saharda Taehyung ehtirosli va shiddatli tundan so‘ng holsizlanib uxlab qolgan Yeon Soga chuqur muhabbat bilan tikildi. U qizni ohista tozalab, kiyimlarini to‘g‘riladi va qulay holda to‘shakka yotqizib, ustiga ipak ko‘rpani yopdi. Kechagi tun asoratlarini — bo‘shagan may ko‘zalari va chalkashliklarni ortidan sekingina tartiblab, xonani deraza orqali tark etdi. Uning xayolida faqat bir gap aylanardi: u bu qizni endi hech kimga bermaslikka qat’iy qaror qilgan edi.

Yeon So tushga yaqin badani va a’zolaridagi og‘riqlar bilan ko‘zlarini ochdi. Kechagi tun asorati hamon uning lablarida va vujudida sezilib turardi. Biroq u nima bo‘lganini to‘liq anglab ulgurmasdanoq, xonaga shoshilinch kirgan xizmatkorlar uni Qirol qabuliga chaqirtirishayotganini aytishdi. Qiz shoshgancha kiyinib, hayajon va qo‘rquv bilan oliy zalgacha yetib keldi.Qirol taxtda mag‘rur o‘tirgancha, Yeon Soga qarab sirli jilmaydi.

— Shahzoda Taehyung sizga uylanishga rozi bo‘ldi, — dedi Qirol qat’iy va baland ovozda. — Bir haftadan so‘ng to‘yingiz bo‘ladi. Baxtli bo‘ling, malika.Yeon So bu gapni eshitib, go‘yo tepasidan muzdek suv quyilgandek qotib qoldi. Kechagi "Musofir Kim" bilan o‘tkazgan olovli tunidan keyin begona shahzodaga erga tegish orzusi yo‘q edi. U sarosimaga tushib, darrov rad etish yoki tushuntirish yo‘lini izladi:

— U... u bilan gaplasha olamanmi, Hazrati oliylari? — dedi qiz ovozi qaltirab, Taehyungning shaxsan o‘zini ko‘rib, bu nikohni bekor qilishni so‘ramoqchi bo‘lib.Qirol boshini chayqab, sovuqqonlik bilan javob berdi:

— Menimcha yo‘q. U bugun tongda shoshilinch safarga ketdi. Faqat to‘y kuni qaytadi. To‘yga tayyorgarlik ko‘raverishingiz mumkin.

Yeon So muzlab qoldi. U o‘sha o‘zi nafratlangan shahzoda Taehyung — aslida u sevib ulgurgan va tunda bor vujudini topshirgan o‘sha "Musofir Kim" ekanligidan mutlaqo bexabar edi. U o‘zini tamomila tuzoqqa tushgandek his qila boshladi.

Yeon So Qirol huzuridan chiqqan zahoti aqli va yuragini yo‘qotgudek holatda saroy bog‘i tomon yugurdi. U ich-ichidan o‘sha sirli sharshara yonida yoki chinor panasida "Musofir Kim" o‘zini kutib turgandir deb umid qilgandi. Biroq u qidirgan burchaklarning barchasi huvillab yotar, yigitdan hech qanday asar yo‘q edi.

Chorasiz va umidsiz holda, og‘ir qadamlar bilan o‘z xonasiga qaytib kirdi. Eshikni yopishi bilan stol ustida turgan buklangan qog‘oz bo‘lagiga ko‘zi tushdi. U shoshilgancha borib, xatni qo‘liga oldi va titroq barmoqlari bilan ochib o‘qiy boshladi:

“Tez orada qaytaman. Shoshilinch safar paydo bo‘lib qoldi...”

Xatning eng so‘nggi satrlariga kelganda esa, qizning nigohlari to‘xtab qoldi. U yerda quyidagi so‘zlar yozilgandi:“

Va yana... TUN UCHUN RAHMAT.”

Bu so‘zlar Yeon Soning qalbiga o‘tkir xanjar kabi botdi. Uning ko‘z oldi qorong‘ulashib, qo‘lidagi xat yerga tushib ketdi. Kechagi tunning o‘sha ehtirosli nafaslari, shirin yolvorishlari va qaynoq quchoqlari bir lahzada o‘z qiymatini yo‘qotgandek tuyuldi. Yuragida chuqur xo‘rlik va nafrat uyg‘ondi.

— "Tun uchun rahmat" emish... — deb pichirladi Yeon So, ovozi alamdan bo‘g‘ilib.

— Demak, u men uchun shunchaki vaqtinchalik bir ermak edimi?Bu gap unga xuddi foydalanilgan arzon bir buyumdek yoki bir kechalik fohishadek og‘ir botdi. U yigitga ishonib, bor vujudini va nomusini topshirgan edi, yigit esa xuddi qilgan xizmati uchun minnatdorchilik bildirgandek sovuq piching qoldirib ketgandi. Boz ustiga, uning ustiga begona asov shahzoda Taehyung bilan majburiy nikoh yuklanayotgan edi.

Yeon So o‘zini to‘shakka otdi va kechagi tundan qolgan zasoslar va tish izlari zirqirayotgan badani bilan alamidan hayqirib yig‘lab yubordi. U o‘zini butun dunyo oldida yakka-yolg‘iz va xiyonatga uchragandek his qilardi.