.
@mjannatim_guli
107 posts
Pinned

Gullagan tikon

Min sulolasining 7-avlodi Choson taxtida

KO'K BO'RI

Dars boshlanishi uchun qo‘ng‘iroq chalinganda, maktab yo‘laklari o‘quvchilar bilan to‘ldi. Su-min tunda deyarli uxlamagani uchun ko‘zlari qizarib, daxshatli charchoq va qo‘rquv ichida o‘z sinfiga kirib keldi. Uning miyasida faqat birgina o‘y aylanardi: hammasini tashlab, Busanga, o‘z uyiga qochib ketish. Biroq, qishloqdagi ota-onasining Seul elita maktabiga grant yutganini eshitib, qanchalik quvongani, ko‘zlaridagi faxr tuyg‘usi xayoliga kelganda, u to‘xtashga majbur bo‘ldi. Agar hozir qaytib borsa, qishloqdagilarning gap-so‘zi, ta’na-dashnomlari ota-onasining qaddini bukib qo‘yishini yaxshi bilardi. Shu sababli, u bo‘ynidagi tish izini kiyimi yoqasi bilan mahkam yopib, bor e’tiborini darsga qaratishga urindi.

Sevgi rishtasi

Yeon So uchun o‘sha dahshatli va ehtirosli tundan keyingi bir hafta chinakam jahannam azobiga aylandi. U saroyning eng tanho va jimjit xonasida yolg‘iz qolar, ichidagi alam va sarosimadan aqldan ozgudek holatga kelardi. Uning ruhiyati shunchalik buzilgan ediki, har bir kuni butunlay tartibsiz va asabiy kechardi. Gohida asabiylikdan stol ustidagi barcha taomlarni ochofatlarcha, to‘xtamay yer, gohida esa kun bo‘yi tomog‘idan bir qultum suv ham o‘tmas, ovqatga qaragisi ham kelmasdi. Ba’zi kunlari charchoq va xo‘rlikdan sutkalab toshdek qotib uxlasa, ba’zan tuni bilan ko‘ziga bir soniya ham uyqu kelmay, xonada daryo-daryo yosh to‘kib chiqardi. U xona bo‘ylab xuddi qafasga tushgan yovvoyi hayvondek u yoqdan-bu yoqqa borar, qo‘llarini asabiy...

Qonli Muhabbat qissasi

Poytaxtning ulkan va sovuq ma’muriyat darvozalari General Min Yoongining qarshisida go‘yo temir devordek yopildi. U o‘zining haq ekanini, Janob Zou va Bosh vazir pishirgan makkorona tuhmatlarni fosh etish uchun bor kuchi bilan kelgan edi. Ammo hamma narsa allaqachon tayyorlab qo‘yilgan, tuzoq qopqog‘i yopilgan edi.Darvoza tepasida turgan poytaxt gvardiyasining boshlig‘i pastga, Yoongi va uning yarim qo‘shiniga qarab ovozini baland ko‘tardi:

Sevgi rishtasi

Tong saharda derazadan sizib kirgan mayin quyosh nurlari Alayaning yuziga tushdi. U ohista ko‘zlarini ochdi. Karavotning ikkinchi tomoniga qaradi-yu, yuragi bir zumga urishdan to‘xtagandek bo‘ldi. Namjoon uning yonida, xuddi mangu muzliklar erigandek juda xotirjam va tinch uxlab yotardi.

Sevgi rishtasi

Shu oning o‘zida saroyning narigi burchagidagi xonada butunlay boshqa bir voqea sodir bo‘layotgan edi. Malika Yeon So va shahzoda Taehyung o‘tgan kungi tomdagi sehrli uchrashuvdan so‘ng, bugun tunda ham ko‘rishishga so‘zsiz kelishib olishgandi