Gullagan tikon
Min sulolasining 7-avlodi Choson taxtida
1304 yil Pekje Qo'mondon Chen qarorgohi
-Jo Si shoshma, to'xtasangchi, men ham yetib olay. Sii, kapalak
-Nima deysan - yugurishdan to'xtagan qiz o'zidan taxminan 4 yosh katta, hamda shahzoda bo'lgan bolani hech kim yo'qligi uchun doimgidek senlab, hafsalasiz savol nazarida qarab turardi
-Sen qizga hech aql kirmaydi, doim qilma degan ishni qilasan! Agar qomondon seni qarorgohdan chiqib ketganini bilsa bormi, jazo olasan, undan tashqari sen hozir boradigan o'sha to'pori otlaringni ham qayta ko'rmaysan. ... Ha yana.. meni boshqa senlama, axir katta bo'ldik, endi yosh bola emasmizku, yana biz.. haligi yaqinda unashtirilamiz.. boshqa senlama.. - bola o'zida zo'rg'a jurat topib qizni dilini og'ritmaslikka harakat qilib so'ngi so'zlari zo'raki ayta olganidan biroz uyatta edi
Nimalar deyapsan Suga, men senga tegmayman, men umuman hech kimga tegmayman, axir bilasanku men ayol sarkarda bo'lmoqchiman. Sen bilan esa do'st bo'lib qolaman.
Yana shu gapmi ? Bunga baribir otang yo'l qo'ymaydi, buni o'zing ham bilasanku, necha marotaba qo'lingga yog'och Qilich olgan bo'lsang, har safar seni jazolashgan, yana men shahzodaman, agar menga turmushga chiqsang, sen istaganingcha mashq qilishing uchun sharoit yarata olaman, chin so'zim- bola bu safar qizga ilj bilan ko'zlarini umid ila boqib turardi
Yo'q senga tegmayman, kerak bo'lsa qochib ketaman uqdingmi? Endi esa ortimdan kuzatishni bas qil senga ortiqcha vaqtim yo'q-- Qiz shu gaplarni do'q qilib aytib qocha boshladi
Suga uni ortidan havsalasiz tikilgancha qarorgohga qaytdi, chunki yaqinda qilichbozlik mashqlari boshlanishi kk edi
Qiz miriqib otxonada o'zi tanlagan doim meva olib kelib erkalatagigan oppoq ot qarshisida uni har bir harakatidan quvonch va qiziqish bilan turardi
Birdan otxonada shovqin bo'lib otboqarlar Qo'mondon Chen kelganini habar berishdi, qiz shosha pisha yashirinishga joy qidirdi va xashak ortiga bekindi
Qo'mondon qizini shu yerda ekanligini biladi va bundan g'azabda
U qizini qizil etagidan qayerdaligini ko'rib qoldi, uni birdan xashak ortidan tortib oldi
Qiz qo'rquv va hayrat ko'zlari bilan otasi hamdan uning yonidagi Sugan ko'rib jim holda otasiga tazm qildi
Chen Jo Si men senga necha marotaba aytdim, qarorgohdan chiqmaysan, qilich ushlamaysan, otlarga yaqin yo'lamaysan, Seni vazifang Qiz bola o'rganishi kerak bo'lgan bilim va hunarlarni egallash,-Qo'mondonning jahli chiqqani Har bir so'zidan ma'lum edi, bu safar Jo Si osongina jazo bilan qutilib qolmasdi
Otboqarni chaqiring- buyruqni eshitgan soqchilar tezda otboqarni olib kelishdi
U qaysi otlarning yoniga keladi
Otboqar qo'rquv bilan Jo Sining oppoq tulporiga ishora qildi
Qo'mondon Chen qo'liga qilich olib ikkilanishsiz hammaning ko'z o'ngida otni chopib tashladi
Bu hammani hayratlantirgan bo'lsa Jo Sini jondan ortiq ko'rgan do'stidan ayrilgani uchun alam ko'z yoshi va qalb og'rig'i bilan yuzlashtirdi
-Ota nega unday qildingiz, unda nima ayb edi, u meni do'stim edi
-Boshqa endi otlarga yaqin yo'lamaysan, yo'qsa ularning ham holi shu bo'ladi. Soqchilar uni olib beka Hannning oldiga olib boring 3 kun xonasiga qamab qo'ysin
Jo Si alam va iztirobga g'arq holda otxonani tark eta boshladi va birdan ko'zi Sugaga tushib, bularning barini u aytgan degan hayolga bordi va qasd olishni diliga tugdi
-Shahzodam, kechiring qizimni sizga munosib katta qilolmayapman
Uni qalbini shunday sindirishda davom etsangiz meni qaysi qalbi bilan sevadi axir. Ustozimsiz sizga bundan ortiq gap aytishga haqqim yo'q ammo meni nazlimda xato qildingiz, uni qalbini chil chil qildingiz.....
3kundan so'ng Qirol poytaxtdan aynan Pekjega Shazoda Yoongi hamada Qo'mondon Chen qizi Jo Sining unashtirilishi munosabati bilan tashrif buyurdi. Buning sharafiga Qo'mondon Chen katta ziyofat berib qirolni tantana bilan kutib oldi
(xullas qadimda kichikligidan unashtirishgan, Bu unchalik muxim bo'lmaganiga, ham qarorgohni Qo'mondon tashab ketmasligi uchun Pekjeda bo'lyapti)
Bazmga quvonch va hayajon ila tayyorgarlik ko'rayotgan Suga birdan Jo Sining jazodaligi yodiga tushib shosha pisha uni oldiga yugurdi
Kapalak hazrati oliylari kelyapti, tayyormisan, haligi... mm ikkimizni unashtiruvimiz uchun
Birdan teskari o'tirib olgan qiz zarb bilan turib Sugani itarib yubordi
Endi ko'ngling to'ldimi, mana endi niyatingga yetayapsan shundaymi Aslo uqib ol men sendek razil va hudbin kimsaga erga tegmayman
Har bir gapida g'azab va Alam ufurib turgani yaqqol sezilib turardi
Bundan Suga hayratta edi, nega uni yaqin do'st deb bilgan qiz hozirda undan butun vujudi bilan nafratlanayotganini tushunsa olmasdi,
Sii, nega bunaqa deyapsan, ... Men senga nima qildim axir
Jo Si g'azab bilan yana uni turib o'tgan holda
-Sen menga nima qilgan bo'lsang, albatta qaytaraman, o'ch olaman deya yugurganicha qilol va otasi o'tirgan xonaga ketib qoldi. Uni ortidan Suga ham yugurar ekan hayolida ming o'y bor edi, negaligini tushunmasdi
-Ota, honaga bostirib kirgan qizni ko'rib Qo'mondon hamda Qirol Min biroz hayratlanishdi
Shu vaqt esa Suga uni ortidan yetib keldi, va o'zi hamda Jo Sini tazim qilishga undadi
Qiz qaysarlik qilib undan qo'lini tortib olib jahl aralash so'zlay boshladi
Ota siz uni gaplariga ishonib meni otimni o'ldirdingiz, u sotqinlik qilgan ekan men ham bir gapni sizlarga aytishim kerak. Hamma maqtagan bu shahzoda hammadan yashirincha, shahar chetidagi kulbaga borib onasidan habar oladi. U ham ayb ish qildi uni ham men kabi jazolanishini istayman
Qo'mondon biroz uyat, qiziga bo'lgan g'azab bilan nima deyishini bilmas turar
Suga esa hayrat, qo'rquv iltijo bilan o'z otasiga qaradi
Qirol Minning g'azabi nimalarga qodir ekanligini bilsa ham tiz cho'kib
Zoti oliylari iltimos onamga tegmang vada beraman boshqa unday qilmayman, iltimos deya ko'z yosh to'ka boshladi
Qirol Min sevgisiga hiyonat qilgan o'sha ayolni faqatgina o'g'li uchun o'ldirmay Pekjega surgun qilgandi, 1yil odin o'g'lini qomondondan ta'lim olish uchun aynan u bor joyga jo'natayotganidan havotir olmagandi, negaki, bola onasini tanimaydi deb o'ylagandi
Senga ishongandim, buni yer bilan bir qilding. Ertagayoq Shimoliy Saroyga ketasan va u yerda ta'lim olasan. Qachonki o'zingni ko'rsatib meni o'g'lim ekanligingni isbotlasanggina saroyga qaytasan
Onanga keladigan bo'lsak uni sovuq saroyga haydayman.
Yo'q o'tgan iltimos faqat sovuq saroy emas, onam kasal u yerda o'lib qoladi
Qachondan meni buyruqlarim muhokama qilinadigan bo'ldi
Suga endi tamom bo'lgandi, endigina diydoriga yetgan, tuzuq quruq hali onasiga to'ymay turib undan jido bo'lyotgani uni Ich etini kemiryotgandi
Qo'mondon Chen vaziyatda qizini aybi borligidan uyalgan holda uni shahzoda bilan baxtli bo'lolmasligiga ko'zi yetdi
-Qirolim menimcha, siz shahzodamga boshqa kelin topganingiz maqul, men qizimni to'g'ri tarbiya qilolmabman
-Unday demang Qo'mondon u hali bola, bugun ularni unashtiramiz ertaga shahzoda safarga hozirlik ko'rsin
-Himmatingizni cheki yo'q Zoti oliylari
Suga va Jo Si honadan birga chiqshib keta boshlashdi, hovlini g'arbiy qismida qizni to'xtadib ushlab turgan g'azabini unga socha boshladi
Sen nima qilding, do'stim eng yaqinim deya senga sirlarimni ishonsam Sen nega hamma gapni qirolga aytding, onamni tirik qoldirmasligini bilardingku, Sen meni mehribon kapalagim emassan. Jo Si Shu gaplarni aytib ko'zyosh to'kayotgan Sugaga hatto achinmadi ham
-Nima sen sotqinlik qila olasanu men qilishim mumkinmasmi, meni otimni ham joni bor edi, unga ham meni otam rahm qilmadi
-Nimalar deyapsan, men aytmadim axir, o'sha kuni otang sen va men bilan unashtiruvimiz haqida gaplashish uchun seni qidirib topolmadi, keyin qolgan talabalar bilan otda jang qilishni o'rgatish uchun o'sha yega bordik u yerda ekanligingni otboqar aytdi, men seni sotmadim, sotmasdim ham. Nega bir og'iz so'ramay ish qilasan? Nega axir? Doim o'zingni o'ylaysan! Asli hudbin sensan. Seni kasringga men va onam qoldik.
Unutma Chen Jo Si men buni shunchaki, kechirmayman, endi biz do'st emasmiz va men seni eng katta dushmaning hamda daxshating bo'lib qaytaman.
G'azab, nafrat ufurib turgan bu chehraga qo'rquv va aybdorlik hissi bilan qarab yig'lab yuborgan 8 yoshli qizaloq kelajakda, uning gaplari qanchalik daxshat olib kelishini bilmasdan shu qadar qo'rqsa boshladi...
- Xato kamchilik bo'lsa uzr so'rayman, anchadan buyon qoralama qilmayman. Imtonga tayyorlanish arafasida yozdim shunga rasmlari chalaroq, keyingisidan to'liq qib beraman