Yurt rivoji uchun oʻz hissamni qoʻshaman
Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi Besh tashabbus va loyihalar koordinatori 
“Yoshlar – xalqimizning oltin fondi”
“Sayyoramizning ertangi kuni,farovonligi farzandlarimiz qanday inson
bo'lib kamolga yetishi bilan bog'liq.Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning oz
salohiyatini namoyon qilish uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat.”
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yolidan malumki,yurtning jadal
rivojlanishi,muayyan yutuqlarga erishishi,xalqning farovon bolishi, oʻsha davlatda
yoshlar talim-tarbiyasiga beriladigan etibor darajasiga bogliq.Shu
manoda, Oʻzbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng muhim
yonalishlaridan biridir.
2025-yil fevral oyining 14-sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning iqtidorli va marifatparvar yoshlar bilan
uchrashuvi bolib otdi. Uchrashuv davomida oʻzbek yoshlarining erishgan
yutuqlariga yuksak baho berib,ularni butun xalqqa ornak qilib
korsatdilar.Uchrashuv davomida kelajakdagi rejalar bayonoti berilib,yoshlarning
oʻzbek jamiyatini yanada rivojlantirishi uchun koplab yangi manaviy va moddiy
imkoniyatlar berilishini takidlab otdilar.Albatta bu biz kabi jamiyatda endigina
oʻrnini topayotgan yoshlar uchun oʻziga xos ruhlantiruvchi vaksina boldi desam
adashmagan bolaman.
Uchrashuvda hozirda eng aktual muamolardan biri bo'lib kelayotgan “yoshlar
bandligi” bo'yicha bir qator yangi chora tadbirlar rejalashtirilib,yangi dastur
tarkibiga kiritildi va ushbu vazifani Oliy talim fan va innovatsiyalar vaziri Sharipov
Kongratbay Azimbetovich va Respublika oliy ta'lim muassasalari rektorlariga
yuksak ishonch bilan topshirdilar.
Undan tashqari ushbu uchrashuvda meni eng quvontirgan hodisa
Prezidentimizning ayol-qizlarga bolgan ishonchi, toʻgʻrirogʻi, biz qizlarga
muvaffaqiyatlar yolida yanada keng imkoniyatlar ochib berayotganlari bizni
yanada ruhlantirdi. Shu oʻrinda aytib oʻtish joizki, magistatura bosqichida talim
olayotgan talaba-qizlar soni 30% ga oshgani berilayotgan imkoniyatlarning
muvaffaqiyatli natijasidir. Oʻtgan yili 25 ming nafar qizlar axborot texnologiyalari
sohasida bepul talim oldi.Joriy yilda esa dasturchi ayollar sonini ikki barobar
oshirish rejalashtirildi.1000 nafar iqtidorli qizlar IT lagerlarida xalqaro
olimpiadalarga tayyorlanadi.Va yoshlarning talim va tadbirkorlik faoliyatini
qollab-quvvatlash uchun “ALOQABANK”ni “Yoshlar banki”deya elon qildilar.
Xulosa qilib soʻzimni yakunlar ekanman,bizga berilayotgan yuksak ishonch va
turli-tuman imkoniyatlar bizni vatanimiz ravnaqi yoʻlida xizmat qilish uchun katta
motivatsiya boʻlmoqda.Va biz ushbu ishonchni albatta oqlab,berilayotgan
imkoniyatlardan foydalanilgan holda yurtimiz rivoji uchun oz hissamizni
qo`shishga tayyormiz!