March 18

Marifat soati

MA'RIFAT SOATI  2025-yil 18-mart kuni O`zbek tili va adabiyoti kafedrasida “Xush kelding, Navro`z!” mavzusida Ma’rifat soati o`tkazildi. Kun tartibidagi masala bo`yicha kafedra mudiri f.f.d,prof. D.Rajabovning ma’ruzasi tinglandi:
Navro‘z kunlarda atrofda ajib manzaralar barq urib, tabiat uyg‘onmoqda. Bahor havosidan qalblarga tarovat, iliqlik yugurmoqda. Yangilanish, yasharish fasli boshlandi. Tun bilan kun tenglashadigan kunda nishonlanadigan, xalqimiz uchun sharqona yangi yil — Navro‘z ayyomi munosabati bilan xodimlarini samimiy muborakbod etaman.
         Shu kunlarda mahalla-ko‘y doshqozonlar atrofida jamuljam bo‘lib, ayollarimiz, momolarimiz ezgu niyat, zavq va xursandchilik bilan insonga kuch-quvvat beradigan sumalak va halim, ko‘k somsa va go‘ja kabi tansiq taomlarni tayyorlashib, ularni oilasi va do‘stu birodarlari bilan baham ko‘rishayapti.
Bayram munosabati bilan yurtimizning barcha hududlarida obodonchilik hamda bunyodkorlik ishlari keng quloch yozib, shaharu qishloqlarimiz yanada chiroy ochmoqda. O‘tkazilayotgan tadbirlarda Navro‘zning betakror fazilatlari e’tirof etilayotir. Kun tartibidagi masala bo`yicha kafedra professor-o`qituvchilarining ma'ruzasi tinglandi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha kafedra mas'uli, f.f.f.d(PhD) D.Sodiqova