..
MA'RIFAT SOATI 2025-yil 22-aprel kuni O`zbek tili va adabiyoti kafedrasida “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” mavzusida Ma’rifat soati o`tkazildi.
Ma'rifat soatini ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha kafedra mas’uli, f.f.f.d(PhD) D.Sodiqova kirish so`zi bilan ochib berdi. Mavzu doirasida kafedra professor-o`qituvchilarining ham fikr-mulohazlari tinglandi:
Xalqimizning an’anaviy va hayotiy muhim tadbiri bo‘lmish nikoh bizda ko‘proq ota-onaning keksalarning aralashuvi bilan amalga oshiriladi. Shu sababmi hayotimizda qarindoshlar o‘rtasida quda-andachilik rishtalarini bog‘lash, qizlarni erta turmushga uzatish, yigitlarimizni erta uylantirish kabi achinarli holatlar hamon uchrab turibdi. Qizlarimizni erta turmushga uzatib, yigitlarimizni erta uylantirish oqibatida yoshlarni hayotning so‘qmoqlarida qiynalib qolishlari, yosh yigitlarning oilani boshqara olmasliklari, qizlarimizning bolaliklariga borib, o‘zga xonadon sir-asrorlarini anglashga qiynalib qolishi, bir-birlarini tushunmasliklari natijasida oilalarning barbod bo‘lishiga, nuqsonli farzandlar tug‘ilishiga sabab bo‘lmoqda. Yurtimizda mustaqillik yillarida onalar va bolalar salomatligiga berilayotgan e’tibor aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim omil bo‘lmoqda. Chunki, sog‘lom onadan sog‘lom bola dunyoga kelishi ayni haqiqat. Zero, ayol jamiyat ko‘rkidir. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha kafedra mas’uli, f.f.f.d(PhD) D.Sodiqova.