Xonadoshim sevgilim
Ertasi kuni ertalab maktab yo‘laklari har doimgidek shovqin-suron bilan to'g'ri edi. Men darsxonaga kirib, kechagi o‘sha chekka, g‘arib partamga joylashdim. Ko‘p o‘tmay J-Hope ham kirib keldi. U hamma kutgandek orqa qatordagi o‘z joyiga o‘tirmoqchi edi, ammo kutilmaganda sumkasini shartta oldi-da, aynan mening ortimdagi bo‘sh partaga kelib joylashdi.
Sinfdagi hamma o‘g‘il-qizlar taqqa to‘xtab, unga qarab qolishdi. Ayniqsa, sinfning eng oldi qatorida o‘tiradigan, boy va kibrli, J-Hopeni o‘zining shaxsiy mulki deb hisoblaydigan Lisa ko‘zlarini katta-katta ochib, biz tomonga qarab qotib qoldi.
Dars boshlandi. Matematika o‘qituvchisi doskaga murakkab tenglamani yozib, tushuntira boshladi. Men yangi maktabining bu qiyin dasturiga moslasholmay, daftarga tikilgancha qalamimni tishlab o‘tirardim. Buni ortimdan kuzatib turgan J-Hope sekin oldinga egildi. Uning issiq nafasi qulog‘im ostida eshitilganda, kechagi tun yodimga tushib, yuragim qafasidan chiqqudek bo‘ldi.
— Hoy, yangi bola. Bu usulda yechilmaydi, — dedi J-Hope pichirlab, uzun barmoqlari bilan mening daftorim chetini ko‘rsatib.
— Mana bu formulani qo‘llashing kerak. Ber-chi buyoqqa.
U qo‘limdan qalamni ohista oldi. Uning barmoqlari barmoqlarimga tekkan soniyada tanamdan tok urgandek bo‘ldi. J-Hope daftorimga misolning yechimini chiroyli qilib yozib bera boshladi.
Buni chetdan kuzatib turgan ikki-uchta yigit pichirlashib kulishdi:
— Anavi mitti yigitchani qaranglar, hatto oddiy misolni ham yecholmayapti. Qizlarga o‘xshab dovdiraydi-ya.
— To‘g‘ri aytasan, bu maktabga qayerdan adashib kelib qolgan o‘zi? Nimasi bilan J-Hopeni o‘ziga qaratib oldi, hayronman.
Shu payt Lisa ortiq chidab turolmadi. U o‘rnidan g‘oz turib, darsni bo‘lgan holda noz-karashma bilan J-Hopega yuzlandi:
— J-Hope, matematika ustozi tushuntirgan oxirgi qismni men ham unchalik tushunmadim. Darsdan keyin menga yordam bera olmaysanmi? Kutubxonada birga tayyorlanardik, — dedi u ovozini iloji boricha shirin qilib.
J-Hope doskadan ko‘zini uzmagan holda, nihoyatda sovuq va befarq ohangda javob berdi:
— Vaqtim yo‘q, Lisa. O‘zing o‘qi.
Lisanig yuzi birdan o‘zgardi, lablari titrab ketdi. U necha oylardan beri J-Hopening ortidan yuradi, unga gapirish uchun har qanday bahonani o‘ylab topadi. Ammo har safar xuddi shunday sovuq "ignor" javobini oladi. Biroq eng alam qiladigani — J-Hope unga qayrilib ham qaramadi-yu, mening oldimga qaytadan egildi.
— Tushundingmi, Su-on? Mana bu qismini darsdan keyin yana bir bor ko‘rib chiqamiz, xo‘pmi? Tushunmagan joying bo‘lsa, xonada so‘rayver, — dedi u ovozini ataylab hamma eshitadigan qilib muloyim ohangda.
— Xo‘p, rahmat... — dedim men ham ovozimni yo‘g‘onlashtirib, sekin bosh irg‘ab.
Lisanig ko‘zlarida mislsiz rashk va g‘azab olovi yondi. U qo‘llarini musht qilib tugdi-da, joyiga o‘tirdi. Yonidagi dugonasiga qarab g‘azab bilan pichirladi:
— Bu nima degan gap?! Menga — maktabning eng go‘zal qiziga biron marta tuzukroq javob bermagan J-Hope, qandaydir beo‘xshov, mitti va g‘alati yangi bolaga munchalik g‘amxo‘rlik qilyapti? Bu bolaga gapirganda ovozi ham o‘zgarib ketdi!Dugonasi ham shubha bilan menga qaradi-da, Lisanig qulog‘iga shivirladi:
— Lisa... Menimcha bu yerda boshqa gap bor. J-Hope shu paytgacha bitta ham qizga qaramagan, hammani rad etgan. Endi esa bu yangi bola bilan bitta xonada yashayapti, darsda ham yonidan ketmayapti... Nima balo, J-Hopeni gey deb o‘ylaysanmi? Yoki bu yangi bola uni sehrlab olganmi?
Lisa ko‘zlarini qisib, menga tikilib turarkan, tishlarini g‘ijirlatdi:
— Geymi yoki boshqami, menga qizig‘i yo‘q! Lekin bu mitti yaramas mening yo‘limga to‘g‘anoq bo‘lyapti. Uni bu maktabda shunday qoldirib ketmayman. Dars tugasin, u kimligini ko‘rsatib qo‘yaman!
Men esa orqamdagi J-Hopening nigohini his qilib, daftorimga tikilgancha o‘tirardim. Vaziyat tobora xavfli tus olayotgan edi. Lisa va boshqa bolalarning nafrati men uchun yangi muammolarni boshlab kelishi aniq edi
Darslar tugadi. Yo‘laklar shaxsiy javonlariga kitoblarini qo‘yish uchun kelgan o‘quvchilar bilan to‘ldi. Men ham darsligimni javonga joylashtirib, eshigini yopmoqchi bo‘lib turgan edim. To‘satdan atrofimni quyuq soya qopladi. O‘girilib qaraganimda, Lisaning aytganini qiladigan uch-to‘rtta baquvvat, kibrli yigitlar qarshimda turardi. Ularning ko‘zlarida g‘arazli maqsad borligi shundoqqina ko‘rinib turardi.
Ularning yetakchisi, bo‘yi baland va yelkalari keng Xyon-u ismli yigit javonim eshigini qarsillatib yopib, ustiga qo‘lini qo‘ydi.
— Xo‘sh, yangi bola. Isming nima edi? Park Su-onmi? — dedi u istehzoli tirjayib.
— Ha, nima edi? Yo‘limdan qochinglar, — dedim ovozimni yo‘g‘onlashtirib, ulardan uzoqlashishga urinib.
Biroq narigi ikki yigit ikki chetimdan o‘tib, yo‘limni butkul to‘sib olishdi. Ular baland ovozda kulib, atrofimdagi o‘quvchilarning e'tiborini torta boshlashdi.
— Qochinglar emish? Qaranglar, muncha ovozi nozik bo‘lmasa bu go‘dakni? — dedi ikkinchi yigit va yelkamdan qattiq turtib yubordi.
— Maktabga kelganingga ikki kun bo‘lmay, o‘zingni kim deb o‘ylayapsan? J-Hopening soyasiga berkinib olsang, hamma narsadan qutulib qolaman deb o‘yladingmi?
— Men hech kimning orqasiga berkinayotganim yo‘q. Qo‘lingni tort! — dedim g‘azab bilan uning qo‘lini siltab tashlab.
Xyon-u ko‘zlarini qisib, yonidagilarga ishora qildi:
— Bu mitti hali tishini ko‘rsatyaptimi? Yuringlar, bunga bu maktabning haqiqiy qoidalarini o‘rgatib qo‘yamiz. Ayniqsa, qizlarga qanday munosabatda bo‘lishni!
— To‘xtanglar! Qo‘yib yuboringlar meni! — deb baqirdim, ammo foydasi bo‘lmadi.Ular uch tomondan yopishib, qo‘l-oyoqlarimdan mahkam tutishdi. Jussam ularnikidan ancha kichik bo‘lgani uchun qarshilik ko‘rsatishga kuchim yetmasdi. Atrofdagi boshqa o‘quvchilar esa shunchaki tomosha qilib, pichirlashib kulishardi. Hech kim yordamga kelmadi. Yigitlar meni yo‘lak oxiridagi erkaklar hojatxonasiga qarab sudray boshlashdi. Eshikni ichkaridan qulflashganda, yuragim vahimadan urishdan to‘xtab qolgandek bo‘ldi.
Meni sovuq kafel polga qattiq siltab tashlashdi. Shu payt hojatxona eshigi qaytadan ochilib, ichkariga baland poshnali tufli ovozi eshitildi. Bu Lisa edi. U qo‘llarini ko‘ksiga chalishtirib, menga nafrat bilan tikilib turardi.
— Demak, o‘sha mitti maxluq sensan-da? — dedi Lisa menga yaqinlashib, past nazar bilan qarab.
— J-Hoping yonida aylanib, uning e'tiborini tortish qanaqa bo‘lishini senga ko‘rsatib qo‘ymoqchiman.
— Men hech narsa qilganim yo‘q... J-Hope bilan shunchaki xonadoshmiz, — dedim polga suyanib, nafasimni rostlashga urinib.
— Menga farqi yo‘q! — deb baqirdi Lisa birdan ovozini baland ko‘tarib.
— U shu paytgacha bitta ham qizga qaramagan! Menga ham e'tibor bermaydi! Endi esa qandaydir beo‘xshov, mitti yigitchani darsda himoya qilyapti, yonida o‘tiryapti. Senda g‘alati bir narsa bor... Yigitlar, buning ustidagi kiyimlarini yechinglar! Nega buncha baqrayib turibdi, ko‘raylik-chi, balki haqiqatdan ham erkak emasdir?
Xyon-uning sovuq qo‘llari ko‘ylagim yoqasiga yopishib, uni siltab yuborishga ulgurgandi. Tugmalar uzilib polga sachradi. Men qo‘rquv va daxshatdan ko‘zlarimni mahkam yumib, qichqirib yubordim. Sirim ochilishi, hamma narsaning yakun topishi aniq edi.
Biroq aynan shu soniyada hojatxonaning og‘ir eshigi go‘yo portlagandek ulkan shovqin bilan ochilib ketdi. Eshik devorga qattiq urilib, gursillagan ovoz zaldagi sukunatni parchaladi. Ikkita yigit qo‘rqqanidan ortiga tislanib ketdi, Xyon-u esa qo‘lini yoqamdan tortishga majbur bo‘ldi.
Eshik og‘zida nafas olishi og‘irlashgan, ko‘zlari qonga to‘lgan J-Hope turardi. Men uni hech qachon bunday ahvolda ko‘rmagandim. Doim xotirjam va sovuqqon yuradigan yigitning yuzida hozir shunday g‘azab va qat'iyat bor ediki, xonadagi havo bir soniyada muzlab qolgandek bo‘ldi.
— Nima qilyapsizlar bu yerda? — J-Hopening ovozi past, ammo xuddi momaqaldiroqdek vahimali yangradi.Lisa biroz dovdirab qoldi, ammo darhol o‘zini qo‘lga olib, soxta tabassum bilan unga yaqinlashdi:
— J-Hope... Biz shunchaki... Bu yangi bolaga maktab qoidalarini tushuntirayotgan edik. U o‘zini haddan tashqari erkin tutyapti, shunga...
— Sen ovozingni o‘chir, Lisa! — J-Hope uning gapini shunday shiddat bilan bo‘ldiki, Lisa qo‘rqqanidan bir qadam orqaga chekindi.
— Senga bu yerda sudralish huquqini kim berdi? Erkaklar hojatxonasida sening nima ishing bor?!
Xyon-u o‘zini kuchli ko‘rsatishga urinib, J-Hoping ro‘parasiga chiqdi:
— Hoy J-Hope, sen nega har safar mana shu mitti laxtakning yonini olaverasan? Nima, bu sening erkagingmi? Yoki haqiqatdan ham miyang aynib qolganmi?
J-Hope bu gapni eshitishi bilan bir soniya ham o‘ylanib o'tirmadi. U Xyon-uning yoqasidan shartta tutdi-da, uni devorga shunday qattiq urdiki, kafellar qarsillab ketdi.
— Yana bir marta og‘zingdan shunaqa so‘z chiqsa, sening bu maktabdagi oxirgi kuning bo‘ladi, tushundingmi?! — J-Hoping ovozi butun binoga eshitilayotgandek edi.
— Hammasing yo‘qol ko‘zimdan! Agar yana bir marta uning atrofida ko‘rsam, o‘zlaringdan o‘pkalanglar!
Narigi uchta yigit J-Hoping g‘azabidan zir-zir titray boshlashdi. Ular jamoa sardorining qanchalik kuchli va nufuzli ekanini yaxshi bilishardi. Xyon-u yoqasini uning qo‘lidan zo‘rg‘a ajratib olib, sheriklariga qaradi:
— Ketdik bu yerdan... — dedi u pichirlab.
Lisa esa ko‘zlariga yosh olgancha, menga va J-Hopega nafrat bilan tikilib turardi:
— Buni hali pushmonini yeysizlar, ikkalang ham! — deb baqirdi-da, yugurib chiqib ketdi. Yigitlar ham uning ortidan shoshib qochishdi.
Hojatxonada faqat ikkimiz qoldik. Men polga o‘tirgancha, yirtilgan ko‘ylagim yoqasini qo‘llarim bilan yopib, qaltirab yig‘layotgan edim. J-Hope og‘ir nafas olgancha menga yaqinlashdi. U sekin yonimga tiz cho‘kdi-da, o‘zining keng va issiq maktab pidshagini yelkasidan yechdi. Uni ohista mening yelkamga tashlab, tugmalarini mahkamlab qo‘ydi. Uning bu harakatidagi muloyimlik vujudimdagi qo‘rquvni biroz aritgandek bo‘ldi.
— Yaxshimisan, Su-on? — uning ovozi endi boyagidek vahimali emas, balki nihoyatda xavotirli edi.
— Ha... Rahmat. Agar kelmaganingda... — dedim ko‘z yoshlarimni artib, ovozimni yo‘g‘onlashtirishga urinib.
J-Hope qo‘limdan tutib, meni o‘rnimdan turg‘azdi. Uning qo‘llari shunchalik baquvvat va ishonchli ediki, o‘zimni dunyodagi eng xavfsiz joyda his qildim.
— Men senga o‘zingni ehtiyot qil degandim-ku, mitti. Bular senga tinchlik berishmaydi. Qani, yur men bilan, — dedi u jiddiy ohangda.
— Qayergacha? Hozir darslar tugadi-ku...
— Qilichbozlik zaliga. Bugun qo‘shimcha mashg‘ulotimiz bor. Sening ojiz emasligingni, ulardan ko‘ra kuchliroq ekanligingni isbotlash vaqti keldi. Men o‘zim senga dars beraman, — dedi J-Hope ko‘zlarimga tik qarab.U mening qo‘limdan mahkam tutgancha, bo‘shab qolgan maktab yo‘laklari bo‘ylab qilichbozlik mashg‘ulotlari zaliga yetaklab ketdi. Uning yonida qadam tashlar ekanman, yuragimda nafaqat qo‘rquv, balki unga bo‘lgan o‘sha olovli sevgi yanada kuchliroq alovlanayotganini his qildim.
Kuni bilan qilichbozlik zalida tinimsiz mashg‘ulot qildik. J-Hope menga har bir harakatni, himoyalanish va hujum qilish usullarini erinmay, o‘ta jiddiy ohangda o‘rgatdi. Kechga yaqin ikkalamiz ham holdan toygan edik. Mashg‘ulot tugagach, u meni yolg‘iz qoldirmadi. Biz birga maktab oshxonasining chekka bir burchagida kechki ovqatni tanovul qildik. U menga go‘shtli taomidan olib berib, sovuqqonlik bilan: "Ko‘proq ye, mitti, jussang nihoyatda nozik, kuch yig‘ishing kerak", deb qo‘ydi. Uning yonida o‘tirib, bu g‘amxo‘rlikni his qilish mening hayotimdagi eng baxtli daqiqalar edi.
Kechki ovqatdan so‘ng yotoqxona xonamizga qaytdik. J-Hope dush qabul qilish uchun vannaxonaga kirib ketishi bilan, men shoshilgancha sumkamning eng chuqur joyidan ikkinchi telefonimni chiqardim. Kun bo‘yi uni yoqishga imkonim bo‘lmagandi.
Ekran yorishishi bilan ko‘plab bildirishnomalar kelib tushdi. J-Hope kun davomida, har bir dars tanaffusida menga — ya'ni o‘sha o‘zi qidirgan sirli qizga tinimsiz xabarlar yozgan ekan. Vannaxonadan kelayotgan suv ovozi ostida, yuragim gursillab, uning xavotirga to‘la xabarlarini birin-ketin o‘qiy boshladim:
Soat 10:15 (Birinchi tanaffus):
"Salom... Yaxshi dam oldingizmi? Kechasi yozgan xabaringizdan keyin ko‘zimga uyqu kelmadi. Menga juda yaqinligingizni aytdingiz... Bu nima degani? Iltimos, xavotirdaman, hech bo‘lmasa yaxshiligingizni aytib qo‘ying."
"Nega javob bermayapsiz? Telefoningiz o‘chiq deyapti. Biror kor-hol bo‘ldimi? Sizni o‘sha tundan beri bir soniya ham xayolimdan chiqarolmayapman. Sog‘-salomatmisiz? Ovqatlandingizmi?"
Soat 14:45 (Oxirgi dars tanaffusi — Hojatxonadagi voqeadan sal oldin):
"Hozir maktabda ichim siqilib, yuragim g‘alati bo‘lyapti. Xuddi sizga biror narsa bo‘layotgandek tuyulyapti... Balki men telbadirman, lekin bu hislar meni aqldan ozdiradi. Raqamingizni bergan qarindoshingiz Su-ondan siz haqingizda so‘rasam bo‘ladimi? U sizni ko‘rib turibdimi?"
Soat 16:20 (Mashg‘ulot boshlanishidan oldin):
"Yana yozyapman... Men hozir bir bolani bezorilardan himoya qildim. Unga qarab, negadir sizni esladim. U ham huddi sizdek nozik va himoyasiz edi. Men uni asraganimdek, sizni ham asrab-avaylaydigan kunlar keladimi? Iltimos, xabarni o‘qishingiz bilan menga bitta nuqta bo‘lsa ham yuboring, sizdan xavotirdaman."
Xabarlarni o‘qirkanman, ko‘z yoshlarimni to‘xtata olmay qoldim. U kun bo‘yi maktabda men bilan birga bo‘la turib, shu mitti Su-onni bezorilardan qutqara turib, xayolida faqat meni o‘ylagan ekan. U himoya qilgan o‘sha "himoyasiz bola" va u telbalarcha qidirayotgan qiz bitta inson ekanligini bilganida nima bo‘lardi?
Shu payt vannaxonaning eshigi ochildi va J-Hope sochiq bilan sochini artoqlab chiqib keldi. Men shoshgancha telefonni ko‘rpamning tagiga yashirishga urindim, ammo u xonaga qadam qo‘yishi bilan o‘z telefonining xabarlar bo‘limini ochdi...