
MA'RIFAT SOATI 2025-yil 22-aprel kuni O`zbek tili va adabiyoti kafedrasida “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” mavzusida Ma’rifat soati o`tkazildi. Ma'rifat soatini ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha kafedra mas’uli, f.f.f.d(PhD) D.Sodiqova kirish so`zi bilan ochib berdi. Mavzu doirasida kafedra professor-o`qituvchilarining ham fikr-mulohazlari tinglandi: Xalqimizning an’anaviy va hayotiy muhim tadbiri bo‘lmish nikoh bizda ko‘proq ota-onaning keksalarning aralashuvi bilan amalga oshiriladi. Shu sababmi hayotimizda...

2025-yil 21-aprelda Peshku tumanida "Mening maktabim" loyihasi doirasida bir qator tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbirda BuxDU professori, f.f.d. N.Bekova va f.f.f.d(PhD) U.To`rayevalar o`z ma'ruzalari bilan faol ishtirok etishdi. Shu bilan birga, kitobxonlikni targ`ib qilish maqsadida o`quvchi-yoshlar o`rtasida "Kitobxonlik tanlovi" ham o`tkazildi. BuxDU ustozlari ushbu tanlovda hakamlik qilishdi. Tanlov so`ngida g`olib o`quvchilar va BuxDU ustozlari esdalik sovg`a va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. O`tkazilgan tanlov barchada katta taassurot qoldirdi.

" V Respublika Kitobxonlik haftaligi" Joriy yilning 21-aprel kuni Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazida " V Respublika Kitobxonlik haftaligi" doirasida anjuman o`tkazildi. Anjumanda BuxDU O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, f.f.d. M.Rajabova, f.f.f.d(PhD) D.Sodiqova, tyutor D.Rahmonova hamda 6.1MAM22, 6.5UZB23- guruh talabalari, ARM xodimlari, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi R.Mahmudov, viloyat Ma'naviyat va ma'rifat bo`limi xodimlari, 20-umumta'lim maktabi o`qituvchi va o`quvchilari faol ishtirok etishdi...

Bugun 18-aprel 2025 - yilda Buxoro davlat universiteti "Oʻzbek tilshunosligi va jurnalistika" kafedrasi professori , f.f.d.Astanova Gulnora Aminovna oʻzlarining yangi nashr etilgan "Shahrizodaning siri" nomli monografiyalaridan universitet talaba yoshlari uchun BuxDU axborot-resurs markaziga sovgʻa sifatida taqdim etdilar. Taqdimotda ustoz kitobda Sharq adabiyotining nodir asari boʻlmish " Ming bir kecha" asari va undagi ayollar obrazining yuksak mahorat bilan ifoda etilgani haqida atroflicha maʼlumot berib oʻtdilar. Oʻrta asr sharoitida sharq ayollarining ham dunyoviy ham diniy ilm egasi boʻlganligini asardan bilib olish mumkinligi haqida qiziqarli suhbat qildilar. Taqdimotda ARM boshligʻi A.Qilichev va ularning jamoalari hamda...

MA'RIFAT SOATI 2025-yil 15-aprel kuni O`zbek tili va adabiyoti kafedrasida “Globallashuv jarayonida yoshlar ma’naviyati” mavzusida Ma’rifat soati o`tkazildi. Kun tartibidagi masala boyicha kafedra mudiri, f.f.d,prof. D.Rajabovning ma’ruzasi tinglandi: Yangidan yangi tashabbus, g‘oyalarni ilgari surish, zamonaviy ish yuritish uslublarini joriy qilishda aynan shu qatlamning nuqtayi nazari, sa’y-harakatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirda mamlakatimiz aholisining yarmidan ko‘prog‘ini yoshlar tashkil etadi. Ayni davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni jadallashtirish, ta’lim-tarbiya sohasini isloh etish, yoshlarimizni zamonaviy bilimlarni puxta egallagan yuksak aql-zakovat sohibi etib voyaga yetkazish davlatimizning ustuvor vazifalaridan...

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING SIYOSIY – IJTIMOIY, IQTISODIY HAYOTIDA HAFTA DAVOMIDA RO‘Y BERGAN VOQEALAR YUZASIDAN “MA’RIFAT DARSI” MASHGʻULOTLARINI OʻTKAZISH UCHUN MAʼLUMOT O‘zbekiston Prezidenti Parlamentlararo ittifoq doirasidagi hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi 2025-yil 7-aprel O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 aprel kuni Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi ochilishida nutq so‘zladi. Anjumanda 140 ga yaqin davlatdan 2 mingdan ziyod delegatlar qatnashdi. O‘z safida 181 ta milliy parlament va 15 ta mintaqaviy uyushmani birlashtirgan Ittifoqning Assambleyasi ilk marta Markaziy Osiyo mintaqasida bo‘lib o‘tdi. So‘zining avvalida O‘zbekiston Prezidenti so‘nggi yillarda dunyoning turli...

“Mahorat darsi” tashkil etildi 2025 yil 12 aprel kuni soat 09:20 da Buxoro davlat universiteti Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi K.J.Rahmonov tomonidan Buxoro shahar 8-umumta’lim maktabining 9 “Ye” sinfida “O‘zbekiston tarixi” fanidan “Qo‘qon xonligida kiyinish madaniyati” mavzusida “Mahorat darsi” tashkil etildi. O‘quv mashg‘ulotiga maktabning oliy toifali tarix fani o‘qituvchisi Alisher Muxtorov, tarix fani o‘qituvchilari Zilola Rahmonova, Maftuna Tog‘oevalar ishtirok etdilar. Shuningdek, 5-4TAR-22 guruhi talabalari o‘quv rejaga ko‘ra “Tarix o‘qitish metodika” fanining sayyor darsini amalga oshirdilar.

Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo'nalishi II kurs magistrantlari tomonidan ochiq dars o'tkazish an'anasi davom etmoqda. Joriy yilning 11-aprel kuni Filologiya fakulteti 6-1 uzb-24 guruhida "Adabiyot tarixi" fanidan "Ma'naviy va lafziy san'atlar" mavzusida magistrant S.Latipova tomonidan ochiq amaliy mashgʻulot o'tkazildi. Ochiq dars o'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchilari va magistrantlar tomonidan kuzatildi. Mavzu "Bir g'azal tahlili", "Iqtidoringni ko'rsat" va "Tezkor bo'l" metodlari asosida yana-da mustahkamlandi. Guruh talabalari "Irfon" hamda "Fitrat" jamoasi nomi ostida bir-birlari bilan bellashdilar. Dars davomida yangi pedagogik...
“Imkon shou” tanlovi nizomi I. Umumiy qoidalar: 1.1. Tanlov universitetdagi barcha yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida o‘tkaziladi; 1.2. Ishtirokchilar 5 kishidan iborat jamoa tuzishlari kerak; 1.3. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish uchun maxsus tashkiliy qo‘mita tuziladi.

Kun tartibidagi masala bo‘yicha kafedra mudiri f.f.d.prof. D.Rajabovning axboroti tinglandi: Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-mart kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifini Hazrati Xizr majmuasidagi mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Islom Abdug‘aniyevich qabriga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirdi. Qur’on tilovat qilinib o‘tganlar xotirasi yod etildi. Davlatimiz rahbari O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Ma’lumki, ushbu majmuada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev...