Ochiq dars
Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo'nalishi II kurs magistrantlari tomonidan ochiq dars o'tkazish an'anasi davom etmoqda.
Joriy yilning 11-aprel kuni Filologiya fakulteti 6-1 uzb-24 guruhida "Adabiyot tarixi" fanidan "Ma'naviy va lafziy san'atlar" mavzusida magistrant S.Latipova tomonidan ochiq amaliy mashgʻulot o'tkazildi.
Ochiq dars o'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchilari va magistrantlar tomonidan kuzatildi. Mavzu "Bir g'azal tahlili", "Iqtidoringni ko'rsat" va "Tezkor bo'l" metodlari asosida yana-da mustahkamlandi. Guruh talabalari "Irfon" hamda "Fitrat" jamoasi nomi ostida bir-birlari bilan bellashdilar.
Dars davomida yangi pedagogik texnologiyalar va elektron vositalardan unumli foydalanildi. Talabalarning faol ishtiroki kuzatildi.
Ochiq darsdan ko‘zlangan maqsad amalga oshirildi.