February 21

Siyosiy ma'rifiy soat

SIYOSIY MA'RIFAT SOATI  O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida 2025-yil 21-fevralda navbatdagi Siyosiy ma’rifat soati o‘tkazildi. Siyosiy ma’rifat soatini kafedra mudiri, f.f.d.,prof. D.Rajabov kirish so‘zi bilan ochib berdi va uning mavzu doirasidagi axboroti tinglandi. 
Yurtimizdagi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berildi. “Siyosiy ma’rifat soati” da Yurtboshimizning 2025-yil 14-fevraldagi yoshlar bilan o‘tkazilgan yig’ilishdagi Murojaatnomasi tahlilga tortildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-fevral kuni yoshlar bilan muloqot qildi. Videoselektor shaklida o‘tgan uchrashuvda yoshlar uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish chora-tadbirlari muhokama etildi. Mavzu doirasida kafedra professori D.Quvvatovaning ham fikr-mulohazalari tinglandi.
Ma'naiy-ma'rifiy  ishlar bo`yicha kafedra mas'uli D.Sodiqova