Sevgi rishtasi
Tong saharda derazadan sizib kirgan mayin quyosh nurlari Alayaning yuziga tushdi. U ohista ko‘zlarini ochdi. Karavotning ikkinchi tomoniga qaradi-yu, yuragi bir zumga urishdan to‘xtagandek bo‘ldi. Namjoon uning yonida, xuddi mangu muzliklar erigandek juda xotirjam va tinch uxlab yotardi.
Alaya kechagi voqealarni, yuvinish xonasidagi o‘sha shiddatli lahzalarni eslab, yonoqlari qaytadan qizib ketdi. U shahzodani uyg‘otib yuborishdan cho‘chib, unga bildirmasdan karavotdan sirg‘alib tushib ketmoqchi bo‘ldi. Qiz judayam ehtiyotkorlik bilan Namjoonning ustidan emaklab, to‘rt oyoqlab o‘ta boshladi. Uning uzun sochlari Namjoonning ko‘ksiga tegib urilardi.
Aynan shu soniyada Namjoon kutilmaganda ko‘zlarini shartta ochdi. Alaya qo‘rquvdan qotib qoldi. Biroq Namjoon hech qanday sovuqlik qilmadi; u baquvvat qo‘llarini uzatib, qizning nozik belidan mahkam tutdi. Bir harakat bilan yon tomonga burilib, Alayani o‘zining issiq va keng bag‘riga qattiq tortdi.
— Hali vaqtli, uxla... — dedi Namjoon ovozi uyqu sirli va g‘alati bir mayinlik bilan chiqib. U Alayaning qulog‘iga yaqin kelib, kechagi pushaymonligini yashira olmay pichirladi:
— Kecha... meni kechir...U shunday dedi-da, qizni qo‘yib yubormasdan, qaytadan ko‘zlarini yumdi. Alaya uning bu kutilmagan mehribonligidan va "Kechir" degan so‘zidan butunlay karaxt bo‘lib qolgan edi. U yigitning ko‘ksiga yopishgancha nafasini yutib turardi.
Aynan shu shirin va sokin lahzada, kecha kun bo‘yi, na tushlik va na kechlik qilmagan Alayaning qorni qattiq va g‘alati ovoz chiqarib g‘uldirab yubordi. Bu tovush xonadagi jimjitlikni butunlay buzdi.
Alaya uyatdan va xijolatdan yer yorilmadi-yu, yerga kirib ketmadi. U darrov Namjoondan o‘zini uzoqlashtirishga urindi:
— Men... men kecha... shunchaki... — deya duduqlana boshladi u.Namjoon buni eshitib, hattoki ko‘zlarini ochmadi ham. Uning lablarining chetida ovozsiz, juda samimiy va chiroyli bir tabassum paydo bo‘ldi. U qizning qanchalik uyalayotganini his qilib turardi.
— Bo‘ldi, — dedi Namjoon qizning gapini bo‘lib va uning belini ohista siqib qo‘ydi. So‘ng eshik ortida shay turgan xizmatkorlarni baland ovozda chaqirdi:
— Xizmatkorlar!Eshik orqasidan darrov xizmatkor ayollarning ta’zim ohangidagi ovozi eshitildi:
— Labbay, Zoti oliylari! Buyrug‘ingizni kutamiz.
— Bizga juda ham sergo‘sht va to‘yumli nonushta tayyorlang! Zudlik bilan xonaga keltirilsin! — deya buyruq berdi Namjoon.
Namjoon Alayaning belidan qo‘llarini ohista bo‘shatib, uning yuziga muloyim tikildi.
— Bor, yaxshilab yuvinib kel, — dedi u ovozini pasaytirib. — Taomlar kelguncha o‘zingni o‘nglab olasan.
Alaya bosh silkib, tezda o‘rnidan turdi va yuvinish xonasi tomon oshiqdi. U yerda tanasini iliq suv bilan yuvib, biroz o‘ziga kelgach, xonaga qaytib chiqdi. Endi navbat Namjoonga kelgandi; u ham sochiqni olib, ichkariga kirib ketdi.
Alaya xonada yolg‘iz qolgach, javondan eng chiroyli ipak liboslaridan birini tanladi. Biroq, uning murakkab saroy kiyimlarini kiyish tajribasi kamligi sababli, orqasidagi nozik bog‘ichlarni bog‘lay olmay, xona bo‘ylab u yoqdan-bu yoqqa yurib qiynala boshladi. Shu vaqtda ehtiyotsizlik qilib, stol chetiga tegib ketdi va Namjoon uchun juda qadrli bo‘lgan, kechagi o‘sha qalin davlat daftari polga gursillab tushib ketdi.
Alaya qo‘rqib ketganidan shoshilgancha yerga egildi. Uni qo‘li bilan endigina olayotganida, yuvinish xonasining eshigi ochilib, egnida faqat yupqa tungi kiyim bo‘lgan, sochi bilan Namjoon chiqib keldi.
Alaya shahzodani ko‘rishi bilan kechagi daxshatli lahzalar ko‘z oldiga kelib, ko‘zlariga birdan yosh quyildi. U daftarni ko‘ksiga qisgancha, yig‘lamsirab gapira boshladi:
— Tegmoqchi emasdim... Men... men faqat u tushib ketdi, olmoqchi edim, xolos! Rostini aytyapman!
Namjoon qizning bu qadar qattiq qo‘rqayotganini ko‘rib, yuragi ezildi. U Alayaga qarab qadam tashladi, biroq u yaqinlashgan sari Alaya battar vahimaga tushib, pol ustida yig‘lagancha ortga tisarila boshladi.
— Bo‘ldi, bo‘ldi... Hech narsa emas, tinchlan, — dedi Namjoon ovozini imkon qadar yumshatib.
— Iltimos... Kechagidek og‘ritmang... Tegmoqchi emasdim... — Alaya devorga taqalgancha o‘pka-vujudi bilan yig‘lardi. U Namjoonni yana g‘azablanib, o‘zini jazolaydi deb o‘ylayotgandi.
Namjoon ortiq chidab turolmadi. U shiddat bilan kelib, polga tizzaladi va qaltirab yotgan Alayani bor kuchi bilan o‘zining keng, issiq bag‘riga bosdi. Uni mahkam quchoqlab, sochini silay boshladi:
— Hech narsa bo‘lmadi... Bo‘ldi, yig‘lama... — Namjoon uni yupatishga urinar, ovozi pushaymonlikdan titrardi. — Kecha buning uchun... Sen mening narsamni olganing uchun men u ishni qilmadim. Kel, buni unutaylik... Bu... bu shunchaki bir xato edi... Bir zumgina men... Men erkakligimga, to‘g‘rirog‘i nafsimga erk berib qo‘ydim... Bu sen uchun jazo emasdi, Alaya... Kechir meni...
Namjoon yig‘idan qizarib ketgan Alayani dast ko‘tarib, ohista stulga o‘tqazdi. O‘zi ham uning qarshisiga yaqinroq joylashdi-da, taom to‘la idishlarni qizning oldiga surdi.
Aslida Namjoon umrida hech kimni ovutmagan, bunday vaziyatlarda qanday yo‘l tutishni umuman bilmasdi. U ichida: "Yosh bolalarga ovqat bersa, yig‘lashdan to‘xtaydi" deb o‘ylab, Alayaning likopchasiga tinmay go‘sht va turli to‘yumli taomlarni to‘ldira boshladi.
— Ol, bu ham senga... Bunisi ham senga, — deya u chindan ham nima qilishni bilmay, qizning oldini taomga ko‘mib tashladi.
Alaya yig‘isidan biroz to‘xtab, hayrat bilan likopchasiga qaradi:
— Shoshmang... yetadi, — dedi u burnini tortib.
— Istaganingcha ye, xo‘p? — Namjoon shunday deb, o‘zi ham shoshilgancha tez-tez ovqatlanishga tushdi.
Lekin u buni ochligidan emas, balki kutilmagan hayajon va noqulaylikdan o‘zini qo‘yarga joy topolmayotganidan qilayotgan edi.
Nonushta tugagach, Alaya xonada jim o‘tirgan Namjoonning ortida tikilib qoldi. Uning miyasida juda og‘ir va chalkash bir o‘y aylanayotgandi.
— Nimadir bo‘ldimi? — Namjoon unga qaramasdan, qog‘ozlarini tartibga solarkan, sovuqqonlik bilan so‘radi.
— Bir savol bersam maylimi? — Alaya ovozini juda pastlatdi.
Namjoon daftarlaridan bosh ko‘tarib, qizga yuzlandi:
— Endi... endi men... men homilador bo‘lamanmi? — Alaya buni zo‘rg‘a pichirladi.Namjoon qizga hech narsani tushunmagan holda hayrat bilan qaradi:
— Nima uchun bunaqa deyapsan?— Kecha biz qilgan... qil...gan ish... ishni deb... — Alaya barmoqlarini mahkam qisib, yuzi olov bo‘lib yondi.
Namjoon bir muddat qizning gapini hazm qilishga urindi, so‘ngra o‘zini tutolmay qah-qah urib kulib yubordi. Uning bu samimiy kulgisi butun xonada aks sado berdi.
— Kecha sen bilan qilgan ishni jinsiy aloqa deb bilasanmi? — Namjoon kulgidan to‘xtab, unga boqdi.
— Rosti... rosti men... men bu haqida bilmayman, — Alayaning ko‘zlariga qaytadan yosh qalqidi.
— Mening yurtimda turmushga chiqmagan qizga bu haqida aytilmaydi. Turmush o‘rtog‘ining onasi yoki opasi aytishi kerak deb o‘rgatishgan. Faqat... buni menga juda og‘riqli deyishgandi... Kecha og‘ridi, demak... men... men homilador bo‘lamanmi?
Namjoon Alayaning bu murg‘ak va mutlaqo bexabar holatda bergan savolidan keyin uning qarshisiga yaqinroq keldi. Uning yuzidagi o‘sha doimiy hukmdorona jiddiylik o‘rnini butunlay sarosimaga boy bir hayrat egallagan edi. U qizning yoniga o‘tirib, qo‘llarini qayerga qo‘yishni bilmay chalg‘idi.
— Hali... bu... bu asli... asli bunday emas, — dedi Namjoon ovozini duduqlantirib, yuzini chetga burarkan.
Alaya ko‘zlaridagi yoshlarni artib, unga tushunarsiz tikildi:
— Xullas, buni hali jinsiy aloqa deb bilma, — Namjoon barmoqlari bilan peshonasini siladi. Ichida esa: "Ey xudo, men bu qizga nima deb tushuntiray hozir?" deya o‘zini so‘kardi. U chuqur nafas olib, davom etdi:
— Xullas... obbo... xullas bu hali tayyorgarlik deylik, huh. Sen homilador bo‘lmaysan. Bu boshqacharoq qilinadi.
— Qanaqa? — Alaya soddalik bilan uning ko‘zlariga tik qarab javob kutdi.
Namjoonning butun yuzi, hatto quloqlarigacha qizarib ketdi. U umrida davlat qonunlarini yozganda ham bunday qiynalmagan edi.
— Buni aytib bo‘lmaydi... — dedi Namjoon shoshilgancha stol chetiga tayanib.
— Xullas, xavotir olma, senga ortiq bunday tegmayman. Bu degani, sen hech qachon homilador bo‘lmaysan. Tinchgina yashayverishing mumkin.
Alaya bu gapni eshitib, kutilmaganda chehrasi battar xomush tortdi, mitti lablarini burib sekin pichirladi:
— Men... men ona bo‘lmaymanmi unda?Namjoon bir zum qotib qoldi va qizga hayrat bilan qaradi:
— Yo‘q, men... To‘xta! Bu nima degani? Homilador bo‘lishni istamay, qo‘rqib yig‘layotgan qiz nega birdan "ona bo‘lmaymanmi" deyapti? Seni tushunib bo‘lmaydi-ku!
Alaya boshini egib, barmoqlarini o‘ynadi:
— Bolalarni yaxshi ko‘raman... Kichkintoylarni asrashni xohlardim.
Namjoon qizning bu beg‘ubor va bolalarcha javobidan so‘ng o‘zini tutib turolmadi. U stuldan shartta turdi-da, eshik tomon yura boshladi.
— Hali o‘zing bolasanku! — deya to‘ng‘illadi Namjoon va xonaning og‘ir eshigini ochib, shoshilgancha o‘zini tashqariga, ochiq havoga otdi.
U dahliz bo‘ylab tezgina odimlar ekan, yuragi gupillab urar, miyasida faqat o‘sha o‘jar va beg‘ubor qizning "Ona bo‘lmaymanmi?" degan ma’yus ovozi aks sado berayotgan edi. "Muz shahzoda" bu mitti xonim qarshisida o‘zining butun sovuqqonligini boy berib qo‘yayotganini his qilardi.
Alaya xonada yolg‘iz qolgach, ichidagi hayajon va chalkash fikrlardan siqilib, nima qilishini bilmay qoldi. Nihoyat, u o‘ziga eng yaqin inson bo‘lgan amakivachchasi Yeon Soni huzuriga chaqirtirishga qaror qildi.
Xonaga o‘zi ham tunda sodir bo‘lgan o‘sha olovli voqealardan so‘ng ruhan ezilgan, bir ahvolda bo‘lgan Yeon So kirib keldi. Alaya uning holatiga unchalik e’tibor bermay, yuragidagi bor gapni to‘kib-sochishga tushdi. U bo‘lib o‘tgan barcha voqealarni — Namjoonning kechasi uni to‘shakka ko‘targanini, yuvinish xonasidagi o‘sha shiddatli va og‘riqli soniyalarni hamda hozirgina homiladorlik haqida so‘rab, Namjoonni qizartirib yuborganini uyalib bo‘lsa ham oqizmay-tomizmay aytib berdi.Yeon So amakivachchasining bu gaplarini eshitib, bir muddat qotib turdi-da, so‘ngra o‘zini tutolmay qah-qah urib kulib yubordi. Uning baland kulgisi butun xonani tutdi.
— Malikam! Axir qanaqa qizsiz-a? — dedi Yeon So kulgidan ko‘zidan yosh chiqib, qornini ushlagancha.
— Haqiqatdan ham undan "Bu ish aslida qanday qilinadi?" deb so‘radingizmi? Voy xudo, shahzoda Namjoonning o‘sha paytdagi yuzini tasavvur qilyapman! Xaxaxa!
Alaya xafa bo‘lib labini burdi va yostiqni mahkam quchoqladi:
— Kulma! Nima, yomon ish qildimmi? Men rostdan ham bilmayman-ku!Yeon So kulgidan to‘xtab, Alayaning yoniga keldi. Uning yuzidagi quvnoqlik o‘rnini biroz jiddiylik egalladi. U asta egilib, Alayaning qulog‘iga erkak va ayol o‘rtasidagi o‘sha haqiqiy yaqinlik — jinsiy aloqa asli qanday qilinishini, homiladorlik qanday vujudga kelishini birma-bir, pichirlab aytib berdi.
Alaya gaplarni eshitgan sayin ko‘zlari kosasidan chiqqudek bo‘lib qotib qoldi. Uning yuzlari bir soniyada pomidordek qizarib ketdi. U kutilmagan bu daxshatli va hayoli haqiqatdan dovdirab, yig‘lamsiragan holda so‘radi:
— Al... alda... aldamayapsan-a? Rostdan ham shunday bo‘ladimi?!
— Yo‘q, albatta. Nega aldar ekanman? — dedi Yeon So yengil tin olib.Alaya birdan shubha bilan amakivachchasiga tikildi, uning ko‘zlariga hayrat kirdi:
— Sen... sen buni qanday bilasan axir? Axir turmushga chiqmagan qiz bolaning buni bilishi mutlaqo mumkin emas-ku! Senga kim o‘rgatgan?
Yeon So amakivachchasining bu savolidan keyin ichida bir og‘riq his qildi. U saroy kutubxonalarida o‘qigan taqiqlangan kitoblarni va bozorlardagi xalq gaplarini esladi-yu, buni hazilga burishga urindi:
— Saroyda o‘tirmay, men kabi bozorlarga va shahar aylanib qochganingizda, siz ham buni allaqachon bilgan bo‘lardingiz, — deya u yana zo‘raki kuldi.
Biroq, Alaya aytgan o‘sha "turmush" so‘zi, turmushga chiqmagan qiz haqidagi gaplar Yeon Soning dilini xanjar kabi o‘ydi. U kechasi o‘sha "Musofir Kim"ga bor vujudini, pokizalligini berib qo‘yganini va endi bir haftadan keyin begona shahzoda Taehyungga uzatilayotganini eslab, ich-ichidan ezilib ketdi. Uning ko‘zlaridagi o‘sha quvnoqlik bir lahzada so‘nib, o‘rnini chuqur g‘amginlik egalladi
Namjoon ochiq havoda biroz aylanib, o‘zini o‘nglab olgach, xonaga qaytib kirdi. Eshik ochilishi bilan xonada u yoqdan-bu yoqqa asabiy yurgan Alayaga ko‘zi tushdi.
Alaya Yeon Sodan haqiqiy er-xotinlik sirlarini eshitib, miyasi g‘ovlab turgan edi. Eshikdan Namjoon kirib kelishi bilan, qiz unga xuddi daxshatli bir maxluqqa qaragandek vahima bilan tikildi. So‘ng shoshilgancha burilib, o‘zini hammom ichiga otdi va eshikni qulflab oldi.
Namjoon qizning nega bunday qilganiga mutlaqo tushunmadi. U Alayani biror joyi og‘riyapti yoki yana shamollab qoldi deb o‘yladi. U sekin hammom eshigi oldiga kelib, uni taqillatdi:
— Yaxshimisan? Nega birdan yuzing qizarib, qochib ketding? — so‘radi Namjoon xavotirlanib.
— Ha... hammasi yaxshi, — dedi Alaya eshik ortidan ovozi qaltirab.
— Unda chiq, — dedi Namjoon hayron bo‘lib.
— Siz... siz borib yotoqqa yoting va uxlang. Keyin chiqaman, — deb pichirladi Alaya.
Namjoon hayratdan qoshlarini chimirdi.
— Nima? Uxlang emish? Axir hali kunduz kuni-ku, juda ham vaqt ertaga?
— Uxlamaguningizcha chiqmayman! — Alaya qat’iy turib oldi.
— Nega axir?! — Namjoon eshikka suyanib, qizning bu kutilmagan qaysarligidan asabiylasha boshladi.
Alaya eshik ortida yuzlarini kaftlari bilan to‘sib, pomidordek qizarib turardi. U endi Namjoonning har bir harakatidan, uning baquvvat qo‘llaridan va kechagi teginishlaridan juda ham uyalayotgan edi.
Oradan yarim soat o‘tdi. Hammom eshigi hanuz ichkaridan qulflangan, qizdan hech qanday sado chiqmas edi. Namjoonning sabr kosasi to‘lib, u eshik oldiga g‘azab va qat’iyat bilan yaqinlashdi.
— Agar hoziroq chiqmasang, eshikni buzaman! Uchgacha sanayman. Bir... — uning baland va o‘tkir ovozi butun xonada aks sado berdi.
— Xo‘p, xo‘p, mana! — Alaya ichkaridan vahima bilan baqirdi va sekingina eshikni ochib chiqib keldi. Ammo u shahzodaga umuman qaramas, yuzini yashirib, unga teskari qarab devor bo‘ylab yurardi.
Namjoon qizning bu g‘alati va kulgili harakatini tushunolmay, qoshlarini chimirdi:
— Nimasi bu?! Nega menga orqangni o‘girib ketyapsan?
— Sizni ko‘rgim kelmayapti... — Alaya duduqlanib, yuzini ipak yengi bilan yopishga urindi.
— Sabab?! — Namjoon uning yo‘lini to‘sib, ro‘parasiga o‘tdi.
— Ayta olmayman... — Alaya yerga qarab, uyatdan butunlay yonayotgan edi.
— Alaya! Rostini ayt! — Namjoon ovozini jiddiylashtirib, buyruq ohangida so‘radi.
— Ufff! Boya xonaga Yeon So kelgandi... Keyin... — Alaya gapini tugatolmay, to‘xtab qoldi.
— Keyin nima bo‘ldi? — Namjoon keskin va sinchkovlik bilan so‘radi. U qizning sirli qiliqlaridan battar chalg‘iyotgan edi.
— Ufff! U buni... ya’ni o‘sha er-xotinlik ishi aslida qanday qilinishini aytib berdi! — Alaya buni bor kuchi bilan shoshilib baqirdi-da, uyatdan o‘zini qayerga qo‘yishni bilmay, shartta burilib yana hammom ichiga qarab yugurdi.
Namjoon bir muddat nima bo‘lganini anglolmay, joyida toshdek qotib qoldi. Qizning nimani nazarda tutayotganini va nima uchun pomidordek qizarib ketganini tushungach, o‘zining ham quloqlari qizib, yuziga issiqlik yugurdi. U hayoti davomida biror marta bunday g‘alati va kulgili vaziyatga tushmagan edi.