February 18

Yoshlarga e'tibor-kelajak poydevori


Ona-xalqimiz azal-azaldan ne-ne xonu amirlarnibegu rahbarlarni ko‘rmadi deysiz?! Ulardan ayrimlarixalq dardiga malham bo‘ldi, ayrimlari xalq qalbinitirnadi. Matonatli ona xalqimz barchasiga chidab, tabiatidagi bosiqligu mardonavorlikni namoyon etibkeldi. Tarix guvohki, ko‘pgina hukmdorlar o‘zmanfaatini birinchi o‘ringa  qo‘ygan.  Ammo hamma hukmdoru rahbarlarga birdek baho berib bo‘lmaydi, albatta. Zero, Amir Temuru, Mirzo Ulug‘bek kabixalqparvar hukmdorlar bo‘lganligiga tarix guvoh.   Tarixga  nazar solib hozirgi dorilamon kunlar yodibeixtiyor bizni chulg‘ab oladi.  
Muhtaram Prezidentimizning adolatli, oqilsiyosatlari turmush tarzining har bir jabhasini qamrabolmoqda.  Bu borada qilinayotgan har bir ish onaxalqimizning yashash sharoitini yaxshilash, yurtimizO’zbekistonning dunyo davlatlari orasida o‘ziningmunosib o‘rniga ega bo‘lishiga qaratilgandir. Jonajonyurtimizda iqtisodiy va ma’naviy masalalarni egizakholda rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Ayniqsa, yosh avlodning ilmiy salohiyatga ega bo’lishi,  ma’nan yetukligi, raqobatbardor kadr bo’lib yetishishi, qolaversa,  yosh avlodni kitobga muhabbat ruhidatarbiyalashga e’tiborning kuchayganligi hech birdavlatning siyosati darajasiga ko‘tarilmaganligi bilano‘lchanadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Qayd etish joizki, kuni kecha rahbarimizyoshlar bilan muloqot qilib, uchrashuvda yoshlar uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish bilan bog’liq chora-tadbirlari xususida fikr yuritdilar. Davlatimiz rahbari so‘zining boshida bu uchrashuvdan mamnun ekanini ta’kidlab, yoshlarni xalqimizning oltin fondi, deb atadi. Darhaqiqat, O’zbekiston aholisining 60 foizini yoshlar tashkil etadi.  
Yoshlar – katta kuch. Zero, har yili mehnat bozoriga 600 mingdan ortiq yigit-qizlar kirib kelayotganligi, 2030- yilga borib, bu ko‘rsatkich 1 million nafarga yetishining o’ziyoq yoshlarning katta kuch ekanligining isbotidir. 
Prezidentimiz yoshlarning ilmiy salohiyatiga, oliyma’lumotli bo’lishiga alohida ahamiyat qaratmoqda. Masalan, qisqa davrda oliygohlar soni 3 barobar oshirilgani va xotin-qizlarga shartnoma to‘lovi davlat tomonidan qoplab berilayotgani shular jumlasidandir. Bu kabi imkoniyatlar asosida o‘z sohalarida muvaffaqiyatga erishayotgan o‘g‘il-qizlar safi tobora kengaymoqda. Misol tariqasida aytish lozimki, hozirgi vaqtda dunyodagi nufuzli universitetlarda 1 ming 500 dan ziyod talabalarimiz tahsil olmoqda. 
Qolaversa, yoshlar o’z g’ayrat va shijoatlarininamoyon etishlari uchun turli loyihalar, nufuzlitanlovlarning joriy etilishi ham yoshlarga – yurtimizkelajagiga e’tibor belgisi sanaladi. Masalan, IT sohasida “Bir million dasturchi” loyihasi, bilimgachanqoq, lekin oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan yoshlarnixorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim – “Yorqinkelajak” loyihasi joriy etilishi nazarda tutilmoqda. Yokienergetika, transport, urbanizatsiya, zamonaviyarxitektura, tibbiyot yo‘nalishlarida “El-yurt umidi” jamg‘armasi kvotalari ko‘paytirilishi, harbiy bilimyurtlarining namunali tinglovchilari uchun “Oliy bosh qo‘mondon” davlat stipendiyasi joriy etilishi kabilarnialohida ta’kidlash mumkin.  Bu kabi xayrli ishlar –  yurt farovonligi, xalq baxt-saodati garovidir.  
Ona xalqimiz – bolajon xalq, o’z farzandiningbaxtini, kamolini ko’rish uchun mehnat qiladi. Ona-xalqimizning ana shu ezgu maqsadi bugungi kundadavlatimiz siyosatida muhum o’rin tutmoqda. BuniPrezidentimizning davlatimiz yoshlari haqidag’ururlanib aytgan fikrlaridan uqish mumkin: “Buningbosh omili nimada, deb so‘rasangiz, men avvaloyoshlarga munosabat davlat miqyosida butunlayo‘zgarganida, deb javob bergan bo‘lardim. O‘g‘il-qizlarimiz yoshlar masalasi davlat siyosatining ustuvoryo‘nalishiga aylanganini sezib, o‘zlariga beqiyos kucholmoqda” . 
Uchrashuvda yoshlarning tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, ulardagi tadbirkorlik shijoatini oshirish, zamonaviy kasb-hunar sirlarini o‘rganishlarigako‘maklashish eng muhim masalalardan biri ekanligita’kidlandi.

Jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorbo‘lgan, kamida 20 nafar yoshni ishga olib, kichikkorxona ochgan va o‘quv markazi tashkil qilgan yoshtadbirkorlarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgachaimtiyozli kredit berililishi, bank kreditlarining kamida30 foizi xotin-qizlar tadbirkorligi uchunyo‘naltirilishini alohida ta’kidlash lozim.  
Muhtaram Prezidentimizning yoshlarga bo’lganishonchi va ularning istiqboli uchun yanada kengimkoniyatlar yaratishi davlatimiz yoshlarinibirdamlikka, yanada ko’proq ilm-hunar egallashgaruhlantirdi.  
Xalqimiz orasida mehribon rahbar – xalq baxti, degan ibora bejizga shakllanmagan. Xalqparvar, mehribon Yurtboshimiz xalqimiz, vatanimiz, yoshlarimiz baxtiga doim sog‘-salomat bo‘lsinlar.