February 18

 BU KABI IMTIYOZLAR VA IMKONIYATLAR ESHIGI OCHILAR EKAN BIZ YOSHLAR VATANIMIZNI YANADA TARAQQIY ETISHIGA HISSA QOʻSHMOGʻIMIZ LOZIM!

Kuni kecha prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bir qator
yutuqlarga erishgan faol yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Ushbu muloqotda
universitet yoshlar ittifoqi jamoamiz bilan ishtirok etdik. Muloqot davomida
jahonning eng yuqori pogʻonalarida turuvchi universitetlarga grant asosida qabul
qilingan, davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan, xorijiy tillarni aʼlo oʻzlashtirgan,
ilmiy izlanishlar olib borayotgan tengdoshlarimning prezidentimiz bilan bir davra
atrofida suhbat olib borishi, egallagan yutuqlarini koʻrib oʻzim uchun boʻlgan
talablarim va maqsadlarimning hajmi yanada ortdi. Muloqot davomida
prezidentimiz taʼkidlab oʻtgan bir qator yangiliklar, imtiyozlar va imkoniyatlar
va shuningdek “Biz sergʻayrat yoshlarimizga ishonganimiz uchun oʻz oldimizga
katta-katta maqsadlar qoʻymoqdamiz, marrani baland olmoqdamiz” degan
soʻzlari yurtimiz yoshlari uchun bildirilgan yuksak ishonch va ruhlantirish desam
mubolagʻa boʻlmaydi. Kun tartibi davomida 2025-yil “Ishsiz yoshlarni ish bilan
taʼminlash” yili deb eʼtirof etilishi va har bir oliygoh bitiruvchi talabasining taʼlim
muassasasini nafaqat diplom, balki, ish va karyera bilan bitirishi boʻyicha olib
boriladigan islohotlar, chekka hududlarda xorijiy tillarni oʻqitish maqsadidagi
yoshlar uchun qoʻshimcha subsidiyalar ajratilishi, koʻp farzandli, kam
taʼminlangan oilalarda maktabni aʼlo baholar bilan bitirgan abituriyentlar uchun
universitetga kirishda imtiyozlar berilishi, xorijiy universitetlarda oʻz
maʼlumotini yakunlagan oʻzbek yoshlari uchun “Prezident uylari” taqdim etilishi
hamda jahonning eng nufuzli universitetlaridan biri boʻlmish Harvard
universitetida oʻzbek yoshlarini oʻqitish uchun tayyorlovchi “Harvardchilar
maktabi” ning joriy etilishi va shu kabi bir qator yangi imkoniyatlarni eshitib,
men kabi tengqurlarim koʻzlarida umid uchquni paydo boʻldi. Biz uchun bu kabi
imtiyozlar va imkoniyatlar eshigi ochilar ekan biz yoshlar Vatanimizni yanada
taraqqiy etishiga, buyuk ajdodlarimiz boshlab bergan yuksak ilm va iqtidorni
elparvar avlod sifatida oʻrganib, davom ettirishimiz, yurtimiz bayrogʻini
yuksaklarga shon va sharaf ila koʻtarmogʻimiz lozim! Zero, Oʻzbekiston yoshlar
uchun keng imkoniyatlar va ishonch makonidir