June 4

KO'K BO'RI

2-qism

{ Bashoratning ro'yobi}

Bundan roppa-rosa 18 yil oldin, Seul tunlari bugungidan ancha xavfli va sirli edi. Odam-bo‘rilar odamlar bilan bir qatorda yashay boshlaganiga hali yuz yil ham to‘lmagan, ikki irq o‘rtasidagi yashirin urushlar endigina barham topayotgan davrlar edi. O'shanda Seul ko‘chalarini ulkan va qudratli bo‘ri urug‘lari boshqarardi. Bu urug‘larning eng cho‘qqisida esa ming yillik shon-shuhratga ega Min sulolasi turardi.

Katta Min — butun oq bo‘ri-odamlar naslining boshlig‘i, o‘sha yili o‘zining 60 yoshini qarshi olgan edi. Uning qattiqqo'l va shafqatsiz boshqaruvi ostida urug' gullab-yashnardi. Aynan o'sha kuni butun sulola hayajonda edi: Katta Minning kenja o‘g‘lidan voris, yangi bo'ri bolasi dunyoga kelishi kutilayotgandi.

Butun urug‘ a’zolari, yuzlab kuchli bo‘rilar saroy atrofida to‘planib, yangi tug‘iladigan chaqaloqning ilk bor bo‘ri qiyofasida ulishini eshitishni intizorlik bilan kutishdi. Chunki asl bo'rilar tug'ilgan kuniyoq o'z shaklini ko'rsatishi shart edi.

Ammo kutilgan voqea sodir bo‘lmadi. Chaqaloq dunyoga keldi, lekin u mutlaqo oddiy, ojiz inson qiyofasida edi. Unda na yirtqichlik belgisi, na bo'rilarga xos hid bor edi. Katta Min chaqaloqqa qarab, nafratdan yuzi burishdi. U buni butun boshli Min sulolasi uchun katta sharmandalik va la'nat deb hisobladi. O'z naslini boshqalarga ko'rsatishga or qildi. Bu chaqaloq — Min Yoongi edi.

O‘sha baxtsiz kundan boshlab Yoongining taqdiri hal bo‘ldi. U odam-bo‘rilar ichida o‘z o‘rniga ega bo‘lolmadi. Urug'doshlari unga xuddi nuqsonli maxluqqa qaragandek qarashardi. Biroq, bo‘rilar qanchalik shafqatsiz bo‘lmasin, o'z qonidan bo'lgan bolani o'ldirishmasdi. Min sulolasining muqaddas nomi tufayli uni majburan tirik qoldirishdi va unga hech kim ochiqchasiga toptashga, zarar yetkazishga jur'at etolmasdi. Lekin bu tiriklik hayot emas, tiriklayin do'zax edi.Yoongining bolaligi boshqa bo‘ri bolalari kabi o‘tmadi. U tengdoshlari kabi tunda o'rmonlarda ov qilishni, dushmanlar bilan qonli janglarda ishtirok etishni o‘rganmadi. U urug' o'yinlaridan butunlay chetlashtirildi. Oxir-oqibat, Yoongining azoblanayotganini ko'rishga chiday olmagan onasi Katta Minga yolvorib, iltijo qildi. Onasining qat'iy iltimosiga ko'ra, Yoongini bo'rilar olmidan uzoqroq tutish uchun odamlar maktabiga berishdi.

U odamlar orasida o'sdi, o'zini xuddi oddiy insondek tutdi. Ammo uning ichidagi uxlab yotgan haqiqiy "Ko'k bo'ri" qoni faqat bitta narsani — o'zining yagona va haqiqiy insoniy juftini kutayotgan edi. Va oradan 18 yil o'tib, o'sha tor va qorong'u xonada Seulga Busandan kelgan Su-min ismli qiz uning qonini uyg'otib yubordi...

Ko‘k bo‘ri... Bu nom shunchaki oddiy bir nasl yoki sulola belgisi emas edi. Odam-bo‘rilar tarixida Ko‘k bo‘ri hech qachon otadan o‘g‘ilga o‘tmagan. Bu qadimiy va buyuk bir bashorat edi. Afsonalarga ko‘ra, u dunyoga kelgan zamonda barcha bir-biriga dushman irqlar — mag‘rur oq bo‘rilar va shafqatsiz qora bo‘ri-odamlar qonli urushlarni to‘xtatib, yagona va buyuk Qirol qo‘l ostida birlashishi kerak edi. 18 yil oldin Katta Min oddiy inson tug‘ildi deb or qilgan bola, aslida asrlar kutilgan o‘sha muqaddas Qirolning o‘zi edi.

Biroq Min Yoongi hali o‘zining Ko‘k bo‘ri ekanligini mutlaqo anglagani yo‘q edi.

Chunki bashoratning ikkinchi qismi bor edi: Ko‘k bo‘rining haqiqiy kuchi faqatgina o‘zining taqdirdan bitilgan yagona jufti bilan qilingan jinsiy yaqinlikdan so‘nggina kundan-kunga ortib, uyg‘onib borardi.

Hozir esa, o‘sha tor xonaning qorong‘uligida sodir bo‘lgan olovli bo‘sadan so‘ng, Yoongi bor-yo‘g‘i tomirlarida ilgari hech qachon tuymagan, tanasini kuydirib yuborayozgan qaynoq, yirtqich bo‘ri qoni yugurganini his etdi, xolos. U karaxt bo‘lib qolgan, miyasida savollar girdobi aylanar, nega bu qizning isi uni aqldan ozdirayotganini tushunishga urinardi.Yoongi o‘z xayollari va vujudidagi g‘alati o‘zgarishlar bilan ovvora bo‘lib, bir soniya chalg‘iganidan Su-min foydalanib qoldi. Bo‘ynidagi tish izining chidab bo‘lmas achchig‘i va vahshiyona qo‘rquv ostida qiz bor kuchi bilan eshik tomon yugurdi. U o‘zini tamoman yo‘qotgan edi. Qo‘llari bilan eshikni qattiq-qattiq taqillata boshladi.Tashqarida poylab turgan olomon va Lily ichkaridan kelgan qattiq taqillashni eshitib, Yoongi ishini tugatib, chiqishni buyuryapti deb o‘ylashdi va zanjirni shoshib ochishdi. Eshik ochilishi bilan Su-min ko‘z yoshlari yuzini yuvgan holda, xuddi do‘zaxdan qochgandek daxshat ichida uchib chiqib ketdi.Nima bo‘lganini anglashga ulgurmagan olomon hayratdan qotib qoldi. Yoongi o‘z o‘ljasining qochib ketganini payqashi bilan uning ichidagi yirtqich instinkt harakatga keldi. U qizning ortidan katta tezlik bilan yugurdi. Uning ko'zlaridagi moviy alov hali so'nmagandi.

Klubdan otilib chiqqan Su-min ko‘cha chiroqlari ham o‘chgan, Seulning eng xavfli va tor qorong‘u ko‘chalaridan biriga kirib qoldi. U qayerga qochishni bilmas, nafas olishi qiyinlashib borardi. Shu payt uning qarshisida, zulmat qa'ridan kutilmaganda ikki nafar mast va badbashara bezori yigit chiqib keldi. Ular qochib ketayotgan, ust-boshi tartibsiz, chiroyli qizni ko‘rib, jirkanch tarzda iljayishdi.

— Ohoo, tunda adashib qolgan qushchani ko‘ringlar... — ulardan biri Su-minning yo‘lini to‘sib, uning bilagidan qattiq ushladi.

— Qayerga shoshilyapsan, go‘zalim? Biz bilan biroz vaqt o‘tkazmaysanmi?

— Qo‘yinglar! Menga tegmanglar! Iltimos, yordam bering! — Su-min baqirib yulqinar, ammo ortida xavfli Yoongi, oldida esa bu ikki yirtqich turardi. U hayoti butunlay barbod bo‘lganini his qilib, chorasiz ko‘zlarini yumdi.

Lekin u tor ko‘chaning narigi burchagidan unga qarab yaqinlashib kelayotgan, zulmatda xuddi och bo‘ridek porlayotgan ikki juft moviy ko‘zlarni hali ko‘rmagan edi...

Yoongi oddiy insonlardan har tomonlama ancha kuchli edi. Aynan mana shu g'ayriinsoniy jismoniy qudrati, tezligi va shafqatsiz tabiati tufayli ham odamlar maktabidagi mutloq liderlik hech qanday qarshiliksiz unga berilgan edi.Bezorilar Su-minning bilagidan tortqilayotgan soniyada, Yoongi xuddi qorong‘ulikdan otilib chiqqan soya kabi paydo bo‘ldi. U hatto bor kuchini ishlatgani ham yo‘q. Birgina shiddatli harakat bilan birinchi bezorining qo‘lini qayirib, suyaklarining qarsillagan ovozi ko‘chada aks sado berdi. Ikkinchisi nima bo‘lganini anglashga ulgurmay, Yoongining temir mushtidan so‘ng devorga urilib, hushsiz poyandoz bo‘ldi. Bir necha soniya ichida ikki baquvvat erkak qonga belanib polda yotardi.

Su-min dahshatdan devorga qapishgancha, qotib qolgan va butun vujudi bilan qaltirar edi. U hozirgina o‘zini tishlagan, ko‘zlari ko‘k rangda porlagan bu maxluqdan bezorilardan ham ko‘proq qo‘rqardi.

Yoongi o‘z o‘ljasini yakson qilgan yirtqichdek og‘ir nafas olib, qizning qarshisiga keldi. Uning ko‘zlaridagi moviy alov sekin-asta so‘nib, yana o‘sha sovuq jigarrang tusga qaytayotgan edi. U Su-minning daxshat to‘la ko‘zlariga qarab, ovozini biroz pasaytirdi:— Uyingga olib borib qo‘yaman.

— Yo‘q... shart emas! — Su-min uning yaqinlashishini istamay, ortiga tisarilishga urindi, ammo devor bunga yo‘l bermadi.

— Bunaqa to‘nkalar ko‘chalarda kam deb o‘ylaysanmi? — Yoongining ovozi yana o‘sha buyruq ohangiga qaytdi. Uning nigohi qizning bo‘ynidagi tish iziga tushganda, tomirlarida qon yana bir gupirib ketdi.

— Men... men o‘zim... — Su-min duduqlandi, gapini oxiriga yetkazolmadi.

— Mototsiklda olib boraman, — Yoongi ortiqcha gap-so‘zlarga o‘rin qoldirmadi. U yo‘l chetida qoldirilgan qora, ulkan sport mototsiklini yuritib, Su-minning yoniga haydab keldi.

— Orqaga o‘tir.

Su-min chorasiz edi. Tun yarmidan oqqan, kiyimlari g‘ijimlangan va bu begona shaharda undan boshqa hech kimi yo‘q edi. U istamaygina mototsiklning orqasiga o'tirdi.

— Mahkam ushla, — dedi Yoongi motor ovozini balandlatib.

— Yotoqxonada yashayapsanmi?

— Haa... — pichirladi Su-min.

U yiqilib ketmaslik uchun ehtiyotkorlik bilan Yoongining belidan quchdi. Shu soniyada Yoongining butun tanasi bo‘ylab yana o‘sha qaynoq to‘lqin yugurdi. Juftining teginishi uning ichidagi bo‘rini uyg‘otishga harakat qilayotgandek edi. Mototsikl katta tezlik bilan Seul ko‘chalari bo‘ylab uchib ketdi, shamol esa Su-minning ko‘z yoshlarini yuzida muzlatib qo‘ygan edi.

Mototsikl qizlar yotoqxonasi binosi yaqinida shiddat bilan to‘xtadi. Su-min qo‘rquv va hayajondan oyoqlari qaltirab, har tomonga alanglagancha ulovdan zo‘rg‘a pastga tushdi. U hozirgina sodir bo‘lgan dahshatli voqealardan so‘ng faqat bir narsani — o‘z xonasiga kirib, eshikni ichkaridan qulflashni istardi.

Biroq, u bir qadam tashlashga ulgurmay, Yoongi bir qo‘li bilan uning bo‘ynidan — aynan o‘sha yangi tishlangan, qonab turgan muhr joyidan o‘ziga qarab qattiq tortdi. Su-min og‘riqdan ingrab yubordi va beixtiyor Yoongining muzdek chehrasiga yaqinlashdi.

— Kimdir so‘rasa, qizligingni men oldim deb aytasan, — Yoongining ovozi tunda xuddi pichoqdek keskir eshitildi. — Va endi sen menikisan. Bundan keyin faqat shunga qarab ish tutasan. Uqdingmi?!

— Janob, men... men... — Su-min uning shafqatsiz talabidan butunlay shok holatiga tushib, yana yig‘lamsiray boshladi. U bu elita maktabidagi o‘yinchoqqa aylanishni, hamma unga past nazar bilan qarashini istamasdi.

— Uqdingmi?! — bu gal Yoongining ovozida insoniy sabr qolmaggandek edi. U qizning ich-ichini teshib o‘tadigan darajada anchagina qo‘rqinchli va vahshiyona ohangda baqirdi. Uning ko‘zlari tubida yana o‘sha moviy uchqun miltillab ketdi.

— Haa... — Su-min chorasizlikdan bosh silkidi, ko‘zlaridan qaynoq yosh tomchilari sizib chiqib, yonoqlari bo‘ylab oqdi.

Yoongi qizning taslim bo‘lganini ko‘rib, ohista unga yaqinlashdi. U kutilmaganda qo‘pol barmoqlari bilan Su-minning yuzidagi yoshni artib qo‘ydi. Ammo uning keyingi gaplari qizning yuragiga battar vahima soldi:

— Unda yaxshi. Ertaga katta tanaffusda to‘g‘ri mening stolimga, tushlikka kelasan. Seni iste’mol qilaman... — Yoongi buni shunday sovuq ohangda aytdiki, go‘yo haqiqiy yirtqich o‘z o‘ljasini tiriklayin yeyishini ma’lum qilgandek edi.

U gapini tugatib, mototsikliga qayta o‘rnashdi-yu, gazni oxirigacha bosib, tunda shamolday uchib ketdi.

Su-min uning ortidan qarab ham turmadi. Bor kuchi bilan bino ichiga yugurib kirdi, xonasiga kirishi bilan eshikni zanjirlab yopdi. U ko‘zguda o‘zining bo‘ynidagi qip-qizil tish iziga — Ko‘k bo‘rining muhriga qarab uzoq yig‘ladi. Qiz o‘sha tuni bilan deyarli uxlamadi. Har safar ko‘zini yumganida Yoongining moviy ko‘zlari va uning "Seni iste’mol qilaman" degan daxshatli ovozi qulog‘i ostida jaranglayverdi...

Yarim tun. Minlar sulolasining ulkan va vahmali saroyi sukunat qa’riga g‘arq bo‘lgan edi. Binoning qadimiy va hashamatli zalida chiroqlar o‘chirilgan, faqat derazadan tushayotgan xira oy nurigina atrofni biroz yoritib turardi. Qorong‘ulik markazidagi baland va o‘ymakor kursi ustida Katta Min — qariyb bir asrlik oq bo‘rilar yetakchisi qaqqayib o‘tirardi.

Yoongi oyoq tovushlarini bildirmay zalga kirishi bilan, zulmat ichidan o‘sha sovuq va qat’iy ovoz yangradi:

— Keldingmi?

Yoongi to‘xtadi. U urug‘ qonun-qoidalarini va bobosining daxshatli qudratini yaxshi bilardi. U odob bilan, ammo ko‘zlarida hech qanday his-tuyg‘usiz ta’zim qildi:

— Ha, bobo.— Qachongacha shunday yurib, insonlar orasida hayotingni isrof qilasan?

— Keksa Minning ovozida g‘azab va nafrat aralashgan norozilik bor edi. U haligacha nevarasining ojiz odam qiyofasida tug‘ilganini hazm qilolmasdi.

— Boshqa bo‘rilar ham tunda yuradi-ku, bobo, — Yoongi ohista, ammo tik gapirdi.

— ULAR OV QILADI! — Keksa Minning ovozi xonani titratib yubordi, uning ichidagi yirtqich baqiriq vujudidan otilib chiqdi.

— Ular urug‘ning shon-shuhrati uchun qon to‘kadi! Sen-chi?— Mening ovim shunday, — pichirladi Yoongi. Uning xayoliga beixtiyor o‘sha tor xonada bo‘ynidan tishlagan qizi — Su-min va uning o‘ziga xos isi keldi. U o‘z tanasida nima uyg‘onganini bobosiga aytishni istamasdi.

— Bezbet! Betga chopar! — Keksa Min nevarasining gap qaytarganidan qon-qonidan g‘azablandi.

— Hozir hamma uyg‘onib ketmasidan xonamga chiqib uxlayman, — Yoongi ortiqcha gap-so‘zlarga nuqta qo‘ydi va qat’iy qadamlar bilan yuqori qavatga, o‘z xonasiga qarab yurib ketdi.

Uning ortidan esa Keksa Min achchiq va alam bilan so‘kinib, pichirlab qoldi. U nevarasining tomirlarida asrlar davomida kutilgan buyuk va muqaddas Ko‘k bo‘ri qoni qaynab-toshayotganini va bu tunda bashorat amalta osha boshlaganini hali tasavvur ham qilolmasdi. Yoongi xonasiga kirib, oynaga qaradi. Uning tomirlaridagi issiqlik tobora kuchayib borar, ertaga maktabda o‘sha tushlik vaqti kelishini ich-ichidan kuta boshlagan edi...

Tong sahar. Minlar saroyining hashamatli va sovuq xonasiga quyoshning ilk nurlari sizib kirdi. Min xonim ohista qadamlar bilan o‘g‘lining karvoti yoniga kelib, uni uyg‘ota boshladi. U bu qattiqqo‘l sulolada Yoongini chin dildan sevadigan, uni doim himoya qiladigan yagona inson edi.

— Bolajonim, maktabga borishing kerak, tur, — dedi u muloyim ovozda Yoongining sochlarni silab.

Yoongi og‘ir nafas olib, ko‘zlarini ishqalagancha uyg‘ondi. Tundagi voqealar — Su-minning bo‘ynini tishlagani, tanasida yugurgan g‘ayritabiiy issiqlik va ko‘zlarining ko‘k rangga kirgani hamon xayolidan ketmayotgardi. U o‘zgarishlar sababini tushunish uchun onasidan buni so‘rashga qaror qildi:

— Oyi...— Ha, bolam? — Min xonim o‘g‘lining jiddiy qiyofasiga qarab to‘xtadi.

— Odam-bo‘rilarda... o‘z juftini topgach, bo‘rilik xususiyati to‘satdan rivojlanishi yoki uyg‘onishi mumkinmi?Min xonim kutilmagan savoldan bir soniya ajablandi, so‘ngra chuqur tin olib pichirladi:

— Hm... Nega so‘rayapsan, Yoongi?

— Shunchaki... ki... kitobda o‘qigandim, — Yoongi duduqlanib, siri fosh bo‘lishidan qo‘rqib nigohini olib qochdi.

— Ha, to‘g‘ri o‘qibsan. Qadimiy afsonalarda aytilishicha, buyuk Ko‘k bo‘ri o‘zining haqiqiy juftini topgach, undagi bitmas-tuganmas, muqaddas quvvat namoyon bo‘la boshlarkan. Va aynan o‘sha kundan boshlab unga yer yuzidagi barcha bo‘ri-odam nasli so‘zsiz bo‘ysunadi, — Min xonim buni shunchaki bir ertakdek so‘zlab berdi.

Ammo Yoongi bu gaplarni eshitib, yuragi qattiq urib ketdi. Demak, u kecha tunda insonlar maktabiga qochib kelgan o‘sha Busandan kelgan oddiy qiz — Su-min orqali o‘z taqdirini, asrlar kutilgan buyuk kuchini uyg‘otgan edi!

— Ha, bolam, senga nima bo‘ldi? Ranging o‘chib ketdi? — Min xonim o‘g‘lining qotib qolganini ko‘rib xavotirlandi.

— Hech narsa, oyi... Shunchaki darsga kech qolaman, tayyorlanishim kerak, — Yoongi shoshib o‘rnidan turdi.

Uning yuragida g‘alati bir hayajon va shafqatsiz ishtiyoq uyg‘ongan edi. U kiyinar ekan, faqat bir narsani o‘ylardi: maktabdagi o‘sha katta tanaffus va uning stoli tomon qo‘rquvdan titrab keladigan o‘lja — Su-min. U bugun qizni qanday "iste’mol qilishini" va kuchi qanchalik ortishini sinab ko‘rmoqchi edi.

Yoongining yuragiga shubha va hayajon olov solgan edi. U onasining gaplaridan so‘ng to‘g‘ri maktabga ketolmadi. Haqiqatni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishi, qadimiy bitiklarni o‘qishi shart edi.

Tong saharda, Seul hali uyg‘onmasdan turib, u oq bo‘ri-odamlar urug‘ining eng chekka qismida joylashgan qadimiy va sirlarga boy kutubxonasiga bordi. Bu yerga urug‘ a’zolari juda kam kelishardi. Butun urug‘ ichida Yoongini ko‘rganda yuzini burishtirmaydigan, uni oddiy inson deb ranjitmaydigan yagona bir zot bor edi — u ham bo‘lsa keksa kutubxonachi Joon edi. Joon Yoongining ichidagi sirli g‘ayratni, uning mag‘rur tabiatini doim tushunishga harakat qilardi.

Eshik ochilib, Yoongi kirib kelishi bilan, keksa Joon har doimgidek uni samimiy tabassum va iliq nigoh bilan qarshi oldi:

— Ertalabdan qaysi shamol uchirdi, Yoongi bolam?

Yoongi shoshibgina odob bilan salomlashdi. Uning vaqti juda ziq edi, yuragi esa tez-tez urardi:

— Salom, Joon amaki. Bugun maktabda muhim insho topshirishim kerak. Shunga darsga kech qolmasimdan oldin... menga o‘sha "Qadimiy afsonalar va bashoratlar" kitobini bir kunga so‘rab tura olasizmi? Va’da beraman, ertaga ertalab qaytaraman.

Keksa Joon Yoongining ko‘zlaridagi g‘alati, ilgari hech ko‘rilmagan olovni payqadi. U nimanidir sezgandek bo‘ldi, ammo ortiqcha savol bermadi. Shunchaki bosh silkib, chuqur javonlar orasidan qora charm muqovali, qalin va eski kitobni olib chiqib, Yoongiga uzatdi:

— Mana, bolam. Ehtiyot bo‘l, bu kitobda oddiy so‘zlar emas, taqdirlar yozilgan.

— Rahmat! — Yoongi kitobni bag‘riga bosgancha shoshib kutubxonadan chiqib ketdi.

U maktabga hamma o‘quvchilardan, hatto qorovuldan ham erta yetib keldi. Sinf xonasi mutloq bo‘m-bo‘sh va sokin edi. U o‘z joyiga o‘tirdi-yu, qaltirayotgan barmoqlari bilan kitobni ochdi. Sahifalarni tez-tez varaqlab, nihoyat o‘sha — "Ko‘k bo‘ri va Haqiqiy Juft" deb yozilgan qadimiy sahifani topdi.

Kitobdagi qon rangidagi yozuvlarni diqqat bilan o‘qiy boshladi:

"Ko‘k bo‘ri tug‘ilganda uning qudrati uxlab yotgan bo‘ladi. Uni na kuchli janglar, na qonli ovlar uyg‘ota oladi. U to o‘zining taqdirdan bitilgan yagona insoniy juftini topmaguncha, oddiy inson qiyofasida yashashga mahkumdir. Faqatgina u bilan bo‘lgan ilk yaqinlik — qonli muhr va jinsiy aloqa orqali qizdagi poklik uning vujudiga o‘tgachgina, Ko‘k bo‘rining bitmas-tuganmas quvvati uyg‘onadi. Va bu aloqa kundan-kunga takrorlangani sayin, uning kuchi cheksizlikka erishadi. Butun bo‘ri irqlari uning oyog‘i ostiga tiz cho‘kadi..."

Yoongi kitobni qarsillatib yopdi. Uning og‘ir nafasi sinf xonasidagi sukunatni buzdi. O‘qiganlari uni butunlay dovdiratib qo‘ygan edi. Demak, kecha tunda Busandan kelgan o‘sha muhtoj qiz — Su-min uning nafaqat jufti, balki uni dunyo Qiroliga aylantiradigan yagona kalit edi!

Shu payt koridorda oyoq tovushlari eshitildi. Maktabga o‘quvchilar kela boshlagan edi. Yoongi kitobni shoshib sumkasiga soldi va nigohini eshikka qaratdi.