Shaxrizodaning sirlari kitobi
Bugun 18-aprel 2025 - yilda Buxoro davlat universiteti "Oʻzbek tilshunosligi va jurnalistika" kafedrasi professori , f.f.d.Astanova Gulnora Aminovna oʻzlarining yangi nashr etilgan "Shahrizodaning siri" nomli monografiyalaridan universitet talaba yoshlari uchun BuxDU axborot-resurs markaziga sovgʻa sifatida taqdim etdilar. Taqdimotda ustoz kitobda Sharq adabiyotining nodir asari boʻlmish " Ming bir kecha" asari va undagi ayollar obrazining yuksak mahorat bilan ifoda etilgani haqida atroflicha maʼlumot berib oʻtdilar. Oʻrta asr sharoitida sharq ayollarining ham dunyoviy ham diniy ilm egasi boʻlganligini asardan bilib olish mumkinligi haqida qiziqarli suhbat qildilar. Taqdimotda ARM boshligʻi A.Qilichev va ularning jamoalari hamda Filologiya fakulteti talabalari ishtirok etdilar. A.Qilichev prof. G.Astanovadan kitoblarni mamnuniyat bilan qabul qilib, ustozga ezgu tilaklar bildirdilar. Ustoz G.Astanovaga ilmiy va ijodiy ishlariga rivoj tilaymiz.