Today

KO'K BO'RI

Dars boshlanishi uchun qo‘ng‘iroq chalinganda, maktab yo‘laklari o‘quvchilar bilan to‘ldi. Su-min tunda deyarli uxlamagani uchun ko‘zlari qizarib, daxshatli charchoq va qo‘rquv ichida o‘z sinfiga kirib keldi. Uning miyasida faqat birgina o‘y aylanardi: hammasini tashlab, Busanga, o‘z uyiga qochib ketish.
Biroq, qishloqdagi ota-onasining Seul elita maktabiga grant yutganini eshitib, qanchalik quvongani, ko‘zlaridagi faxr tuyg‘usi xayoliga kelganda, u to‘xtashga majbur bo‘ldi. Agar hozir qaytib borsa, qishloqdagilarning gap-so‘zi, ta’na-dashnomlari ota-onasining qaddini bukib qo‘yishini yaxshi bilardi. Shu sababli, u bo‘ynidagi tish izini kiyimi yoqasi bilan mahkam yopib, bor e’tiborini darsga qaratishga urindi.

Ammo ichidagi vahshiyona qo‘rquv uni bir soniya ham tinch qo‘ymasdi. Nihoyat, o‘sha Su-min daxshat bilan kutgan katta tanaffus vaqti keldi. Qiz Yoongining "Seni iste’mol qilaman" degan gapini eslab, oshxonaga mutloq bormaslikni, darsxonada berkinib o‘tirishni rejalashtirdi. U darsxonadan chiqib, koridor bo‘ylab chekkaroq joyga o‘tmoqchi bo‘lganida, kutilmaganda yo‘lini maktabning eng shafqatsiz qizi Lily va uning yugurdaklari to‘sib chiqdi.

— Ohoo, kechagi tunda yulduzga aylangan Busandagi fohishani ko‘rib qoldik-ku? — Lily zaharxanda bilan iljayib, Su-minning yoqasidan ushladi.

Bu vaqtda esa maktab oshxonasining eng nufuzli, VIP stolida Min Yoongi intizorlik bilan o‘tirardi. Uning qarshisida tushlik turar, ammo u ko‘zini eshikdan uzmasdi. Uning tomirlarida kechagi uchrashuvdan so‘ng uyg‘ongan qaynoq bo‘ri qoni tobora tezroq urib, o‘z juftini talab qilayotgandi. Tanaffusning yarmi o‘tib ketdi, ammo Su-min ko‘rinmadi. Yoongining sabr kosasi to‘lib, muzdek ko‘zlarida dahshatli g‘azab uchqunlari yondi. U o‘rnidan shaddat bilan turdi-yu, qiz o‘qiydigan 9-sinflar koridori tomon yo‘l oldi.

Yoongi qizning sinfiga yetib kelganda, u yerda Su-min yo‘q edi. Uning yirtqich instinktlari va kuchaygan hid bilish qobiliyati qizning qaerdaligini, aniqrog‘i uning qo‘rquvdan qaltirayotgan isini havodan darrov ilg‘ab oldi. Is uni maktab burchagidagi qorong‘u hojatxona tomon yetakladi.

Bu vaqtda esa hojatxona ichida daxshatli voqea sodir bo‘lgandi. Lily va uning yugurdaklari Su-minni burchakka qisib, ustidan bir chelak muzdek suvni quyib yuborishgan edi. Su-minning ust-boshi shalabbo bo‘lib, sovuqdan va xo‘rlikdan qaltirar, ko‘z yoshlari tinmasdi.

— Senga Yoongining yonida yurishni kim qo‘yibdi, iflos?! Biz senga bu maktab do‘zaxligini ko‘rsatib qo‘yamiz! — Lily Su-minni yerga itarib yubordi va tashqariga chiqib, eshikni qulflab, qizni qorong‘u, sovuq xonada qamab ketdi.

Muzdek suvdan Su-minning butun tanasi ko‘karib, tishlari shatirlab taqillardi. Eshik ortidan Lily va uning qizlarining masxarali qah-qahalari uzoqlashib ketdi. Su-min qorong‘u, tor va sovuq xonada butunlay chorasiz, yolg‘iz qolgan edi. Uning yig‘lashga ham holi qolmagandi. U o‘z taqdiriga tan berib, sovuq polga cho‘kkalagancha ko‘zlarini yumdi.

Aynan shu soniyalarda eshik ortida og‘ir, vazmin qadam tovushlari eshitildi. Kimdir eshik tutqichini tortdi, u qulflanganini bilgach, biroz sukut saqladi. So‘ngra qattiq bir zarba bilan eshik zanjiri uzilib ketdi va xonaga yorug‘lik kirdi.

Su-min qo‘rqib ketganidan ko‘zlarini ochdi. Eshik ostonasida Min Yoongi emas, butunlay boshqa bir yigit turardi.Bu Kim Taehyung edi. U maktabning eng kelishgan, ammo hech kimga qo‘shilmaydigan, doim tanholikni xush ko‘radigan juda bilimdon va o‘qimishli 10-sinf talabasi edi. Taehyung Lilyning sinfdoshi bo‘lgani uchun uning naqadar shafqatsiz, takabbur va jirkanch qiz ekanligini juda yaxshi bilardi. U hojatxona yo‘lagidan o‘tayotib, qizlarning pichirlashini va eshik qulflanganini payqab, bu yerda g‘irromlik bo‘lganini darrov anglagandi.

Taehyung yerda ho‘l bo‘lib, sovuqdan qaltirab yotgan Su-minni ko‘rdi. Uning ko‘zlarida achinish va xavotir hissi paydo bo‘ldi. Yigit indamay o‘zining quruq, issiqqina maktab kurtkasini yechdi-da, ohista kelib Su-minning yelkasiga tashladi.

— Tur, bu yerda qolsang, kasal bo‘lasan, — dedi Taehyungning ovozi juda mayin, yoqimli va chuqur edi. U Su-minni qo‘lidan tortib, o‘rnidan turishiga yordam berdi.

Kurtkaning issiqligi Su-minning muzlagan vujudiga bir oz bo‘lsa-da jon kiritgandek bo‘ldi. U begona yigitning bu kutilmagan mehribonchiligidan ko‘zlarini pirpiratib, unga tikildi:

— R-rahmat... — uning ovozi duduqlanib chiqdi.

— Lilyning ishimi bu? — deb so‘radi Taehyung vazminlik bilan, qizning ust-boshiga qarab. Su-min indamay yerga qaradi, bu esa tasdiq belgisi edi. — U o‘z haddidan oshishni yaxshi ko‘radi. Yur, seni tibbiyot xonasiga olib boraman. Ustingni quritishing kerak.

Taehyung Su-minni yetaklab koridorga olib chiqdi. Qiz uning ortidan borar ekan, o‘zini biroz xavfsiz his qila boshladi. Ammo ular koridor bo‘ylab bir necha qadam tashlashga ulgurmay, qarshilarida dahshatli qiyofa paydo bo‘ldi.

Tanaffus yarmi o‘tib ketgach, oshxonada sabri tugab, g‘azabdan aqldan ozish darajasiga kelgan Min Yoongi ularga qarab kelayotgardi. U Su-minning boshqa bir yigit — Taehyungning issiq kurtkasini kiyib olganini va uning yonida kelayotganini ko‘rishi bilan, ichidagi bo‘ri qoni vahshiyona jo‘sh urib ketdi. Uning nigohi dahshatli va sovuq bir tus oldi.

— Qo‘lingni undan tort! — Yoongining ovozi koridor devorlariga urilib, vahshiyona aks sado berdi.U bir necha soniya ichida ularning qarshisida paydo bo‘ldi. Yoongining ko‘zlari nafrat va qizg‘anishdan qizarib ketgan, tomirlarida bo‘ri qoni guvullab oqardi. U Taehyungning Su-min bilagidan ushlab turgan qo‘liga qarab, o‘zini mutloq boshqarolmay qoldi. Yoongi shiddat bilan otilib keldi-yu, Taehyungning yoqasidan bo‘g‘ib, uni bor kuchi bilan koridor devoriga qarsillatib urdi.

Taehyung kutilmagan kuchli zarbadan og‘riq sezdi, ammo u oddiy yigitlardan emasdi. U Yoongining shafqatsizligidan aslo qo‘rqmasdi. Taehyung ham bir soniyada o‘zini o‘nglab, Yoongining yuziga jag‘ qismidan daxshatli musht tushirdi! Yoongi ortga tisarildi, labining chetidan qon sizib chiqdi. Ammo bu og‘riq uning yirtqich tabiatini battar quturgan bo‘ridek g‘azablantirdi, xolos.

Yoongi o‘zini Taehyungning ustiga otdi. Ikki qudratli yigit koridor polda bir-birini ayovsiz bo‘g‘ib, urib, daxshatli mushtlashuv boshlashdi. Atrofga o‘quvchilar to‘plana boshladi, ammo hech kim ularni ajratishga jur’at etolmasdi.

Taehyung Yoongining yoqasidan mahkam bo‘g‘ib, uning yuziga yaqinlashganda, kutilmaganda to‘xtab qoldi. U Yoongining vujudidan taralayotgan g‘ayritabiiy, insoniy bo‘lmagan yovvoyi isni tuydi. Taehyungning yuzi nafrat bilan burishdi va u Yoongining ko‘zlariga tik qarab, baland ovozda aytdi:

— Sendan... sendan xuddi nopok it hidi kelyapti, Min Yoongi! Jirkanch hayvon hidi!Bu gap Yoongini xuddi chaqmoq urgandek karaxt qilib qo‘ydi. U musht ko‘targan ko‘yi qotib qoldi, ko‘zlarida cheksiz hayrat va daxshat qorishib ketdi. "Qanday qilib? Qanday qilib oddiy inson mening ichimdagi bo‘ri isini tuydi?!" deb o‘yladi u ich-ichidan. Taehyung bu gapni shunchaki uni haqoratlash uchun aytgandi, ammo Yoongining yuragiga bu xuddi sirini fosh qilgandek botdi.

— To‘xtatinglar! Iltimos, bas qilinglar!

— Shu payt Su-min yig‘lab, o‘zini ularning o‘rtasiga otdi. U daxshatli tarzda qaltirar, kiyimlari hali ham ho‘l edi. Qiz bor kuchi bilan Yoongining ko‘kragidan itarib, ularni ajratishga urindi.

— Shusiz ham muammolarim yetarli! Bas qilinglar!

Su-minning bu yig‘isi va teginishi Yoongini yana o‘sha sehrli to‘lqin bilan o‘ziga keltirdi. U Taehyungning ustidan sekin turdi, labidagi qonni qo‘lining orqasi bilan artib, unga daxshatli o‘qraydi. Tortishuv va daxshatli bosim havoda muallaq turardi. Hamma nafasini yutib ularga qarardi.

Yoongi ortiq toqat qilolmadi. U Taehyungning yelkasidagi o‘z kurtkasini Su-minning ustidan yulqib tortib oldi-da, yerga otdi. Keyin esa Su-minning bilagidan mahkam, xuddi suyaklarini sindirib yuboradigan darajada temir panjalari bilan tutdi.

— Yur men bilan! — Yoongi qizning gapiga ham, qarshiligiga ham qaramay, uni o‘z ortidan sudrab ketdi.

Taehyung ortidan g‘azab bilan qarab qoldi, ammo Su-min unga "Yordam bermang, iltimos" degandek ko‘zlari bilan ishora qildi.

Yoongi qizni koridor oxiridagi chekka, sokin va mutloq bo‘sh bo‘lgan kichik xo‘jalik anjomlari xonasiga (shvabralar va tozalash vositalari turadigan omborchaga) gaddorlik bilan siltab olib kirdi. Eshikni ortidan qarsillatib yopib, qulfladi. Tor va g‘arib xonada faqat ikkisining og‘ir nafasi eshitilardi. Yoongi qizni devorga qisib, uning ho‘l bo‘lib yopishgan kiyimlariga va titrayotgan lablariga och qolgandek tikildi...

Tor va qorong‘u anjomlar xonasining eshigi qarsillab yopilishi bilan Su-min o‘zini yana bir bor temir qafasga tushgandek his qildi. Devor chetida turgan shvabralar va yuvish vositalarining hidi qizning tomog‘iga bo‘g‘iz bo‘lib tiqilardi. Uning ust-boshi hamon muzdek suvdan shalabbo bo‘lib, badani ayovsiz qaltirar edi.Yoongi qizni devorga qattiq qisdi. Uning nigohi butunlay o‘zgargan, ko‘zlaridagi jigarrang tus o‘rnini daxshatli va sehrli moviy alov egallagan edi. Taehyungning "it hidi kelyapti" degan gapi Yoongining qonini battar qizdirgan, ichidagi bo‘ri o‘z mulkini begonalardan himoya qilish uchun quturgan edi.Su-min qo‘rquv va hayajondan nima qilishni bilmay, Yoongining ko‘kragidan itarmoqchi bo‘ldi. Ammo Yoongi uning qarshiligiga imkon bermadi. U kutilmaganda bir qo‘li bilan Su-minning nozik bo‘ynidan tutdi. Bu bo‘g‘ish qizga azob berish yoki uni o‘ldirish uchun emasdi — u mutloq og‘riqsiz, ammo qochib qutulib bo‘lmaydigan darajada qat’iy va temirdek maxkam edi.

Su-min Yoongining barmoqlari o‘z bo‘yniga botganini his qilib, nafasini ichiga yutdi. Shu soniyada ularning nigohlari to‘qnashdi. Yoongining moviy ko‘zlari qorong‘ulikda xuddi och bo‘ridek yonib turardi. U qizning titrayotgan, sovuq lablariga bir soniya tikilib turdi-yu, so‘ngra o‘zini tiya olmay gaddorlarcha va nihoyatda chuqur bo‘sa ola boshladi.

Bu shunchaki bo‘sa emas edi. Bu Yoongining tomirlarida oqayotgan o‘sha asriy, muqaddas Ko‘k bo‘ri qonining o‘z juftini to‘liq bo‘ysundirish va undagi bor poklikni o‘z vujudiga singdirish ishtiyoqi edi. Yoongining lablari olovdek yonar, u Su-minni o‘ziga shu qadar qattiq tortdiki, qiz uning har bir nafasini, tanasining g‘ayritabiiy haroratini o‘z vujudida his qila boshladi.

Su-min boshida yulqinishga, uning quchog‘idan chiqishga urindi. Ammo Yoongining chuqur va ehtirosli bo‘sasi uning butun qarshiligini, tanasidagi sovuq darmonsizlikni eritib yuborayotgandek edi. Yoongining bir qo‘li qizning bo‘ynini ohista silab, kechagi tishlangan muhr joyiga teginganda, Su-minning butun vujudi bo‘ylab g‘alati, ilgari hech qachon tuymagan qaynoq bir to‘lqin yugurdi. Qizning ko‘zlaridan oxirgi yosh tomchisi sizib chiqdi, ammo u asta-sekin bu yirtqichning sehrli qudratiga taslim bo‘layotganini angladi.

Anjomlar xonasidagi havo tobora qizib, nafas olish og‘irlashib borardi. Yoongining ehtirosli bo‘sasi Su-minning butun vujudini karaxt qilib qo‘ygan, qiz sovuqni ham, qo‘rquvni ham unutib, bu g‘ayritabiiy harorat ichida erib borayotgan edi.Yoongi o‘zini mutloq boshqarolmay qoldi. Uning tomirlarida gupirib urayotgan Ko‘k bo‘ri qoni o‘zining haqiqiy juftini to‘liq egallashni talab qilardi. U bir qo‘li bilan Su-minning bo‘ynini tutib turgan bo‘lsa, ikkinchi erkin qo‘li bilan qizning muzdek suvdan badaniga yopishib qolgan ho‘l ko‘ftasining tugmalarini shoshib yecha boshladi. Har bir tugma ochilgan sari, qizning oppoq va pokiza terisiga Yoongining qaynoq nafasi urilardi. Keyingi soniyada uning qizning bo‘ynidagi qo‘li ohista yuqoriga ko‘chib, Su-minning sochlari orasidan o‘tdi va boshining ortidan maxkam tutdi. Bu uning bo‘sasini yanada chuqurroq, qochib qutulib bo‘lmaydigan darajada daxshatli tusga keltirdi.

Su-minning vujudi bu shiddatli yaqinlikdan titrab ketdi, u hayotidagi eng muhim va ortga qaytarib bo‘lmaydigan soniyaga yetib kelganini ich-ichidan his qildi. Yoongi qizni to‘liq egallashga, bashoratda aytilganidek, o‘z kuchini cheksizlikka olib chiqadigan o‘sha yakuniy qadamni qo‘yishga tayyor edi.

Ammo aynan shu soniyada, pinhona dunyoning eshigi daxshatli zarba bilan taqilladi.

Tars! Tars! Tars!

— Yoongi! Yoongi, eshitayapsanmi? Ichkaridamisan?! — eshik ortidan Lilyning g‘azab va shubha to‘la ovozi yangradi.Bu kutilmagan ovoz xonadagi sehrli va ehtirosli muhitni xuddi shisha kabi parchalab yubordi. Yoongi kutilmaganda to‘xtadi, uning lablari Su-minning lablaridan uzildi. Uning og‘ir nafas olishi xonadagi sukunatda aniq eshitilardi. Zulmatda miltillab turgan o‘sha sehrli moviy ko‘zlari eshik tomon qaratildi. Uning ichidagi yirtqich o‘z ovining bo‘linganidan daxshatli darajada g‘azablangan, irillashga tayyor edi.Su-min esa Lilyning ovozini eshitib, go‘yo chuqur uyqudan uyg‘ongandek bo‘ldi. U shoshib o‘zini o‘ngladi, yarim ochiq qolgan ko‘ftasining yoqasini qo‘llari bilan mahkam qisib, devor burchagiga tisarildi. Uning yuragi xuddi qafasdagi qushdek urardi. Agar hozir Lily eshikni ochib kirsa yoki hamma narsani bilsa, maktabdagi hayoti butunlay barbod bo‘lishini tushundi.

— Yoongi, senga aytyapman! — Lily eshik tutqichini yashab ko‘rdi, ammo u ichkaridan mahkam qulflangan edi.

— Boya koridorda o‘sha Taehyung bilan urushganingni eshitdim! Hamma seni qidiryapti! Shu eshigi buzuq omborxonada nima qilyapsan?!

Yoongi Su-minga bir muddat tikilib turdi. Uning ko‘zlaridagi moviy alov sekin-asta so‘nib, yana o‘sha sovuq jigarrang rangga qayta boshladi. U qizning dahshat ichida qaltirayotganini ko‘rib, barmog‘ini labiga qo‘ydi — "jim tur" degandek ishora qildi. Keyin esa ko‘ftasining yoqasini to‘g‘rilab, eshik tomon o‘girildi. Uning yuzida yana o‘sha hammaga tanish bo‘lgan, maktab yetakchisining muzdek va shafqatsiz qiyofasi paydo bo‘lgan edi.