February 26
..
2025-yil, 26-fevral kuni Abdurauf Fitratning “Oila” asaridagi ma’naviy-axloqiy qarashlar mavzusida Filologiya fakulteti, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, (PhD) Nasiba Norova va 6-4UZB_22-guruh talabalari bilan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. Tashkil etilgan mashg‘ulotda talabalar Fitratning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berishdi.
“Oila” asaridagi tarbiya, ma’naviy- axloqiy qarashlar to‘g‘risida turlicha fikrlar aytildi. Asarda oilaning paydo bo‘lishi, uning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, oilada amal qiladigan ichki tartib va qoidalarga to‘xtalgan. Asarning har bir yangi oila uchun qo‘llanma vazifasini o‘tashi tushuntirildi. Talabalar asar haqida fikrlar bildirishdi va xulosa chiqarishdi.