Sevgi rishtasi
Saroyning sharqiy qanotida butunlay boshqa bir dunyo — chinakam muhabbat va quvnoq asal oyi davom etayotgan edi. To‘y marosimidan so‘ng shahzoda Yoongi butunlay o‘zgardi. U davlat ishlarini, chegara muammolarini va hattoki akasi Namjoonga berilgan ta’til yukini ham unglab, o‘zining mitti "yovvoyi mushukchasi" bilan vaqt o‘tkazishga mukkasidan ketgandi.
Ertalabdan saroy bog‘ida shovqin-suron, quvlashmachoq o‘yini boshlanardi.
— Tuting-chi, to‘nka shahzodam! Agar tutolsangiz, bugun tunda aytganingizni qilaman! — deb baqirdi Seu, saroy libosining etaklarini ko‘tarib, gilos daraxtlari orasida chopib yurarkan.
Yoongi ortidan unga yetib olishga harakat qilar, ammo yuzidagi mag‘rur va jiddiy qiyofani saqlab qolishga qanchalik urinmasin, lablari beixtiyor kulgidan tortilib ketardi.
— Hoy, yovvoyi mushukcha! Agar hoziroq to‘xtamasang, tutib olganimdan keyin jazongiz og‘ir bo‘ladi! — deb kulib baqirdi Yoongi, daraxt shoxidan chaqqonlik bilan o‘tib.
Nihoyat, Yoongi qizni maysazor ustida tutib oldi. Ikkisi ham nafaslari bo‘g‘ziga tiqilib, maysalar ustiga ag‘darilishdi. Seu Yoongining ko‘ksiga urilib, uning yuziga qarab erkalandi:
— Baribir qarabsiz-ku, shahzodam. Qani o‘sha jahldor, qo‘rqinchli Yoongi? — Seu uning burnidan chimdib qo‘ydi.
— Uni sen o‘ldirding, Seu, — dedi Yoongi qizning peshonasidan o‘pib, uni bag‘riga bosarkan.
— Hozir faqat sening aytganingni qiladigan bitta oshiq qoldi xolos.
Kunning ikkinchi yarmida esa an’anaviy darslar va mashg‘ulotlar vaqti kelardi. Qirolichaning buyrug‘iga ko‘ra, Seu baribir saroy madaniyatini o‘rganishi shart edi. Biroq bu darslarni endi bekalardan qizg‘onib, Yoongining o‘zi o‘tishga qaror qilgandi. Ammo bu darslar ham ko‘proq komediyaga aylanib ketardi.
Yoongi xonada jiddiy turib, qo‘liga tayoqchani oldi:
— Xo‘sh, mitti xonim. Bugun kitob yodlamaymiz, senga saroy ayollaridek vazmin o‘tirishni o‘rgataman. Qani, qarshimga munosib tarzda o‘tir-chi.
Seu qoshlarini chimirib, labini burdi:
— Men charchadim, oyoqlarim og‘riyapti. Kechagi "tungi mashg‘ulotlar"dan keyin qanday tik o‘tiraman axir? — dedi u, to‘g‘ri borib Yoongining tizzasiga o‘tirib olarkan.
— Hoy, senga dars o‘tyapman, o‘quvchi ham shahzodaning tizzasida o‘tiradimi? — Yoongi uning belidan mahkam quchdi, garchi norozi gapirayotgan bo‘lsa-da, qizni pastga tushirish niyati yo‘q edi.
— Men shunaqa o‘quvchiman, — Seu uning bo‘ynidan quchoqlab oldi.
— Ustiga-ustak, qornim ochdi. Menga ovqat bermasangiz, hoziroq baqirib hamma xizmatkorlarni chaqiraman.
Yoongi chorasiz qolib, boshini chayqadi va eshik ortidagi xizmatkorlarga taom keltirishni buyurdi. Stol ustiga shirin bo‘tqalar va pishirilgan go‘shtlar kelgach, Seu qo‘lini uzatmoqchi edi, Yoongi uning qo‘lini sekin urib qo‘ydi:
— To‘xta. Qo‘ling bilan yemaysan. Men o‘zim yediraman, — dedi Yoongi tayoqchada go‘sht bo‘lagini olib, qizning og‘ziga yaqinlashtirarkan.
— Qani, ochchi og‘zingni, mitti qushcham.— Aaaa... — Seu xuddi kichik yosh bolalardek og‘zini katta ochib, taomni yedi.
— Immm, juda shirin! Yana bering!— Sekinroq yegin, hamma joyingga yuqtirib olding-ku, — Yoongi dastro‘mol bilan qizning labi atrofidagi bo‘tqa qoldiqlarini juda avaylab artib qo‘ydi.
— O‘zingiz ko‘proq beryapsiz-da! — Seu Yoongining qulog‘idan tishlab qo‘ymoqchi bo‘lib hazillashdi.
— Ey xudo, men saroyda hamma qo‘rqadigan general edim-a... Hozir esa bitta quturgan mushukchani tizzamda o‘tqazib, bo‘tqa yedirib o‘tiribman, — Yoongi o‘zining bu holatidan qah-qah urib kulib yubordi.
— Siz endi faqat mening generalimsiz! — Seu uning yuzidan cho‘lpillatib o‘pib qo‘ydi.
Ularning bu baxtli va sho‘x lahzalari kechgacha davom etdi. Yoongi davlat qog‘ozlarini bir chetga otib yuborgan, butun olami faqat Seuning shu beg‘ubor kulgisi atrofiga qurilgan edi
Kech kirib, butun saroy sukunat bag‘riga cho‘mganida ham bu ikki sho‘xning xonasida bayram davom etardi. To‘shakka yotish vaqti kelganda, Yoongi o‘zining jiddiy general qiyofasini tiklashga urinib, qoshlarini chimirdi.
— Xo‘sh, yovvoyi mushukcham, bugun tunda ham kechagidek qochmachoq o‘ynaymizmi yoki qoidalarga bo‘ysunasanmi? — dedi u, egnidagi ustki choponini yechib.Seu karavot ustida emaklab, ko‘rpani boshigacha tortib oldi-da, faqatgina ko‘zlarini mo‘ralatib turdi.
— Bugun tunda men rasman kasalman! — dedi u burnini jiyrib, ovozini xuddi bemorlardek qilib. — Butun tanam zirqirab og‘riyapti. Shuning uchun bugun menga teginish taqiqlanadi, general janoblari!Yoongi labining chetida piching bilan kulib yubordi. U karavot chetiga kelib, ko‘rpani shartta tortib oldi.
— Kasalman emish? Qani ko‘ray-chi, qayering og‘riyapti? — Yoongi qizning oyoqlaridan ushlab, uni o‘ziga tortdi.
— Aaaa! Yo‘q, tegmang! Jinoyat bu! — Seu to‘shak ustida dumalab, qo‘llari bilan Yoongining baquvvat ko‘kragidan itara boshladi.
— Axir o‘zingiz aytdingiz-ku, bugun menga ozor bermayman deb! Va’dangiz qayerda qoldi, to‘nka shahzoda?
— Men senga ozor bermayman dedim, lekin qitiqlamayman demaganman! — Yoongi kutilmaganda qizning belidan mahkam tutdi va barmoqlari bilan uni ayamay qitiqlashga tushdi.
— Hahaha! Voy o‘laman! To‘xtang... Yoongi... ahaha! — Seu to‘shakda tipirchilab, kulgidan ko‘zlaridan yosh chiqib ketdi. U qochishga urinib, oyog‘i bilan bexosdan Yoongining qorniga tepib yubordi.
— Ahh, kechiring!Yoongi "uf" deb qornini ushlab, ataylab o‘zini karavotga tashladi va ko‘zlarini yumib, harakatsiz yotib oldi.
— Voy xudo... o‘ldirib qo‘ydim shekilli... — Seu qo‘rqib ketganidan darrov yigitning ustiga chiqib oldi va uning yuziga yaqin keldi.
— Yoongi? Shahzodam? Hazillashayotgan bo‘ling, iltimos...Yoongi kutilmagan fursatdan foydalanib, bir lahzada ko‘zlarini ochdi va qizning belidan quchib, uni o‘z ostiga ag‘dardi. Endi Seu yigitning olovli va quvnoq nigohlari ostida nafasini yutib yotardi.
— Qo‘lga tushding, mushukcha, — dedi Yoongi lablariga juda yaqin kelib.
— Generalni urganlik uchun jazo nimaligini bilasanmi?— Qanaqa jazo? — Seu qo‘rquv aralash hayajon bilan yutindi.
— Butun tun davomida mening ismimni aytib nola qilish! — Yoongi shunday deb, Seuning lablaridan mayin, ammo ehtirosli bo‘sa oldi.
Qiz endi qarshilik ko‘rsatishni istamasdi, uning mitti qo‘llari Yoongining sochlari orasiga kirdi. Xonadagi quvnoq kulgilar asta-sekin shirin ehtiros nolasiga aylana boshladi. Yoongi qizni engashib har gal o‘pganida, Seu uning qulog‘iga sekingina: "To‘nka..." deb shivirlab qo‘yardi va xona bo‘ylab yana pichirlashgan kulgi sadolari yangrardi.
Boshqa kuni tong saharda, quyosh nurlari endigina saroy derazalaridan mo‘ralayotgan bir vaqtda, Yoongi yuziga tekkan tanish issiqlik va mayin g‘inshish ovozidan uyg‘onib ketdi. U ko‘zlarini ochib, yonida yotgan Seuga qaradi. Qizning yuzlari burishgan, tizzalarini qorniga tortgancha uyqusida ma’yus qing‘iyotgan edi.
— Immmm... Yoongi... og‘riyapti... — Seu ko‘zlarini ocholmay, azobli ohangda pichirladi.
Yoongi darrov ko‘rpani chetga surib qaradi-da, vaziyatni darrov tushundi. Seuning qizlik kasali (hayzi) kelgan edi. Qizning oppoq ichki kiyimi va ipak choyshabda kichik qizil dog‘lar ko‘rinib turardi. Odatda bunday holatlarda saroy erkaklari xonani tark etishardi, ammo Yoongi zarracha ham unday qilmadi. Uning ko‘zlarida faqat cheksiz mehribonlik va xavotir uyg‘ondi.
U sekingina o‘rnidan turdi-da, eshik ortidagi xizmatkorlarni ichkariga kiritmay, parda ortidan past ovozda qat’iy buyruq berdi:
— Tezda shifobaxsh o‘tlar qo‘shilgan iliq suv tayyorlang! Va zudlik bilan qorinni isitadigan maxsus issiq matolar hamda toza choyshablar olib kelinsin! Hech kim shovqin solmasin, — dedi u.
Yoongi qaytib karavot yoniga keldi va egilib, Seuning terlagan peshonasidan mayin o‘pdi. Uni xuddi eng nozik, sinib ketishi mumkin bo‘lgan shisha idishdek ehtiyotkorlik bilan qo‘llariga dast ko‘tardi.
— Shaxzodam... kiyimlarim... choyshab bo‘yalibdi... uyat... — Seu uyatdan va og‘riqdan yuzini uning ko‘ksiga yashirib, yig‘lamsiradi.
— Shunga shunchalikmi, yovvoyi mushukcham?
— Yoongi uning qulog‘iga juda mayin ovozda pichirladi.
— Bu uyatli narsa emas, tabiat qonuni. Hozir hammasini o‘zim to‘g‘rilayman, sen faqat menga suyan.
U qizni orqa xonadagi shaxsiy hammomga olib kirdi. U yerda xizmatkorlar tayyorlab ketgan, ichiga tinchlantiruvchi va og‘riq qoldiruvchi dorivor giyohlar solingan iliq hovuzcha bug‘lanib turardi. Yoongi Seuning kiyimlarini juda avaylab yechdi va uni ohista suv bag‘riga yotqizdi. Iliq dori darmonli suv qizning baduniga tegishi bilan Seu yengil tortib, ko‘zlarini yumdi.
— Yaxshi bo‘ldimi? — so‘radi Yoongi hovuz chetiga tizzalab o‘tirib, qizning ho‘l sochlarini ortiga surarkan.
— Ha... juda issiq va yoqimli ekan... Rahmat,
— Seu ko‘zlarini ochib, unga minnatdorchilik bilan boqdi.
— Sen shu yerda tinchgina yotib tur, men hozir qaytaman, — dedi Yoongi va xonaga qaytib chiqdi.U xonaga chiqqanida xizmatkorlar allaqachon choyshablarni almashtirishayotgan edi. Yoongi ularning boshida turib, har bir detalni o‘zi nazorat qildi:
— Anavi ipak choyshab juda yumshoq bo‘lsin. Va xonaning to‘rt burchagiga tinchlantiruvchi, uyquni yaxshilaydigan yalpiz va lavanda gullarini qo‘yinglar. Havoda og‘ir hid qolmasin, — deya buyruq berdi.Xizmatkorlar hayratdan yoqalarini ushlab, ishlarini tezda tugatib chiqib ketishdi. Saroy tarixida biror bir shahzoda yoki general o‘z xotini uchun bunday qayg‘urganini ko‘rishmagan edi. Xona toza, hushbo‘y va shinam holga kelgach, Yoongi hammomga qaytib kirdi. Seuni suvdan ko‘tarib olib, quruq sochiq bilan butun vujudini o‘zi artdi. Unga eng qulay va keng oq ipak tungi kiyimni kiygichdi.
Uni qaytadan yangi, hushbo‘y hid anqib turgan to‘shakka yotqizgach, xizmatkorlar olib kelgan o‘sha isitilgan issiq matoni oldi. Karavot chetiga o‘tirib, matoni ehtiyotkorlik bilan Seuning qorni ustiga qo‘ydi va kaftlari bilan ohista bosa boshladi.
— Immmm... juda yaxshi bo‘ldi, og‘rig‘i qolyapti, — Seu ko‘rpa ostidan mitti qo‘llarini chiqarib, Yoongining qo‘lidan ushladi.
— Siz haqiqatan ham o‘sha o‘rmondagi qo‘pol to‘nkamisiz? Ishongim kelmayapti.
Yoongi past ovozda samimiy kulib yubordi:—
O‘sha to‘nkaman, faqat sening asiringga aylangan to‘nka. Bugun kun bo‘yi hech qayerga ketmayman. Faqat sening yoningda bo‘laman, tushunarlimi?
— Davlat ishlari-chi? Bugun vazirlar bilan yig‘ilishingiz bor edi-ku? — Seu xavotirlanib so‘radi.
— Vazir amaldorlar kutib turishadi, davlat ishlari ham qochib ketmaydi. Lekin mening mushukcham kasal bo‘lib turganda, hech qanday ish muhim emas, — Yoongi shunday deb, ko‘rpa ichiga, qizning yoniga kirdi. Uni bag‘riga qattiq quchib, bir qo‘li bilan hamon qizning qornini silab turardi.
Seu uning bag‘ridagi cheksiz xavfsizlik va qaynoq mehrni his qilib, yuzida baxtiyor tabassum bilan qaytadan shirin uyquga ketdi. Yoongi esa uning uxlayotgan beg‘ubor yuzidan ko‘z uzolmay, qizning sochlarini hidlab yotishda davom etdi.
Yoongi Seuning pishillab uxlab yotgan beg‘ubor yuziga qarab turib, uning sog‘lig‘i uchun hamon xavotirda edi. U qizni uyg‘otib yubormaslik uchun to‘shakdan hayoldek yengil turdi va xonadan chiqib, saroyning eng tajribali bosh tabibini shaxsan huzuriga chaqirtirdi.
Bosh tabib shahzodaning tund qiyofasini ko‘rib, dushman bostirib keldi deb o‘ylab qo‘rquvdan qaltiray boshladi:
— Zoti oliylari, tinchlikmi? Biror joyingiz og‘riyaptimi? — deb so‘radi tabib tizzalab.
Yoongi eshikni mahkam yopib, ovozini pasaytirdi:
— Men emas, rafiqam... Unda qizlik kasali boshlanibdi. Juda qattiq og‘riyapti, uyqusida g‘inshib chiqyapti. Menga hoziroq uni qanday parvarish qilish sirlarini aytasan. Nimalar yeyishi kerak, qanday dori berishim shart? — dedi u jiddiy ohangda.
Tabib shunday buyuk generalning o‘z xotini uchun bunday qayg‘urayotganidan hayratlanib, yengil tin oldi:
— O, zoti oliylari, xavotirga o‘rin yo‘q. Bu davrda malika xonimning tanasi ko‘p quvvat yo‘qotadi. Shuning uchun unga maxsus tog‘ giyohlaridan achchiq bo‘lmagan, aksincha, biroz shirinroq va quvvat beruvchi damlama tayyorlab beraman. Shuningdek, qizil go‘sht va kiyik shoxi qo‘shib qaynatilgan juda to‘yumli, quvvatlovchi sho‘rva berishingiz kerak. Eng muhimi, u sovuq suvga teginmasligi va asabiylashmasligi shart.
— Yaxshi, — dedi Yoongi bosh silkib.
— Dorini o‘zing shaxsan tayyorla. Agar zarracha bo‘lsa ham achchiq bo‘lsa yoki hidi badbo‘y bo‘lsa, o‘zingdan ko‘r. Mening mushukcham achchiq narsalarni aslo ichmaydi. Sho‘rvani esa saroyning eng zo‘r oshpaziga buyur, ichida birorta ham qattiq suyak bo‘lmasin.
— Buyrug‘ingiz bosh ustiga, shahzodam! — tabib shoshilgancha ta’zim qilib chiqib ketdi.
Oradan bir soat o‘tar-o‘tmas, xizmatkorlar xona ostonasiga hushbo‘y, qaynoq quvvat beruvchi sho‘rva va tabib aytgan shirin damlamani keltirib qo‘yishdi. Yoongi tovoqni o‘zi qo‘liga olib, ichkariga kirdi. Bu vaqtda Seu og‘riqdan biroz ko‘zlarini ochib, karavotda holsiz o‘tirardi.
— Uyg‘ondingmi, yovvoyi mushukcham? — Yoongi muloyim jilmayib, taomni stolga qo‘ydi va to‘g‘ri borib qizni belidan quchib, o‘z bag‘riga — baquvvat tizzalari ustiga o‘tqazib oldi.
— Immmm... Yoongi... hamon qornim pastki qismi simillab og‘riyapti, — Seu boshi aylanib, uning bo‘yniga osilib oldi.
— Hech narsa yegim kelmayapti, tomog‘imdan ovqat o‘tmaydi.
— Bo‘lishi mumkin emas, — dedi Yoongi qizning burnidan sekingina tishlab qo‘yib.
— Men sen uchun eng zo‘r quvvatli sho‘rvani tayyorlatdim. Hozir barchasini mana shu mening quchog‘imda o‘tirib yeysan. To‘liq tugatmaguningcha senga to‘shakdan turishga ruxsat bermayman.
— O‘zingiz vaxshiysiz, kasal odamni ham majburlaysiz-a, — Seu shiringina qilib labini burdi.
— Men senga mehribonlik qilyapman, mitti qaysar, — Yoongi qoshiq bilan sho‘rvadan bir oz oldi-da, kuyib qolmasligi uchun ohista puf-puf deb uning lablariga yaqinlashtirdi.
Seu chorasiz qolib, "Aaaa" deya og‘zini ochdi va sho‘rvadan ho‘pladi. Uning ko‘zlari kutilmaganda porlab ketdi:
— Voy, bu juda mazali-ku! Ichida og‘ir hidlar yo‘q ekan!
— Albatta-da, sening to‘nka shahzodang oshpazlarning tepasida turib tayyorlatdi, — Yoongi faxr bilan qoshlarini uchirib, navbatdagi qoshiqni uzatdi.
— Qani, yana bir marta. Hammasini yeyishing kerak.
Yoongi qizni mahkam quchgancha, goh erkalab, gohida sochini silab, sho‘rvaning oxirgi tomchisigacha o‘z qo‘llari bilan yedirdi. Seu quvvatli taomdan so‘ng o‘zini ancha yaxshi his qila boshladi, yuzlariga qaytadan qizillik yugurdi.
Keyin Yoongi o‘sha kichik shisha idishdagi dorivor choyni qo‘liga oldi:
— Endi esa navbat mana bunga. Buni ichsang, og‘rig‘ing butunlay yo‘qoladi.
Seu dorini ko‘rib, darrov yuzini burishtirdi va boshini Yoongining ko‘ksiga yashirdi:
— Yo‘q! Dorilar juda badbo‘y va achchiq bo‘ladi! Ichmayman!
— Qo‘rqma, mitti qo‘g‘irchog‘im, — Yoongi qizning iyagidan tutib, uning lablariga o‘zi dori idishini sekingina tekkizdi.
— Men tabibga qat’iy tayinladim. Bu dori umuman achchiq emas, ichida shirin asallari bor. Agar menga ishonmasang, o‘zim birinchi tatib ko‘raman.Yoongi idishdan bir oz ho‘plab, yuzida yoqimli ifoda ko‘rsatdi:
— Mana, ko‘rdingmi? Xuddi shirin sharbatdek. Qani, ichchi.
Seu uning so‘zlariga ishonib, dori damlamasini oxirigacha ichib yubordi. Haqiqatan ham u achchiq emas, tanasiga ajoyib bir yengillik va issiqlik olib kirgan edi.
— Rahmat, — Seu yigigitning bo‘ynidan qattiq quchoqlab, uning yuzidan ketma-ket cho‘lillatib o‘pib qo‘ydi.
— Siz dunyodagi eng yaxshi er va eng buyuk generalsiz!
Yoongi qizni qaytadan to‘shakka yotqizib, ustiga ipak ko‘rpani yopar ekan, labida cheksiz baxtiyor tabassum bor edi:
— Sening mana shu shirin so‘zlaring va kulging uchun butun qirollikni qurbon qilishga tayyorman, yovvoyi mushukcham. Endi tinchgina uxlab dam ol, og‘rig‘ing tezda o‘tib ketadi, — dedi va qizning yoniga yotib, uni mahkam quchdi.